DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.41K subscribers
11.4K photos
2.54K videos
19 files
6.86K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
📖“Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🇺🇿Toshkent shahar hokimligi rahbarligi va homiyligida poytaxtimiz hududidagi tarixiy va zamonaviy joy nomlarini ilmiy asosda jamlagan “Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔵Taqdimot davomida tarix fanlari doktori, professor Omonullo Bo‘riyev hamda tarix fanlari doktori Xayriya Bo'riyeva hamda boshqa ishtirokchilar tomonidan mazkur nashrning ilmiy-amaliy ahamiyati, toponimika sohasidagi o‘rni va poytaxt joy nomlarini tizimli o‘rganishdagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

🇺🇿Mazkur izohli lug‘at Toshkent shahrining boy tarixiy merosi va bugungi zamonaviy qiyofasini aks ettirgan bo‘lib, u ikki qismdan — “Tarixiy Toshkent” va “Zamonaviy Toshkent” bo‘limlaridan iborat. Unda ariqlar va kanallar, daha va darvozalar, tumanlar, mahallalar, metro bekatlari, qabriston va ziyoratgohlar kabi joy nomlarining ilmiy va xalqona talqinlari keltirilgan.

analga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️KUN SO‘ZI

QURALAY

✔️Kiyik yoki оhularning yosh bоlasi.

Ularbek yil emas, oy emas, kun emas, soat sayin to‘lishib, quralayning ko‘zini nishonga oladigan merganga aylanibdi.
E.Ravshanov, Oqqush suzgan suv suluv.

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep
👍3👏1
#Davlat_tilida_ish_yuritish

MEHNAT BITIMI


Mehnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo‘lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi.

Xodim aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish haqini to‘lash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi.

Ayrim hollarda korxona hisobida turuvchi xodimlar bilan ham mehnat bitimi tuziladi. Bunda xodimlar bevosita o‘z asosiy vazifalari doirasiga kirmaydigan ishni bajarish majburiyatini oladilar.

Masalan, shu korxona xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish yoki asosiy ishdan keyin farroshlik qilish kabi.

Mehnat bitimi kamida ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi
bajaruvchi(lar)ga beriladi, ikkinchisi esa tegishli korxonaning hisob bo‘limi yoki boshqa tarkibiy bo‘linma hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.

📖"DAVLAT TILIDA ISH YURITISH" 139-sahifa

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Jadid” gazetasining 2026-yil 1-yanvardagi 1-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🔘Jamoliddin BADALOV
TARAQQIYOT XARITASI
🔘Laylo SHARIPOVA
CHORLOV
🔘Usmon AZIM
XITOY SAFARI
🔘Gulshan ALIMARDONOVA
YUKSAKLIK YOR BO‘LSIN!
🔘Ravshan ABDULLAYEV
RAVNAQIMIZ GAROVI
🔘Qamchibek KENJA
ABDULLA QAHHOR IBRATI
🔘Sultonmurod OLIM
NURDAN YARALSA BOYLIK...
🔘Shukritdin PAXRUTDINOV
USTUNLIKKA ERISHISH OMILI
🔘O‘ktam HAMRAALI
BUNYODKOR YURT MANZARALARI
🔘Suvon MELI
QAMISHDAN BEL BOG‘LAYMIZ
🔘Umida TESHABOYEVA
JADIDLAR DAVRIDA KUTUBXONACHILIK
🔘Rustambek SHAMSUTDINOV
MILLAT KURASHCHISI
🔘Ro‘zimboy HASAN
OQIB KETMAGAN ARMONLAR
🔘Xurshid DO‘STMUHAMMAD
XUSHXABAR!
🔘Farida AFRO‘Z
YANGILARDAN GAPLASHAYLIK


Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️KUN SO‘ZI

SANDULOCH

✔️Bulbul.

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimda mavjlaring bordir.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,
Sandulochim! – degan edim, sayrab yubordi.

A.Oripov, Yangi she’rlar.

Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep
👍3
Hurmatli fuqarolar!

Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yangihayot tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘cha va mavzelarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5-yanvar kunidan
19- yanvar kuniga qadar qatnashishi mumkin.


YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
👍2
Mudofaa atamalari.pdf
545.6 KB
#Ona_tilimiz_uchun

Mudofaa sohasiga oid yangi atamalarni koʻrib chiqing!


Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ishchi organ galdagi taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi.
O'z fikr-mulohazalaringizni izohda yozib qoldiring!
Tilimizga befarq boʻlmang!
Takliflarni quyidagi havola orqali ham yozib qoldirishingiz mumkin:👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfrtSABLnNOeierPLN9aLz_G5ajtdO1l5awSTwvhMHXBfg4Rg/viewform

Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
👍4
O‘ZBEK TILIM

Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,
Ona tuya nomi esa arvona ekan.

Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,
Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar — bo‘z ot.

Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,
— Bizning joyda uning nomi “Hululu”, dedi.

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,
— Sandulochim! — degan edim sayrab yubordi.

Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.

Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri


Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
👍3🔥2
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 1-sonini e’tiboringizga havola etamiz!


1. Mohigul Ergasheva "Bormoq istagini otdim daryoga" she'ri

2. Komiljon Otaniyozov "Har yigitning aslin bilay desangiz" qo'shig'i

3. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" romani


Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
1