e-gov.uz
2.39K subscribers
4.02K photos
237 videos
1 file
1.78K links
Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali

🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: info@egov.uz
🌐Web: e-gov.uz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/egovernmentuz
Instagram:
https://www.instagram.com/egov.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

my.gov.uz: Mobil ilova foydalanuvchilari soni 2,5 milliondan oshdi

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
📱 Raqamli hukumat boʻyicha xalqaro konferensiya: 15 ta davlat bilan tajriba almashish imkoniyati

📆 2024-yil 29-30-may kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida BMT, Astana HAB va Janubiy Koreyaning NIA (Milliy axborot jamiyati agentligi) hamkorligida “Raqamli hukumat va raqamli transformatsiyaning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

🌐 Anjumanda 15 ta davlat, jumladan: Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Kambodja, Laos, Moʻgʻuliston, Filippin, Shri Lanka, Vetnamdan soha ekspertlari ishtirok etishmoqda.

🟡 Konferensiya qatnashchilari elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashish barobarida raqamli hukumat sohasidagi ilgʻor tajriba va tendensiyalarni muhokama qilishdi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yoʻllarini belgilab olishdi.

Anjuman davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida oʻzaro tajriba almashish va xalqaro aloqalarni oʻrnatish uchun muhim maydonga aylandi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱Hududlarda aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha ko'nikmalari oshirilmoqda

1️⃣ Navoiy viloyati o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish markazida tadbir o'tkazildi

2️⃣ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida seminar-trening tashkil etildi

3️⃣ O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida o'quv seminari o'tkazildi

4️⃣ Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

5️⃣ Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida seminar-trening o'tkazildi

6️⃣ Andijon davlat universitetida o'quv seminari tashkil etildi

7️⃣ Qarshi innovatsion ta'lim universitetida seminar-trening o'tkazildi

8️⃣ Jizzax viloyati Paxtakor tuman hokimligida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

❗️Tadbirlarda 800 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Namangan tumanida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha seminar tashkil etildi

📍 Joriy yilning 30-may sanasida Namangan tumani hokimligida aholi vakillari hamda tumandagi "mahalla yettiligi" mas'ullari ishtirokida my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

🧑‍💻 Mazkur tadbirda Yagona portalda joriy etilgan "Ijtimoiy himoya", "Sog'liqni saqlash" sohalariga oid elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, pullik davlat xizmatlari uchun taqdim etiladigan chegirmalar to’g’risida ma’lumot berildi.

💻 Shuningdek, seminar davomida my.gov.uz orqali "Ipoteka kreditiga davlat subsidyasini olish" hamda "Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash" xizmatlari bo'yicha ariza berish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Seminar yakunida elektron davlat xizmatlari bo'yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
🎉1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

🎊Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz.

👨‍👩‍👧‍👦 Bola tabassumi – olam bezagi. Tilagimiz bolajonlarimiz yuzidan samimiy va beg‘ubor kulgu arimasin, oilalarda mehr-muhabbat rishtalari yanada mustahkamlansin.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hududlarda my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish bo'yicha tag'ibot tadbirlari davom etmoqda

1️⃣ Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari uchun o'quv seminari o'tkazildi

2️⃣ Sayxunobod tumanida davlat xizmatchilarining elektron xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalari oshirildi

3️⃣ Xatirchi tumani tibbiyot texnikumida my.gov.uz portalidan foydalanish bo'yicha targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

4️⃣ Xonqa tumanida pedagog kadrlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida o'quv seminari o'tkazildi

5️⃣ Shovot tumanidagi korxona va tashkilot xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi

6️⃣ Termiz shahrida pedagog kadrlarning elektron xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalari oshirildi

7️⃣ Boysun tumanida ijtimoiy soha xodimlari hamda mahalla yettiligi vakillari uchun o'quv seminar o'tkazildi

Targ'ibot tadbirlari orqali 1000 dan oshiq fuqarolarning elektron xizmatlaridan foydalanish bo'yicha ko'nikmalari oshirildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram