А если серьезно
589 subscribers
431 photos
158 videos
42 links
O’zim va kino haqida
Anonim xabar uchun:
https://t.me/anonimnye_poslaniya_bot?start=1122711248

https://tirikchilik.uz/dio

Yashash qiyinlashib ketyapti
Download Telegram
Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy.

Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik, oddiy omma uchun mo’ljallangan va ularga juda yoqqanini zaldagi qarsaklardan ham bilib turdim.

Bir boshdan boshlasak: Film tarixiy-avtobiografik, shu sabab undagi tarixiy voqelikni qahramon shaxsiyati orqali his qilgisi keladi tomoshabin, men shu narsani his qila olmadim. Sun’iy intellekt bilan qorishiq nimadir ko’rgandek his, ammo nimaligini hanuz tushunmayapman. Amir Temur milliy g’ururni oshirishga xizmat qiladigan film bo’lishi kerak, ammo Temur filmda judayam ambitsiyasiz, o’rtamiyona, ilimiliq shaxsiyatga ega.
Ijodkorlarning badiiy erkinlikka, to’qimalarga haqqi bor agar bu film saviyasini haqiqatan oshirsa, bu narsa Amir Temurda uchramaydi. Agar tarixiy kontekst va bilgan faktlaringizni unutib tomosha qilsangiz, qabul qilishingiz mumkin. Dialoglar ustida ishlanmagan, bu eng katta minus.

Tarixiy filmlarni ushlab beradigan yana bir narsa bu - aktyorlarning mohir ijrosi, ammo afsuski xorij aktyorlari ham bizni bundan qutqara olmagan. Temur shaxsiyati to’liq ochilmagan, biz bilgan qahr, salobat yetishmadi, hatto qarigan chog’idagi lavhada ham.
Endi yomonlasak, gap ko’p. Ammo plyuslarini aytmaslik ham gunoh. Film tijoriy, shunday ekan buni bila turib tarixiy mavzuga qo’l ura olish katta jasorat. Tijoriy filmlarning maqsadi doim milliy tarixni targ’ib qilish bo’lmaydi, bunga harakat qilingan. Dark graphica ishlatilgani tomoshabinni biroz epik, dramatik holatga sola oladi. Avval ishlangan tarixiy fimlarga, hatto “Yalangto’sh Bahodir”dan ham ancha yaxshi chiqqan, demak buni tarixiy filmlarda biroz o’sish deb qabul qilsak bo’ladi. Film ko’rishga arziydi, ammo bir marta.

Aytgancha, ayol aktrisalarning ijrosi ancha ishonarli chiqqan. Eng asosiysi, otlar o’z rolini yaxshi o’ynab beribdi )
😁1865🔥3
А если серьезно
Amir Temur filmi haqida qancha tanqid bo’lsa hammasi o’rinli, barchasiga qo’shilaman. Kinoman sifatida fikrimni yozishim kerak lekin. Taqriz professional emas, oddiy. Bu filmdan ko’p narsa kutgan emasdim va u kutilmalarimni oqladi. Film o’rta statustik,…
O’zi inglizcha nomi “Tamerlane: Rise of the Last Conqueror” to’g’riroq. Nega bizda Amir Temur deb nomlashgani g’alati.
Film Temurning yoshligi haqida, yirk janglari, g’alabalari, yurishlari haqida hech nima yo’q. Nomni o’zgartirish kerak o’zbekchada ham.
83
Bolaligimizda «Проклятие Темурa» degan disk bo’lardi. Unda qabrni ochish jarayoni va undan keyin boshlangan “Ulug’ vatan urushi”, olimlar intervyulari boridi. O’sha payt ishonganman, Go’ri Amirga borganimdayam qandaydir qo’rquv his qilganman.
Hozir endi ulg’ayib, ciniklashib tahmin qilyapmanki, Gitler shunchaki trolling leveli baland odam bo’lgani uchun qabr ochilishiga hujumni boshlab yuborgan, odamlarni battar zablujdeniega solish uchun )
🔥11🤣82
Man sizlarga threadsdagi qiziqarli izohlarni tekinga tashlab turaman, evaziga smaylikchalar qo’yasizlar, kelishdik?)
😁28🤣1262🤝1
Bolaligimiz kaltaklar bilan o’tganining yaqqol sababi
😁142😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu qo’shiq va edit yig’latdi. Qo’shiq yaxshi ma’noda bo’lgan, ammo edit uni toxic onalar uchun bag’ishlangandek ko’rsatib qo’ydi.
Qanchalik toxic va zaharga to’la bo’lmasin sen doimo talpinadigan, qo’msaydigan maskan - onagni bag’ri. Senga azob berishini, og’ritishini bilsang ham onang yoniga talpinaverasan, qalbing orom olmasa ham.

O’zimning onam juda mehribon, shunday onalarning farzandlari do’stlarim. Ba’zan viloyatga onalari oldiga sog’inib, intilib borib, yig’lab, siqilib qaytib kelganlarini ko’p ko’raman. Juda og’ir bu.

Tarjimasi:
Ona, men charchadim
Bugun sening uyingda uxlasam bo’ladimi?
Ona, shu yerda bir yoki ikki yil qolib ketsam ham maylimi?

(Agar buning iloji bo’lmasa)
Faqat bir kecha uxlay olishning o‘zi ham yetarli bo‘lardi.
Va men ketaman, qachonki
o‘z hayotimni qanday qilib o‘zim ta’minlashni tushunib olsam
😢112
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligimizda enamlarnikida yashil bit tarog’i bo’lardi. Avloddan-avlodga o’tgan. Bizni sochimizni tarashmagan, ammo shu taroqni ko’rsam ichim og’rirdi, qancha odamni jonini yulgan bo’lsa kerak deb. Umuman enamlarni uyini eslasam qo’lbola pashshakushak, shu taroq, taxta qoshiq esga tushardi. Bu narsalar doim shu yerda bo’lishi, doim shu joyida turishi kerakdek. Enamlar vafot etganlaridan keyin uyidagi narsalarni holamlar bo’lib olishgan, o’sha taroqni kim olgani esimda yo’g’u, ammo boshqa uyda ko’rganimda yig’lagim kelgandi. Bu narsalar joyidan jilishi kerak bo’lmagan bir qadrli buyumlardek, kimdir o’sha bolalik xotiralarini o’zgartirmoqchi bo’lgandek tuyulgan.
Sentimental values shu bo’lsa kerak.

Credits: Art Boss
9😢6
Film shunchaki shedevr. Bir lahzada ko’rib hazm qilib yuboriladigan avtobiografik asar bo’libdi. Sujet, ovoz, aktyorlar ijrosi a’lo, drama kuchli. Kostyumlar, grim yaxshi ishlangan.
Michael heyteri bo’lmagan kam sonli san’atkorlardan biri edi, shuning uchun ham filmi aralash hislarni uyg’ota oladi va tasvirdan ham maza qilasiz. Filmdan keyin Michaelning kliplarini ko’rib, boshqattan yig’lab oldim. Bunday insonlar bir keladi, qayta tug’ilmaydi.
Albatta ko’ringlar.

10/10
16🫡5
Kecha 28-avtobusga o’tirgandim. Yo’l uzoq, ichkari hammomdek. Orqa tomondan chiqqanim va uzun avtobusligi uchun yonimdagilarga aytdim, shoferga aytinglar kondicionernj yoqsin deb. Odamlar gapimdan sal kuch olishdimi birpasda chuvir-chuvir qilib tashlashdi. Shopir amaki tushib, suv quyib, bir nimalar qilib axiyri yoqdi. Muzdekkina avtobusda maza qilib ketdik. Bugun endi Beruniydan o’tirgandim. Kirsam parxona, yana yangi vagonlar. Bo’lmaydi dedim-da mashinist tugmasini qidirsam, orqamdagi studentlar ko’rsatishdi. Birinchi marta bosib, kondicionerni yoqinlar deb qat’iy gapirdim.
Biroz turib sekin shabada kelishni boshladi. Kondicioner to’liq ishlaguncha men tushib ketdim albatta, ammo keyingilar baribir maza qilib ketadi.

Konditsioner olinur, berilmas ☝🏻
2😁37128
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo’ng’izga aylanib qolsam, oilam va yaqinlarim nechi kungacha chidashiga qiziqaveraman )
😁52
Kecha ishtonimni kiyaman desam, yirtilib qolibdi. 100 foiz len, yaxshi brenddan yaxshi narxga olganman, hali yoz kelib ulgurmasidan yirtilganiga juda qalbim xijil bo’ldi. Aslida narxiga arziydi, ustizda bilinmaydi, havo o’tkazadi, yengil. Menimcha, toza len yirtilmasligi kerak degan stereotip miyamda qotib qolgan bo’lsa kerak, kutmagandim. Kambag’al miyam len o’zi bir sezonlik buyum ekanligini qachondir his qilar.
Kiyim yirtilishi uning umri tugashini anglatardi garderobimda, yo qo’lim qisqalik qildi, yo haqiqatan ishton yaxshi shekilli, qo’limgq igna-ip olib tikishga o’tirdim. Tikyotib shu sahna xayolimga kelib, bir xo’rligim ham keldi )
🤣375🤝2🌚1😭1
Erta-indin Namanganga ta’ziyaga borishim kerak, men bo’lsa aytadigan gaplarimni repetitsiya qilyapman. Har ta’ziya oldi shu, ammo borganda mum tishlagandek jim qotaman.

Onamlarni eslayman. Onam har qanday tadbir, maraka, marosimlarda eng birinchilardan borar va darrov xizmatga sho’ng’ib ketardi. Bu menga judayam erish tuyulgan, onamni to’rida kerilib o’tirishini istaganman, ammo onam doim xizmatda yurardi. Tashkilotchilik, eng muhim vazifalar onamga topshirilardi. Kelin olib, nevarali bo’lib endi onam davralarni to’rida o’tiradi deb o’ylagandim, onam hozir ham o’shanday xizmatda.

Men onamga o’xshamadim, qayerga borsam ham eng yuqori to’riga chiqvolib, iloji boricha ish buyura olmaydigan joylarni egallayman, mehnatdan maksimum qochaman, biror ish qilsam ham qo’l uchida. Va umuman bunaqa milliycha marosim-tadbirlarda o’z pozitsiyamni ham bilmayman, jim mehmon bo’lib o’tiray desang, onang xizmatda, turib xizmat qilay desang, dangasasan.

Men otamga o’xshashga harakat qilaman deb onamning eng yaxshi fazilatlarini o’zlashtirishni unutibman.
11😭6🥰5😢2🤗2😁1🤯1🤨1😈1
Namangandan Farg’onaga soat 6 ga taksi gaplashilgan edi, ertalabda yo’lga otlandim. Yo’lda qarab ketsam, hovlilar oldi supurilgan, suv sepilgan. Avvallari shunaqa uyda onam aytmoqchi “qo’li sinmagan”, sarishta qiz, kelin bor deb o’ylardim. Hozir bu estetika ortidagi mehnatni tasavvur qilib, siqilib qo’ydim.
Bizni ham saharlabda uyg’otishardi, ko’chani supurish va suv sepish uchun, uyda qiz bola yashashini mahalla bilishligi uchun.

Bu processda eng og’ir ish jismoniy mehnatdan ko’ra o’tgan-ketganga salom berish edi. Ammo shunaqa xotiralar mani asl vodiylik qiz bo’lib shakllanishimda rol o’ynagan, shuning uchun psixolog bilan ishlaganda ota-onamni bu ekspluatatsiyalari uchun “kechirganman” ))
😁321
Shuni qaradim bugun. Bir martalik o’rtacha boevik ekan. Jillenhol rollarini sog’ingandim, xot’ qanaqadir genial’niy mimika, emotsiya ko’ramanmi deb o’ylodim, kino bo’yi ochkida yurishganiga qaysi biri Kevill qaysi biri Jillenhol ajratib ham bo’lmadi.
Judayam pafosniy film xullas.
11
Audio
Musiqa ulashmay qo’ygandim. Hozir shu qo’shiq yoqyapti, yoqimli juda.
6🥰1
Oilaviy ko’rishga juda beg’ubor, beozor film olib keldim - The sheep detectives. Cho’pon har kuni qo’ylariga turli detektivlar o’qib beradi, ular hech nimani tushunmaydi deb o’ylasa-da bu mashg’ulot qo’ylarning ham, o’zining ham sevimli ishiga aylanadi. Ammo qo’ylar mutolaadan keyin asarni muhokama qilishadi, yechim topishadi, hatto cho’pon o’lganda ham tergovni o’z qo’llariga oladi. Yaxshi fentezi.
Hyu Jekmen otalar rolini zo’r o’ynaydi. Prisonersdagi roli ham qoyilmaqom chiqqan.
12🥰2
Farg’onaga kelsam onamni qizlik uyiga kelsak bo’ladi, onamlarga meros bo’lib qolgan, odam deyarli bo’lmaydi, ammo bolaligimizda shu qadar ko’p qo’rqinchli hikoyalar bilan o’zimizda fobiya hosil qilganmizki, yaxshisi otelga bora qolay deyman. Hatto kunduz kuniyam borish qo’rqinchli. Hovli orqasida yashaydigan ajinalar, ujaslar 30 dan oshgan odamni hanuz qo’rqitadi.
Bolalarga uylar bilan bog’liq strashilkalar aytmanglar.
1😁115😢3
Kecha ishdan qaytishda yerda mayna bolasini ko’rib qolgandim. Tepasida ota-onasi, sal beriroqda mushuklar. Oldimda tanlov turgandi, hozir qoldirsam, mushuklar talamon qiladi, ota-onaga travma. Agar obketsam, yashab ketishi 50/50 ammo ota-onasi bolasi o’limini ko’rmaydi. Oxiri qushni uyga olib ketdim. Alohida xona, korobka qildim, ovqatini ChatGPTdan so’rab beryapman. Hozircha tirik. Sobirova bilan suhbatimiz faqat shu qush doirasida bo’lib qoldi. Qayerga ketyapsiz, qushga korm olgani, qushga cherv qidirgani, qushni aylantirgani.
Oxiri aytdim, agar shu qush tirik qolsa, ismimnj Dio onaga o’zgartiraman deb. Sobirova: “Agar o’lib qolsa, Motamsaro onaga o’zgartiring” deyapti )
1😁15🤣5