“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
4.68K subscribers
551 photos
125 videos
563 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Italiyaning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori xizmatlari instituti (ISMEA) vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida har ikki kompaniyaning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida asosiy e’tibor – ISMEAning Italiya iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, tadqiqot va moliyaviy yordamlariga qaratildi.

Ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar uchun taqdim etayotgan kafillik yordami va bu orqali ajratiladigan davlat kafilligi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍10🔥2👏2🙏1🤝1😎1
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Strategik rivojlantirish va yigʻma tahlil boʻlimi Axborot-tahlil mutaxassisi

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 12-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥2🤝1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2025-yil 1-mart holatiga ma‘lumot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥32🤝1
20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xizmatlar ipotekasi yordamini taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovini eʼlon qiladi.

Yordam miqdori:
🟢yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
🟢o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 10 mlrd so‘mgacha;
🟢yillik daromadi 50 mlrd so‘mdan yuqori o‘rta tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha.

To‘lov sharti:

🟢yillik 17,5 % ustama;
🟢yoki kelishilgan shartlarda muddatli to‘lov usulida.
🟢muddati — 7 yilgacha (asbob-uskunalar sotib olish uchun 5 yil muddatgacha).

“Tayyor holdagi” ko‘chmas mulk majmualarini sotib olish, yashil va energiya tejovchi texnologiyali loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/mortgage-2/

Arizalar 24-mart 18:00 ga qadar ipotekatanlov@gmail.com pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏3🤝2😎1
20 mlrd so‘mgacha qarz taqdim etiladi!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Qarz moliyaviy yordamini taqdim etish bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovini eʼlon qiladi.


Mazkur yordamdan 2 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta biznes egalari foydalanishlari mumkin.

Tartib va shartlari:
yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan yuqori va kamida 15 ta ish o‘rnini yaratgan kichik tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
kamida 25 ta ish o‘rnini yaratgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
kamida 35 ta ish o‘rnini yaratgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 10 mlrd so‘mgacha;
yillik daromadi 50 mlrd so‘mdan yuqori va 50 ta ish o‘rnini yaratgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 20 mlrd so‘mgacha.


Muddati:
🟢kochmas mulk sotib olishga — 84 oygacha;
🟢asbob-uskuna xaridiga — 60 oygacha;
🟢aylanma mablaglarni toldirish uchun — 18 oygacha.

To‘lov sharti:
🟢yillik 17,5🛍 ustama.

Yashil va energiya tejovchi texnologiyali loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/debt-2/

Arizalarni 24-mart 18:00 gacha debtedcom@gmail.com elektron manziliga jo‘natish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏32🤝2
Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovini eʼlon qiladi.

Mazkur yordamdan 1 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta biznes egalari ham foydalanishlari mumkin.

Yordam miqdori va shartlari:
yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha 3 mlrd so‘mgacha;
o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 mlrd so‘mgacha;
muddati — 7 yilgacha.
Yordam korxona ustav kapitalining 50 foizigacha bo‘lgan qismiga ulushdorlik asosida ko‘rsatiladi.

Yashil va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/ulush-2/

Arizalarni 24-mart 18:00 gacha capitaledcom@gmail.com elektron manziliga jo‘natish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏5😁2🙏21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bahorning ilk bayrami – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barchani qutlaydi!

Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va bardavom yutuqlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch, e’tibor va yangi imkoniyatlarga to‘la bo‘lsin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍10🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 mingga yaqin ayol tadbirkor uchun 1,5 trln so‘mlik moliyaviy yordam

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunga qadar 5 963 nafar ayol tadbirkorning 6 338 ta biznes g‘oyasini moliyaviy xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍13🔥4👏4😁31🙏1
2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 18 trln 74 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7👏3🤝3🙏2🔥1🏆1
Bugun, 11-mart kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Britaniya biznes banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat avvalida har ikki tomon faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va ularning samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot almashdi.

Undan so‘ng, kichik biznes uchun moliya bozorlarini yaxshilash va iqtisodiy faoliyatini kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot yakunida esa o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏5🙏3👍2😁21
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordamlarini Buxoro viloyati tadbirkorlariga yetkazish maqsadida onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat va tuman hokimligi vakillari, tijorat banklari hodimlari, hokim yordamchilari, shuningdek, tadbirkorlar faol qatnashdi.

Seminarda Kompaniya faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, maqsadi va kelgusidagi rejalari, salohiyati va imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, bugungi kunda Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy instrumentlar bilan ishtirokchilar batafsil tanishtirildi va ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍10🔥4👏1🏆1🤝1😎1
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ “UzA+” kredit reytingini qo‘lga kiritdi

“Ahbor-Reyting” agentligi ilk marotaba Kompaniyaga 2024-yil yakunlari bo‘yicha “barqaror” prognozi bilan “O‘zA+” darajasida milliy miqyosda kreditga layoqatlilik reytingini taqdim etdi.

Ushbu reyting Kompaniyaning kreditga layoqatliligi juda yuqori darajadaligi, bu esa uning faoliyatidagi kredit xavf-xatari past ekanligini aks ettiradi.

Agentlikning ushbu reytingi Kompaniya kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.

Kompaniya uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy bozordagi ulushini ko‘paytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga intilmoqda va bu maqsadga erishish uchun asosiy strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olganligi eʼtirof etildi.

Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning uch yillik rejasida chet el kredit liniyalarini jalb etgan holda moliyaviy yordam ko‘lamini kengaytirish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish orqali bozordagi ulushini oshirish nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Ahbor-Reyting” O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi bo‘lib, 1995-yilda tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari hamda boshqa moliya institutlariga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥11👍9🏆82😎2😁1
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Ichki audit xizmati boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 20-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Farg‘ona viloyati tadbirkorlari uchun onlayn seminar o‘tkazildi

Bugun, 14-martda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ajratilayotgan moliyaviy yordamlarini Farg‘ona viloyati tadbirkorlariga yetkazish maqsadida onlayn seminar tashkil etildi.

Unda viloyat va tuman hokimliklari vakillari, tijorat banklari xodimlari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar faol ishtirok etdi.

Suhbat davomida Kompaniya faoliyati, uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, asosiy vazifalari va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordam turlari va xizmatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥7👍21
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha! “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovini eʼlon qiladi. Mazkur yordamdan 1 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bir yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta biznes egalariga 5 mlrd so‘mgacha foizlarsiz ulushdorlik asosida hamkorlik qilishni taklif etadi.

Undan foydalanish uchun batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/ulush-2/

Arizalarni 24-mart 18:00 gacha capitaledcom@gmail.com elektron manziliga jo‘natish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍17🔥5👏41🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ jamoasi tomonidan 15-mart kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qibray tumanining 6 ta mahallasida istiqomat qiluvchi oilalar xonadonlarida 250 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ekish maqsadida hashar tashkil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏18👍7🔥3🙏21
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi! “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xizmatlar ipotekasi yordamini taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovini eʼlon qiladi. Yordam miqdori: 🟢yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiq kichik tadbirkorlik…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi!

Biznesingiz uchun ko‘chmas mulk yoki asbob-uskunalar sotib olish osonlashganidan xabardormisiz?

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bu uchun bozor stavkalaridan past foizda Xizmatlar ipotekasini taqdim etmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/mortgage-2/

Arizalar 24-mart 18:00 ga qadar ipotekatanlov@gmail.com pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏32😎1
📈 Foizlarsiz ulushdorlik asosida yordam ko‘rsatish bo‘yicha savollaringizga javob beramiz

Xabaringiz bor, foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi davom etmoqda.

Ushbu xizmatimiz haqida kelib tushayotgan muhim savollarga javob berish uchun ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz ushbu xizmat bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Demak, ertaga, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha barcha savollaringizga javob beramiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝8👍7🔥5👏3🙏3