Dr. Algorithm
3.07K subscribers
478 photos
53 videos
3 files
542 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Qudrat Abdurahimov
Charchoqlar bizni qo’rqoq qiladi Yaxshi dam mexnatga xamdam
Qudrat aka yaxshi gap etibdilar:

Boshlamgʻich sinfda oʻqib yurganimda

Yaxshi dam mehnatga hamdam


degan yozuv turardi. Na hamdam soʻzini na bu gap maʼnosini tushunardim.

Endi bildim... deydi-ku.

Vaqtida dam olishni unutmaylik.

https://t.me/DrAlgorithm/435
👍10
Forwarded from murodalidev /> (Murodali)
Barcha yosh dasturchilar tezroq o'zlariga komfort zona qilishni xohlashadi ammo tajribali dasturchilar bu zona xavfliligini bilishadi, hech qachon bunday zonaga tushib qolmang!!!

@murodalidev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌16🔥4👍31
Ona tilim

Ko`pchilikka ma'lum, man kech yozmoqdaman, kecha Qudratho`jayevning o`zbek tilini bilmaslik haqida gaplashi shov-suv bo`ldi.

Buning 2 tomoni bor. Shu masalada men ham fikr bildirmoqchi edim.

0. Biror odamni haqorat so`zlari bilan atash, shaxni emas, bir guruh odamni, bu uning shaxsiy fikri. Hozirda hisob 1-1 deb qolaman. Qo`shilmaganlar bemalol fikrlarini o`zlarida qoldirishlari mumkin.

1. Biror davlatga borganlar u yerning davlat tilini o`rganishi tajribada bor narsa. Ko`p tanishlarim, ayniqsa Ukraina-Rossiya kelishmoqchiligi (urishmi, yo`qmi, o`ziz hal qilasiz) tufayli yurtini tashlab ketishdi. Qozoqiston, O`zbekistonga kelishganida ularni ona tilisida yoki rus tilida chiroyli kutib olindi.

Lekin, ayni damda yevropa davlatlariga ketganlar esa, u yerning davlat tilini o`rganmoqda. Albatta borgan davlatida Ingliz tilida gaplashsa bo`ladi, ammo hamma yevropa davlatlarida ham davlat tili Ingliz tili emas. Oilasi bilan yashash, maktab, bog`cha va boshqa rasmiy joylarda ishini bitirishi uchun tilni bilishi kerak. Majbur tilni o`rganishmoqda. Agar tilni o`rganmagan bo`lsa, yoki u bilimsiz yoki ... .
Hullas, yoki u bilimsiz, yoki u o`sha yurtning shartlarini bajarmaydi, balki o`zini qoidalarini majburlaydi.

Ko`rinib turibdi-ki, amaliyotda biror davlatga borganda uning davlat tilini o`rganilishi amaliyotda bor narsa.

Endi masalaning 2-tomonini aytmoqchiman.

Biz o`zimizning ona tilimizni hurmat qilmaymiz!

Men maktab davrida ona tilini yaxshi o`qimanganman. 4-5 baho bo`lgan, doim 5 olish men uchun qiyin edi.
Lekin universitet davrida, baraka topishsin, O`zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan qilgan hamkorlikdagi loyihalarim tufayli tilni yaxshiroq o`qganishga muvaffaq bo`ldim.

2.1 Tilimizni o`zimiz o`rganmasak, nima uchun kimdur kelib o`rganishi kerak?

Ha, ha, biz o`zimiz tilimizni o`rganish, uni rivojlantirishga hissa qo`shmaymiz. Xech o`ylab ko`rganmisiz, nima uchun ko`p joyda "O`zbek adabiy tili" ni uchratasiz, lekin "Rasmiy uslib", "Informatsion uslib" larni uchratmaysiz.

Ingliz tilida "sen" yoq. Deb o`ylasangiz xato qilasiz. Ular tilni o`rganish oson bo`lishi va soddalashtirish maqsadida ko`p so`zlarni olib tashlashgan. "Sen" esa "Thou" bo`ladi.

Tilni keng tarqalishi uchun esa aynan Informatsion uslub rivojlanishi kerak. Chunki fan va texnologiya rivojlangan sari yangi so`zlar qo`shiladi, eskilari chiqib ketadi. Shularni Informatsion (Axborot) uslubida shakllantirish mumkin.

2.2. Tilimizni nima uchun bunday "qiyin ahvolda" ekanini faqat tilshunoslarga topshirib qo`yganmiz.

Bakalavr davrida tilshunoslar bilan ishlab, shuni tushungandim-ki, tilni shakllantirish faqatgina ularning vazifasi emas, aksincha, barchamizniki. Agar hammamiz tilimizni rivojlanishiga yordam qilsak, shunda biz kimgadur o`rgan deya olamiz.

Misol keltiraman: ona tilimizda shaxs yasovchi qo`shimcha "-chi" bor, "ishchi", "o`qituvchi" kabi. Xohlagan so`zga qo`shsa, ot (narsa)dan shaxs yasaydi, ammo: oshpaz, soatsoz so`zlarida nima uchun -chi yo`q?
Balki boshqa ma'noda -chi ni ishlatish mumkindur? "Oshchiga et, yana 2 ta osh olib kelsin!", "Oshpaz pishirgan osh zo`r chiqibdi."

Yoki, Go`zal deb qizlarga ishlatamiz, chiroyli deb ham o`g`il bolaga, ham qiz bolaga ham ishlataveramiz. Boshqa tillarda esa, go`zal qizlarga, chiroyli o`g`il bolalarga ishlatiladi.

2.3. O`zbek tilini o`qitish bo`yicha aniq, yaxshi dastur yo`q.

"Chet elliklar uchun o`zbek tili" kitobini 1999 yilda ko`rgan edim. Keyin ko`rmadim. Nima uchun O`zbekistonda Ingliz tilini o`qitish uchun 15 yilda to`laqonli dastur ishlab chiqdik (masalan, UzTEA bilan) va hamma o`quv markazlari shu andozani ishlatadi-de! O`zbek tilimiz uchun esa hali ham tuzzikroq andoza yo`q?

Bu muammolarni faqat tilchilar yecha olmaydi. Ularning soni ham ham, vaqti ham yetmaydi. Oyligini aytmayapman.


Demak o`zimizni tilimizni bilmas ekanmiz, boshqalarga ham o`rgan deyishimiz qiyin.


Biz faqat kimnidur "yaxshi" yoki "yomon" deyishni bilamiz. "Nima uchun?" demaymiz. Undan ham og`iri "Kel men shuni to`g`rilay" demaymiz. Afsus....

https://t.me/DrAlgorithm/437
👍21
So`zimni bitta arab maqoli bilan tugataman.
Yapon aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olgan bo`lsa, men ham qila olishim kerak.
Arab aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olgan bo`lsa, halal berma, qilvursin.

Yapon aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olmagan bo`lsa, men qilishim shart!
Arab aytadi: Agar biror kishi shu ishni qila olmagan bo`lsa, vallohu, men qanday ham qila olardim.


https://t.me/DrAlgorithm/438

P.S. Telegram bu safar so`zlarimni bitta postga sig`dira olmadi 😢
🌚3
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da .NET kuni!

📆 24-fevral shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks February2024 .NET Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “A Deep Dive into EF Core” - Abduxoshimov Xondamir(FreightPOP, Sofware Engineer);

2️⃣. “MAUI bilan mobil ilovalar” - Oybek Djumaniyazov(DigitalOptometrics, Senior .NET developer).

3️⃣. ".NET ilovalarini himoyalash" - Mukhammadkarim Tukhtaboev(Exadel, Senior Software Engineer)

🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks(uzgeeks.uz) saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)


Hamkorlar:
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍51
Majordom boshqotirmasi

Majordom ayyor va o'qimishli odam edi. Choserning so'zlariga ko'ra, "U qo'ylarini va yer maydonlarini qanday hisoblashni bilardi, omborini chiqindidan shunday tozalardi-ki, eski buyum yig'uvchilar burunlarini ushlab qolardi. U eng murakkab masalalarni hal qila olardi...”! Shoir, shuningdek, "u hech qachon muammoga duch kelmasligini" ta'kidlaydi. Uning o'tkir miyyasida har xil kulgili muammolar, injiq fikrlar osongina paydo bo'lardi.

Ziyoratchilar to'xtagan yo'l bo'yidagi oshxonada uning hushyor ko'zi turli o'lchamdagi bir nechta pishloq doiralariga tushdi. Shunda u, to'rtta kursi so'rab, dam oluvchilarga sayohatchilarni qiziqtiradigan jumboqlaridan birini ko'rsatishni taklif qildi. Keyin Majordom birinchi kursiga sakkiz ta doira shaklidagi pishloqlarni qo'ydi.

"Mana, topishmoq, - deb xitob qildi u, - bir paytlar men Norfolkdagi do'stlarimdan so'ragan edim va Sent-Jozef aytganidek, ular orasida buni hal qila oladigan mard topilmadi!" Biroq, bu juda sodda, siz pishloqlarni bir kursidan ikkinchisiga o'tkazishingiz kerak. Sharti, katta pishloq boʻlagini kichikroq doira ustiga qo'ymaslik. Men eng kam siljish bilan bajara olgan kishini yaxshi bir kahva bilan mexmon qilaman.

Bu jumboqni eng kam siljishlar bilan yechish qiziq. Avvaliga 8 ta, keyin 10 ta va nihoyat 21 ta aylana pishloq bilan yechib koʻring.

Savol 1 (junior): 8 ta pishloq doirani 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 2 (middle): 8 ta, 10 ta va 21 ta pishloq doiralarini 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 3 (senior): 8, 10 va 21 ta pishloq doiralarini 3, 4 va 5 ta kursi uchun eng kam nechta qadamda olsa boʻladi, toping. Jadval shaklida ifodalash mumkin.

Savol raqami: 40217

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/440
Dr. Algorithm
Majordom boshqotirmasi Majordom ayyor va o'qimishli odam edi. Choserning so'zlariga ko'ra, "U qo'ylarini va yer maydonlarini qanday hisoblashni bilardi, omborini chiqindidan shunday tozalardi-ki, eski buyum yig'uvchilar burunlarini ushlab qolardi. U eng…
Haftani yaxshi boshlab oldingizmi?

Bu masalani dam olish kunlari ko`rib chiqish uchun tashlagan edim. Lekin ko`pchilik boshqa ishlar bilan band bo`lishdi shekilli. Javob izlaganlarni faqat 1 kishini ko`rdim :)

Dasturchi bo`lmoqchi bo`lganlar uchun Junior, Middle, Senior qilib belgilab chiqqanman. Agar kuchingizni sinab ko`rmoqchi bo`lgangiz, juda mos savol!

Muhokama va javoblarni kutib qolaman

Haftangiz yaxshi o`tsin!

https://t.me/DrAlgorithm/441
👍7
2. Savdogarning jumbog´i

Rimdan mol bilan qaytgan savdogar qaroqchilar tomonidan ushlab olindi. Savdogar muloyimlik bilan rahm-shafqat so'radi, ammo qaroqchilar uni qo`yib yubormoqchi emas edi.

-- Do'stlar, - dedi u, - to'g'risini aytsam, mening vazifam juda oddiy va men uni sizlarga sodda qilib taklif etaman.

Uning gaplari iliq qabul qilindi. Chizmasida ko'rsatilgan rejani ochdi va tushuntirdi:

... davomi keyingi xabarda

https://t.me/DrAlgorithm/443
Savdogarning jumbog´i

Rimdan mol bilan qaytgan savdogar qaroqchilar tomonidan ushlab olindi. Savdogar muloyimlik bilan rahm-shafqat so´radi, ammo qaroqchilar uni qo`yib yubormoqchi emas edi.

-- Do´stlar, - dedi u, - to´g´risini aytsam, mening vazifam juda oddiy va men uni sizlarga sodda qilib taklif etaman.

Uning gaplari iliq qabul qilindi. Chizmasida ko´rsatilgan rejani ochdi va tushuntirdi:

yuqoridagi rasmga qarang


bu yerda oltmish to´rtta shahar va ularni bog´laydigan yo´llar tasvirlangan. Bundan tashqari, safarning boshlang´ich nuqtasi qora katak bilan ko´rsatilgan ekanligini tushuntirdi.

Savdogar barcha shaharlarni 15 ta o´tishda tashrif buyurishi kerak edi.
Har bir shahar bir marta va faqat bir marta kirib chiqilishi va har bir o´tish to´g´ri chiziqda amalga oshirilishi kerak edi. Siz o´z yo´lingizni istalgan joyda tugatishingiz mumkin, lekin rasmning pastki qismida qisqa yo´lning yo´qligi tasodifiy emasligini unutmasligingiz kerak - bu erda hech qanday yo´l yo´q.

Rasmda berilgan qora katakdan boshlab, barcha shaharlarni o`tib chiqa olasizmi? Eng ko´p 15 marta burilish mumkin ekan?

Savol raqami: 40221

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!

https://t.me/DrAlgorithm/443
Savollar qiyinlashgan sari javobini topmoqchi bo`lganlar kamayib ketayotgandek his qivomman.

Alohi Mantiqiy Olimpiada o`tkazsammikan?

Sovg`aga nima qo`ysam bo`ladi? Fikr bersangiz, balki shuni ham tashkillashtirib yuboramiz.

https://t.me/DrAlgorithm/444
👍62
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da .NET kuni!

📆 24-fevral shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks February2024 .NET Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “A Deep Dive into EF Core” - Abduxoshimov Xondamir(FreightPOP, Sofware Engineer);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks(uzgeeks.uz) saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)


Hamkorlar:
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍2
Millerning boshqotirmasi

Endi navbat Melnikga keldi. U "qizil sochli, baquvvat va chaqqon" boʻlib, bir guruh odamlarni chetga olib, rasmda ko'rsatilganidek, to'qqiz qop donni ko'rsatdi.

“Diqqat bilan eshiting, - dedi u, - men sizga bu bug'doy qoplari haqida topishmoq aytib beraman. E'tibor bering, azizlar, yon tomonda bitta qop bor, keyin juft qop bor va o'rtada siz uchta qopni ko'ryapsiz. Agar biz juft qop 28ni, bitta qop 7 ga ko'paytirsak, oʻrtadagi 196 hosil boʻladi. Ammo boshqa juftlikni 34 ni qo‘shnisiga 5 ga ko‘paytirsangiz, 196 ni chiqmaydi. Endi, azizlar, bu to‘qqizta qopni iloji boricha kam siljish bilan oʻrnini almashtiring-ki, har bir juft qo‘shnisiga ko‘paytirilganda o'rtadagi raqamni bersin.

Millerning sharti iloji boricha kamroq qopni siljitishdan iborat bo'lgani sababli, bu jumboqning faqat bitta javobi bor, uni hamma topishi mumkin.

Savol raqami: 40222

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/445
Sarkarda boshqotirmasi

Bu aziz inson, aytishlaricha, "juda mohir, muomalali sarkarda" va "o´n besh yoshidan juda katta qo´shinlarda safda bo´lgan, og´ir janglarda qatnashgan". Uning qalqoni (rasmda ko´rsatilgan), harbiylar maxsus tilida yozilgan yozuvi bor "argent, semee of roses, gules". Ma'nosi oq zaminda qizil atirgul urug'lari qo'lda sochilganidek sepilgan.

Sarkardani jumboq aytishga chaqirishdi. U jamoaga quyidagi so´zlar bilan gap boshladi: "Bu boshqotirma men bir vaqtlar Turkiyada jang qilganimda paydo bo´lgan edi. Qo'limga bo´r bo'lagini olib, qalqonimdagi sakson yetti atirguldan nechta mukammal kvadrat yasash mumkinligini aniqlagan edim."

Siz uchun ham bu boshqotirma qizziq bo´lsa kerak. Qalqon atirgullarini birlashtirib nechta kvadrat hosil qilish mumk, sonini anilang.

Savol raqami: 40226

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/446
Dr. Algorithm
Sarkarda boshqotirmasi Bu aziz inson, aytishlaricha, "juda mohir, muomalali sarkarda" va "o´n besh yoshidan juda katta qo´shinlarda safda bo´lgan, og´ir janglarda qatnashgan". Uning qalqoni (rasmda ko´rsatilgan), harbiylar maxsus tilida yozilgan yozuvi bor…
Bu savolni yechimini izlab ko`rib, man o`ylamagan narsalarni ko`rdim. Biz bitta qolibda ishlashga, uning yordamida hisoblashlarga o`rganib qolganmiz.

Masalan, 4235*5=? berilsa, darrov ustun qilib ishlashga o`tib ketamiz. Aslida kamida 2 ta boshqa usul bor buni ishlashga.

2 sinf o`quvchisi uchun usul:
4235*5=?
4...*5=20...
2..*5= 10..
3.*5= 15.
5*5= 25
------------
=21175

Yana bir usul esa:
4235*5 = 42350/2 = 21175
* son oxiriga 0 qo`yamiz va 2 ga bo`lamiz.
* har bir raqamni chapdan, o`gga bo`lib ketamiz


Shunga o`xshab, bu masalani yechishda ham 200 dam ko`p kvadrat bor ekanini o`ylab ko`ring. man boshida uncha ko`p deb o`ylamagan edim. Aslida ko`p ekan :)

Bir urinib ko`ringchi, nechta topa olasiz.
👍61😎1
Tikuvchi ayol

Yordamga kelgan tikuvchi ayoldan qiziqarli topishmoq berishni so´rashdi. Tikuvchi ayol esa bundan ishlarga qiziqmasligini, lekin uning turmush o´rtog´i hush ko´rishini ayti. Shunda esiga tushgan boshqotirmalardan birini aytdi:

- Nima uchun bochkaga qattiq kirgizilgan pona, undan hozirgina tushib ketgan boshqa ponaga o´xshaydi?

Bu savol javobini yig´ilganlar tez topib olishdi. Shunda ayol yana savol berdi. Xonada ko´ylak tikib o´tirgan edim. Shunga xonaga o´g´lim kirib keldi. U: "Bezovta qilma, o´g´lim, chiqib ket", - degan buyruqni eshitdi. Shunda o´g´lim:

- Men rostdan ham sizning o´g´lingizman. Lekin siz mening onam emassiz. Agar shu aytganimni tushuntirib bera olsangiz, xonani tark etaman, bo´lmasa shu yerda turaveraman, - dedi.

Yig´ilganlar bu boshqotirmani javobini o´ylab qolishdi. Qani siz topa olasizmi?

Savol raqami: 40226

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/447

UPD: Javobi topildi
👍3
Forwarded from MohirDev.uz
Loyiha muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhimi qaysi biri deb o'ylaysiz?

- Yaxshi mutaxassis?
- Yaxshi boshqaruvchi?
- Yaxshi loyiha?
- Yaxshi resurs?

Yuqoridagilar ham loyiha uchun muhim narsalar hisoblanadi. Lekin shaxsan men uchun yana ham muhimroq bo'lgan "menejment"dir.

Menejmentsiz ishlash juda ko'p noqulayliklarga, muammolarga olib keladi.
Biz ishxonamizda Agiledan foydalanamiz. Vazifalarni jamoa a'zolariga taqsimlash va statuslarini bilib turish uchun ClickUpdan foydalanamiz.
Ishni kunlik meetupni o'tkazishdan boshlaymiz. Biz buni tikka turgan holda emas, "call" ko'rinishida o'tkazamiz. Jamoa a'zolari har kuni 3 ta savolga javob berishadi:
- kecha nima ish qildim?
- bugun nima ish qilaman?
- qanday muammolar bor?

Biror korxonaga ishga kirish uchun resume yuborayotganingizda o'sha kompaniyani o'rganing va ularda menejment bormi, qanaqa usullardan foydalanishini o'rganing. Agarda menejment yo'q bo'lsa yoki yaxshi bo'lmasa u kompaniyaga ishga kirishdan oldin juda yaxshilab o'ylab ko'rishni maslahat berardim.

©️ Sardor Dushamov
MohirDev.uz
- Yaxshi mutaxassis?
- Yaxshi boshqaruvchi?
- Yaxshi loyiha?
- Yaxshi resurs?
Ko`pchilik uchun qizziz, mavjud bo`lmagan va og`riqli mavzu - loyiha boshqaruvi.

Bugun Sardor o’ganing kunlik hayoti videolari chiqishni boshladi. Ko`rib hursand bo`ldim. @mohirdev kanalida kuzatib borish mumkin.

Guruh rahbari va Senior dasturchining kun tartibi qizziq bo`lsa kerak.
Etgancha @mohirdev kanali kechqurun jonli suhbat ham tashkil etar ekan.

Hullas, kuzatib boramiz.

Sardor Dushamov | @MohirDev | @DrAlgorithm
👍3🆒1
Toshkent haqida video ko`rib qoldim.

1966 yilda Toshkent qayta qurilganini bilasiz. O`sha vaqtda binolarga rasm solish juda rivojlangan ekan. Albatta mozayka shaklida rasm solish.

Yoshligimda, Sebzor domlarini ko`rganimda hayron bo`lar edim. Nima uchun podyezdga kirishda devor rasmi bor, lekin podyezd raqami yozilmagan. Son man uchun osonroq tuyular edi.
Lekin bu ataylab qilingan ekan. Har bir podyezd devori har xil tasvirda yasalgan ekan. Videoda bu haqida alohida aytib o`tilgan.

Islomda jonli narsalar rasmini solish mumkin emas. Lekin abstrakt shaklda devorni bezatilgan bo`lsa, ziyon qilmasa kerak. Bunga mani ilmim yetmidi.

Vaqtila bo`lsa, bir tomosha qilila.

Toshkent tarixi, madaniy merosini saqlab qolish haqida video ekan.
Yana bir qizziq tomoni, Toshkent shahrini Gennislar rekordi kitobiga kiritsa bo`larkan. Agar "quruvchilarimiz" buzib tashlashmasa :)

ТАШКЕНТ ЕДИНСТВЕННЫЙ ГОРОД В МИРЕ с рекордным числом советских мозаик! Монументальное искусство СССР

Video rus tilida.

URL: https://youtu.be/XcrePYZLB7c?si=dbb-2gKMOLQS3bQ8


https://t.me/DrAlgorithm/454
👍61