Eco Council | Presidential school in Navoi
60 subscribers
115 photos
7 videos
1 file
26 links
Download Telegram
#seminar

📆Navoiy shahridagi 7-maktabda Navoiy viloyati "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi a’zo maktablarning rahbarlari, ushbu loyiha bo‘yicha maktab koordinatorlari, eko qo‘mita sardorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🌎 Ushbu seminar ishtirokchilari uchun iqlim o‘zgarishi, ekologik xabardorlik va yashil ko‘nikmalarni oshirish, "Eco-schools Uzbekistan!" loyihasining "7 qadam metodologiyasi" hamda loyihani maktablarda samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar berildi va maktablar o‘rtasida tajribalar almashinildi.

Seminarda 60 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

💡Shuni eslatib o‘tamizki, 2024-2025 yillar oralig‘ida ushbu loyihaga a’zo maktablar soni Respublikamizda 258 ta, Navoiy viloyati doirasida esa 16 tani tashkil etadi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UNDP Uzbekistan
♻️ 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni

Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 400 million tonnadan ortiq plastik ishlab chiqariladi. Shuning yarmi faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan. Afsuski, ulardan atigi 10 foizigina qayta ishlanadi. Har yili 11 million tonna plastik suv havzalariga tushadi — bu 2 200 ta Eyfel minorasining og‘irligiga teng.

🧬 Mikroplastikalar — 5 mm dan kichik zarrachalar — ovqat, suv va havoga aralashib, har bir inson tanasiga yiliga o‘rtacha 50 000 dona plastik zarracha kirishiga sabab bo‘lmoqda.

🗻 Plastik ifloslanishi nafaqat inson salomatligi, balki butun sayyoramizdagi ekotizimlarga tahdid solmoqda — tog‘lar cho‘qqisidan to okean tubigacha.

🌍 Bu yilgi Atrof-muhit kuni #BeatPlasticPollution shiori ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad — plastikka qarshi kurashda har birimizning mas’uliyatimiz borligini eslatish, taklif etilgan yechimlarni keng joriy etish va barqaror kelajak sari harakat qilish.

Vaqt juda kam. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit inqiroziga qarshi kurashni bugunoq boshlamasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📣 Siz ham rad eting, kamaytiring, qayta foydalaning, qayta ishlang va qayta o‘ylang. Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga olib keladi.

#WorldEnvironmentDay #GenerationRestoration
🔠🔠🔠🔠🔠!

🌱🌎Ekologiyaga befarq bo'lmagan bilimdonlar tayyormisiz? Uzoq kutilgan "Eko-Zukko" tanlovining 2-fasliga start berildi! 🔥

📌Tanlov qay tarzda olib boriladi?
-30 kun davomida, 15-iyundan, 15-iyulgacha Green Guardians kanaliga va botga soat 10:00 da savollar tashlab boriladi.
-Ishtirokchilarning barchasi Green Guardians kanaliga obuna bo'lgan bo'lishi shart.
- Savollarning barchasi ekologiyaga oid, bu sizga ekologik bilimlaringizni mustahkamlash va ekologik savodxonligingizni oshirishda yordam beradi.
-Har shanba kuni, savol o'rniga vazifalar beriladi. Vazifalarni bajarib, botga rasmi joylashtiriladi.

📌Taqdirlash va tanlov g'oliblarini aniqlash:
-Eng ko'p savollarga javob topgan va eng faol bilimdonlarga sertifikat va sovg'alar🎁
1-o'rin : Telegram 6 oylik "Premium"
2-o'rin : Telegram 3 oylik "Premium"
3-o'rin : Telegram 1 oylik "Premium"
-Faol qatnashgan barcha bilimdonlar sertifikat bilan taqdirlanadi🏅

Ro'yhatdan o'tish uchun havola: @greenguardians_quiz_bot

📍Manzilimiz: https://t.me/eco_samps 🌿🌎
Savol va takliflar uchun:@ulugbek2184
🔥1
🌍 Yosh Iqlim Chempion boʻl!
Ekologik yetakchilar dasturining 2-mavsumi uchun arizalar qabul boshlandi!🎉

Biz 14–18 yoshdagi iqlim muammolariga befarq bo‘lmagan, yangi avlod yosh yetakchilarini qidirmoqdamiz! 🌱

Biz sizdan nima kutamiz:
🔹Tengdoshlaringiz orasida iqlim haqida bilim ulashish
🔹 2025–2026 o‘quv yili davomida eko-tadbirlar tashkil etash
🔹 G‘oyalar va tajribalar bilan bo‘lishish

🌟 Siz bu loyihadan nimalarga ega bo‘lasiz:
🏕️ Tog‘da oromgohda 5 kunlik trening
📚 Iqlim, yetakchilik va muloqot bo‘yicha yangi ko'nikmalar
🌐 Forumlar, konferensiyalar va eko-loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlar
🤝 O'zbekiston bo‘ylab yangi do‘stlar va ekspertlardan maslahatlar
📜 Ishtirok etganlik haqida sertifikati

📌 Kimlar ariza topshira oladi?
14–18 yoshdagi maktab o‘quvchilari
Iqlim o‘zgarishi va ekologiyaga qiziqqan yoshlar

🚀 Harakat qilishga tayyormisiz? Unda ariza topshiring
So‘nggi muddat: 2025-yil 13-iyul
⚠️ Joylar soni cheklangan, tezda shoshiling!
#announcement #ecology #ecocouncil #navoi
Navoi shahridagi Prezident maktabining eco-union jamoasiga qabul ochildi!👀
🌳Agar siz atrofimizdagi tabiat va uning muhofazasini rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun🌳

🔥🔥🔥Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!🔥🔥🔥

Registratsiya uchun havola

Deadline: Sentabr 26