ᴅɪsᴄɪᴘʟɪɴᴇ
25 subscribers
2 videos
1 link
Kanaldagi postlar kimgadir foydali bo'lsa xursandmiz)

ᴀᴅᴍɪɴ: @Muhammadali_page
Download Telegram
Channel created
31💯1
Uch narsa uch narsaga sabab bo'ladi.
1) Faollik boylikga;
2) Dangasalik kambagʻallikga;
3) Ochko'zlik xastalikka.
💯511
O'zi yaxshi ko'rgan narsalari uchun, kurashishga tayyor bo'lmagan odam. Yaxshi ko'rgan narsalariga munosib emas!
💯511
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pul Psixologiyasi

Videoni YouTube orqali tomosha qilish

Biz ko'pincha boylikni quruq raqamlar, murakkab jadvallar va faqat "tanish-bilish" orqali keladigan narsa deb o'ylaymiz. Lekin Morgan Houselning dunyo bo'ylab bestsellerga aylangan "Pul Psixologiyasi" kitobi buning aksini isbotlaydi: Moliya — bu matematika emas, bu eng avvalo sizning xulq-atvoringiz, qo'rquvlaringiz, sabringiz va dunyoqarashingizdir.


ᴅɪsᴄɪᴘʟɪɴᴇ | #podcast
41💯1
Faxshga qarash sizni rizqingizni o‘ldiryapdi...

Siz namoz o‘qisiz. Mehnat qilasiz. Allohdan eshiklar ochilishini so‘raysiz. O‘zgarish yo‘q.
Nima uchun?


Ko‘pchilik rizqni faqat pul deb o‘ylaydi. Ammo rizqqa bular ham kiradi:
• Energiya
• Diqqat
• Xotirjamlik
• Imkoniyatlar
• Ishlar yurishishi
Rizqni “yo‘li to‘silgan”da, hayot og‘irdek tuyiladi. Qattiq harakat qilayotgan bo‘lsangiz ham.


Ammo biz aybni boshqa narsalarga yuklaymiz:
- Davlat ekonomiyasi.
- Odamlar sizga nisbatan nohaq munosabatda.
- Davr yomonlashib ketdi.
- “Balki shunchaki peshonamga yozilmagandir.”
Lekin baribir o‘zingizni alday olmaysiz… Chunki bilasiz. Boshqalar ko‘rmayotganida qalbingizni harom bilan to‘ldirib, qoraytirib turib Allohdan baraka so‘rayapsiz.


Faxsh shunchaki “yomon odat” emas.
- U ko‘z zinosi.
- Qalbni qoraytiradi.
- Iymonni yemiradi.
- Rizqni kamaytiradi.
- Ibodat jismoniy tarbiya bo‘lib qoladi.
- Qalb ko‘zlar qayta-qayta qaraydigan narsaga qul bo‘lib qoladi.


Mana nima uchun duolaringiz befoyda tuyiladi. Alloh sizga xohlaganingizni bera olmagani uchun emas. (Bera oladi) Balki qalbingiz Undan uzoqlashib ketgani uchun. Tunlaringiz faxshga to‘lganda, tonglaringiz rangsizdek tuyiladi. Nazaringizni boshqarmasangiz, intizom yo‘qoladi.

Bunday hayot siz uchun oddiy hol bo‘lib qoladi:
«8 soat ish → asab → faxsh kontent →o‘zingizdan nafrat → charchoqlik → uxlash»
Siz “omadsiz” emassiz. Siz shunday aylana(da) qotib qolgansiz. Va bu aylana sizni barakangizni o‘g‘irlayapdi.

Hech kim aytmaydigan qismi: Shayton sizni ibodat qilmay qo‘yishingizni so‘ramaydi. U shunchaki sizni yolg‘izlikda gunoh qilishingizni istaydi. Ibodatingiz quruq va shunchaki rutina bo‘lib qolishini xohlaydi.
«Quruq ibodat → kuchsiz qalb → intizomsizlik → ko‘proq gunohga yo‘l»
Bu hayot isrof bo‘lishi uchun formula
.

Unda nima qilish kerak?
Shunchaki “ko‘proq harakat qilib” emas. Muammoni manbaidan hal qilish kerak:

✓ Chalg‘ishni yo‘qoting.
✓ Intizom shakllantiring.
✓ Ibadatni birinchi o‘ringa qo‘ying.
✓ Allohni taning.
✓ Ilm oling; ham diniy, ham dunyoviy.
✓ Dofamin oqimini boshqaring.
✓ Sog‘liq va uxlash intizomingizni isloh qiling.
✓ Aniq maqsadlar qo‘ying.
✓ Tavba qiling.
Iroda kuchi yetarli emas. O‘zgarish uchun sabablarni joyiga qo‘yish kerak.


Sabablarni qiling, va In Shaa Alloh o‘zgarish sezasiz.
✓ Ibodatingiz yengil va zavqli bo‘la boshlaydi.
✓ Fikringiz toza va aniqlashadi.
✓ Energiyangiz kuchayadi.
✓ Imkoniyatlar ochila boshlaydi.
Gunoh barakani ushlab qoladi. Gunohni Alloh uchun to‘xtating va In Shaa Alloh baraka qaytadi.


Tushkunlikka tushmang, Tavba eshiklari ochiq.
Alloh hammamizni isloh qilsin
.

M: Ustozation
51💯1