FATVO.UZ
151K subscribers
874 photos
1.82K videos
3.96K links
Fatvo.uz веб-саҳифанинг
телеграмдаги расмий каналига хуш келибсиз!

©Каналдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.

Колл марказ рақами: 781503344

https://taplink.cc/diniysavollar
Download Telegram
Forwarded from Hilol dasturlari
#yangilik

«Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi» kitobi «Hilol eBook» dasturiga joylandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoshida tashkil etilgan Fatvo markazi ulamolari tomonidan fiqh va aqidaga oid dolzarb mavzularni oʻz ichiga olgan kitob nashrga tayyorlandi.

Mazkur kitobda turli ixtilofli masalalar va ularning yechimi Qurʼoni karim, hadisi sharif va moʻtabar manbalarimiz asosida batafsil yoritilgan. Bu esa kitobning ahamiyatidan darak beradi. Asar yurtimizdagi moʻmin-musulmonlarning birdamligi, amallarimizni nuqsonsiz ado etilishi hamda ixtiloflarga barham berish yoʻlida muhim manba boʻlib xizmat qiladi, degan umiddamiz.

«Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi» kitobini «Hilol eBook» dasturida oʻqing.

👉 Elektron kitob narxi: 8 000 soʻm

👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma

📨 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilol dasturlari
#yangilik

«Hilol eBook»da yangi kitob: «Roʻzaga oid fatvolar»

✍️ Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar (Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Fatvo markazi direktori)

📝 Nashrga tayyorlovchilar: Fatvo markazi ulamolari

Dinimizda har bir ibodatning, jumladan roʻzaning ham Alloh taolo huzurida maqbul boʻlishi uchun uni shariatga muvofiq holda tutish talab etiladi. Xususan, roʻza ibodatining ham oʻziga xos ahkomlari va fiqhiy masalalari boʻlib, roʻza tutayotgan kishi ibodatda ana shularga rioya qilishi lozim. Fatvo markazi ulamolari roʻzaga oid ahkomlarni sodda va xalqchil tarzda yoritish maqsadida ushbu kitobni nashrga tayyorladilar.

Shuningdek, Fatvo markaziga kelib tushgan roʻza ahkomlariga oid savol-javoblar ham kitobga ilova qilingan.

«Roʻzaga oid fatvolar» kitobini «Hilol eBook» dasturida mutolaa qiling. 😊

👉 Narxi: 6 000 soʻm

📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish

👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilol dasturlari
#yangilik

«Hilol eBook»da yangi kitob: «Tahoratga oid fatvolar»

✍️ Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar (Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Fatvo markazi direktori)

📝 Nashrga tayyorlovchilar: Fatvo markazi ulamolari

Bugungi globallashuv va zamon keskin taraqqiy etayotgan bir davrda yuzaga kelayotgan har bir yangi masalaga mujtahid ulamolarimiz usullariga muvofiq fiqhiy yechim topish bugungi kun ulamolarining vazifasi hisoblanadi. Ana shulardan kelib chiqib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari ibodat va oʻzaro ijtimoiy aloqalarga oid fiqhiy masalalarni oddiy va xalqchil uslubda bayon qilishga kirishdilar. Ushbu xayrli ishning debochasi sifatida ushbu kitob taqdim qilindi.

Ushbu kitobda tahorat qilish, gʻusl, tayammum, mahsiga masʼh tortish, buyumlarni poklash va boshqa muhim masalalarning batafsil bayoni keltirilgan.

«Tahoratga oid fatvolar» kitobini «Hilol eBook» dasturida mutolaa qiling. 😊

📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish

👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM