Sizlarga meni qanday firibgarlar chuv tushirishgani haqida aytib bermoqchiman.
7-mart kuni Tuzkonga ketishim kerak edi. 7:30 da hamma jamuljam bo’lib ketishga qaror qilindi. G’aflat bosib uxlab qolibman, 6 yarimda zo’rg’a uyg’ondim. Uyg’ondimu darrov Yandex lavkadan ovqat zakaz qilib yubordim. O’zim dushga yugurdim, hali narsalarim to’liq tayyor emasdi, bir qo’limda fen, ikkinchi qo’lim bilan chemodanga narsa solishni boshladim. Shu holimga telfon bo’ldi va sms keldi Yandex Lavkadan bezovta qilyapmiz degan. Javob berdim, siz buyurtma qilgan narsalar boshqa filialda bor ekan dedi, mayli yuboringlar faqat tezroq deb yana yugurishni boshladim. Biroz turib appga qarasam, zakaz yaratilib, bekor qilindi. Yana telefon bo’ldi, bu filialga o’zgartirdik, kassa yopishimiz kerak edi, shu filialga to’lov qila olsizmi degan. Aha karta yuboring dedim. 172 ming to’lov qildim. Kutyapman, kelmaydi, 7 dan oshib ketdi hamki yo’q. Apil-tapil narsalarimni olib, do’stlarim to’plangan joyga yugurdim, soat 7 yarim bo’lib bo’lgandi. Kurerga telefon qildim, bu filialda sizning zakazlaringiz yo’qku dedi. Hayron bo’ldim. Oxiri zakazdan umidni uzib, mashinaga chiqqanimda, boshqa kurer olib kelayotganini aytdi. Qizig’i shundaki, Yandexda filial o’zgartirildi, ikki marta buyurtma bekor qilindi va 1,5 soatda zo’rg’a zakaz keldi. Lavkadan buyurtma qiladiganlar biladi maksimum 40-50 daqiqada kelishini. Oxirgi sekundlarda buyurtmam kelib, safarga ulgurib qoldim. Tinch holatda hamma narsani o’ylash, tahlil qilishga aqlim yetadi, ammo u paytda vaqt tig’iz va bir nechta mashg’ulot bilan bandligim pand berdi. O’zi buyurtma qilganimda restoran va magazinlar telefon qilishi tabiiy, falon narsa yo’q ekan, o’rniga buni qo’yaylik deydi. Ba’zan o’zim qo’shimcha narsa aytib yuboraman, pulini click orqali to’lab yuboraman, ya’ni men uchun oddiy bo’lgandi magazin, restoranlar telefoni.
Shunday qilib safarga ketdim va qaytib kelib qarasam, vozvrat bo’lgan pul qaytmapti. Yandex supportga yozdim. Ular buyurtma uchun pul olinganini, hech qanday filialga pul tushmaganini aytishdi. Demakki, menga telefon qilgan yigit firibgar bo’lgan. Unday bo’lsa, u firibgarlar qanday qilib nimalar buyurtma berganimni bilishsi va Yandexda filial o’zgarib buyurtma 2 marta bekor bo’ldi?
Taxminlarim:
- Yandex shaxsiy ma’lumotlarni saqlay olmaydi, yo 3-shaxslarga uzatadi.
- Demak mening shaxsiy ma’lumotlarim yana boshqa odamlarning qo’lida.
Nima bo’lganda ham mendek keng fikrli, bunday firibgarliklarni ilg’ay oladigan odam bugun firibgarlarning qurboni bo’ldi. Va bundan o’zim ham xulosa qilib, sizlarga ham bo’lishishni afzal bildim va bu bo’yicha tavsiyalarim:
- Yandexdan buyurtma qilishda faqat prilojenieni o’zidan telefonni qabul qilinglar.
- Hech kimning kartasiga pul o’tkazmang. Mendek o’ta shoshilib, ishingiz tez bitishini istayotgan bo’lsangiz ham. Sizda qanday tavsiyalar bor?
Eng qizig’i, o’sha oborgan ovqatni ham yemadik, kechga bitta sherigimiz ujin qildi, tongda Sobirova nonushta tayyorladi, oxiri ovqatlarni o’sha atrofda yurgan Bo’ribosar itga berdik )

❤6😢3 1
Ko’p bolali oilalarda to’ng’ich farzandga o’zi oilaniyam, bola-chaqaniyam keragi yo’q. Kichkinalarining muammolari shundoq ham yetib ortadi degan xulosaga keldim )
1😭15🤝6🔥5 2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yevropotokdagilar qanaqadir xodyachiy xarizma. Hammasida xarizma bor nimagadir
2❤9😁5🤣2
Bu yil “Oskar” ga munosib bo’lgan filmlardan biri - “Hissiy qadriyatlar” filmini ko’rib tugatdim. “Битва за битвой” dan ko’ra ancha kuchli film. Yevropa kinomotografiyasi kuchli ekanligini bilardim, skandinav davlatlarniki ayniqsa.
Film ancha chuqur, u yerda voqealar emas, holatlar so’zlaydi: nigohlar, jest, harakatlar. Judayam sokin atmosfera va pauzalar normal odamlarni zeriktirib qo’yishi ham mumkin, shuning uchun bu film havaskorlar uchun emas.
Nora - o’zim uchun oynadek bo’ldi. To’g’rilanmagan munosabatlar, chegarasiz mehr, emotsional bo’shlik oxiri insonni o’zini yemirishiga olib keladi. Ayniqsa, film yakuniga yaqin singlisining uyiga kelib, opasidan xabar olishi singillarimni eslatdi. To’zib, tartibsiz holga kelgan, o’z olamimga berkingan dunyoyimni o’zgartiradigan jigarlarimni esladim. Shu tomondan tomoshabinlar qalbiga yetib bora oladi.
Muhim jihati - sentimental qadriyatlar faqatgina buyumlar, uydagi eski narsalar emas, aytilmagan gaplar, ko’rsatilmagan mehr, ichda qolib ketgab alamlar ekanligini ham tushunasiz. Film nimadandir ta’sirlanib, nimanidir o’rgatmaydi, shunchaki ichida yashab, qahramonlarni his qilishga, ular bilan birga yashashga undaydi. Ko’rishga arziydi. Juda arziydi.
9/10

Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
#qandaytopildi
“Renessans universiteti” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 1-tur o‘yinining 8-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Whatever” jamoasi topdi.
Savol matni quyidagicha:
➖ @Toshkent_ZakovatNNT ➖

Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi. Siz ko‘rib turgan kartina Edvard Hopper tomonidan yaratilgan bo‘lib, “IKS” deb ataladi. “IKS” — shuningdek, 2001-yilda chiqqan qo‘shiqning nomi hamdir.“Whatever” jamoasi ushbu savolni qanday topganini yuqoridagi videodan ko‘rishingiz mumkin.
Savol: “IKS” muallifi bo‘lgan rok-guruhi nomini yozib bering.Javob: System of a Down
Qabul: SOAD
Izoh: Edvard Hopperning “Chop Suey” nomli kartinasida qisman “Suey” so‘zini ko‘rib turibsiz. Alternativ metal yo‘nalishida ijod qiluvchi System of a Down guruhiga mashhurlik olib kelgan qo‘shiqning nomi ham “Chop Suey”. Ma’lumot uchun, Chop Suey — xitoycha taom nomi.
Muallif: Nazarbek Nazarov.
➖ @Toshkent_ZakovatNNT ➖
❤8🤝2
Zakovat: Toshkent shahri
#qandaytopildi “Renessans universiteti” jamoasi navbatchiligida o‘tgan bahorgi mavsum 1-tur o‘yinining 8-savolini Birinchi liga jamoalari orasida faqat “Whatever” jamoasi topdi. Savol matni quyidagicha: Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi.…
Odamam shunaqa shirin bo’ladimi )
🤣15 5🔥2😘2
Aptekaga kirgandim. Paymedan to’lov qilishga telefonimni berdim aptekachi bolaga. “Yorug’lik kamakan, qanday oshiraman?” - dedi, shundoq tepasidan desam, boshqa joylarga kirib ketib, xijolat bo’lib qaytib berdi. O’zim yorug’ligini oshirib yana berdim. Nechinchisi dedi, 17 desam, “ayfon ishlatib ko’rmaganman, lekin juda qiziqaman, bu qanaqasi, promaxmi” didi? “Yo’q promax bu” deb cho’ntagimdan 16 ni oldim, Bolani ko’zlari yonib ketdi, voy ikkitami deb narxlarini surishtirdi. O’zim bilganimcha tavsiyalar berdim. Boshlanishiga 13 oling, narxi arzon, va yaxshi chiqqan dedim. Shunaqa qilib, klient kirguncha ayfonlar haqida gaplashib qob ketdik. Havas ko’zlari bilan kuzatib qoldi.
Bizda ayfonga ega bo’lish erkaklar uchun qiyin shekilli deb o’ylab qoldim.

😢17❤9😁9
Farg’onaga kelsam, ota-onamni sog’inib ketaman, ular Toshkentda bo’lishsa ham. Birga yurgan yo’llarimiz, bizni olib borgan joylarni ko’rib tezroq ularni oldiga qaytgim keladi. Ammo qaytganda o’sha sog’inch ham bosilmaydi,
Endi tushunsam, aslida ular bilan o’tgan bolalikni sog’inarkanman.

🔥12😢7😭6❤1
Hamma bilan ertalabda baqir-chaqir qib urushadigan, xa desa uchastkovoy chaqiradigan shallaqi opa endi qo’shning emas, o’zing ekanligini anglash og’ir bo’larkan 😭
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣26😁3 2
Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy.
Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik, oddiy omma uchun mo’ljallangan va ularga juda yoqqanini zaldagi qarsaklardan ham bilib turdim.
Bir boshdan boshlasak: Film tarixiy-avtobiografik, shu sabab undagi tarixiy voqelikni qahramon shaxsiyati orqali his qilgisi keladi tomoshabin, men shu narsani his qila olmadim. Sun’iy intellekt bilan qorishiq nimadir ko’rgandek his, ammo nimaligini hanuz tushunmayapman. Amir Temur milliy g’ururni oshirishga xizmat qiladigan film bo’lishi kerak, ammo Temur filmda judayam ambitsiyasiz, o’rtamiyona, ilimiliq shaxsiyatga ega.
Ijodkorlarning badiiy erkinlikka, to’qimalarga haqqi bor agar bu film saviyasini haqiqatan oshirsa, bu narsa Amir Temurda uchramaydi. Agar tarixiy kontekst va bilgan faktlaringizni unutib tomosha qilsangiz, qabul qilishingiz mumkin. Dialoglar ustida ishlanmagan, bu eng katta minus.
Tarixiy filmlarni ushlab beradigan yana bir narsa bu - aktyorlarning mohir ijrosi, ammo afsuski xorij aktyorlari ham bizni bundan qutqara olmagan. Temur shaxsiyati to’liq ochilmagan, biz bilgan qahr, salobat yetishmadi, hatto qarigan chog’idagi lavhada ham.
Endi yomonlasak, gap ko’p. Ammo plyuslarini aytmaslik ham gunoh. Film tijoriy, shunday ekan buni bila turib tarixiy mavzuga qo’l ura olish katta jasorat. Tijoriy filmlarning maqsadi doim milliy tarixni targ’ib qilish bo’lmaydi, bunga harakat qilingan. Dark graphica ishlatilgani tomoshabinni biroz epik, dramatik holatga sola oladi. Avval ishlangan tarixiy fimlarga, hatto “Yalangto’sh Bahodir”dan ham ancha yaxshi chiqqan, demak buni tarixiy filmlarda biroz o’sish deb qabul qilsak bo’ladi. Film ko’rishga arziydi, ammo bir marta.
Aytgancha, ayol aktrisalarning ijrosi ancha ishonarli chiqqan. Eng asosiysi, otlar o’z rolini yaxshi o’ynab beribdi )

😁18❤6 5🔥3
А если серьезно
Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy. Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik,…
O’zi inglizcha nomi “Tamerlane: Rise of the Last Conqueror” to’g’riroq. Nega bizda Amir Temur deb nomlashgani g’alati.
Film Temurning yoshligi haqida, yirk janglari, g’alabalari, yurishlari haqida hech nima yo’q. Nomni o’zgartirish kerak o’zbekchada ham.

Bolaligimizda «Проклятие Темурa» degan disk bo’lardi. Unda qabrni ochish jarayoni va undan keyin boshlangan “Ulug’ vatan urushi”, olimlar intervyulari boridi. O’sha payt ishonganman, Go’ri Amirga borganimdayam qandaydir qo’rquv his qilganman.
Hozir endi ulg’ayib, ciniklashib tahmin qilyapmanki, Gitler shunchaki trolling leveli baland odam bo’lgani uchun qabr ochilishiga hujumni boshlab yuborgan, odamlarni battar zablujdeniega solish uchun )

🔥11🤣8❤2