Milliy sertifikat
1.85K subscribers
60 photos
7 videos
11 files
89 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
📌Маълумот:
Миллий сертификатга эга бўлган абитуриентга тегишли мажбурий фанлар бўйича белгиланган энг юқори балл берилади.
Яъни сиз умумтаълим фанларидан миллий сертификатга эга бўлсангиз, тегишли мажбурий фанни топширмайсиз.
2024-yil 1-yarmi uchun chet tili imtihonlarini o‘tkazish grafigi. Bunda aprel oyida fors tilidan C1 daraja, may oyida esa qo‘shimcha ravishda fransuz tilidan imtihon qo‘shilgan.
📌Маълумот:
2024 йил майда ўтказиладиган чет тили имтиҳонларига ҳиндий, дари ва пушту тилларидан B2 даражадаги имтиҳон қўшилди.
📌Маълумот:
Академик лицейларнинг 2-босқич битирувчилари чет тили имтиҳонларини 1-марта бепул топшириш имконияти мавжуд. Ушбу хизмат тез кунларда my.gov.uz да ишга туширилиши кутилмоқда. Хизмат ишга туширилиши билан қўшимча маълумот берилади.
🌟 Introducing English Proficiency Checker Bot! 🌟

Are you preparing for a national English proficiency test? Want to assess your skills and track your progress effortlessly? Look no further! Our Telegram Bot is here to make your preparation journey a breeze.

📚 Features:

1️⃣Instant Assessment: Get immediate feedback on your English proficiency level based on national testing standards.
2️⃣Personalized Recommendations: Receive tailored study recommendations to improve your weaker areas.
3️⃣Progress Tracking: Keep track of your progress over time and see how you're advancing.
4️⃣Convenient Access: Access the bot anytime, anywhere right from your Telegram app.
Whether you're gearing up for a standardized English test or simply aiming to enhance your language skills, our Telegram Bot is your ultimate companion on the journey to proficiency.

🚀 Don't let language barriers hold you back! Start your English proficiency journey today with our Telegram Bot. Happy learning! 📝
➡️@mock_milliy_test_bot
Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan ingliz tili sertifikati Turkiyaning bir qator universitetlari tomonidan tan olingan.

🇬🇧 Bunda mazkur universitetlarga o‘qishga kirish istagini bildirgan ingliz tilidan B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

📆 2024-yil 26-mart (seshanba) kuni soat 16:00 da Bilimni bahaolash agentligi tomonidan Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etilmoqda.

Unda ushbu universitetlarda o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi hamda talabgorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.

📹 Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi va ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

📱 Seminarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://www.nichegrp.com/event-details-registration/online-seminar

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OnlineSeminar #Live

Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar boshlandi

🇹🇷 Onlayn seminarda Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universitetida o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi.

Seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Savollarga Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

📺📺 26-mart soat 16:00 da — Zoom platformasida.

🔗 Onlayn seminarda qatnashish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89752244360

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-31 март кунлари бўлиб ўтадиган чет тили имтиҳони учун рухсатномалар бугун куннинг 2-ярмида эълон қилинади. Рухсатномаларда сиз имтиҳон топширишнинг аниқ манзили ва вақти билан танишасиз.
📌Маълумот
30-31 март куни бўладиган чет тили учун рухсатномалар бериш бошланди. Рухсатномалар талабгорлар сонидан келиб чиққан ҳолда 4-5 соатларда тўлиқ юкланиб бўлади. Чет тили имтиҳони бўлиб ўтадиган бинолар ва уларнинг жойлашуви - https://telegra.ph/Chet-tili-03-27 дан кўриб олишлари мумкин. Рухсатномалари чиқмаган талабгорлар эртага текшириб кўришлари мумкин.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 30-31-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Маълумот:
Ассалому алайкум 20-21 апрель куни бўлиб ўтадиган чет тили имтиҳонининг саналари ва жойлари тўғрисида (рухсатномалар) маълумот 17 апрель куни эълон қилинади.
📌Маълумот:
Апрель ойида бўлиб ўтадиган чет тили имтиҳонлари талабгорлар сонидан келиб чиққан ҳолда 20-21 апрель ва 28 апрель кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилмоқда.
📌Маълумот:
30-31 апрелда бўлиб ўтган имтиҳонларнинг гапириш бўлими бўйича синовлар 18 апрелда тўлиқ якунланади. Имтиҳон натижалари 25 апрелда эълон қилиниши кутилмоқда.
📌Маълумот:
Миллий сертификат учун рўйхатдан ўтганингизда маълумотларингизни my.gov.uz сайтида янгилашни унутманг!
Имтиҳон натижасида сертификатга эга бўлсангиз, эски паспорт маълумотларингиз ўзгармай қолиши мумкин.
📌Маълумот:
Июнь ойида чет тили имтиҳонлари ташкил этилмайди.
📌Маълумот:
Бугун рухсатномалар куннинг 2-ярмида тақдим этилади. my.gov.uz аризангиз ичида рухсатнома берилган бўлади. Рухсатномалар чиқиши билан бу каналда эълон ҳам берилади. Чет тили имтиҳони 20-21 апрель ва 28 апрель кунлари ўтказилади.
📌Маълумот:
Кўзи ожиз талабгорлар учун янги форматдаги чет тили имтиҳонларини ташкил этиш устида ишлар олиб борилмоқда. Бунда кўзи ожиз талабгорларга енгилликлар берилиши кутилмоқда. Мазкур янгилик 2024 йил якунига қадар апробация қилинади ва 2025 йилдан бошлаб амалиётга жорий қилинади. Яқин кунларда мазкур имтиҳон формати эълон қилинади.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube