Milliy sertifikat
1.89K subscribers
68 photos
8 videos
11 files
99 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda 6 479 nafar talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 21-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

🗺 2023-yil 21-may kuni ilk bor barcha hududlarda tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, talabgorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan holda o‘tkazildi.

▶️ Unda 5 945 nafar talabgor ishtirok etdi va 13 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 10-11- va 17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 12-iyun1-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-06-05

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Ona tili va adabiyot fanidan 3 877 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 12-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 877 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ularning 191 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 O‘zbek tili va adabiyot — 3 550 nafar (sertifikat)154 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Rus tili va adabiyot — 175 nafar (sertifikat)35 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyot — 152 nafar (sertifikat)2 nafar (86 va undan yuqori).
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Tarix va geografiya fanlaridan 3 229 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 14-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 229 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ularning 583 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 Tarix fanida — 2 561 nafar (sertifikat)515 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Geografiya fanida — 668 nafar (sertifikat)68 nafar (86 va undan yuqori).
Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📋 Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 10-iyundan 1-iyulga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
2024 йил 3 март куни чет тилини билиш даражасини аниқлаш тест синовларининг ёзма (тинглаб тушуниш, ўқиш, ёзма иш) қисми бўлиб ўтган эди. Тест синовининг ёзма қисмида иштирок этган талабгорлар учун 4-7- ва 11-12 март кунлари гапириш кўникмасини баҳолаш имтиҳонлари ўтказилди. Унда 5,3 минг нафардан зиёд талабгор иштирок этди ва 4 нафар талабгор тартиб-қоидани бузгани учун имтиҳондан четлатилди.
Имтиҳон натижалари 19 март куни эълон қилинади.
📌Маълумот:
Чет тили бўйича миллий сертификат 2 йил муддатга,
Умумтаълим фанлари бўйича миллий сертификат 3 йил муддатга берилади.