А если серьезно
591 subscribers
431 photos
159 videos
42 links
O’zim va kino haqida
Anonim xabar uchun:
https://t.me/anonimnye_poslaniya_bot?start=1122711248

https://tirikchilik.uz/dio

Yashash qiyinlashib ketyapti
Download Telegram
Opam bo’lmaganiga ba’zan juda-juda siqilaman. Xohlagan paytim yoza olmasligimga, xohlaganimni so’ray olmasligimga. Mayli, o’zim ishlab pul topsam ham, mayli erga tegib erimning bo’yniga o’tirib olgan bo’lsam ham, shunchaki telefon qilib “opa, falon narsa obering, falon narsa qibering deya olmasligimga”. Bolalikdagi xayoliy scenariylarimda qachondir haqiqiy ota-onam kelib, meni olib ketishlarini, ularning oilasida men eng kichkina singil bo’lishimni, akam-opalarim bo’lishini yaratardim. Shu kunni kutib mana 30 dan ham oshdim. Ukalarim, singillarimga dostoyniy opa bo’lishni orzu qilganman, doim ularga tirgak bo’lishni, menga suyanishlarini istaganman, shunga harakat qilganman, yordam so’rashsa, yordam bera olsam, hatto o’zimdan faxrlanib ham qo’yardim. Amma ba’zan ichingdagi odamcha sen ham suyanishingni istagan kattaroq odaming bo’lishini istaydi. Xudoga ming shukr, ota-onam bor, har qanday holatda ular bosh himoyachim, suyanchim, ammo opa va aka mehriyam boshqacha bo’lsa kerak. Bu tomondan singillarimga, ukalarimga havas qilaman, balki ba’zan juda egoist opadek ko’rinarman, ammo har biriga juda-juda perejivat’ qilaman, dardlarini, muammolarini o’ylab siqilaman.
Odam magazinda nimadir arzimas, nimadir juda mayda narsa ko’rganda “aha buni opamga aytaman, olib beradi” deyisham shirin baxt shekilli.
Bu nolish emas, to’ng’ich bo’lganimda afsuslanish emas, jigarlarimni jonimdan ortiq ko’raman, shunchaki ushalmagan orzularimdan birini bo’lishgim keldi.

Aytmoqchi, singlim baribir qaytarmaydi, qarz qaytarish singillarga begona narsa 😈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😁12🤣9🔥42😢1
Nurlan Saburov atrofidagi konfliktlardan maza qilyapman. Birinchidan, uning ikkiyuzlamachiligini hamma bilganidan, ikkinchidan o’zinikilar ham undan deyarli voz kechganidan. ChBDni ko’ra olmaganman, judayam sexistik, misogynyga to’la xazillar bo’lardi, ayniqsa Nurlan tomonidan. O’zi so’nggi paytlar mana shunday misogynistlarning anchagina tanobi tortilib qoldi, Markaryan ham qamoqda. Nurlan Qozog’istonda Rossiyadagidek obro’sini tiklay olmaydi, ayniqsa Vagnerga moliyaviy ko’mak berganidan so’ng, qozoqlar buni osonlikcha kechirishmaydi.

Xullas, kayfiyatcha yaxshi. Hamma misogynistlar shunday jazolansin 😈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌚5😈4
Strangers On A Train - Lost Her to Wolves
NoctuRn
Juda yaxshi ko’raman shu ashulani. O’zimni bo’rilar orasida yo’qolib qolgandek his qilaman ba’zan
1521
Universitetimni man o’zim krinj videolari uchun yotvolib kuzatadigan hind bloger reklama qibdi. Nima his qilayotganimni tushunmayapan hozir )
6🔥6🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zimdan yoshi kichik yigitlar bilan uchrashmasligimning bosh sababi. Animeshnik z-avlod bu vaybga tusha olmaydi )
😁74🤗1
Hozir tushundim. Polkovnik Kvorich Jake Sallidan umuman qo’rqmagan, hatto umrining oxirgacha uni o’zidan past askar sifatida ko’rgan. Polkovnikni qo’rqita olgan yagona avatar uning xotini - Neytiri bo’lgan. Avatarning 2,3 ida ham Neytiri jasorati erini bosib ketgan. Shuning uchun Avatar yoqadi. Takror va takror ko’raman
10🔥5
Shervin Hajipour - Baraye (full version with English lyrics)
Speedy5310
Fors tilida eng ko’p eshitadigan qo’shig’im shu hozircha
20🔥411
Metroga tushgandim. Bir juftlik turibdi, qiz nihoyatda go’zal, yigit unchalikmas. Qizni qo’lida bir dona atirgul, yigit ishshayib turibdi. “O’l-a, shunaqa chiroyli qizgayam bir dona atirgul olasanmi?” - deb ichimda so’kay desam, o’zimni hatto shu bir dona atirgul ham olmaganim esimga tushdi ☔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21😢53🌚2211
Ertalabda chekkani chiqsam, non-don sepishimga o’rganib qolgan qushlar to’planvolishadi. Bugun ham turishsa, bitta mushuk paydo bo’ldi-da, sekin poylab, bittasini tutib yemoqchi bo’ldi. Shoshib-pishib go’sht tashladim. Yaramas go’shtni yeb tugatib, yana qushlarni poylab ketdi. National Geographic operatorlari nega jonivorlar hayotiga aralashmasligini tushundim. Инстинкт все решает. Извини птичка, я так старалась 🥲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
113🗿32🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yolg’izliging 14-fevralda emas, ertasiga yomon bilinadi
😢5
Kosmetologga borgandim, oynani oldiga turgizib, yuzingizda nima kamchiliklar bor, bir o’ziz sanab bering deydi-ya. Oyanaga qarab shunaqa yuzim ko’zimga xunuk ko’rinib ketyapti, ungacha uyda eng mukammal, eng go’zal o’zimman deb chiqayotgandim. Nega bunaqa a? 😭
😁197
Stixiya bu yil bo’lmas ekan. 2027-yilga yetib olishim uchun motivatsiya kerak
😢76
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Wilson ismi hayotimda ikkita travma bergan. Birinchisi “Cast away” filmida Wilson to’pi okeanda yo’qolib qolishi, 3 kun yig’laganman va uzoq o’ylab yurganman.
2-si esa shu xo’roz (ismini hamma Wilson deb qabul qildi uje).
Ozvuchka bitta bo’lsayam
🔥9😁5😢3
Это смешно, валлахи
😁125🔥4
Do’stim, yig’lay olmay kulganman,
O’zimdan pastlardan kuyganman
Ko’milmay ming marta o’lganman.


Yaxshi ashula ekan
14🤝2
Instagramdagi izohlarimdagi layklar soni obunachilarimdan ko’pey )
😁24🤣841
А если серьезно
"O'l-a!" - didigan odam yo'g'a shunaqa paytda?
Bu memni 5 yil avval yasagan ekanman, davlat rahbari eshitaman gapir deganda, sizni quchoqlasam maylimi, siz bilan rasmga tushsam maylimi deydigan yoshlar bilan kelajak qurib bo’lmaydi. Oradan 5 yil o’tibdi, yoshlar hanuz o’sha-o’sha. Eng yomoni, davlat rahbariga shu yoshlar butun O’zbekiston yoshlari yuzi degan illyuziya yaratib berilayotgani. Men baribir maddohlik qo’lidan kelmaydigan, prinsiplari va qadriyatlariga ega yoshlar ko’pchilikni tashkil etishiga ishonaman.
🔥21
Dadamlar Yevropadan qaytishi bilan onam ikkalasi sanatoriyga ketishibdi. Balki haqiqiy hayot 50 dan keyindir deb yana yashashga umid qilib turibman
😁23552
Dars o’tish - buyuk ish, hujjatbozliklar va byurokratiya umrimni yeyayotgan eng bema’ni va mayda ishlar
188🔥4
Parazitlarni endi to’liq ko’rib tugatdim. Chol va oltin baliq ertagini eslatdi, ya’ni farzandlari ishli bo’lgandan keyin ham butun uyni to’liq egallash harakatiga tushib qolganlari, ikkita ish bilan cheklanmaganlari bu oilaning katta aybi bo’lgan. Filmda juda ko’p metaforalar bor, zinalar, hojatxonalar, hatto yomg’irda ham va ayniqsa hid. Hid inson haqida oyoq kiyimdan ham avvalroq signal beradigan eng birinchi belgi. Filmning tragediyaligi kimlarningdir o’lishida emas, illyuziyalar podvalda qolib ketishida.
Ertaroq ko’rmaganimga siqildim. Juda yoqdi.
1🔥12