DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.81K subscribers
9.46K photos
2.21K videos
10 files
5.92K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#Tabrik

💐Qadrli o‘qituvchi va muallimalarimiz!

💐Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐Siz bergan munavvar saboqlar, avvalo, yosh avlod qalbida milliy o‘zligimiz ramzi – ona tilimizga mehru muhabbat uyg‘otadi.

💐Ushbu shukuhli kunlarda barchangizni kasb bayramingiz bilan qutlab, Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilangizga fayzu baraka, maʼrifat sohasidagi ezgu va xayrli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlar Mahkamasining
Maʼnaviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari
departamenti

Kanalga ulanish
👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

💐1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni!

Kanalga ulanish
👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

Hurmatli hamkasblar!
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 47-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Muallim" she'ri. Zulfiya Mo‘minova
2. "Ustozlar" qo‘shig‘i. Sanobar Rahmonova
3. "To‘lqinlar" hikoyasi. Said Ahmad

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#davlat_tili

🔰ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI TIZIMIDA “DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUN TALABLARINING AMALGA OSHIRILISHI

🔰Joriy yilning 29-sentabr kuni “Metallurglar” madaniyat saroyida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati rahbar-xodimlari ishtirokida “Ishlab chiqarish korxonalari tizimida davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarining amalga oshirilishi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🔰Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, Chirchiq davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Akmal Abdullayev, Bekobod tumani hokimi maslahatchisi Saida Suvanovalar ishtirok etdilar hamda yig‘ilganlarga “Davlat tiliga amal qilishning normativ-huquqiy asoslari”, “Geografik joy nomlari va tashqi reklama borasidagi nomlash muammolari”, “Tilga e‘tibor – elga e‘tibor” mavzulari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdilar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

💐1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni!

Kanalga ulanish
👉  https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Oʻrganish oson, oʻrgatish qiyin

Bu maqolning maʼnosi quyidagicha: oʻqituvchi, ustoz, murabbiy boshqalarga bir nimani chinakamiga oʻrgatmogʻi uchun avvalo oʻzi oʻqib-oʻrganmogʻi, oʻzi ibratli boʻlmogʻi, taʼlim-tarbiya berishda, oʻqitish-oʻrgatishda sabr-chidamli boʻlmogʻi zarur.

Boshqa shakllari:
Oʻrganish yaxshi, oʻrgatish undan yaxshi.
Oʻrganish — bir hunar.
Avval oʻrgan, keyin oʻrgat.
Bildirish uchun bilgan boʻlish kerak.
Taʼlim berish uchun taʼlim kerak.
Bilimlining bilimi yuqar, bilimsizning irini* yuqar.

*Irin — jirkanch, rasvo, xunuk soʻz, qiliq, odat, xatti-harakat.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan


Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

Ustoz kim?

Sheʼr muallifi:Abdunabi Hamro;

🎙Sheʼrni Salohiddin Fayziyev o‘qidi;

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰"Ustoz otangDAN ulug‘"mi yoki "Ustoz otangDEK ulug‘"mi?

🔰Rahmatli ustozimiz Omonillaxon Madayev ushbu maqolning nozik maʼnosi to‘g‘risida quyidagi videolavhada so‘z yuritganlar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Kahkashon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🔰Farg‘onaazotda "Eng namunali maʼnaviyat xonasi" Ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

🔘 Tashqi reklama bozorini tartibga solish yoʻlida

▫️ Namangan viloyati Kosonsoy tumanida viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Baxtiyor Mirzabdullayev, tuman hokimining maslahatchisi Zamira Nishonova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kosonsoy tumani boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganishlar olib borildi.

🪧Oʻrganishlar davrida oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib olingan alohida tik turuvchi va avtomobil yoʻllaridagi targʻibot vositalari, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq kelmaydigan reklama va eʼlonlar boʻyicha monitoring oʻtkazildi.

🪧 Savdo shohobchalari, tadbirkorlik subyektlariga Reklama toʻgʻrisidagi qonundan kelib chiqib,

🪧Reklama vositalarini davlat tilida, yaʼni oʻzbek tilida lotin yozuvida yoritib borish haqidagi tushuntirishlar berildi hamda mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga erishildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 48-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Xosiyat Bobomurodova she'rlari
2. "Qo‘shchinor" qo‘shig‘i. Mahmudjon Tojiboyev
3. "Taklifnoma" hikoyasi. Said Ahmad

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#qadribalandonatilim

🇺🇿 Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini  siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Davlat test markazida 3-oktabr kuni Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.

📋 Oʻrganish davomida Davlat test markazida davlat tilida ish yuritilishi qanday daraja ekanligi va tizimdagi yutuq, kamchiliklar oʻrganildi. Kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰Bugun “Yoshlar” radiokanalida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rahbarining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi M.Abduhakimova ishtirokida davlat tili muammolariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

🔰Suhbatda so‘nggi uch yilda davlat tili bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari xususida fikr almashildi.

🔰I.Azimov Markazning tashkil qilinishi, uning vazifalari, malaka oshirish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

🔰M.Abduhakimova qo‘mitada davlat tili bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Vazirlar Mahkamasining 34-sonli qarori bilan joriy qilingan rahbarning davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimining mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook