DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI
3.27K subscribers
12.3K photos
2.7K videos
24 files
7.27K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 TAKOMILLAŞTIRILGAN ÖZBEK ALIFBOSI VA DAVLAT TILIDA IŞ YURITIŞ BÖYIÇA ÖQUV-SEMINAR ÖTKAZILDI

🌟 Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farğona viloyati boşqarmalarida takomillaştirilgan özbek alifbosining qöllanilişi va davlat tilida iş yuritiş masalalariga bağişlangan öquv-seminar bölib ötdi.

⭕️ Seminarda 2026-yil 21-oktyabrdagi ÖRQ-1184-son Qonunning mazmun-mohiyati, takomillaştirilgan alifboni amaliyotga joriy etiş hamda hujjatlarni davlat tilida töğri va savodli rasmiylaştiriş masalalari muhokama qilindi.

💬 Tadbirda Farğona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Sohibjamol Tongotarova, Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi Farğona viloyati hududiy bölinmasi boş mutaxassisi Nargiza Qodirova, şuningdek, boşqarmalarning mas’ul xodimlari, bölim boşliqlari va mutaxassislari iştirok etdi.

📚 Öquv-seminar davomida davlat tilida iş yuritiş madaniyatini yuksaltiriş, rasmiy hujjatlarda imlo qoidalariga rioya qiliş hamda takomillaştirilgan alifbodan foydalaniş böyiça tuşuntirişlar berildi.

🔜 Bunday tadbirlar davlat idoralarida iş yuritiş sifatini oşiriş, davlat tilining nufuzini mustahkamlaş va xodimlarning tilga oid bilimlarini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3
UMUMMILLIY DIKTANT: 165 TA TAŞKILOT, 6 664 NAFAR IŞTIROKÇI!

“Savodxon taşkilot – savodli jamiyat” şiori ostida ötkazilgan umummilliy diktant loyihasi doirasida respublikamizning turli hududlaridagi davlat taşkilotlari va muassasalari xodimlari iştirok etdi.

Diktant tadbirlarini taşkil etiş hamda ötkazişda beğaraz amaliy yordam körsatiş taşabbusi Markaz tomonidan e’lon qilingandan söng, bu borada hamkorlik qiliş böyiça köplab taşkilotlardan murojaatlar böldi. Quyida Markaz va uning hududiy bölinmalari bilan hamkorlikda taşkil etilgan diktant tadbirlari statistikasi bilan tanişişingiz mumkin.

📍 HUDUDLAR KESIMIDA:
🔹 Toşkent şahri — 22 ta taşkilot, 931 nafar xodim;
🔹 Qoraqalpoğiston Respublikasi — 30 ta taşkilot, 399 nafar xodim;
🔹 Buxoro viloyati — barça tumanlar qamrab olinib, 1 062 nafar xodim;
🔹 Farğona viloyati — 14 ta taşkilot, 540 nafar xodim;
🔹 Jizzax viloyati — 15 ta taşkilot, 370 nafar xodim;
🔹 Namangan viloyati — 14 ta taşkilot, 675 nafar xodim;
🔹 Navoiy viloyati — 16 ta taşkilot, 542 nafar xodim;
🔹 Qaşqadaryo viloyati — 6 ta taşkilot, 157 nafar xodim;
🔹 Samarqand viloyati — 2 ta taşkilot, 50 nafar xodim;
🔹 Sirdaryo viloyati — 6 ta taşkilot, 412 nafar xodim;
🔹 Toşkent viloyati — 21 ta taşkilot, 1 396 nafar xodim;
🔹 Xorazm viloyati — 4 ta taşkilot, 130 nafar xodim.

📌 UMUMIY NATIJA:
165 ta taşkilot;
6 664 nafar xodim;


Mazkur taşabbus doirasida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi tomonidan taşkilotlarga diktant tadbirlarini ötkaziş, iştirokçilardan diktant oliş hamda yozma işlarni baholaş böyiça beğaraz amaliy yordam körsatildi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1👏1
Özbek alifbosini takomillaştiriş: taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkazilmoqda

Özbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan ÖRQ-1184-son Qonuni bilan ”Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Qonunga özgartirişlar kiritildi. Mazkur özgarişlarni keng jamoatçilikka yetkaziş, taşkilot va muassasalar xodimlarini yangi alifboning xususiyatlari bilan taniştiriş hamda uni amaliyotga tatbiq etişga kömaklaşiş maqsadida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi tomonidan taşkilotlarda amaliy seminarlar ötkaziş taşabbusi ilgari surildi.

Uşbu taşabbus doirasida navbatdagi amaliy seminar Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasida taşkil etildi.
Seminarda Qömita markaziy apparati xodimlari hamda Zoom platformasi orqali tizim taşkilotlari vakillari iştirok etdi.

Tadbirda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi direktori Azizjon Eminov iştirok etib, takomillaştirilgan alifbodagi özgarişlar, harflarning yozilişi va qöllanilişi xususiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanganidek, sönggi ön yil davomida özbek alifbosini takomillaştiriş böyiça qator ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va jamoatçilik muhokamalari ötkazildi. Uşbu jarayonlarda olimlar, yozuvçilar, pedagoglar, axborot texnologiyalari mutaxassislari, naşriyot vakillari hamda boşqa soha mutaxassislari faol iştirok etdi.

Seminar davomida, xususan, O‘, Ğ, Ş va Ç harflarining yozilişi va qöllanilişi bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, takomillaştirilgan alifbodagi harflarni klaviaturada qulay yoziş imkoniyatlari, davlat idoralaridagi ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanişi tizimlarini yangi alifboga moslaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Markaz tomonidan ilgari surilgan mazkur taşabbusning asosiy maqsadi — taşkilot va muassasalarda özbek alifbosini takomillaştiriş bilan boğliq yangiliklar yuzasidan tuşuntiriş işlarini olib boriş, xodimlarning yangi imlo me’yorlari haqidagi bilimlarini oşiriş hamda özgarişlarni amaliyotga töğri va izçil tatbiq etişga kömaklaşişdan iborat.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 31-sonini e’tiboringizga havola etamiz!

1. Muhammad Yusuf "Iqror" şe’ri

2. Oğabek Sobirov "Ayrilma" qöşiği

3. Ötkir Hoşimov "Ikki eşik orasi" romani

Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1
#jarayon

Töraqörğon tumanida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosining yangi tahriridagi qoidalariga töliq ötiş va uni keng tarğib qiliş böyiça amaliy işlar jadal boşlab yuborildi.


Davlat tili qonunçiligiga qatʼiy amal qilingan holda tarğibot işlari hamda peşlavhalarni yangilaş jarayonlari qizğin tus oldi.

Mazkur saʼy-harakatlardan közlangan asosiy maqsad yangi alifbo qoidalarini aholi orasida tezkor ommalaştiriş va kundalik turmuşga çuqur tatbiq etiş, mahalla idoralari, köça va yöl körsatkiçlari hamda barça turdagi peşlavhalarni imlo qoidalariga mos ravişda sifatli şaklga keltiriş, şuningdek, joylardagi taşqi reklama va eʼlonlarning savodxonligi hamda estetik körinişini yanada yaxşilaşdan iborat.

Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OKTYABR OYINING “KITOBXON KADASTRÇI”SI ANIQLANDI


🌟 Kadastr agentligida xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, badiiy adabiyotga bölgan qiziqişini oşiriş hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida “Kitobxon kadastrçi” tanlovi ötkazildi.

📖 Tanlov davomida iştirokçilarning öqigan asarlari mazmuni, adabiy bilimlari hamda asarlar yuzasidan berilgan savollarga javoblari sinovdan ötkazildi.

🏆Tanlov yakunlariga köra, Karabazov Sardorbek Abdumajitoviç oktyabr oyining “Kitobxon kadastrçi”si deb topildi.

➡️ Ğolibni uşbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📚 Kitob öqigan inson — fikrli inson!


Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM