Iqtisodiyot_《total essence》
4.7K subscribers
311 photos
145 videos
5 files
539 links
Specialists;
Teachers;
Students;
...
Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi!

Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot
Download Telegram
#Yaxshilik #Hikoya

Bir kichkina bola telefon ushlab turgan boy kishi oldida ro‘molcha sotib turar edi. Boy bolaga bir dollar berdi, lekin ro‘molchasidan olmadi.

Bola qo‘lida dollar bilan oyoq kiymlar sotiladigan do‘konga bordi. Oyog‘idagi eski tuflisiga qaradi va do‘kon vitrinasida turgan chiroyli tufliga qaradi.

Uning ustida tuflining narxi 50$ deb yozilgan edi. Uni kuzatib turgan boy kishi do‘konga kirdi. Ozgina vaqtdan keyin tabassum bilan chiqib, mashinasiga o‘tirib do‘kondan uzoqlashib ketdi. Birozdan keyin do‘kondor tuflining narxi 1$ degan yozuvni qo‘yib ketdi. Bola do‘konga shoshilib kirdi va tuflini sotib oldi.
Qo‘lida yangi tufli. Yuzida tabassum bilan chiqib keldi.

Yaxshilikni faxr qilmay, faqirlarning izzat-nafsiga tegmaydigan, maxfiy holda qilish qanday go‘zal! 😊

https://t.me/LAW_OF_LIFEE
Iqtisodiyot_《total essence》
Photo
#hikoya

Bir kuni koʻchada sayr qilib yurgan kishi yoʻl chetida oʻtirgan keksa odamni koʻrib qoldi. U moʻysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

– Otaxon, ulugʻ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yoʻlini bosib oʻtgansiz. Shubhasiz, juda dono boʻlsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, oʻgʻlim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun boʻyi uyda oʻtirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xoʻsh, men bu vaziyatda qanday yoʻl tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini oʻzgartira olaman?

Qariya javob berdi:

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday boʻlavermaydi” deb yozib qoʻy.

– Shu xolosmi? – hayron boʻldi erkak.

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt oʻtgach, uning oʻgʻli giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi koʻrishib, oila qurdi. Ayoli ham oʻzgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning oʻzi esa serdaromad ishga joylashdi va koʻp oʻtmay, hatto mashina sotib oldi.

Kunlarning birida u tanish koʻchadan oʻtib borayotib, ikki yilcha oldin keksa moʻysafidni uchratgan joyida toʻxtadi. Qariya hali ham shu yerda oʻtirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, soʻz qotdi:

– Ha, boboy, haliyam oʻtiribsizmi? Men boʻlsa, koʻrib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. Oʻgʻlim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. Oʻzim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam oʻshandek oʻtiribsiz, noʻnoq chol! Xoʻsh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

Bu gaplardan qariyaning chehrasi oʻzgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

Ruschadan Muhabbat Sharifova tarjimasi.

☑️@Economics_ITE