GREENCARD - UZBEKISTAN
333 subscribers
292 photos
12 videos
29 files
94 links
Грин кард дастури ва иммиграция бўйича сўнгги янгиликларни ўзбек тилида ушбу канал орқали кузатиб боришингиз мумкин. Каналдан материал кўчирилганда манба кўрсатилсин.

Алоқа: @thereisnousernames
Download Telegram
Forwarded from U.S. Embassy Tashkent
#ConsularTuesdays

Hurmatli Grin Kard (DV) lotereyasi bo'yicha viza murojaatchilari! Iltimos, AQSh elchixonasida DV dasturi bo'yicha vizaga murojaat etishdan avval, ta'lim darajangiz (yoki ish tajribangiz ) DV dasturi talablariga javob berishiga ishonch hosil qiling. Murojaatchi kamida "umumiy o'rta ta'lim yoki uning ekvivalenti"ga ega bo'lishi zarur.

Murojaatchi DV vizasi bo'yicha talablarga javob berish uchun, AQSh maktablaridagi to'liq o'rta ta'lim darajasiga teng boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'limni muvaffaqiyatli to'liq yakunlagan bo'lishi zarur. Faqatgina ta'limning standart shakli viza talablariga muvofiqdir. Sirtqi yoki tezlashtirilgan("eksternat"kabi) dastur bo'yicha olingan ta'lim, ushbu talabga javob bera olmaydi.

Iltimos, AQSh elchxonasiga viza uchun murojaat etishdan hamda viza ma'muriy to'lovlarini amalga oshirishdan avval, Grin Kard lotereyasida ishtirok etish bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishib chiqing.
Forwarded from U.S. Embassy Tashkent
#ConsularTuesdays

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Diversity Visa (Green Card) g'olib murojaatchilarini, viza suhbati vaqtida soxta hujjatlarni taqdim etish, viza uchun bir umrlik cheklov olishga sabab bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. O'zingizni, viza uchun bir umrlik rad etilish xavfi ostida qoldirmang. Viza olish uchun murojaat vaqtida, soxta hujjat yoki yolg'on ma'lumot taqdim etishni tavsiya qilayotgan uchinchi shaxslarga ishonib qolmang.

The U.S. Embassy advises Diversity Visa winners that applicants who present fake documents at the visa interview may be subject to a permanent visa ineligibility. Don't risk a lifetime visa ban. Don't trust third parties who advise you to provide false documents or information during a visa application.