🎼𝔻𝕀𝕃_ℕ𝔸𝕍𝕆. (rasmiy) 🎤
42 subscribers
802 photos
492 videos
4 files
338 links
ASSALOMU ALAYKUM
DIL NAVO KANALIGA XUSH KELIBSIZ😊

Ma'noli statuslar
🎙 Audio monolog, she'rlar, musiqalar
🎁 Tug'ilgan kun tabriklari


Monologlar ijrochi va muallif ismi bilan ko'chirilsin.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💗💗💗💗🅰💗💗



Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰3💋2🔥1
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1💋1
The owner of this channel has been inactive for the last 2 months. If they remain inactive for the next 27 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
The owner of this channel has been inactive for the last 2 months. If they remain inactive for the next 20 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Forwarded from Yoshlik kinostudiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢"Maryam" filimining tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Kinematografiya Agentligi buyurtmasiga binoan "Xorazm cinema" MChJ hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Yoshlik kinostudiyasi" tomonidan ishlab chiqarilayotgan “MARYAM” nomli badiiy-publisistik filmining tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda.

Filmda rollarni Dilnoza Kubayeva,Diyora Alimova, Toxir Saidov, Ruxshona Farmankulova, Merdan Matvileyev kabi iqtidorli aktyorlar ijro etishmoqda.
Postanovkachi rejissyor:Umrbek Ro’zimov
Ssenariy muallifi:Ro’ziboy Qulmatov,
Postanovkachi operator:Dilmurod Turdiboyev,
Postanovkachi rassom:Jamshid Maxsumov,
Liboslar bo'yicha rassom:Nigora Po'latova,
Pardozchi rassom:Zilola Po'latova
Badiiy rahbar:Akrom Shohnazarov,
Kartina direktori:Fozil Yunusov.

"Yoshlik" kinostudiyasi DUK

@yoshlartajribastudiya
1
"Matonatli Maryam" filmining ilk premyerasi boʻlib oʻtadi. 

Milliy kino san’ati saroyida 25-noyabr kuni soat 17:00 da 1920-yillarda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning natijasida siyosiy qatag‘onga uchragan Maryam Sultonmurodovaning hayot yo‘li haqida ishlangan “Matonatli Maryam” filmi premyera qilinadi.

Qayd etilishicha, film barcha viloyat kinoteatrlarida bir vaqtning o‘zida namoyish etiladi. Filmda Maryam Sultonmurodovaning ilm-ma'rifat fidoyisi, bardoshli jurnalist, mehrli hamshira va matonatli ayol sifatida namoyon boʻladi.

Kinokartina rejissyori Umrbek Ro‘zimov hisoblanadi. Filmda rollarni Dilnoza Kubayeva, Diyora Olimova, Tohir Saidov, Ruxshona Farmankulova va Merdan Matvileyev kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.

Telegram | Instagram | YouTube
1🔥1
#premyera

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Matonatli Maryam” nomli badiiy-publitsistik filmning umummilliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari hamda kino ixlosmandlari ishtirok etdi.

Dastlab, taqdimotni Kinematografiya agentligi Bosh direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Shuhratilla Rizayev ochib berdi.

So‘ng sahnaga film ijodkorlari taklif etildi va ular tomoshabinlarga birma-bir tanishtirildi.

Film postanovkachi rejissyori, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-kurs “Kino va televideniye rejissyorligi” ta’lim yo‘nalishi talabasi Umrbek Ro‘zimov film yaratilish jarayonida ishtirok etgan barcha ijodkorlar va hamkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kinematografiya agentligi tomonidan qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kinoloyihalar yaratish ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu tashabbuslar orqali tariximizning unutilmas sahifalarini keng jamoatchilikka yetkazish ko‘zda tutilgan.

Shundan so‘ng kutilgan lahzalar — filmning ilk namoyishi boshlandi.

Zalda yig’ilganlar XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning oqibatida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va fojiali taqdirini yorituvchi voqealarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Film Sultonmurodovaning ilm-ma’rifat fidoyisi, bardoshli jurnalist, mehribon hamshira va matonatli ayol sifatidagi fazilatlarini yurtimiz yoshlari va keng jamoatchilikka tanitishga xizmat qiladi.



Filmda institut “Estrada aktyorligi san’ati” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Diyora Olimova ham ishtirok etib, bosh qahramon Maryam Sultonmurodovaning yoshligini mahorat bilan ijro etgan.

Premyeradan so’ng institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Umrbek Ro‘zimov hamda Diyora Olimova bilan uchrashdi.
N. Sayfullayev mazkur ilk ijodiy ishi bilan talabalarni tabriklar ekan, ularning institutda olayotgan bilim va tajribalarini amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etayotgani, yosh ijodkorlar sifatida bunday mas’uliyatli loyihada ishtirok etishlari institut jamoasi uchun ham faxr ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlarimizning san’at va madaniyat sohasiga qo‘shayotgan hissasi yanada yuksalishini, kelajakda ulardan yanada katta va yirik loyihalarni kutishini bildirib, ijodiy izlanishlarida ularga omad tiladi.
U o’z so’zi davomida mazkur film tez orada institutda ham namoyish etilib, ular bilan uchrashuv o’tkazilishini aytib o’tdi.

📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#DIQQAT_EʻLON

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti tomonidan 8-dekabr – О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 2025-yil 5-dekabr kuni soat 15-00 da O'quv teatrida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etiladi.

Asosiy ma'ruzachi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Baratov Mirodil Xomidjonovich.


Shuningdek, tadbir davomida “Matonatli Maryam” badiiy-publitsistik filmning taqdimoti o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida: filmning postanovkachi rejissyori O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-kurs “Kino va televideniye rejissyorligi” sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi Umrbek Ro‘zimov. Filmda “Estrada aktyorligi san’ati” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Diyora Olimova bosh qahramon Maryam Sultonmurodovaning yoshligini mahorat bilan ijro etgan.


Telegram | Facebook | Instagram | Rasmiy sayt
1
#jarayon #Konstitutsiya_kuni

Bugun O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti O'quv teatrida 8-dekabr – О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etiladi.

⚫️Unda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, professor o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

⚫️Shuningdek, tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Mirodil Baratov taklif etildi.

⚫️U yig‘ilganlarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berdi. Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, ularning ahamiyati va hayotimizdagi o‘rni borasida yanada muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

⚫️Shundan so‘ng “Matonatli Maryam” badiiy-publitsistik filmi postanovkachi rejissyori, institutimizning 2-kurs “Kino va televideniye rejissyorligi” sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi Umrbek Ro‘zimov hamda filmda bosh qahramon Maryam Sultonmurodovaning yoshligini mahorat bilan ijro etgan “Estrada aktyorligi san’ati” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Diyora Olimovalar so‘zga chiqib, filmning suratga olish jarayonlari, davlatimiz xususan institutimiz tomonidan yosh ijodkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlarni e’tirof tdilar.

Mazkur filmning muvaffaqiyatida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilarining ham munosib xissasi borligini ta‘kidlashdi. Ularga o‘zlarining chuqur minnatdorliklarini bildirishdi.

⚫️So‘ng yig‘ilganlar e‘tiboriga film namoyishi taqdim etildi.

⚫️Yig‘ilganlar XX asrning 20-yillarida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan va buning oqibatida siyosiy qatag‘onga uchragan vatandoshimiz Maryam Sultonmurodovaning matonatli hayot yo‘li va fojiali taqdirini yorituvchi voqealarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Namoyish so’ngida Nodirbek Sayfullayev taklif etilgan mehmon Mirodil Baratovga ajoyib ma’ruza uchun o’z minnatdorligini bildirdi.

Shuningdek, Umrbek Ro’zimov va Diyora Olimovalarga kelgusi ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1