dubbe.ai channel
92 subscribers
1 video
2 links
dubbe.ai — video va audio kontentlarni AI yordamida boshqa tillarga dublyaj qilish platformasi.

Til to‘siqlarisiz tushuning va tushuntiring.

Bot: @dubbeai_bot
Web: https://dubbe.ai

Bog’lanish uchun: @dubbe_support
Download Telegram
Channel created
dubbe.ai — til to‘siqlarini olib tashlash uchun yaratilgan AI platforma.

Bugun internetda juda ko‘p foydali video va audio kontent bor. Lekin ularning katta qismi ingliz, rus yoki boshqa tillarda bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu bilim va g‘oyalardan quruq qolmoqda.

dubbe.ai shu muammoni yechish uchun yaratildi.

Biz video va audio kontentlarni AI yordamida boshqa tillarga ovozli lokalizatsiya qilamiz.

Ya’ni:

• Chet tildagi videolarni o‘z tilingizda tushunishingiz mumkin.

• O‘z videolaringizni boshqa tildagi auditoriyaga tushunarli qilib yetkazishingiz mumkin.

Bitta kontent faqat bitta til bilan cheklanib qolmasligi kerak.

dubbe.ai orqali siz:

— videoni yuklaysiz
— qaysi tilga o‘girish kerakligini tanlaysiz
— AI dublyajni tayyorlaydi
— tayyor natijani web platforma yoki Telegram bot orqali olishingiz mumkin
— videoni subtitr bilan yoki subtitrsiz yuklab olishingiz mumkin

Biz avval Markaziy Osiyo bozoridan boshlayapmiz. Keyingi bosqichlarda MDH va global bozorlarga chiqishni maqsad qilganmiz.

Maqsadimiz oddiy:

Foydali kontent til sababli odamlar uchun yopiq bo‘lib qolmasligi kerak.

dubbe.ai web platforma: https://dubbe.ai/

Telegram bot: @dubbeai_bot

AI-powered Content Localization Platform
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum
Yaxshimisiz Akmal aka?

Sizning kanalingizni startup olamiga kirishimdan oldin ham kuzatib borardim. Blogingizda ulashadigan fikrlaringiz, tajribangiz va tavsiyalaringiz menga ko‘p marta foydali bo‘lgan. Bu uchun sizga alohida rahmat aytmoqchiman.

Yaqinda kanalingizda Acquired’ning Meta haqidagi 6+ soatlik podkastini AI yordamida o‘zbek tiliga dublyaj qilish haqida post yozgandingiz.

Biz dubbe.ai jamoasi bilan shu podkastni to‘liq ingliz tilidan o‘zbek tiliga dublyaj qilib chiqdik.

Bu biz uchun ham juda yaxshi test bo‘ldi. Chunki podkast uzun, kontenti murakkab va shu bilan birgalikda startup ekotizimi uchun foydali. Shu orqali uzun formatdagi sifatli global kontentni ham o‘zbek auditoriyasi uchun tushunarli va qulay shaklga keltirish mumkinligini amalda ko‘rdik.

dubbe.ai — video va audio kontentlarni AI yordamida boshqa tillarga ovozli lokalizatsiya qilish platformasi. Hozir Markaziy Osiyodan boshlayapmiz, keyingi bosqichlarda MDH va global bozorlarga chiqishni maqsad qilganmiz.

Bu podkast sizning kanalingizdagi founderlar, investorlar va startupga qiziqadigan auditoriya uchun foydali bo‘ladi deb o‘yladik. Tayyor dublyaj qilingan natijani sizga yuboryapmiz.

Agar natija sizga ma’qul bo‘lsa, uni kanalingizda ulashsangiz, biz uchun juda katta yordam bo‘lardi. Albatta, buni juda qadrlaymiz.

dubbe.ai web platforma: https://dubbe.ai/

Telegram bot: @dubbeai_bot

@dubbeai
👍8🔥2
dubbe.ai channel pinned «dubbe.ai — til to‘siqlarini olib tashlash uchun yaratilgan AI platforma. Bugun internetda juda ko‘p foydali video va audio kontent bor. Lekin ularning katta qismi ingliz, rus yoki boshqa tillarda bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu bilim va g‘oyalardan quruq qolmoqda.…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
Telegram support: @dubbe_support

Loyihamiz bilan bog'liq yuzaga kelayotgan texnik xatoliklarga duch kelsangiz bizga yuqoridagi admin profiliga murojaat qiling.

Hozircha shaxsan o'zim javob beryapman.
Aytgancha, botimizdagi texnik nosozliklarni allaqachon to'g'rilab qo'yganmiz.

Bemalol foydalanishingiz mumkin.

Link: @dubbeai_bot
👍2