DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI
3.27K subscribers
12.3K photos
2.7K videos
24 files
7.26K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
📝 Taomnoma (menyu) ham o‘zbek tilida bo‘lishi lozim.

🟢 Samarqand shahar hokimligining Ishchi guruhi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 78-son bayonining 8-ilovasi 16-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida shaharda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida rasmiylashtirilganlik holatini o‘rganmoqda.

🔵 O‘rganish jarayonida taomnomalarda davlat tilida yozilmagan yoki imlo xatolari bilan berilgan taom nomlari aniqlanib, ularni davlat tilida to‘g‘ri va adabiy til me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#jarayon

Mamlakatni dunyoga tez tanitadigan soha, bu — sport. Sport millat va irq tanlamaydi, u barchani o‘z atrofida birlashtiradi. Sport nafaqat aholi salomatligini mustahkamlaydi, balki sog‘lom avlodni tarbiyalashning asosiy mezonlaridan biri sanaladi.

Tuman ishchi guruh vakillari To‘raqo‘rg‘on tuman Sport maktabidagi ijtimoiy maʼnaviy muhit holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi. Dastlab Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan olib borilgan ishlar, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimning ish hujjatlari, ularning Davlat tili mezonlariga mosligi, tashqi va ichki targ‘ibot vositalarining sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Murabbiy va sportchilar bilan ularning kasbiy salohiyatlari, o‘smirlarning sportga bo‘lgan qiziqishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va intilishlari bo‘yicha suhbatlashildi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Kun_hikmati
#Kun_savoli

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilar qayta nomlandi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Shahrisabz tumanidagi Hisor tog‘ tizmasida shu kungacha “nomsiz cho‘qqi” deb atalgan balandlikka rasman “Muzqoya”, Jizzaxdagi yana bir nomga ega bo‘lmagan cho‘qqiga esa “Qirqqiz” nomi berildi.

Batafsil — https://daryo.uz/5h0lazlDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
❤1
#jarayon

✅Yakkasaroyda davlat tili va reklama madaniyatiga e’tibor kuchaytirilmoqda

Yakkasaroy tumanida ko‘cha va savdo nuqtalaridagi yozuvlarning mazmuni va savodxonligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, reklama va axborot matnlarini qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlariga reklama va axborot matnlarini davlat tilida savodli, mazmunan to‘g‘ri va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5