Xorazm viloyati tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 25-dekabr kuni IT-Park Xorazm viloyati filialida tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi J. Sobirov so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi hamda viloyatda 2025-yil davomida davlat tilini rivojlantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarining yil yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Hisobotlar davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bajarilmagan topshiriqlar va yakuniga yetmagan ishlar mavjudligi qayd etildi. Shu asosda 2026-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida hududlarda qabul qilinayotgan qarorlar, farmoyishlar hamda boshqa turdagi hujjatlarda uchrayotgan asosiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Davlat tili me’yorlariga zid holatlar va qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan ayrim maslahatchilarga nisbatan jiddiy ogohlantirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, hujjatlarni rasmiylashtirishda davlat tili talablariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi hamda maslahatchilarga tegishli topshiriqlar berildi.

❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!
🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.

Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
👍2
📖“Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
🇺🇿Toshkent shahar hokimligi rahbarligi va homiyligida poytaxtimiz hududidagi tarixiy va zamonaviy joy nomlarini ilmiy asosda jamlagan “Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔵Taqdimot davomida tarix fanlari doktori, professor Omonullo Bo‘riyev hamda tarix fanlari doktori Xayriya Bo'riyeva hamda boshqa ishtirokchilar tomonidan mazkur nashrning ilmiy-amaliy ahamiyati, toponimika sohasidagi o‘rni va poytaxt joy nomlarini tizimli o‘rganishdagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
🇺🇿Mazkur izohli lug‘at Toshkent shahrining boy tarixiy merosi va bugungi zamonaviy qiyofasini aks ettirgan bo‘lib, u ikki qismdan — “Tarixiy Toshkent” va “Zamonaviy Toshkent” bo‘limlaridan iborat. Unda ariqlar va kanallar, daha va darvozalar, tumanlar, mahallalar, metro bekatlari, qabriston va ziyoratgohlar kabi joy nomlarining ilmiy va xalqona talqinlari keltirilgan.
analga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️KUN SO‘ZI
QURALAY
✔️Kiyik yoki оhularning yosh bоlasi.
Ularbek yil emas, oy emas, kun emas, soat sayin to‘lishib, quralayning ko‘zini nishonga oladigan merganga aylanibdi. E.Ravshanov, Oqqush suzgan suv suluv.
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

👍3👏1
#Davlat_tilida_ish_yuritish
MEHNAT BITIMI
Mehnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo‘lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi.
Xodim aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish haqini to‘lash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi.
Ayrim hollarda korxona hisobida turuvchi xodimlar bilan ham mehnat bitimi tuziladi. Bunda xodimlar bevosita o‘z asosiy vazifalari doirasiga kirmaydigan ishni bajarish majburiyatini oladilar.
Masalan, shu korxona xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish yoki asosiy ishdan keyin farroshlik qilish kabi.
Mehnat bitimi kamida ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi
bajaruvchi(lar)ga beriladi, ikkinchisi esa tegishli korxonaning hisob bo‘limi yoki boshqa tarkibiy bo‘linma hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
📖"DAVLAT TILIDA ISH YURITISH" 139-sahifa

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅
“Jadid” gazetasining 2026-yil 1-yanvardagi 1-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🔘Jamoliddin BADALOV
TARAQQIYOT XARITASI
🔘Laylo SHARIPOVA
CHORLOV
🔘Usmon AZIM
XITOY SAFARI
🔘Gulshan ALIMARDONOVA
YUKSAKLIK YOR BO‘LSIN!
🔘Ravshan ABDULLAYEV
RAVNAQIMIZ GAROVI
🔘Qamchibek KENJA
ABDULLA QAHHOR IBRATI
🔘Sultonmurod OLIM
NURDAN YARALSA BOYLIK...
🔘Shukritdin PAXRUTDINOV
USTUNLIKKA ERISHISH OMILI
🔘O‘ktam HAMRAALI
BUNYODKOR YURT MANZARALARI
🔘Suvon MELI
QAMISHDAN BEL BOG‘LAYMIZ
🔘Umida TESHABOYEVA
JADIDLAR DAVRIDA KUTUBXONACHILIK
🔘Rustambek SHAMSUTDINOV
MILLAT KURASHCHISI
🔘Ro‘zimboy HASAN
OQIB KETMAGAN ARMONLAR
🔘Xurshid DO‘STMUHAMMAD
XUSHXABAR!
🔘Farida AFRO‘Z
YANGILARDAN GAPLASHAYLIK
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️KUN SO‘ZI
SANDULOCH
✔️Bulbul.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimda mavjlaring bordir.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,
Sandulochim! – degan edim, sayrab yubordi.
A.Oripov, Yangi she’rlar.
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
SANDULOCH
✔️Bulbul.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimda mavjlaring bordir.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,
Sandulochim! – degan edim, sayrab yubordi.
A.Oripov, Yangi she’rlar.
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
👍3
Hurmatli fuqarolar!
Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yangihayot tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5-yanvar kunidan
19- yanvar kuniga qadar qatnashishi mumkin.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot