Iqtisodiyot_《total essence》
3.8K subscribers
318 photos
164 videos
7 files
578 links
Specialists;
Teachers;
Students;
...
Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi!

Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot
Download Telegram
Iqtisodiyot_《total essence》
Photo
#hikoya

Bir kuni koʻchada sayr qilib yurgan kishi yoʻl chetida oʻtirgan keksa odamni koʻrib qoldi. U moʻysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

– Otaxon, ulugʻ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yoʻlini bosib oʻtgansiz. Shubhasiz, juda dono boʻlsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, oʻgʻlim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun boʻyi uyda oʻtirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xoʻsh, men bu vaziyatda qanday yoʻl tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini oʻzgartira olaman?

Qariya javob berdi:

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday boʻlavermaydi” deb yozib qoʻy.

– Shu xolosmi? – hayron boʻldi erkak.

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt oʻtgach, uning oʻgʻli giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi koʻrishib, oila qurdi. Ayoli ham oʻzgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning oʻzi esa serdaromad ishga joylashdi va koʻp oʻtmay, hatto mashina sotib oldi.

Kunlarning birida u tanish koʻchadan oʻtib borayotib, ikki yilcha oldin keksa moʻysafidni uchratgan joyida toʻxtadi. Qariya hali ham shu yerda oʻtirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, soʻz qotdi:

– Ha, boboy, haliyam oʻtiribsizmi? Men boʻlsa, koʻrib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. Oʻgʻlim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. Oʻzim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam oʻshandek oʻtiribsiz, noʻnoq chol! Xoʻsh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

Bu gaplardan qariyaning chehrasi oʻzgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

Ruschadan Muhabbat Sharifova tarjimasi.

☑️@Economics_ITE
AQSHdagi kutubxonalar soni butun dunyodagi McDonaldʼs restoranlaridan koʻproq ekan. Amerikaning kutubxonalar assotsiatsiyasi oʻtkazgan hisob-kitoblarga koʻra, AQSHdagi ommaviy kutubxonalar tizimi 119 847 ta tashkilotni oʻz ichiga oladi. Eng mashhur McDonaldʼs restoranlar tarmogʻi esa butun dunyoda bor-yoʻgʻi 36 mingta.

Rasmda: Johns Hopkins University George Peabody Library in Baltimore, United States

☑️@Economics_ITE
Bolaligingizda barcha istak va xohishlaringizni roʻyoga aylantira oladigan “sehrli shamchirogʻingiz” boʻlishini orzu qilganmisiz? Afsus-ki, bu orzungizga, men kabi, hech qachon erisha olmagansiz. Onore de Balzakning “Sagʻri teri tilsimi” asarini oʻqiganingizdan soʻng bu orzuingizdan ich-ichingizdan jirkanishni boshlaysiz. Kamtarona boʻlsada tinch umr kechirayotgan Rafael, yelkasidagi ogʻir maʼsuliyatlar tufayli, joniga suiqasd qilgan kecha, adashib, bir eski-tuski narsalar sotadigan magazinga kirib qoladi...

Inson extiyojlari cheksiz. Qancha koʻp boʻlsa, shuncha kam boʻlaveradi. Oʻzi toʻysa ham, koʻzi toʻymaydigan inson zoti eyforiyada uzoqroq qolish uchun, baxtga yoki nirvanaga erishish uchun har narsaga tayyor. Unga doim koʻproq “baxt dozasi” kerak.

“Afsuski, harhashalarga doimo pulingiz topiladi, biz faqatgina foydali va kerak boʻlgan xarajatlardan qochamiz. Raqossalar ustidan sanamasdan oltinlar sochamiz - uyda och oilasi kutib turgan, ishchi bilan savdolashamiz.”

☑️@Economics_ITE
"Inson ishlab chiqarmasdan iste'mol qiladigan yagona mavjudotdir. U sut bermaydi, tuxum qo‘ymaydi, quyonlarni ovlashga tez yugura olmaydi. Ammo u barcha hayvonlarning xo'jayinidir."

Ushbu jumla qaysi kitobdan?
Anonymous Quiz
55%
Molxona
34%
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
11%
1884
Investitsiyadagi eng xavfli to'rtta so'z: "Bu safar boshqacha bo’ladi.” Ushbu iqtibos muallifini toping.
Anonymous Quiz
28%
John Templeton
47%
Uorren Baffet
25%
Stiv Jobs
🅰 Telefon olish uchun do'konga kirdingiz. Narx 400$ ekan. Endi olmoqchi edingiz, lekin sherigingiz aytdiki, shaharning narigi chekkasida xuddi shu telefon 370$ ekan. Uyoqqa borishga yarim soat ketadi. Nima qilasiz, borasizmi, qolasizmi?

🅱 Mashina olmoqchi bo'ldingiz. Narxi 9000$ ekan. Endi olmoqchi edingiz, lekin sherigingiz aytdiki, shaharning narigi chekkasida xuddi shu mashina 30$ arzonroq ekan = 8970$. Uyoqqa borishga ham yarim soat ketadi. Nima qilasiz, borasizmi, qolasizmi?

☑️@Economics_ITE
Sizningcha hukumat telekanallar orqali dori va dori mahsulotlari reklamasini man qilib qo'yishi kerakmi?
Anonymous Poll
44%
Huddi shunday!
8%
Menimcha taqiq qilmagani ma'qul
42%
50/50: ma'lum kategoriyalarni taqiqlasa bo'ladi
5%
Javobni kutaman (yoki fikrimni izohda tushuntiraman)
Iqtisodiyot_《total essence》
Sizningcha hukumat telekanallar orqali dori va dori mahsulotlari reklamasini man qilib qo'yishi kerakmi?
Dorini reklama qilib nima zaril?

Oldinlari shu savol meni ja qiynamasdiyu, o'ylantirib qo'yardi. Balki siz ham shu haqda o'ylab ko'rgandirsiz, hayron bo'lgandirsiz.

To'g'risiyam-da! "Oshqozonim chatoq, duxtir, Mezim yozib bering" - demaysiz-ku! Baribir duxtir yozib berganini olasiz. Eslik odamlar reklamaning emas, balki doktorning aytganini qilsa, TVda ko'rgan dorisini darrov aptekadan olavermasa - nima uchun dori ishlab chiqaruvchilar bunchalik reklamaga ko'p e'tibor berisharkin?

Shu savolga javob topgandekman:
Dori reklama qilishdan maqsad - odamlarni kasal ekanligiga ishontirish.

Masalan, asabi chatoqlar ham o'zining holatini tabiiydek qabul qiladi - bu dunyoda asabi buzilmagan kim bor axir... Ammo shu odamlar reklamada yangrayotgan gaplarni eshitsa, ozmi-ko'pmi tashvishga tushadi. TVda aytilyapti: "Kechasi ko'p bezovta bo'lasizmi? Balki sizda prostata bezining adenomasi bordir. Unda sizga .... yordam beradi!".

Bunaqa reklamani ko'rgan eslik odam bir kun vaqt topib duxtirga boradi. Duxtir esa tekshirib, agar rostanam shunaqa kasal bo'lsa, dori yozib beradi. Yozib bergan dorisi esa, ajabmas, reklamadagi doriga to'g'ri kelib qolsa...

Xullas, dori reklamasidan topgan mantig'im shu. Boshqa sabablari ham bordir balki...

☑️@Economics_ITE
Azizlar kanalimiz har bir posti uchun reaksiya qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi😊
Iqtisodchilar orasida har doim baxs boʻlib kelgan, talabni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor va ishlab chiqarishni yaʼni taklifni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor. Asosiy hukmron kuch taklifmi yoki talabmi?
Iqtisodiyot_《total essence》
Iqtisodchilar orasida har doim baxs boʻlib kelgan, talabni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor va ishlab chiqarishni yaʼni taklifni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor. Asosiy hukmron kuch taklifmi yoki talabmi?
Jon-Baptist Sey'ning bozor qonuni

"Taklif - talabni yaratadi. Talab bo'lishi uchun avval taklif bo'lishi kerak. Misol uchun, avvallari kompyuterga talab bo'lmagan, lekin kompyuter yaratilgach unga talab paydo bo'lgan"

To'g'ri fikr. Ammo Sey aslida buni nazarda tutmagan. Seyning ta'limotida nazarda tutilgan "talabning taklifga bog'liqligi" quyidagi ohangda yangraydi:

"Odamlarning talab qilish quvvati ularning taklif (ishlab chiqarish) quvvatiga bog'liq. Ko'proq talab qilmoqchimi - demak ko'proq ishlab chiqarish kerak va daromad topish kerak.

Soddaroq aytganda, nimadir sotib olmoqchi bo'lsang - nimadir sotishing kerak bo'ladi (Avval taklif qil - keyin talab qilasan)

Bu bilan u merkantilistlarga raddiya beradi. Ya'ni mamlakatning boyligi pul bilan yoki oltin-kumush bilan o'lchanmaydi, balki ishlab chiqarish quvvati bilan o'lchanadi.

Shuningdek, Sey aytadiki, iqtisodiyotda yalpi taklif oshiqchaligi yuz bermaydi. Qaysidir tovar sotilmay qoldimi - demak qayerdadir boshqa tovarga bo'lgan talab qondirilmagan. Millionlab tovarlar matritsasida qaysidir A tovar sotilmay qolsa, qayerdadir B tovar kam ishlab chiqarilgan bo'ladi, chunki A ni ishlab chiqargan odam bekorga ko'p chiqarmagan - u ko'proq sotib, ko'proq daromad olmoqchi bo'lgan va bu pulga B, C, D...Z tovarlarni sotib olmoqchi bo'lgan. Ammo B ni ishlab chiqargan dangasa yaxshi ishlamagan, daromadlar zanjiridagi kamayishni boshlab bergan va oxiri A tovar sotilmay qolgan bo'ladi.

Shuning uchun yoppasiga taklif talabdan ko'payib ketishi va ortib qolishi mumkin emas (Sey'ga ko'ra). Negaki, hamma o'z daromadini ko'paytirish uchun ko'proq ishlashga majbur. Hamma yoppasiga ko'p ishlab chiqarib (ko'p daromad topib), kam iste'mol qilishni reja qilmaydi. Kam iste'molni reja qilgan kamroq ishlaydi, ko'pni ko'zlagan ko'proq ishlaydi!


☑️@Economics_ITE
Iqtisodiyot_《total essence》 pinned «Azizlar kanalimiz har bir posti uchun reaksiya qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi😊»
Forwarded from Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Bunda:

1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
“Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi”. Ushbu iqtibos muallifini toping.
Anonymous Quiz
26%
Robin Sharma
55%
Robert Kiyosaki
19%
Jeyms Klir
“Agar pullar biz uchun hayotdagi asosiy maqsad bo‘lganida edi, allaqachon kompaniyani sotib, sohilda toblanayotgan bo‘lardik”. Ushbu iqtibos kimga tegishli?
Anonymous Quiz
24%
Larry Peyj
24%
Sergey Brin
53%
Bill Geyts
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Agar siz bir soat umringizni 1000 so’m (ikki kilo shakar oganda) tejash uchun sarf qilsangiz, soatiga 1000 so’mga ishlashga roziligingizdan dalolatdir.

Aynan shu narsa, muqobil xarajatdir. Demak, har qanday masalada muqobil xarajatlarni hisobga olgan holda ish yuritishimiz kerak. Aks holda, o’z manfatlarimizga qarshi harakatlangan bo’lamiz.

Siz aytishingiz mumkin, bu tushunarli-ku, hamma ongi bor odam bunday xato qilmaydi-ku deb. Lekin, adashasiz.

Siz ham, men ham, barcha insonlar kabi juda ko’p masalalarda muqobil xarajatlarni unutib ish yuritamiz. Ba’zida muqobil xarajatlarni inobatga olmaslik oqibatlari ayanchlik.
Iqtisodiyot_《total essence》
Agar siz bir soat umringizni 1000 so’m (ikki kilo shakar oganda) tejash uchun sarf qilsangiz, soatiga 1000 so’mga ishlashga roziligingizdan dalolatdir. Aynan shu narsa, muqobil xarajatdir. Demak, har qanday masalada muqobil xarajatlarni hisobga olgan holda…
Muqobil xarajat ko'rinmaydi xolos

Insonning har qanday qarori xarajatli bo'ladi. (Xarajat deganda faqat pulni tushunmang). Doim, biror qaror qabul qilsangiz, uning muqobil xarajati - siz voz kechgan boshqa bir qarorga, foydalanilmagan imkoniyatga teng. Kechki payt kinoga yoki futbolga borishingiz mumkin. Kinoga borsangiz - futbolga borolmaysiz. Demak kinoga tushishning muqobil xarajati - o'ynalmagan futbol.
Iqtisodiyot_《total essence》
"Inson ishlab chiqarmasdan iste'mol qiladigan yagona mavjudotdir. U sut bermaydi, tuxum qo‘ymaydi, quyonlarni ovlashga tez yugura olmaydi. Ammo u barcha hayvonlarning xo'jayinidir."

Ushbu jumla qaysi kitobdan?
Molxona

Bu kitob teng, erkin va baxtli yashash mumkin bo'lgan jamiyatni yaratishga umid qilib, o'z egasiga qarshi isyon ko'targan bir guruh qishloq hayvonlari haqida hikoya qiladi.

Ushbu kitobni yaqinda o’qib tugatdim. Bu kitobdan olish mumkin bo’lgan eng katta saboq - bu o’z fikringizga ega bo’lishdir. Har qanday vaziyatda oxirgi qarorni o’zingiz qabul qiling va shaxsiy fikringiz bo’lsin. Aks holda, birovlarning qo’lida qo’g’irchoq bo’lishingiz tayin.

Siz bu kitobni o’qiganmisiz?
Hozirgi paytda Toshkent shahrining asosiy muammolaridan biri uning ekologiyasi hisoblanadi. Yomon ekologik ahvol shahar iqtisodiyotiga sezilarli zarar keltiradi: ish samaradorligi pasayadi, sogʻliqni saqlash xarajatlari ortadi va aholining umri qisqaradi. Shu sababli ham iqtisodchilar ushbu muammolarga javob topish uchun aholidan soʻrovnomalar oʻtkazishadi. Quyida keltirilgan ekologik soʻrovnoma toʻliq anonim hisoblanadi va maksimum 5 daqiqa vaqtingizni oladi.

Toshkent shahrining ekologik holati boʻyicha anonim soʻrovnoma

Birgalikda shaharni obod qilaylik, doʻstlar!
Ushbu davlat haqida fikringiz?