DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.56K subscribers
10.3K photos
2.34K videos
15 files
6.38K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#bilib_oling

Bozor nomlari qoʻshtirnoqqa olinadimi?
Chorsu bozorimi yoki “Chorsu” bozorimi?

Hech bir ishonchli manbada bozor nomlari qoʻshtirnoqqa olinishi koʻrsatib oʻtilmagan, lekin bir qoida borki, unga koʻra turdosh ot bilan yozilgan kompaniya, firma, zavod-fabrika, korxona, jamiyatlar nomlari qoʻshtirnoqqa olib yoziladi.

Bunday nomlarda quyidagicha turdosh otlar boʻlishi mumkin:
Masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)
Aksiyadorlik jamiyati (AJ)
Unitar korxona (UK)
Fermer xoʻjaligi (FX)
Shirkat xoʻjaligi (SHX) va h. k.

Shundan kelib chiqib:
“Chorsu” bozori
Chorsu bozori

“Oloy« bozori
Oloy bozori

Lekin:
Chorsu buyum savdo kompleksi AJ
“Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ

Oloy dehqon bozori AJ
“Oloy dehqon bozori” AJ

Qarang: N. M. Mahmudov, “Oʻzbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
⚡️Energetika vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusidagi maʼrifat soati o‘tkazildi

🔰Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

🔰Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi G‘.Hamrayev, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi rahbari I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Iminov o‘z chiqishlarida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, davlat tili maqomi berilgan o‘zbek tiliga keyingi yillarda yurtboshimiz tashabbusi bilan berilayotgan alohida eʼtibor tufayli amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida atroflicha to‘xtaldilar.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📝Ish yuritish hujjatlarinI lotin yozuviga to'liq o'tkazilishi bo‘yicha o'quv seminari tashkil etildi.

📝Unda idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

📝Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi.

📝Seminarda 1-oktabrdan ish yuritishni lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida olib borishga tayyorgarlik ko'rish, unli harflar hamda harfiy birikmalarning lotin yozuvida ifodalanishi kabi masalalar atroflicha ko'rib chiqildi.

📝Joriy yil 9-sentabrdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Reklama to'g'risida"gi qonuni 6-moddasi talablarini amalga oshirish bo'yicha oldda turgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.


Xonqa tumani hokimligi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Pul birliklari imlosi

Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan pul birliklarining belgili shaklini moliya va iqtisod sohasiga oid, shuningdek, moliyaviy hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan maxsus adabiyotlarda qoʻllagan maʼqul.

Misol uchun: soliq summasi 1280 $, umumiy qiymati 500 €, saldo 53 200 ₽.

$ — dollar
€ — yevro
₽ — rubl

Xalqaro amaliyotda bu belgilarning sondan avval qoʻyilishi keng tarqalgan, bizda esa oʻqilishi oson va tartibi toʻgʻri boʻlishi uchun sondan keyin qoʻyilishi maqsadga muvofiq boʻlsa kerak.
$1280
1280 $
1280 AQSH dollari

€500
500 €
500 yevro

₽53 200
53 200 ₽
53 200 rubl


Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonun

O‘zbekistonda nimalarni reklama qilish taqiqlanadi?

"Reklama to‘g‘risida"
gi yangi qonunga ko‘ra, reklamalar o‘zbek tilida berilishi kerak. Boshqa xorijiy tillarda ham bersa bo‘ladi, faqat buning o‘ziga xos shartlari bor. Shuningdek, narxlarni chet el valutasida ko‘rsatish, ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish ham taqiqlanmoqda.

manba 👉KUN.UZ

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 41-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1.G‘ayratiy she'rlari
2. "Oromim" qo‘shig‘i. Alisher Fayz
3. "Anor" hikoyasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📋Zarafshon shahri hududida Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Reklama toʻgʻrisida"gi Qonunlari ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

🔖Tadbir davomida shahar hududida koʻp qavatli uylar binosida noqonuniy oʻrnatilgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Toʻyga borsang toʻyib bor, yomonliging qoʻyib bor

Bu nasihat shaklidagi maqolning maʼnosi quyidagicha: jamoat yigʻiladigan joyga — toʻyga, mehmondorchilikka “almoyi-aljoyi” boʻlib borma, durustroq kiyimingni kiyib bor; jamoat yigʻilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla; toʻy-ziyofatda ovqatni boʻkkuningcha orqa-oʻngingga qaramay yema.

Boshqa shakllari:
• Toʻyga borsang toʻyib bor, toʻrqa toʻning kiyib bor (*toʻrqa — shoyi matodan tikilgan).
• Toʻyga borsang burun bor, burun borsang oʻrin bor.
• Toʻyga borsang toʻyib bor, boʻz xaltangni qoʻyib bor.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook