DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.54K subscribers
10.3K photos
2.35K videos
15 files
6.4K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 80-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Kitob kerakdir" she'ri. Mahmud Toir
2. "Gulandon" qo‘shig‘i. Sherali Jo‘rayev
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
📋Maktab direktorlari davlat tiliga oid qarorlar bilan tanishtirildi.

🔸Tumandagi 4-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining davlat tiliga oid qarorlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘ldi. Unda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan umumta’lim maktablarida davlat tilida hujjat yuritish, ichki targ‘ibot vositalari ahvolini o‘rganish natijalari haqida gapirildi.

🔹Har bir umumta’lim maktabida davlat tili bo‘yicha mas’ul biriktirish, barcha targ‘ibot yozuvlarini qayta ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni tugatish yuzasidan topshiriqlar berildi.

🔖Yig‘ilishda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida malaka oshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🇺🇿Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan #Muqaddasdir_vatan_bayroģi heshteglari ostida chorlovlar o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook