Digital Ta’lim | UZUM
53 subscribers
26 photos
3 files
11 links
Download Telegram
💜 Uzum Market sotuvchilari uchun mablag‘larni yechib olish tartibi yangilanmoqda

Hamkorlar, 2026 yil 7 apreldan boshlab Uzum Market’da mablag‘larni yechib olish tartibi yangilanadi. Biz uchun to‘lov tizimini yagona jarayonga keltirish muhim — bu ichki operatsion yuklamani kamaytiradi va barcha hamkorlar uchun shaffof sharoitlarni ta’minlaydi.

😀 Endi mablag‘ yechish qanday ishlaydi:
😀 yechib olish avtomatik bo‘ladi — qo‘lda ariza yaratish shart emas;
😀 to‘lovlar tanlangan grafik bo‘yicha amalga oshiriladi;
😀 grafikni sotuvchining shaxsiy kabinetida o‘zgartirish mumkin.

Standart holatda barcha sellerlar uchun to‘lov grafigi — oyiga ikki marta qilib belgilanadi.

Vositachilik shartnomasiga (Oferta) muvofiq, hozirda kompaniya so‘rov kelib tushgan kundan boshlab 14 ish kunigacha mablag‘larni o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu yangilanish esa to‘lovlar jadvalini doimiy qilish va tushumlarni avtomatlashtirish uchun joriy etilmoqda.

😃 Qo‘shimcha to‘lov grafigi

Standart grafik qulay bo‘lmagan sotuvchilar uchun pullik opsiya mavjud bo‘ladi:
😀 har hafta mablag‘ yechish (oyiga to‘rt marta);
😀 komissiya — yechib olish summasidan 1%.

Xizmat to‘liq ixtiyoriy — bepul grafik (oyiga bir yoki ikki marta) barcha sotuvchilar uchun mavjud bo‘lib qoladi.

😄 Oldin ishlab topilgan mablag‘lar haqida:

😀 2026 yil 7 aprelga qadar yechib olish uchun mavjud bo‘lgan barcha mablag‘lar sotuvchilarga oxirgi foydalanilgan bank hisobiga to‘liq hajmda, yangi model bo‘yicha komissiyasiz o‘tkaziladi.

Agar savollaringiz bo‘lsa, ularni har doim biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga berishingiz mumkin 🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Фэшн_фин.pdf
2.2 MB
«Mashtablashtirish» III Xalqaro Sellerlar Forumi

So‘nggi uchrashuv davomida bir nechta muhim ma’lumotlar olindi. Qisqa va aniq qilib yig‘ib qo‘ydim 👇

1) Uzum Market tarqatish punktlari — 1 170 taga yetdi

Hozir punkt ochganlarga 6 oy davomida qo‘llab-quvvatlash berilar ekan.

Mablag‘ taqsimoti:

Toshkent: har bir sotuvdan 6%
Viloyatlar: har bir sotuvdan 5%
Eng yuqori bonus: 36 000 so‘mdan oshmaydi
Ya’ni mahsulot 600 000 so‘mdan yuqori bo‘lsa, foiz o‘zgarmaydi.

2) FBS hududlari kengaymoqda

Apreldan boshlab FBS quyidagi hududlarda ishlaydi:

Namangan
Navoiy

May oyidan yana 5 ta hudud qo‘shiladi:

Andijon
Nukus
Termiz
Urganch
Buxoro

Bu FBS sotuvchilar uchun juda katta imkoniyat.

3) “Pul yechish nega pulli bo‘ldi?” — aniq javob berilmadi

7-apreldan pul yechish pullik bo‘lgani bo‘yicha savolimga Uzum xodimlari selLerga foydali sababni aytib bera olmadi.

4) “FBS qaytgan tovarlarni avtomatik FBOga o‘tkazish rejasi bormi?”

Savol berildi. Javob:
— Hozircha bunday reja yo‘q.

5) Buyurtma Boost — yangi marketing instrumenti

Pullu reklama yoniga yana bitta instrument qo‘shiladi: Buyurtma Boost.

Bu nimani anglatadi?
Reklama xarajatlari faqat buyurtma tushganida yechiladi. Bu sotuvchilar uchun ancha xavfsiz model.

6) Bozorda marketplace menejerlariga talab juda yuqori

Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar marketplace menejer qidirmoqda.
Ammo ko‘pchilik negadir xodim bo'lib ishlashni xohlamaydi — sababi aniq emas.

Aslida esa:

— 100 000$+ investitsiya kiritgan sellerlarda savdodan ulushga ega bo'lsa, o‘sish va tajriba yig‘ish imkoniyati juda katta

Buning ustiga, o‘z biznesingizni 1 000$ bilan boshlash va barcha riskni bo‘yningizga olish — bundan ancha xavfli.
Bugungi bozorda ko‘plab yoshlar shunday foydali va xavfsiz pozitsiyani ko‘rmayotgani achinarli.

✨ YAKUNIY XULOSA

O‘zbekiston bozorida raqamli savdo misli ko‘rilmagan tezlikda o‘smoqda:

Uzum marketda 10 milliondan ortiq xaridor mavjud
e-commerce bozorining o‘sishi so‘nggi yillarda 22 barobar oshgan
tijorat hajmi bir yil davomida 22,7 trillion so‘mga yetgan

Bu nimani anglatadi?
👉 Sotuvchilar uchun imkoniyatlar endi boshlanmoqda.
👉 Raqamli savdo bu yil ham, keyingi yillarda ham jadal o‘sishda davom etadi.
👉 Bugun kirganlar — ertaga yetakchi bo‘lishadi.

Demak, hozir — harakat qilish uchun eng yaxshi vaqt. 🚀

Kiyim va aksesuar kategoriyasi bo‘yicha Uzum Market tavsiyalari
Uzum Market ushbu yo‘nalishda qaysi mahsulotlarni olib kelib sotish maqsadga muvofiqligi haqida rasmiy takliflarni slayd ko‘rinishida taqdim etdi.

Quyida slaydlarni sizlar bilan ulashayapman 👇
Uzumda pul chiqarish qoidalariga moslashtirilgan Unit Jadval👇

Yangilangan Unit ekonomika jadvali 👈

файл > создать копию
💜 Uzum Market sotuvchilari uchun har kuni bepul treninglar

Hamkorlar, 2026-yil 1-apreldan boshlab yangi formatni ishga tushiramiz — Uzum Market sotuvchilari uchun bepul oflayn treninglar.

Biz ko‘plab sotuvchilar platforma bilan ishlash bo‘yicha savollar bilan ofisga kelishayotganini koʻryapmiz — jarayonni qulayroq qilish va navbatlarning oldini olish uchun savollaringizni muhokama qilish mumkin bo‘lgan belgilangan vaqt slotlarini joriy etamiz.

Endi yangi oqim va aniq sanani kutish shart emas — mini-kursga har kuni Uzum E-com ofisida qatnashish mumkin.

🍇 Nimalarni ko‘rib chiqamiz:
😀 shaxsiy kabinet bilan ishlash;
😀 ro‘yxatdan o‘tish va asosiy sozlamalar;
😀 IKPU ni qayerdan topish;
😀 komissionerlik bo‘yicha savollar;
😀 platforma bilan ishlash bo‘yicha boshqa har qanday savollar.

🍇 Trening formati:
😀 oflayn — Uzum E-com ofisida (Kichik Boshyogʻoch ko‘chasi, 132A);
😀 o‘zbek va rus tillarida;
😀 davomiyligi — 1 soatdan 1,5 soatgacha;
😀 mavjud slotlar: har kuni 11:00 va 15:00 da.

Trening asosiy jarayonlarni tezroq tushunishga va savollarni yig‘ilib qolmasligiga yordam beradi.

Aniq savollar bilan kelishni tavsiya qilamiz — ularni joyida ko‘rib chiqamiz 🤝

🍇🍇🍇🍇🍇

💜 Ежедневные бесплатные обучения для продавцов Uzum Market

Партнёры, с 1 апреля 2026 года запускаем новый формат — бесплатное офлайн-обучение для продавцов Uzum Market.

Мы видим, что многие продавцы приходят в офис с вопросами по работе с площадкой — чтобы сделать этот процесс удобнее и избежать очередей, вводим фиксированные слоты, в которые можно разобрать ваши вопросы.

Теперь не нужно ждать нового потока и конкретной даты — подключаться к мини-курсу можно каждый день в офисе Uzum E-com.

🍇 Что будем разбирать:
😀 работу в личном кабинете;
😀 регистрацию и базовые настройки;
😀 где найти ИКПУ;
😀 вопросы по комиссионерству;
😀 любые другие вопросы по работе с площадкой.

🍇 Формат обучения:
😀 офлайн — в офисе Uzum E-com (ул.Кичик Башагач, 132А);
😀 на узбекском и русском языках;
😀 длительность — от 1 до 1,5 часов;
😀 доступные слоты: 11:00 и 15:00 каждый день.

Обучение поможет быстрее разобраться с основными процессами и не копить вопросы в работе.

Рекомендуем приходить с конкретными вопросами — разберём их на месте 🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💜 Sotuvchi shaxsiy kabinetida to‘lov jadvalini tanlash

Hamkorlar, 2026-yil 2-apreldan boshlab sotuvchi shaxsiy kabinetida to‘lov jadvalini tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

🍇 Jadvalni qanday tanlash:
😀 sotuvchi shaxsiy kabinetidagi «Moliya» bo‘limiga o‘ting;
😀 «To‘lov jadvalini sozlash» tugmasini bosing;
😀 mos variantni tanlang.

2026-yil 7-aprelgacha (shu kuni ham) shaxsiy kabinetda 8-aprel — 7-may oralig‘ida amal qiladigan jadvalni tanlash kerak.

Agar 7-aprelgacha jadval tanlanmasa, sotuvchilar uchun standart bo‘yicha jadval qo‘llanadi — to‘lovlar har ikki haftada bir marta.

😀 Barcha mavjud to‘lov variantlari haqida ushbu postda batafsil aytib o‘tganmiz.

‼️ Muhim:
😀 standart bo‘yicha barcha sotuvchilar uchun bepul to‘lov jadvali — har ikki haftada bir marta;
😀 agar boshqa variantni tanlamoqchi bo‘lsangiz, uni shaxsiy kabinetda qo‘lda tanlash kerak.

Agar savollar tug‘ilsa — sizni har doim biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatida kutamiz 🤝

🍇🍇🍇🍇🍇

💜 Выбор графика выплат в личном кабинете продавца

Партнёры, с 2 апреля 2026 года в личном кабинете продавца станет доступен выбор графика выплат.

🍇 Как выбрать график:
😀 перейдите в раздел «Финансы» в личном кабинете продавца;
😀 нажмите кнопку «Настроить график выплат»;
😀 выберите подходящий вариант.

По 7 апреля 2026 года включительно в личном кабинете необходимо выбрать график, который будет действовать с 8 апреля по 7 мая.

Если график не будет выбран до 7 апреля включительно, для продавцов будет применён график по умолчанию — выплаты раз в две недели.

😀 Подробнее обо всех доступных опциях выплат рассказывали в этом посте.

‼️ Важно:
😀 по умолчанию, для всех продавцов установлен бесплатный график выплат — раз в две недели;
😀 если вы хотели бы выбрать другой вариант, необходимо это сделать вручную в личном кабинете.

Если возникнут вопросы — всегда ждём вас в бизнес-поддержке 🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 «Buyurtmalarni ko’paytirish» yangi reklama vositasi shaxsiy kabinetda

Hamkorlar, bugundan boshlab shaxsiy kabinetda yangi targ‘ibot vositasi — «Buyurtmalarni ko’paytirish» mavjud.

Endi siz tovarlarni targ‘ib qilishingiz va faqat natija — bajarilgan buyurtmalar uchun to‘lashingiz mumkin.

😀 Bu qanday ishlaydi:
😀 siz tovar narxidan targ‘ibot uchun sarflashga tayyor bo‘lgan foizni o‘zingiz belgilaysiz;
😀 to‘lov faqat xaridor tovarni olgandan keyin yechiladi;
😀 ishga tushirish — bir necha bosishda, murakkab sozlamalarsiz.

😃 Kimlar uchun mos:
😀 agar siz murakkab sozlamalar sabab «Bust TOP» vositasidan foydalanmagan bo‘lsangiz;
😀 agar targ‘ibotni tez ishga tushirish va xarajatlarni nazorat qilishni xohlasangiz;
😀 agar allaqachon reklama vositalaridan foydalanib, imkoniyatlarni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz.

«Buyurtmalarni ko’paytirish» sizga qat’iy byudjetsiz va tushunarli xarajat modeli bilan ko‘proq savdo olishga yordam beradi.


😀«Uzum Market'da targ‘ibot» Telegram kanalida targ‘ibot haqida ko‘proq ma’lumot:
😀 yangiliklar va yangilanishlar;
😀 keyslar va tahlillar;
😀 reklama bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar.

Sotuvchi-reklamachilar uchun bo‘lgan Telegram-kanalga obuna bo‘ling🤝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzum marketdagi do’konmiz uchun shunaqa sumka ob kelmoqchimiz nima deysilar?

Fikirlaring judayam qiziq!

https://uzum.uz/shop/mf7
😁3👎1🥰1
❗️1-iyundan kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tishdagi chegaraviy miqdor 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirilishi kutilmoqda

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzuridagi taqdimotda ma’lum qilindi.

Hozirda 1 mlrd so’mlik limitdan oshgan tadbirkorlar QQS va foyda solig‘i to‘lash tizimiga o‘tar edi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun QQSning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif qilindi. Bunda tadbirkorlar ixtiyoriy ravishda 6 foizlik QQS to‘lab, foyda solig‘idan ozod etilishi mumkin bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
🍇 Hozirgi kunda eng talabgir sohalardan biri — Uzum Marketda savdo qilishni BEPUL o‘rganishni xohlaysizmi?
💜 Kurs davomida siz o‘rganasiz:
😀 Uzum Marketda 0 dan boshlab birinchi savdogacha bo‘lgan jarayonni
😀 Mahsulot tanlash va joylashtirishni
😀 Sotuvni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni
😀 Real savdo jarayonlarini
😀 Amaliy usullar orqali daromad qilishni

😀 Darslarni Uzum Marketda 3 yildan beri faoliyat yuritayotgan TOP SELLER mutaxassis shaxsan olib boradi!
😀 O‘qish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi!
Sizdan faqat:
😀 Vaqt
😀 Xohish
😀 Harakat talab etiladi!
🛒 Uyingizdan turib ham Uzum Market orqali biznes boshlashingiz mumkin!
😀 Kurs Bandlik agentligining marketing kursi doirasida o‘tkaziladi.
‼️ Joylar soni cheklangan — shoshiling!
Batafsil ma'lumot:
💬 917024949
💬 902808688
🔉 @excellentacademy_admin
📍 Manzil: Excellent Academy o'quv markazi: Fozil Yo‘ldosh ko‘chasi, 7-uy (Mo‘ljal: Sadaf Bazmgohi)
🚀 Telegram 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM