e-gov.uz
2.39K subscribers
4.02K photos
238 videos
1 file
1.78K links
Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali

🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: info@egov.uz
🌐Web: e-gov.uz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/egovernmentuz
Instagram:
https://www.instagram.com/egov.
Download Telegram
✔️ Bugun ularni yodga oldik...

❗️Joriy yilning 26-dekabr kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida “Ma’rifatparvar ayollarimizning ibratli hayot yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📹 Batafsil: 👉https://egov.uz/news/bugun-ularni-yodga-oldik-725

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡 2022-yilgi xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning raqamlashtirish boʻyicha oʻrni sezilarli yuqoriladi

🌐 Mamlakatning jahon miqyosida obroʻsini yuksaltirish, mavqeini mustahkamlash va shaffoflikni taʼminlashda xalqaro reytinglarning oʻrni muhim.

📈 2022-yilgi xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning raqamlashtirish boʻyicha oʻrni sezilarli yuqoriladi.

⌨️Xususan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli koʻnikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar boʻyicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pogʻona yuqoriladi.

⌨️“GovTech Maturity Index” natijalariga koʻra, hukumat va davlat xizmatlari sektori boʻyicha esa 37 pogʻona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

🌐Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta oʻtkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) joriy yilgi natijasida Oʻzbekiston bir yoʻla 18 pogʻona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

📈“Oxford Insights” tomonidan oʻtkazilgan “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi” (“Government Artificial Intelligence Readiness Index”) tahlilida 2022-yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pogʻona yuqoriladi.

🗂Qolgan reytinglar boʻyicha batafsil maʼlumot.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬“Biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat!”

🎄Yil yakunida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yangi yildan quvonchli va oʻziga xos oʻzgarishlar kutiladi.

📁Biz ham 2022-yil davomida xizmatlarimiz sonini 368 taga yetkazib, aholimizning 36 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻi tejalishiga erishdik. Foydalanuvchilarimiz soni 4 mln.dan oshdi...

❗️Endi 2023-yilga yangi rejalar bilan odimlamoqdamiz.

💯Aziz hamyurtlar, biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat!

🧑‍💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da yangi xizmatlarni kuting. Bizni veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimiz orqali kuzatib, eng muhim yangiliklarimizdan xabardor boʻling!

https://youtu.be/PZO0_rjDSyQ

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦My.gov.uz da hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan xizmatlar soni oshdi

📈2022-yil natijalari:

Xizmatlar soni 368 taga yetkazildi.

158 ta xizmat mobil ilovadan o‘rin oldi.

Fuqarolardan 70 dan ortiq hujjat va ma’lumotlar talabi bekor qilindi.

38 turdagi xizmatda Elektron raqamli imzo so‘ralmaydigan bo‘ldi.

12 mln.dan ziyod onlayn foydalanishlar ortidan fuqarolarning 36 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘i tejaldi.

📁 2022-yilda eng ommalashgan xizmatlar va ulardan foydalanish ko‘rsatkichi:

Bolani “bog‘cha”ga joylashtirish – 333 mingdan ziyod;

Kadastr pasportini shakllantirish – 135 mingdan ziyod;

Ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalari axborot tizimiga kiritish – 128 mingdan ziyod (yuridik shaxslar uchun);

Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish – 110 mingdan ziyod;

📱 Joriy yil Yagona portalda hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega elektron xizmatlar soni ko‘paydi.

🌐 Batafsil: 👉https://egov.uz/news/mygovuz-da-hech-qanday-tashrif-va-hujjat-talab-qilmaydigan-xizmatlar-soni-oshdi-735

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️Еlektron hukumat: yil sarhisobi 5 daqiqali lavhada

🎬https://youtu.be/LloKs2nHFlk

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musaffo va tinch tonglarimizga aslo ko‘z tegmasin❗️

🎉Yangi yilingiz baxtli va quvonchli lahzalarga to‘la bo‘lsin!!!

📺https://youtu.be/b51qgaP0g_o

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱AKT xizmatlarining YAIMdagi ulushi koʻpaydi

📂 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 1,8 foizni tashkil etdi.

⌨️Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davrida 1,7 foizni tashkil etgan edi.

👨‍💻Taqqoslash uchun, joriy davrda AKT xizmatlarining YAIMdagi ulushi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Raqamli Oʻzbekiston - 2030”

🌐 O‘zbekistonda “Statistika” integrallashgan portali ishlab chiqildi va sinov rejimida ishga tushirildi

💻Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur portal rasmiy statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga qulay ko‘rinishda taqdim etish maqsadida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan maʼlumot va metamaʼlumotlarni elektron almashinishning SDMX standarti talablarini to‘liq inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

📁Portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar joylashtirildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ko‘rsatkichlarni 5 xil formatda yuklab olish hamda integratsiya yo‘li bilan tizimga ulanish yo‘lga qo‘yildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentda "Open Data Challenge” xakatoni bo'lib o'tadi

📆 Sana: 27–29-yanvar kunlari

🤖 “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

🎯 Ushbu tanlovning maqsadlari – fan boʻyicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillarining, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirish; davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
☑️barcha tadbirlarda toʻliq ishtirok etish;
☑️raqamli yechim yaratish;
☑️ham individual, ham jamoaviy arizalar qabul qilinadi. Uch kishidan iborat boʻlgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin, ushbu jamoalarning ishtirokchilaridan biri qatnashish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak. Individual arizachilar xakatonning birinchi kunida jamoaga qoʻshilishlari mumkin.

Ariza topshirish va batafsil ma'lumot olish: https://datahack.uz/uz.html

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📁 Vazirliklarning ochiqlik reytingi tuzildi

💻 O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu reytingda 2-o‘rinni egalladi.

📈2022-yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra tuzilgan mazkur reyting O‘zbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda e’lon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahliliga asoslandi. Yakuniy reyting O‘zbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qo‘mitalarining faoliyatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

🗂 Yakuniy ko‘rsatkichlarni tuzishda u yoki bu vazirlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan original materiallar, e’lon qilingan axborotning auditoriyasi, turi, tonalligi (salbiy, neytral yoki salbiy), axborotga nisbatan izohlar soni, ko‘rishlar soni va boshqalar inobatga olingan.

Toʻliq roʻyxat

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻Bizda chet elliklar uchun alohida elektron xizmatlar mavjudmi?

⌨️Keling, bu haqda atroflicha gaplashamiz.
🔄🔄🔄
👨‍💻Есть ли у нас специальные электронные услуги для иностранцев?

⌨️Давайте поговорим об этом подробно.
🔄🔄🔄
👨‍💻Do we have special e-services for foreigners?

⌨️Let's talk about this in detail.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
🗂Arxiv xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib foydalanish mumkin

📁 Arxiv bilan bog‘liq mavzuli so‘rovlarga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlar, shuningdek nasl-nasabni aniqlash (tasdiqlash) kabilar kiradi.

📝 Masalan, bular orasida ko‘chmas mulkni sotish yoki boshqaning nomiga rasmiylashtirish masalasi dolzarbroqdir. Ya’ni qachonlardir mazkur masalalar bo‘yicha Notariuslarga murojaat qilganingizda, ular qo‘lingizdagi eski, sarg‘ayib ketgan hujjatga ishonch bildirmasligi va uni arxiv ma’lumotlari asosida tasdiqlab kelishingizni aytishi mumkin. Yoki hujjat qo‘lingizda umuman bo‘lmaganda ham ushbu xizmat sizga asqatadi.

👨‍💻Yagona portal tufayli bu jarayonlar avtomatlashdi. Ya’ni siz uydan chiqmagan holda ham my.gov.uz yordamida arxiv xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

💬Buning uchun ushbu manzilga o‘tishingiz kifoya.

📹 Хizmat bo‘yicha videoyo‘riqnoma:

https://www.youtube.com/watch?v=JwGlXk3qJLc

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
e-gov.uz
🗂Arxiv xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib foydalanish mumkin 📁 Arxiv bilan bog‘liq mavzuli so‘rovlarga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlar, shuningdek nasl-nasabni aniqlash (tasdiqlash) kabilar kiradi. 📝 Masalan, bular…
🗂Услугами архива можно пользоваться, не выходя из дома

📁Тематические запросы, связанные с архивом, включают в себя права собственности, места жительства, конкретные факты, события, информации, а также определение (утверждение) генеалогию.

📝Например, среди них более актуален вопрос о продаже недвижимости или регистрации ее на имя другого лица. То есть, когда вы когда-то обращались к нотариусам по этим вопросам, они могли не доверять старому, пожелтевшему документу которые у вас на руках и просили подтвердить его на основании архивных сведений. Или даже если у вас вообще нет документа, данная услуга будет вам доступна.

👨‍💻Благодаря Единому порталу эти процессы автоматизированы. То есть, вы можете пользоваться услугами архива на my.gov.uz, не выходя из дома.

💬Для этого достаточно зайти по этому адресу.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
🎊To’y yaqinmi? Anomal sovuq keldi deb nikoh qaydini keyinga surmang!

📁Statistikaga ko’ra, 2022-yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holati qayd etilibdi.

📁Ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga solishtirilganda 121 taga (0,4%) ko‘payibdi.

🎉To’y yaxshida baribir.

❄️Anomal sovuq keldi deb rejani keyinga surmang. Nikohni qayd etishga onlayn ariza yuboring.

📱Yangi turmush qurayotgan yoshlar respublikamizning istalgan hududidan turib, FHDYO bo‘limiga my.gov.uz orqali masofadan murojaat etishlari mumkin.

Xizmat mutlaqo bepul.

🎬 Quyida nikohni qayd etishga onlayn ariza yuborish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/KpQOlxKH7-w

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
e-gov.uz
🎊To’y yaqinmi? Anomal sovuq keldi deb nikoh qaydini keyinga surmang! 📁Statistikaga ko’ra, 2022-yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holati qayd etilibdi. 📁Ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga solishtirilganda 121 taga (0,4%) ko‘payibdi.…
🎊Свадьба близко? Не откладывайте регистрацию брака только потому, что на улице аномально холодно!

📁По статистике в декабре 2022 года в республике было зафиксировано 28 395 браков.

📁Показатель вырос на 121 (0,4%) по сравнению с аналогичным периодом 2021 года.

🎉Свадьба в любом случае хороша.

❄️Не откладывайте план из-за аномальных холодов. На регистрацию брака можно подать онлайн-заявку.

📱Молодожены могут дистанционно подать заявление в ЗАГС из любого региона нашей республики через my.gov.uz.

Услуга абсолютно бесплатна.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM