e-gov.uz
4.43K subscribers
4.93K photos
313 videos
1 file
2.26K links
Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali

🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: info@egov.uz
🌐Web: e-gov.uz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/egovernmentuz
Instagram:
https://www.instagram.com/egov.
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
🤩 Davlat auditi va moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari — agentliklar, inspeksiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, korxona va muassasalarning moliyaviy yo‘nalishdagi mas’ul xodimlari, jumladan, bosh hisobchilar, iqtisodchilar, xaridlar, ichki audit va komplaens nazorati tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni asosida vazirlikda Hisob palatasining doimiy vakili faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda uning asosiy vazifalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Hisob palatasi vakili tomonidan moliyaviy boshqaruvda xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, amaliy mexanizmlar hamda ularning qo‘llanish jihatlari tushuntirildi.

Seminar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xaridlarini shaffof tashkil etish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Respublikamiz boʻylab "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari davom etmoqda!

Xorazm
Xorazm viloyatida "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida mahalla yettiligi vakillarini elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Samarqand
Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tuman hokimliklarida hokimlik xodimlari va hokim yordamchilarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan ommabop xizmatlardan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Surxоndaryo
Oltinsoy va Termiz tumanlarida aholi vakillari hamda pedagog xodimlar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish va my.gov.uz'da davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan seminarlar tashkil etildi.

Andijon
Baliqchi, Ulug‘nor, Bo'ston tumanlarida taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari my.gov.uz portalidan samarali foydalanishni oʻrganishdi.

Navoiy
Qiziltepa, Nurota tumanlari hamda Zarafshon shahrida mahalla yettiligi vakillari hamda jamoatchilik faollari "elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maxsus seminar-treninglarida faol ishtirok etishdi.


🔵 Oʻzbekistonning turli hududlarida "my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari keng qamrovda oʻtkazib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar aholining barcha qatlamlari, jumladan, mahalla yettiligi vakillari, hokim yordamchilari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa soha vakillarini qamrab olmoqda.

📱my.gov.uz portalidan foydalanishni oʻrganing va hayotingizni osonlashtiring!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Suvni tejaydigan texnologiyalar uchun subsidiya beriladi


Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.

Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.

Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qiladi:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha «Tomchi-reestr»ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Jarima maydonchasidagi mashinani my.gov.uz orqali chiqarish mumkin bo‘ladi

📝 Hukumatning yangi qarori (208-son, 28.04.2026-y.) bilan avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron murojaat qilish tartibi tasdiqlandi.

🚗 Endilikda ortiqcha ovoragarchiliksiz, masofadan turib ruxsatnoma olish imkoniyati yaratilmoqda.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

YIDXP (my.gov.uz) portali orqali;
YHXXning rasmiy mobil ilovasi orqali;
Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda.

Murojaat qanday ko‘rib chiqiladi?

👮‍♀️Vakolatli organ (YHXX) so‘rovni qabul qilgach, quyidagilarni masofaviy tekshiradi: transportni ushlab turish asoslari bartaraf etilganligi (masalan, hujjatlar joyiga keltirilgani yoki nosozlik tuzatilgani); Jarima bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinganligi.

Natija qachon ma’lum bo‘ladi?

📆 Barcha talablar bajarilgan bo‘lsa, 1 ish kuni ichida foydalanuvchiga avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.

Muhim: Murojaat qiluvchi haqidagi ma’lumotlar tizim orqali avtomatik tarzda haqqoniylikka tekshiriladi.


🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Fuqarolarga sud ishlari bo‘yicha tezkor ma’lumot yetkazish maqsadida Oliy sudning axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) bilan integratsiya qilindi

🔹Agarda sizga nisbatan sud ishi tayinlangan bo‘lsa, endilikda bu haqda my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga xabarnoma keladi.

🔹Bu nima degani? Endi sizga fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan sud majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va sud to‘g‘risida oldindan xabar yuboriladi.

🔹Xabarnomadagi sud yuzasidan to‘liq ma’lumot olmoqchi yoki shikoyat topshirmoqchi bo‘lsangiz Oliy sudning my.sud.uz portali orqali shaxsiy kabinetga kirib, istagingizga ko‘ra shikoyat yoki murojaat yuborishingiz ham mumkin.

📌Natijada sizning sudga kelib-ketish bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlaringiz, vaqt sarfingiz qisqaradi hamda sud majlisi tayinlangani haqida bexabar qolish holatlariga barham beriladi.

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🗣 Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyoz va preferensiyalarning yagona reyestri shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» (29.04.2026-y. №211) qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan barcha subsidiyalar, imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida Yagona reyestr tashkil etiladi.

👍 Mazkur reyestr Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda «subsidiya.mf.uz» platformasi bilan integratsiya qilinadi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

👍 Davlat organlari va tashkilotlari o‘zlari mas’ul bo‘lgan amaldagi imtiyozlarni ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazib, ma’lumotlarni platformaga to‘liq kiritilishini ta’minlaydi.

👍 Tadbirkorlar uchun imtiyozlarning turi, berilish muddati, huquqiy asosi va taqdim etish shakllari haqidagi ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda e’lon qilinadi.

👍 Imtiyoz va preferensiyalarning yagona bazasi yaratilishi tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari uchun berilgan imkoniyatlardan tezkor va samarali foydalanish imkonini beradi.

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM