𝑫𝑼𝑵𝒀𝑶𝑫𝑨 𝑻𝑬𝑵𝑮𝑰 𝒀𝑶'𝑸 𝑶𝑵𝑨𝑴"-𝑰𝑱𝑹𝑶𝑳𝑨𝑹𝑰
393 subscribers
5.87K photos
9.59K videos
39 files
3.31K links
Ассалому алайкум! Ҳуш келибсиз. 😍
Ажойиб Ижро ва ижодимиздан баҳраманд бўлинг. 😍😘

ҲУРМАТ ЭҲТИРОМ БИРИНЧИ ЎРИНДА!

Хурматсизлик, беманилик, қилганларни учириб юборамиз!
Ким ва қандай мавқеда бўлса ҳам!
Download Telegram
FURSAT BER....

#premera

,, Sog‘indim" demagil o‘rtama dilim,
Barcha yolg‘onlaring bo‘ldi oshkora.
Muruvvat qilmagin, olibla ko‘nglim,
Qaytishim istama bo‘lib ovora.

Yuz burib ketganing hamon yodimda.
Parchalab yurakni, kelma yonimga.
Sendan yo‘q ediku biror talabim,
Shunchalar tegdimmi shirin joninga.?

Hammadan yuksakdek ongu, shuuring,
Teng kelmas bo‘yingdan baland g‘ururing.
Balki, sevmoqdasan sen ham pinhona,
Shunchaki, aytishga qo‘ymas g‘ururing.

Yolg‘on xayollardan charchadim rosti,
Og‘riydi o‘ylasam yuragim osti.
Ko‘nglimni ololmas sendan o‘zgasi
Qalbimni kemirgan hijronlar bosdi.

Talpinar sen tomon bo‘ysunmas yurak,
Aql ham charchadi bo‘lolmas tirgak.
Qiynaydi holimga qo‘ymaydi bir dam,
Ojizman, fursat ber sevsin shu yurak.

08/05/2024
07 : 00

📝AZIZABEGIM
SIZNI ALLOH UCHUN YAXSHI KO‘RAMAN.

#premera

Mahzun yuzlaringiz xumori o‘zim,
Gulgun yuzlaringiz xushtori o‘zim.
Sizni ko‘rmoq istar bu qaro ko‘zim,
Chin dildan aytaman baralla so‘zim,
Sizni alloh uchun yaxshi ko‘raman.

Dunyoda bormikan mehrdan ortiq,
Bu yurak so‘zlarim sizlarga tortiq,
Shirin tabassumni qo‘ymang unutib,
Bu ko‘zlar hech qachon bo‘lmasin intiq,
Sizni alloh uchun yaxshi ko‘raman.

Dunyoga boqingiz havas ko‘z- ila,
Ulashing mehringiz shirin so‘z ila.
Nasiba allohdan nonu tuzgina,
Bandamiz muruvvat qiling ozgina,
Sizni alloh uchun yaxshi ko‘raman.

Yaxshilar bor hayot hamisha go‘zal,
Umr asli jo‘shib kuylangan g‘azal.
Yaxshidan bog‘ qolar deyishar azal,
Bari barisidan muhabbat afzal,
Sizni alloh uchun yaxshi ko‘raman.

Beshavqat hayotdan nolima do‘stim,
Hesh qachon to‘lmaydi bu kamu ko‘stim.
Hesh kimsa bo‘lolmas dunyoga ustun,
Yarashar gar kiysang sabrdan po‘stin,
Sizni alloh uchun yaxshi ko‘raman.

10/05/2024

📝Azizabegim
KO‘RGIM KELMAS...

#premera

Ko‘nglim pora, yuragim pora,
Ortib borar alam tobora.
Xasta holim, yo‘q halovati,
Faqat mening bu dilim yara.

Hech qolmadi ishq degan tuyg‘u,
Ko‘zlarimga kelmas bu uyqu.
Olib ketdi sovuq yel esib
Keltirganing faqat shu qayg‘u.

Yurak yo‘qmi, senda azizim.?
Quloq tutgin, bordir bir so‘zim.
To‘lib ketdi aytmoqqa arzim, 
Shunday ketay, qolmasin izim.

Mendamikan balki hamma ayb,
Sog‘inchlarim qo‘ydimi qiynab?
Sen jimgina ketding ataylab,
Kechib ketmoq osonmikan ayt.?

Og‘ritdimmi, balki qalbingni.?
Qiynoqlaring ezdi yurakni.
Armon yo‘lin tutyapman endi,
Qayta ko‘rgim kelmas hech seni...


14/05/2024

📝AZIZABEGIM

🔥 Eng sara rasmlar va fotolar faqat sizlar uchun bizda aslo uzoqlashmang biz bilan qoling 😉
@DunyodaTengiYuqOnam220293
KELMAYSANMI...?

#premera

Telba ishqim yetaklab giryon,
Izlay izlay bo‘ldimku sarson.
Goh gohida qalbimda isyon,
Seni qo‘msab yurak bag‘rim qon.

Visol qiynab, qilmoqda xumor,
Armonlarim bo‘ynimda tumor.
Kelmaysanmi? hol so‘rab takror,
Bo‘l tabibim, men xasta bemor.

Huvillagan bu ko‘ngil ko‘cham,
Zulmat bosdi yulduzli kecham.
Sensiz o‘tmas xayotim hech ham,
Yoritsin shu tunimizni sham.

Iztiroblar bo‘ldi mehmonim,
Uzilmasin bu ko‘ngil torim.
Sensiz o‘tdi har bitta onim.
Faqat senga bitay ashorim.

Imkon bergin ey bag‘ritoshim,
Sinayverma endi bardoshim.
Yolg‘izgina menga shu hamroh
Qo‘limdagi qalam sirdoshim,

15/05/2024

📝AZIZABEGIM
NIMA QOLAR.?

#premera.

Tun cho‘kdi, jimlikka chekindi olam,
Siyohrang ko‘rinar osmonda oy ham.
Sukunat qopladi, atrofni shu dam,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

Umr oqar daryo derlar, soy derlar,
Ham alamli, ham quvonchga boy derlar.
Bir mehmonmiz shoshib o‘tadi yillar,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

Kezaman bazida aylanib bozor,
Kimlar kimlargadir berishar ozor.
Hammaning ham borar yeridir mozor,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

Tanishu notanish ko‘changdan o‘tar,
Yaxshilik tilasang, yaxshilik qaytar.
Jilmaysang dilingdan g‘uborlar ketar,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

O‘tdi yoshlik, ortda qoldi bolalik,
Umr qisqa, xazon bo‘lar loladek.
Qo‘msaganda hamon ko‘ngil boladek,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

Qachondir qulaydi bu qorli tog‘lar,
Nuraydi bir kuni qad, qad binolar.
Ko‘rk bergan chiroyi, savlati qolar,
Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

Dunyo, asli sendan nima qolar ayt.?

17/05/2024

📝Azizabegim
ALLOHDAN QO‘RQMAGAN KIMSALAR.

#premera

Har qadaming o‘lchovlik deydilar,
Umring ham omonat deydilar.
Har ne'mat g‘animat, deydilar,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Soxtalik ortidan quvishar,
Fahsh, zino yo‘lidan yurishar.
Ko‘rib ham ko‘zlarin yumishar,
Allohdan qo‘rqamagan kimsalar.

Ming afsus toptaldi muhabbat,
Qalblarni egallar bir nafrat.
Izlaysan har yerdan adolat,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Kimlarga muhabbat bir o‘yin,
Ishonma va'dalar bir tiyin,
Ko‘rasan jabri ham bir qiyin,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Sog‘inchlar yig‘laydi bo‘lib xor,
Pushmonlar ko‘chasi endi tor.
Farzanding sendanda qilsa or,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Uyatu or, nomus talashar,
Xiyonat o‘rnini alishar.
So‘ngida aldanib qolishar,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Atrofga qaragin qanchalar,
Yovqarash qilishar anchalar.
Oxiring xor bo‘lar shunchalar,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Obro‘ying ketganda bilasan,
Mansabing ketganda kulasan,
Zulmatda berkinib yig‘laysan,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Har kuning o‘tadi ishratda,
Gunohing tog bo‘lar yelkangda.
Ne bo‘lar qiyomat kelganda,
Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

Allohdan qo‘rqmagan kimsalar.

22/05/2024

📝AZIZABEGIM
USTOZGA TA'ZIM

#premera

Maktab davri, sen oltin davrim,
Misralarda bitilgan satrim.
Ko‘ksim uzra qadalgan nishon,
Mening uchun eng buyuk faxrim.

Eslamoqqa arzirli onlar,
Olqishlaru sharafu shonlar.
Ustozlarni ardoqlab dildan,
Ko‘zda yoshu shoda marjonlar,

Qo‘limizga qalam tutqazgan,
Ko‘p vaqtini bizga o‘tkazgan.
Ko‘zlaridan nurin ayamay,
Bor zehini bizga ketkazgan.

Sha''ningizga aytib tahsinlar,
Nomingizga haykal qo‘yishar.
Guldastalar tutayin quchib.
Ustoz sizga qilib tazimlar.

Har kunimiz o‘tdi siz bilan,
Bahoru qish, hamda kuz bilan.
Kuzatyapsiz ko‘p duo bilan,
Biz ketamiz yorug‘ yuz bilan.

25/05/2024

📝AZIZABEGIM
SENDAN KECHOLMAYMAN.

#premera

Sensan qalbimdagi otashin sevgim,
So'nmas umidimsan, kòrkli insonim.
Kashf etay boringdan, yonibla sevgum,
Sendan kecholmayman ishon azizim.

Tonggacha bedorman, termulgan kòzim,
Intiqdir yòlingda, tinlagin sòzim.
Kelmasang muz kabi sovur yuragim,
Jim ketma, o‘rtingdan bo‘zlar bu qalbim.

Tortgan azoblarim senga ayonmas,
Qalbimdan chiqqan so‘z oddiy bayonmas.
Aldangan tuyg‘ular senga o‘yinmas,
Pinhona ko‘z yoshlar balki ko‘rinmas.

Bu ishqning oxiri bilmam ne bo‘lur.?
Soyada sarg‘aygan gul kabi so‘lur.
Armonga ko‘milgan muhabbat o‘lur,
Chin sevgi sadoqat sherlarda qolur.

27/05/2024

📝AZIZABEGIM
****
Seni bir zum o‘ylamay yashash,
Og‘ir azob va og‘ir gunoh....
Kamoliddin Shukur.

GUNOH.
#premera

Axir o‘ylamaslik unutmoq demak,
Azobin totib ham ko‘rmoqlik kerak.
Sevib sevilmay anduh yutguncha,
Ne uchun hijronda o‘rtanmoq kerak.?

Shamollar ortidan quvlaydi sog‘inch,
Gullardan bo‘sa ol qolmasin o‘tinch,
Talpinar diydorga, talpinar ko‘ngil,
Muhabbat bolidan yo‘q o‘zga ilinj.

Chekkan ozorlarim azob emasmi.?
Hijronda qovrilgan yurak kuymasmi.?
O‘ylamay qo‘yding--a telba gulingni,
Sog‘inchdan yuraging azob tuymasmi.?

Kel birga yashaylik cho‘zgin qo‘llaring,
Nahotki shunchalar olis yo‘llaring.
Men uchun ming bora cheksangda firoq.
O‘t bo‘lib yonarmu o‘ngu so‘llaring.?

Kel, kel birga yashaylik..

28/05/2024

📝AZIZABEGIM
MEHR NARXI AYTING QANCHALAR.?
#premera

Qolganmidim ko‘nglingizdan shunchalar ?
Jim turasiz indamasdan bunchalar ?
Mehr narxi ayting endi qanchalar ?
Bir hol so‘rash qiyinmidi shunchalar.?

Yashayapsiz tinch xotirjam kuningiz,
O‘tmas edi mensiz hatto tuningiz.
Qayda qoldi endi shirin so‘zingiz ?
Bir bor yo‘qlab kelmaysizmi o‘zingiz.?

Kokillarim oldi bo‘ynimni quchib,
Kapalaklar keldi tongimda uchib.
Bir kechalik mehmon bo‘lsam gar ko‘chib,
Xayolingiz olsam ketmangiz cho‘chib.

Tunlari sirlashdim yulduzlar bilan,
Zulmatni yoritgan to‘lin oy bilan.
Yig‘ladim samoga bir hasrat bilan,
Ko‘z yoshim berkitdi yomg‘irlar bilan.

Balki, oson sizga voz kechib ketmoq,
Joizmi, bariga bir nuqta qo‘ymoq.?
Qo‘limdan kelmaydi sizni unutmoq,
Balki, armon endi diydorni kutmoq...


29/05/2024

📝AZIZABEGIM