Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Shubhali Token

Siz bir necha yil oldin kripto valyutasi haqida ma'lumotga ega boʻldingiz. Sarmoya kiritdingiz va investitsiyangizni isbotlash uchun ikkita tanga token oldingiz.
Odatda ular xavfsiz joyda saqlanadi, lekin siz tokenlardan biri soxta ekanligini bilib qoldingiz. Siz ularni nazorat qilib koʻrish uchun oldingiz.

Sizga tekshirib koʻrishni maslahat bergan odam ishonchli koʻrinadi - tangalar aniq bir xil emas. Ularni aylanishidan tashqari, sakkizta vizual farqni topa olasizmi?

Savol raqami: 40126

https://t.me/DrAlgorithm/414
👍6
Vaqtni qaytarish

Siz havfsizlikka doir video tomosha qilyapsiz. Tasvirdagi vaqt belgilari buzilganini sezib qoldingiz.

Bu roʻyxatda soat qiymatlari ketma-ketlikda berilgan va 24 soatlik uslub (format) ishlatilgan.

Nima xato ketganini va to'g'ri vaqt qiymatlari qanday bo'lishi kerakligini ayta olasizmi?


Savol raqami: 50131

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/415
3
Bu jumlani eshitib, yaramga tuz sepilgandek bo`ldi.

Birnecha yil avval aynan shu ism bilan bog`liq @UstozShogird kanalida tortishuvlar bo`lgan edi.
Shunga Asror oz`ini ofisiga chaqirgan edi, bora olmagan edim.

Bir tomondan imkoniyat yaratish uchun turli kanallar qilamiz, odamlarni og`irini yengil qilishga harakat qilamiz.

Boshqa tomondan buni suiste'mol qilib, odamlarni soddaligidan foydalanishadi.

Yana bir voqeani aytib bermoqchi edim. Bu @UstozShogird kanaliga online dars beradiganlarni e'loni bor vaqtlar sodir bo`lgandi.

Bir bola (viloyati va ismini etmiman) online dars o`taman deb, odamlarda 100k so`mdan pul yig`ib yurgan. Keyin IIB ga ham tushib chiqqan. Odamlar pulini ham qaytarmadi, dars ham o`tmadi.
Ko`pchilik manga chiqib, biror narsa qilishimni so`ragandi. Telefonlashib u bola bilan gaplashib, 1 hafta vaqt ichida hech nima qila olmagandik.

⚠️ Iltimos, sodda bo`lmaylik.

Yevropada taraqqiyot ishonch ustiga qurilgan. Mayda narsalar bilan aldashmaydi. Aldasa kattaroq pul bilan aldashi mumkin. Lekin oddiy odamlar bir biriga ishonadi. Hujjatingizni telefonda rasmini ko`rsatsangiz bo`ldi. Hech kim uni photoshop ekanini gumon ham qilmaydi.

Hammaga o`zi insof bersin.
Bizga ham ishonch ustiga qurilgan rivojlanish qaytib kelsin.

https://t.me/DrAlgorithm/417
🔥5👍1
Toshoynalar ketma-ketligi

Dizayner Davron bu toshoynalarni mijozining o´yin xonasi uchun yasab berdi. Mijoz Javlon esa qiziqarli video-o´yinlar ishlab chiqarish bilan shug´ullanadi. Javlon toshoynalarni qanday to´g´ri ilish bo´yicha Davronga ko´rsatmalarni berdi.

Berilgan ko´rsatmalar asosida Davronga toshoynalarni to´g´ri joylashtirishga yordam bera olasizmi?

* Oq shakllar qo´shni emas
* Yulduz faqat bitta xonaga siljidi
* Kvadrat endi aylana va yundiz orasida

Savol raqami: 40201

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/419
31
MS Copilot vs Imzo

Copilotga etdim: Rasm chiqib ber, o`qimasdan shartnomaga qo`l qo`yayotgan xodim deb. Cartoon style.

Shuni chizib berdi. Chiroyli chiqdi.

Nima deb o`ylaysiz. Copilot xato qildimi yoki Imzo qo`yayotgan odammi?

https://t.me/DrAlgorithm/420

P.S. Oyog`i osmondan turgan Contract so`zini ko`rgan bo`lsangiz, masala ham shunda. Odam o`qimasa, shartnoma so`zi qanaqa yozilishini ham bilmas ekan.
👍31
Turli usullar bilan rasmlarni yasab ko´rdim. MS Copilot loyihasi ham ancha yaxshi ishlamoqda. Eng qizzig´i tekinga ishlavotti.

E'tibor bersam, odamlarning barmoqlari soni to´g´rilanishni boshlabdi. AI ancha katta bo´lib qolibdi-de, a?

https://t.me/DrAlgorithm/421
😁7👍5
Belgili Sudoku


Har bir ustun va satr oltita belgining biridan bittasini va faqat bittasini o'z ichiga olishi uchun jadvalni to'ldira olasizmi? Bu boshqotirma xuddi an'anaviy raqamli sudoku kabi ishlaydi, faqat raqamlar ko'rsatilgan oltita belgi bilan almashtirildi.

Savol raqami: 40202

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/422
👍5
Forwarded from Nuruddin Blogs
DevOps Journey - DevOps sayohatini boshlang

Hozirgi kunda rivojlanib talab ortayotgan sohalardan biri DevOps Engineering sohasi hisoblanadi, lekin afsuski bu soha bo'yicha o'zbekistonda kurslar juda kam va qimmat, shu sababli bu soha o'zimizda rivojlanishi juda sekin, ko'pchilik dasturchilarni bu sohaga ishi tushgani va ma'lum bir qiyinchiliklar bo'lgani aniq.

Yuqoridagi muammolar sabab biz DevOps Journey open source loyihasini ishga tushirdik. Ushbu loyiha bepul DevOps qo'llanmalar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Bu loyiha o'zbek tilida yuritiladi va qo'limizdan kelganicha sifatli kontentlar bilan to'ldirib boryapmiz. Maqsadimiz o'zimizning Infrastrukturalarimizni yaxshilash, rivojlantirish, sifatli kerakli contentlarni ko'paytirish va boshqalar.

Ushbu loyiha open source hisoblanadi siz ham loyihaga o'z hissangizni qo'shishingiz contibutorlik qilishingiz mumkin.

Platforma: devops-journey.uz
Github: https://github.com/ismoilovdevml/devops-journey.git
Yangiliklar: @Otabek_Ismoilov

@nuruddinblogs
👍4
Nuruddin Blogs
DevOps Journey - DevOps sayohatini boshlang Hozirgi kunda rivojlanib talab ortayotgan sohalardan biri DevOps Engineering sohasi hisoblanadi, lekin afsuski bu soha bo'yicha o'zbekistonda kurslar juda kam va qimmat, shu sababli bu soha o'zimizda rivojlanishi…
Juda ayojib loyiha oʻylashibdi. DevOps shunaqa soha-ki. Unda dasturlashdan koʻra koʻproq sozlashni, konfiguratsiya qilishni, bilishingiz va turli tizimlarni bir biriga ulab ishlata olishingiz yetarli.

Biznesga ham yaqin boʻlasiz, yani biznes egasini odami boʻlasiz. Tanish-bilish loyihasini rivojlantirib berish uchun zoʻr imkoniyat.

Tavsiya qilaman.

https://t.me/DrAlgorithm/433
👍14
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Charchoqlar bizni qo’rqoq qiladi

Yaxshi dam mexnatga xamdam
👍121