DrakeX
17 subscribers
202 photos
38 videos
3 files
79 links
Storyteller.
Download Telegram
Qachonki do'sting nonushtaga eriman desa)
Menga nasib qilgani meni chetlab o'tmasligini, mendan o'tib ketgani esa menga nasib qilmaganini bilganim uchun ko'nglim xotirjam.

Imom Shofi'iy
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Bu inson zoti kim?

Kamchiliklariga qaramasdan Alloh taolo barcha farishtalariga sajda qilishni buyurgan ulkan qadr-qimmatga ega mavjudot kim?

Uni adashtirishga uringani uchun hattoki iblis dargohi ilohiydan haydalgan inson zoti kim?

Alloh taolo O'zinimg mutlaq hikmatu bilan insonni yaratishning barcha yaxshi va yomon jihatlarini bilar edi.

Biroq U bizni yaratishni iroda etdi va yaratdi.

Biz bu yerdamiz, ma'sum farishtalar Uning huzurida Uning nomini mukammal tarzda sharaflab turgan bir paytda.

Shunga qaramay, Alloh taolo malaklariga uning ustunroq ekanligini ko'rsatish uchun ta'zim qilishni buyurdi.

Xo'sh, bu voqea biz uchun nimani anglatadi?

Bu hodisa bizning haqiqatan Allohning nazdida kim ekanligimiz borasida nima deya oladi?


"7 qadam" kitobidan 


Juda katta so'roq!
Hayotda yashashning eng yaxshi yo‘li - o‘zingizni rivojlantirib, xohlagan narsangizga erishish va kim bo‘lishni istasangiz, o‘sha insonga aylanishdir.
Qorin to'ydimi?
Shaxs alkimyosi!


Muhimi, nima haqiqat ekanligimas, balki siz nimani haqiqat deb bilishingizdir. Chunki mehnat bilan u haqiqatga aylanadi. Fikrlaringiz ishonchlaringizni shakllantiradi, ishonchlaringiz esa haqiqatingizni belgilaydi. Taraqqiyotning asosiy algoritmi quyidagicha: Ishonchlar > Harakatlar > Natijalar > Feedback. Siz o‘z algoritmingizni ishonchlar bosqichida to‘xtatib, yangi ishonchlar asosida faol harakat qilishingiz, natijalarni ko‘rishingiz, feedbackni eshitishingiz va jarayonni mukammallashtirish uchun ishonchlaringiz va harakatlaringizni qayta-qayta takomillashtirishingiz lozim.

Hayotda qayerda ekanligingiz, bugungi ahvolingiz – bularning barchasiga o’zingiz sababchisiz. O‘zingizni va hayotingizni o‘zingiz qurdingiz. Hozir qayerda ekanligingiz va kelajakda qayerda bo’lishingiz uchun faqat o‘zingiz mas’ulsiz. Sizga qarshi turgan biror tashqi kuch, shaxs yoki narsa yo‘q – hammasi o‘zingizga bog‘liq.

Biz o‘z haqiqatimizni fikrlarimiz, ishonchlarimiz va xatti-harakatlarimiz orqali yaratamiz. Hayotda yashashning eng yaxshi yo‘li - o‘zingizni rivojlantirib, xohlagan narsangizga erishish va kim bo‘lishni istasangiz, o‘sha insonga aylanishdir.

Biz biror narsani boshdan kechirganimizda yoki o‘ylaganimizda, tarozining ma’lum bir pallasiga, ijobiy yoki salbiy bo‘lishidan qat’i nazar, tosh qo‘ygandek bo‘lamiz. Qaysi pallasida toshlar ko‘proq bo‘lsa, ishonchimiz ham o’sha tomonda bo’ladi. Biz nimaga ishonsak, o‘sha narsa bizning haqiqatimizga aylanadi.

Ko‘pchilik odamlarning qahramoni shunchalik kuchli va aniq shakllanganki, u rollarni o‘zgartirib, o‘z ongini boshqara boshlagan. Siz o‘z qahramoningizni aniqlab, uning mohiyatini va imkoniyatlarini belgilab olishingiz lozim. Keyin hayotda nimaga erishmoqchi ekanligingizni aniqlab, bu qahramon o‘sha maqsadga erishish uchun mos kelish kelmasligini ko‘rib chiqishingiz kerak. Agar qahramon maqsadga mos kelmasa, maqsadni osonlik bilan amalga oshira oladigan va unga erishish uchun ongli ravishda o‘sishga qaror qiladigan yangi qahramonni shakllantirish vaqti keldi. Sizning qahramoningiz o‘zgaruvchandir va uni siz boshqarasiz.
1
DrakeX
Photo
Kechirasla, ora orada shunaqa jinnilik qilib turamiz)
DrakeX
Nima uchun yo'q bo'lib qoldim? Inson hayotda baxtni his qilishi uchun unga 4 narsa kerak. Sog'lik, pul, yaqinlar bilan samimiy munosabat va oxirgisi kasbiy va hayotiy rivojlanish. 4 oy oldingi hayotimga qarasam menda hammasi bor edi oxirgisidan tashqari.…
Eng kuchlisi rivojlanish va yangi bilimlar olish.

Nimaga?

Yoshligingizni eslay olasizmi?

Deyarli har bir kun yangilik bilan to'la bo'lardi.

Ortiqcha narsalar haqida, o'tgan voqealar haqida o'ylashga imkon bo'lmagan.

Oddiy varrakni shamolga qarshi turib uchishi birinchi ko'rganimda aqlimga sig'magan.

Nimaga degan savollar ko'p bo'lgan.

Shunga ham baxtiyor, g'am tashvishsiz yashalingan.

O'sish va rivojlanishdan to'xtamaslik baxt sirlaridan biri.
3
Yosh shunchaki raqam!


20 yoshli bola 60 yoshli erkak anglab yetmagan narsani anglab yetishi mumkin.

O'ylardim kattaroq bo'lsam ko'proq narsani o'zidan o'zi tushinsam kerak deb.

Ko'ryapmanki yo'q, yangi narsalarga ochiq bo'lmasam shu holatimda qolaman, yoshni, vaqt o'tishini farqi yo'q.

Masalan huddi shu narsani tushunmay o'lib ketganlar bor.

O'sishdan, ochiqlikdan to'sadigan eng katta illat kibr,ego,"men bilaman".

Bu ichkaridagi doimiy kurash.

Bu o'zimda anglagan xatolarim.

"Ba'zilar 20 da o'lgan lekin 60da ko'miladi!"
“Biz voqe’likdan ko’ra tasavvurimizdagi havotirlardan ko’proq aziyat chekamiz.”

- Seneca
Jarayondan zavqlaning!
Ko'pchilik faqat natijaga qarab harakat qiladi.

Til o'rganish,vazn yo'qotish, kachok bo'lish.

Lekin jarayonning o'zi yoqimli bo'lsa, "qilish kerak" dan "qilgim keladi" ga o'tasiz.
Shunda davomiylik o'z o'zidan keladi, majburlashingiz shartmas.

Sportda ham shunday, aynan bittasini qilishga majbur emassiz.

Hohlasangiz yuguring, suzing, velosiped mining yoki shunchaki yuring.

Muhimi jarayondan zavq oling.
Forwarded from 'entrepreneur' mind
Agar sizning harakatlaringiz va so'zlaringiz boshqalarni ko‘proq orzu qilishga, ko‘proq o‘rganishiga, ko‘proq ishlashiga va ko‘proq o‘zgarishga ilhomlantirsa, demak siz lidersiz.


Har bir gapingizda energiya bo'lsin.

#havefireinyoureyes

@pursuesmartlife
Faqat o'zingni dunyoqarashing bilan fikrlaydigan bo'lsang biznes sen uchun emas!
Erkinlikni hohlasangiz stabillikdan voz kechish kerak,
Stabillikni hohlasangiz erkinlikdan.
More risk,
More risq!
1
Xayriyatki, inson ko'nikuvchi.
Afsuski, inson ko'nikuvchi.