Assalomu alaykum!
Ramazon muborak, azizlar!
1. https://youtu.be/7JAOEAN3bF4?si=lOCCsV4mG5bm2Tub
2. https://youtu.be/YE3KbNir3As?si=LZtCAy3Zqa9nfci4

YouTube
Iqbol Muhammad - Ramazon keldi (San'atkorlar tuhfasi 8)
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Telegram https://telegram.me/RizaNovaUZ

Forwarded from Xushnudbek.uz
«Тасаддуқ, ё Расулуллоҳ» туркумидан эълон қилинган барча маърузалар
1-қисм. Муқаддима
2-қисм. Пешонадаги нур
3-қисм. У зот(с.а.в.)нинг туғилишлари
4-қисм. Танланган энага
5-қисм. Омина онамизнинг вафотлари
6-қисм. Оғир жудолик
7-қисм. Буюк аломат
8-қисм. Муҳаммад Амин (с.а.в.)
9-қисм. Ҳадича онамизнинг тилаги
10-қисм. Зайд ибн Хориса
11-қисм. Ҳадича онамизнинг муҳаббати
12-қисм. Илк ваҳий
13-қисм. Интизорлик (ваҳийнинг тўхтаб қолиши)
14-қисм. Абу Бакр Сиддиқ (р.а.)
15-қисм. Жажжи Фотима (р.а.) жасорати
16-қисм. Ҳамза (р.а.)
17-қисм. Умар ибн Хаттоб
18-қисм. Юксак мукофот
19-қисм. Саҳифа воқеаси
20-қисм. Тоифда қилинган дуо
21-қисм. Жинларнинг иймон келтириши
22-қисм. Исро ва меърож
23-қисм. Сидратул мунтаҳо
24-қисм. Буюк ваъда
25-қисм. Али (р.а.)нинг жасорати
26-қисм. Ғордаги шерик
27-қисм. Суроқа ибн Молик (р.а.)
28-қисм. Биринчи азон
29-қисм. Қибланинг ўзгариши
30-қисм. Бадр жангининг сабаби
31-қисм. Фаришталар бир сафда
32-қисм. Ҳазрати Алининг хонадонида порлаган қуёш
33-қисм. Маънавият сепи
34-қисм. Суфиён фитнаси
35-қисм. Итоаткорлик муваффақият гаровидир
36-қисм. Умму Аммора (р.а.)
37-қисм. Бани мустаълиқ жанги
38-қисм. Жувайрия (р.а.)
39-қисм. Маржон воқеаси
40-қисм. Ифк воқеаси
41-қисм. Умму Салама онамиз
42-қисм. Ҳудайбия сулҳи
43-қисм. Буюк фатҳ
44-қисм. Макканинг фатҳ этилиши
45-қисм. Ўғиллари Иброҳим вафоти
46-қисм. Ёлғончи Мусайлама
47-қисм. Видолашув ҳажи
48-қисм. Сўнгги буюк васият
49-қисм. Вафотларидан 5 кун олдин
50-қисм. Вафотларидан 4 кун олдин
51-қисм. Вафотларидан олдинги 3-2-кунлар t.me/xushnudbek/5317
52-қисм. Рафиқул аъло сари t.me/xushnudbek/5324
Муаллиф: Нуриддин ҳожи Холиқназаров
#TasadduqYoRasululloh
👉 @xushnudbek 👈

Insonning qabul qilgan qarorlari yoki qilmishiga qarab, uni shunchaki ahmoq deb hisoblashga shoshilmaslik kerak. Aksincha, uning harakatlari ortidagi rag‘batlantiruvchi omillarni shoshmasdan tahlil qilib ko'rish kerak. Insonlar, xususan, biror lavozimdagi shaxslar qarorlarini layoqatsizligidan emas, murakkab omillar - moliyaviy rag'batlar, hokimiyatdagi munosabatlar va shaxsiy yoki institutsional omon qolish omillari asosida qabul qilishadi.
Xatoliklar uchrab tursada, ayniqsa yuqori mas’uliyatli lavozimlarda tizimli tarzda “ahmoqona” qarorlar qabul qilish holati juda kam uchraydi. Shunaqa tuyulyaptimi, katta ehtimol bilan, uyerda rag'batlar va sharoit shunga undayotgan bo'lishi mumkin.
Ba’zi tanqidchilar "falonchi falon universitetni tugatgan bo'lsa ham shunaqa ahmoqlik qilyapti" deydi. Shunaqa holatda, qarorlarni "ahmoqona" degan oson xulosa o‘rniga, ularning orqasidagi asosiy sabablarni tahlil qilish samaraliroq bo‘ladi. Bu bilan, narsalar aslida qanday ishlashini va, ayniqsa, hokimiyat lavozimidagi odamlar, hatto harakatlari ba’zan jamoatchilik nuqtai nazarida mantiqsiz ko‘rinsada, o‘zi yoki jamoasi manfaatlariga xizmat qiluvchi harakatlar qilishga intilishlarini yaxshiroq tushunamiz.
P.S.: Trump va JD Vance'larga qaratilgan fikrlardan ilhomlanib yozildi. Bu fikrlar xato bo'lishi ham mumkin.

When evaluating someone's decision-making, it's important not to jump to the conclusion that the person is simply stupid. Instead, we should take the time to consider the incentives behind their actions. People, especially those who are in influential positions, make decisions based on a complex web of factors—financial gain, power dynamics, and personal or institutional survival—rather than sheer incompetence.
Even when mistakes occur, it's rare to see a systematic pattern of "stupid" decisions, especially among those in high-responsibility roles. If it is the case, most probably there are incentives for this pattern. Their actions are better understood as rational responses to the incentives and pressures of their environment.
For instance, critics may call 'someone stupid, despite his/her prestigious university credentials'. In such a case, rather than dismissing decisions as foolish, it’s more productive to analyze the underlying motivations. By doing so, we gain a clearer understanding of how things really work and why people, particularly those in positions of power, tend to act in ways that serve their interests—even if those actions sometimes appear counterintuitive to the public.
P.S.: Inspired by recent opinions on Trump and JD Vance.
This perspective may not be entirely accurate.

Kuchli zulmkorga yon bosish har doim oson, ko'pincha sharmandali va aksariyat hollarda oqibatlari og'ir yo'qotishlar bilan tugaydi. Yaqin kelajak uchun xavfsiz yo'lday ko'rinsada, tarixdan ma'lumki, bunday murosalarning narxi juda qimmat bo'ladi.
___
Siding with a powerful oppressor is always the easier choice, often disgraceful, and in most cases, leads to devastating losses. While it may seem like a safe path in the short term, history has shown that such compromises come at a great cost.

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
JP Morgan strategiyasi bankiri bugun bojlar haqida fikri so’ralganida:
“Bojlarning muammosi, qisqacha aytganda, shundaki, ular: narxlarni oshiradi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, korxonalar foydasini kamaytiradi,
ishsizlikni oshiradi, tengsizlikni chuqurlashtiradi,
ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiradi va xalqaro tanglikni kuchaytiradi.
"Shularni hisobga olmaganda, ularni yaxshi desak bo'ladi”

Bugun 11-mart Litvada eng muqaddas ne'matlardan biri - mustaqillikning qayta tiklanganligi kuni. 1990-yil 11-martda Litva Mustaqillik Dekloratsiyasi qabul qilinib, Litva Sovet Ittifoqidan ozod bo'lgani e'lon qilingan. 11-mart Litvada mustaqil davlatchilikka oid uchta milliy bayramdan biri.
www.lrs.lt
11 March: Day of Restoration of Independence of Lithuania
Parliament of the Republic of Lithuania
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
O’zbekistonda mashina ishlab chiqarilsa - mashinalar qimmatlashadi, maishiy texnika ishlab chiqarilsa - maishiy texnika qimmatlashadi, telefon ishlab chiqarilsa - telefon qimmatlashadi va uni olib kirishga suniy monopoliya Uzimei yaratilib fuqaro va bojxona ishchilariga ortiqcha ish ko’paytiriladi. Bularni hammasi samarasiz ishlab chiqruvchilarni - iqtisodiyotga zarari bo’lsa ham moliyalashtirish uchun qilinadi.
https://t.me/the_bakiroo/9738
https://t.me/the_bakiroo/9738
Telegram
bakiroo
Таглик қироли пайдо бўлдими?
Автомобиль, маиший техника, ёқилғи, қуёш панеллари, дори-дармон импортида қироллар пайдо бўлган замонда нега таглик қироли пайдо бўлмаслиги керак?
Асосийси, “маҳаллийлаштириш” деган фасади бўлса кифоя, шу маҳаллийлаштирувчига…
Автомобиль, маиший техника, ёқилғи, қуёш панеллари, дори-дармон импортида қироллар пайдо бўлган замонда нега таглик қироли пайдо бўлмаслиги керак?
Асосийси, “маҳаллийлаштириш” деган фасади бўлса кифоя, шу маҳаллийлаштирувчига…
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Aytish kerakki, savdo siyosatini shakllantirish bojxonaning vakolati emas. Bojxona xodimlari ularga yuklatilgan vazifalarni qonun doirasida bajarishmoqda. Lekin bojxonachilar uchun shunday qarorlar qabul qilayotgan tashkilotlar bundan uyalishlari kerak, deb o‘ylayman. IMEI masalasida ham ayni shunday: aeroport va chegaralarda ish hajmi allaqachon yuqori bo‘lgan bojxona xodimlarini boshqa birovlarning telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga majburlash ortiqcha va keraksiz ishdek tuyuladi. Boz ustiga bu keraksiz ish - xalq farovonligi uchun zarar narsa. Shuning uchun savol qonun muhofaza qiluvchilar - jumladan bojxonachilar uchun emas, qonun yaratuvchilarga berilishi kerak.
Hokimiyatlar jamiyatda jadayam kamdan-kam uchrab turadigan fluktuatsiyaviy yutuqlarni o'zlari o'rnatgan tizim yoki samaradorliklari yutug'i sifatida ko'rsatishga urinishadi. Bu amaliyot avvaldan ham bo'lgan va davom etadi.
Jamiyat rivoji, siyosiy va iqtisodiy institutlarning inkluzivligi, ya'ni tanlangan kamchilikka emas, ko'pchillika-jamiyatning har bir a'zosiga va umuman butun jamiyatning natijaviy rivojlanishiga xizmat qilayotgani fluktuatsiyalar bilan emas, o'rtacha ko'pchilikning ahvoli bilan belgilanadi. O'rtacha ko'pchilikning, umuman, aholining asl yashash sharoiti ilmiy-amaliy asosli iqtisodiy, ijtimoiy va salomatlik ko'rsatkichlari orqali aniqlanadi.
1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Aholi jon boshiga tog'ri keluvchi yalpi ichki mahsulot (YIM) - kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ifodalaydi. Bu aholi daromadlarini va yashash standartlarini ko'rsatuvchi hozircha mavjud eng samarador ko'rsatkichlardan biri.
Daromadlar tengsizligi (Gini koeffitsienti) - mamlakatda daromadlar qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi. Ko'rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, tengsizlik shuncha katta degani.
Kambag'allik darajasi - aholining necha foizi milliy kambag'allik chizig‘idan pastda yashayotganini ko‘rsatadi. (Ba'zi hukumatlar kambag'allik chegarasini noreal darajada pastroqqa tushirib qo'yishadi).
Ishsizlik darajasi - faol mehnat bozorida bo‘lgan, lekin ish topa olmayotganlar ulushi.
Uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari va jamg'armalari darajasi - aholining kundalik hayotdagi xarajatlari, iqtisodiy barqarorlik darajasini ko‘rsatadi.
2. Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari
Tug‘ilgan paytdagi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi - tug‘ilgan odamning necha yil yashashi kutilayotganini bildiradi. Bu aholi salomatligi va sog'liqni saqlash tizimi ahvoli haqidagi umumiy ko'rsatkichdir.
Chaqaloqlar o‘lim darajasi - har 1 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqdan nechta chaqaloq bir yoshgacha vafot etishini ko‘rsatadi.
Onalar o‘lim darajasi - har 100 000 tug‘ruqda necha ona homiladorlik yoki tug‘ruq tufayli vafot etganini bildiradi.
Tibbiy xizmatlardan foydalana olish darajasi (UHC) - aholining muhim tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ko‘rsatadi. Bir shifokorga/kasalxonaga to'g'ri keladigan aholi soni, shifoxonalar yaqinligi, mavjudligi, tibbiy xizmat narxi va sifati kabi o'zgaruvchilar bilan aniqlanadi.
Kasalliklar tarqalishi darajasi (masalan, OITS) - aholining qancha qismi qanday kasalliklardan aziyat chekayotganini ko‘rsatadi.
3. Ta’lim va inson kapitali rivojlanganlik ko'rsatkichlari
Savodxonlik darajasi -15 yoshdan katta aholining o‘qish va yozishni bilish darajasi.
O‘rtacha o‘qish yillari / Bitiruvchilarning oliy ta'limga qamrovi ulushi - 25 yoshdan katta odamlarning o‘rtacha nechta yil ta’lim olganligini ko‘rsatadi. Necha foiz bitiruvchi oliy ta'lim ola olishini ko'rsatadi.
Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) - aholi salomatligi, ta’lim va yashash sifati darajasini umumiy baholovchi ko'rsatkich.
4. Ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlar
Toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi - ichishga yaroqli ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi.
Havo sifati (AQI) - havodagi aholi uchun xavfli bo‘lgan moddalar miqdori.
Jinoyat darajasi (qotilliklar) - 100 000 kishiga to‘g‘ri keladigan qasddan qotilliklar soni.
Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash darajasi - aholining yordam olish imkoniyati, jamoat faolligi va ijtimoiy xavfsizlik darajasi.
5. Subyektiv farovonlik (Hissiy baxt)
Baxt indeksi (World Happiness Report) -odamlarning o‘z hayotlaridan qancha darajada rozi ekanliklarini ko'rsatadi. Uzb
Dunyoning eng boy 38 ta davlati iqtisdiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti - OECD Yaxshi Hayot Indeksi (Better Life Index) - ish-hayot muvozanati, sog‘liq, xavfsizlik va boshqa ko'rsatkichlar bo‘yicha mamlakatlarni solishtiradi.

“Demokratiyaga osonlikcha o‘tilmaydi” — Jeyms Robinson bilan suhbat
O‘zbekistonga kelgan taniqli iqtisodchi, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinson Kun.uz'ga bergan intervyusida avtoritar davlatlarda inklyuziv institutlar qurish, mustamlakadan keyin davlatlarning rivojlanishi qiyin kechishi, ongli…
Inson o'ziga ravo ko'rganini boshqalarga ham ravo ko'rmay turib iymoni butun bo'la olmaydi.
Va iymon butligi uchun inson o'ziga ravo ko'rmaganini boshqalarga ham ravo ko'rmasligi kerak.

Imperialistlar o'zlari bosib olgan, bosib olmoqchi bo'lgan va ta'sirlari ostida bo'lgan xalqlarni va ularning hukumdorlarini har doim korrupsiyaga botgan va osongina sotib olsa bo'ladigan deb qarab kelgan.
Xalqlarni mustamlaka qilib ushlab turishlariga "axloqiy asoslar" ham o'ylab topganlar. Unga ko'ra, agar bosib olingan yerlarda zavod, yo'l, ko'priklar qursa, umuman, infratuzilmani yaxshilasa bosqinchilikni oqlasa bo'ladi. Aslida, mustamlakachilik zulmini hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi.
Andrew Roberts'ning "Winston Churchill: Walking with Destiny" kitobidan.
P.S.:Mustamlakachilik asoratlari xalqlarning nafaqat o'tmishini barbod qilgan, balki bugunida ham kurashilishi kerak bo'lgan asoratlarni qoldirganini tarix ham, bugungi ilm-fan ham biladi.

Forwarded from Uzbekonomics
O'ylashingiz mumkin, nima uchun oxirgi paytlar asosan Tramp/Mask, tariflar, AQSh iqtisodiyoti haqida yozyapman, yoki axir biz O'zbekistondamizku bizga bularni nima daxli bor deb so'rashingiz mumkin. Birinchidan, gap shundaki, men bu haqida yozayotganda AQSh iqtisodiyotiga o'ta qayg'urganim, yoki Tramp/Maskni yoqtirmaganim uchun emas, balki bu jarayonlar fundamental iqtisodiy tushunchalar, ilm-fan, tarix, savdo va umuman hayot qanday ishlashini rad etayotgani, noto'g'ri va buzg'unchi g'oyalarga asoslanganligi va biz bunday pretsedentni ko'rmaganligimiz uchun.
1930 yillarda buyuk depressiya qanday boshlangan, 2007/08 yilgi global moliyaviy inqiroz qanday boshlangani haqida odamlar yoki kitobdan o'qishadi, yoki kinolarda ko'rishadi. Muhimi, ularni sodda tilda tushuntirish oson emas. Masalan, shuning uchun ham Selena Gomez va Richard Taler yordamida the Big Short filmida CDO instrumenti nimaligini tushuntirishga harakat qilishgan. Lekin, hozir, 2025 yilgi voqealarni esa biz kinoteatrda emas, balki jarayonni birinchi qatoridan turib jonli ko'ryapmiz. Bundan tashqari, Smut Houli, CDOlarni tushunmasligimiz mumkin, lekin bunisida barchasining sababi oddiy va ahmoqona.
Masalan, ozish uchun bir oyog'ingizni chopib tashlasangiz vazningiz kamayadi. Lekin, bunday qilmaysizku, to'g'rimi?
Ikkinchidan, O'zbekistonda ta'siri bormi degan savol ko'p beriladi. Albatta bor. O'zbekiston tobora bozorlarga chiqar ekan, ochilar ekan, hamma narsaning ta'siri bor. Obligatsiya bozori orqali ham, savdo zanjiri orqali ham, dunyo bilan savdo qilish borasida ham - barchasiga qandaydir bo'lsa ham ta'siri bor. Ukrainaga urush boshlanganda ham, Kovid boshlanganda ham yozganman - bunday jarayonlardan O'zbekiston o'zi uchun ko'p foyda qilib olishi mumkin va kerak. Bizda aholi ko'p, ishchi kuchi nisbatan arzon. Agar imkoniyat to'g'ri kelsa dunyo savdo zanjirida faol bo'lishimiz mumkin. Vyetnamdek ishlab chiqaruvchi mamlakatga katta bojlar solinayotgan bir paytda.
Uchinchidan, anchadan beri kuzatadigan kanal o'quvchilarim bilishadi: iqtisodiyot uchun eng katta yordam bu nimanidir qilishda emas, balki aynan ko'p narsani umuman qilmaslikda. Shuning uchun, bunday xatolar va jarayonlar iqtisodiyot faniga qiziqishi bor bo'lgan talabaga ham, tadbirkorga ham, qaror qabul qiluvchiga ham foydali bo'ladi.
@uzbekonomics

Bularning barchasidan bir yaxshi hikmat ham bor: Trampning o'zi globalizatsiyani, mamlakatlararo erkin savdoni yanada ko'proq targ'ib qilib ularning muhimligini ko'rsatib beryapti. Ya'ni, mana bu ishlar orqali aslida erkin savdo nima edi, undan qanday naf bor edi kabi savollarga javob olish ko'pchilikka osonlashadi. Erkin savdo tarafdorlari uchun Tramp qaysidir ma'noda foyda keltiryapti.
Trampdan so'ng siyosatda so'llashuv ham, iqtisodiyotda liberalizatsiya ham ko'payishi muqarrar. Bunga ishora qiladigan raqamlar ham bor ekan: Amerikaliklar hozir xalqaro savdoga har qachongidan ham ijobiy munosabatda ekanlar va savdoga ijobiy qarash eng ko'p respublikachilar tomondan o'zgarayotgan ekan. Shuning uchun, mamlakatlararo munosabatlar butunlay buziladi, qutblashadi, savdo o'ladi deyish xato. Yevropa ittifoqi hozir Trampga javoban qilishi kerak bo'lgan eng zo'r harakat bu hech qanday javoban tariflarni e'lon qilmaslik. Aksincha, barcha tariflarni boshqa mamlakatlar uchun olib tashlab Yevropani erkin savdo markaziga aylantirishlari o'zlariga katta foyda bo'lar edi. Umid qilamanki shunday qilishadi.

Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
Yozish til ko‘nikmalari ichida eng oxiri shakllanadi (yozish deganda matn yaratishni nazarda tutyapman). Shu fakt uning qolgan til ko‘nikmalariga nisbatan qiyinligining birinchi sababi deyish mumkin. Undan tashqari, matn bu tizimga solingan fikr-mulohazadir. Insonda tizimli fikrlash ko‘nikmasi bo‘lmas ekan, matn yaratish ilojsiz. Bizdagi ilmiy yoki ilmiy-ommabop matnlar borasidagi mavjud inqirozni fikrlash yetarlicha rag‘batlantirilmaydigan ta’lim mazmuni bilan izohlash mumkin. Afsuski, bu kamchilik barcha bosqichdagi ta’limda ko‘zga tashlanadi. Fikrlash eslab qolsihga nisbatan ko‘proq energiya talab qiladigan jarayon. Qandaydir mavzuda agar matn yaratish qiyinlik qilayotgan bo‘lsa, bilingki, bu sizning qobiliyatsiz ekaningizni emas, o‘zingizni o‘sha matnni yaratish uchun yetarlicha tajriba bilan ta’minlash uchun mehnat qilishga dangasalik qilayotganingizni bildiradi. Yozishdan avval hamisha o‘qish keladi. Yozishning poydevori o‘qish. Xuddi gapira olish uchun eshitish zarurligi kabi. Yozishda mahorat erishish uchun harakatni avval ko‘p o‘qishdan boshlash kerak. Ammo shu bilan birga yozishni mashq qilmasdan faqat o‘qishning o‘zi bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Yozishda qiyinchilikni HAMMA boshidan o‘tkazgan. Faqat mehnat va o‘sha mashaqqatga sabr qilish bilan yozish mahoratiga erishish mumkin.
Yozishdagi eng muhim jihat - tahrirdir. Afsuski, bizda hech bir ta’lim bosqichida bu nazarda tutilmaydi. o‘quvchidan insho 45 minutlik dars davomida yozdirib olinadi, men o‘qigan ta’lim dasturlarining birortasida matn yaratishni o‘rgatish bo‘lmagan, na o‘rta va na oliy ta’limda. Hatto eng mahoratli ijodkorlar ham bitta o‘tirishda boshidan oxirigacha tahrirsiz matn yozMAydi.
Tahrirni matn yaratishning asosiy va muhim qismi ekanligini anglash yozishdagi psixologik to‘siqni yengishga yordam beradi. Aksariyatimizda yozgan gapimiz o‘zimizga yoqmaydi, aynan shu bizni yozishdan to‘xtatadi. Matn - muloqotning yaxlit birligi. Shuni tushunarkanmiz, o‘zimizga yoqmagan gaplarimizni ham yozib matnni oxiriga yetkazib olsak, keyin uning xohlagan joyini tahrir qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yozilmagan narsani esa tahrir qilib bo‘lmaydi.
@psixolingvist

AQSH universiteti yozgi maktabidagi tajribam menga mutaxassis sifatida qadrlanish qanaqa bo‘lishini o‘rgatgan.
1. Birinchi yig‘ilishda yozgi maktab direktori "Yozgi taʼtilingizni bizga bag‘ishlaganingiz uchun sizlardan minnatdormiz" deb gap boshlagan.
Bizning bahonamizda AQSHday mamlakatga kelding, rahmat de, demagan yaʼni.
2. Men o‘qitadigan guruhda avvalboshida uchta talaba bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramay, ikkitasi darslar boshlanishi arafasida fikridan qaytgani hisobiga bitta talaba qolgani haqidagi maʼlumotni direktor menga yetkazar ekan, buning shartnomamizga hech qanday taʼsiri bo‘lmasa-da, bitta talabaga dars o‘tish tabiiy ravishda o‘qituvchi darsda ko‘proq ishlashiga olib kelgani uchun, uzr so‘ragan.
3. Topshirgan sillabusda bir rasmiy mazmundagi band qolib ketganini aytishdan oldin, men ular bilan ishlashga rozilik bildirganimga minnatdorchilik bildirib, undan keyin, shu band bo‘lishi kerak edi, qo‘shib qo‘ysang shuni deb xat yozgan direktor. Undan tashqari sillabus taʼlim jarayonida o‘zgarishi hisobga olingan. O‘zgarish kiritilgan sillabus ham dastur oxirida rahbariyatga topshirilgan.
4. Bir tadbir aynan o‘qituvchilarga yuklama ortib ketmasligi uchun bekor qilingan.
5. Direktor ikki marta darsimni kuzatishga kirgan bo‘lsa, ikkalasida ham faqat maqtagan.
Mana shu ayniqsa, men uchun noodatiy bo‘lgan. Chunki bizda birov dars kuzatishga kirarkan, undan albatta, kamchilik topish kerak degan aqida bor bizda. Ha, menimcha bu aqida darajasida. Metodikaga oid ingliz tilidagi bir adabiyotda dars kuzatish o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligi, bir-biridan o‘rganishi uchun zarur degan yondashuvni ko‘rganimda men uchun kashfiyotday bo‘lganini eslayman.
6. Milliy ovqat pishirish darsimizda menga halol go‘sht kerak bo‘lgani uchun direktorimiz o‘z avtomobilida universitetdan bir muncha uzoq do‘konga borib shaxsan o‘zi obkelgan.
7. Oxirgi yig‘ilishimizda shaharda turk-ozarbayjon oshxonasi ochilayotgani haqida gap bo‘lganida direktor "Ana, keyingi yil ham kelishinglarga yangi sabab. Hoziroq kelasi yil uchun shartnomaga qo‘l qo‘yib keta qolinglar" deb hazillashgandi. Garchi bu hazil edi, biroq mutaxassis qadrlanayotganini ko‘rsatgan hazil edi.
Boshqa juda ko‘p tafsilotlar bor, men ayrimlarini keltirdim, xolos. Asosiysi, butun dastur davomida o‘qituvchi sifatida qadrli ekanimni his qilib, ko‘tarinki kayfiyatda ishlaganman.
Nimaga alohida tafsilotlarni yozdim? Chunki umumiy yondashuv ana shunday tafsilotlardan shakllanadi. Men jamiyatimizda aynan shu masalada kamchilik bor deb o‘ylayman. Mutaxassis qadrlanmaydigan holatga juda ko‘p va qayta-qayta duch kelganman. Bu mulohazalar balki shu haqida bir oz mulohaza yuritishga undar degan o‘yda yozib qo‘yyapman.

Dubrovnikda bo'lgan qisqa safarimda Polshalik 16 yoshga to'lgan maktab o'quvchisi bilan tanishib qoldim. Onasi va 18 yosh akasi bilan yashar ekan. Umrida birinchi safariga chiqibdi. Bir hafta safari uchun 200 yevrodan sal ko'proq ajratibdi. Buning ichiga Polshadan Dubrovnik, Xorvatiyaga bordi-keldi samolyot chiptasi (~50 yevro atrofida), hostel (100 yevrodan sal ko'proq) va bir hafta xarajat qilishi uchun ajratgan 50 yevro kiradi. Onasi Polshadagi eng kam oylikdan sal ko'proq toparkan oyiga (900 yevro). Oilasi qiynalib yashayotganini, hozir IT maktabda o'qib ish boshlaganini, shu ishini orqasidan ilk safarga chiqishga imkon qilganini aytdi. Yevropada bir haftaga 50 yevroga yashashni tasavvur qilish qiyin. Safar payti, asosan, non va meva yeb yashab turishini aytdi. Asosiy maqsadi oilasini qiyinchilikdan olib chiqish ekan. Uchuvchi bo'lmoqchi ekan. Polshada uchuvchilikka o'qish xarajati 50 ming yevro atrofida, ozroq ITda ishlab pul yig'ib, uchuvchi maktabiga borishni rejalashtirgan. Oilasidan pul ola olmaydi, oladigan pulning o'zi yo'q. Hammasini o'zi quryapti. Bibliyani ham o'qirkan. Iymonli, insofli yigit ekan.
To'g'ri, Yevropada yoshlikdan o'zini-o'zi eplasa bo'ladi. Iqtisodiyotda rivojlanmagan davlatlardek pul taqchil emas. Ish o'rni bor, harakat qilsa topadi. Lekin yigitning qat'iyati, o'zi va oilasining hayotini o'zgartirishga bo'lgan harakati boshqa darajada hurmatga loyiq.

✅Chet elda PhD qilmoqchi bo'lganlar uchun 7 ta eng muhim maslahat.
©️ Tolibjon Abdurahmonov
https://www.youtube.com/watch?v=Xvw8Greng50

Chet elda PhD qilish bo'yicha 7 ta eng muhim maslahat
Agar siz chet elda yoki O'zbekistonda PhD (doktorantura) qilmoqchi bo'lsangiz bu video albatta sizga yordam beradi degan umiddaman.
Nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida o'z tajribalarimga tayanib 7 ta maslahat tayyorladim.
Savollaringiz bo'lsa izohlarda…