EDU.DIGITAL.UZ
4.9K subscribers
2.3K photos
353 videos
1.1K links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
🇺🇿 Navoiy viloyatida xotin-qizlarni AT sohasiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi

Navoiy viloyati hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Malika Mamadiyarova hamda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hududda xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🔴 Shuningdek, Navoiy viloyatida xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy AT mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish tizimini kengaytirish hamda kelgusida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

👩‍🏫 Tashrif doirasida axborot texnologiyalari yo‘nalishida startap loyihalar ustida ish olib borayotgan xotin-qizlarning taqdimotlari tinglandi.


Ochiq muloqot davomida ilgari surilgan g‘oyalarni yanada takomillashtirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan vazir maslahatchisi tomonidan tegishli ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21👍1🤩1
🇺🇿 🇰🇷 “Hu:Corp” kompaniyasi O‘zbekistonda yoshlarni AT, gaming, kontent yaratish va boshqa sohalarga o‘qitib Koreya bozoriga eksportni yo‘lga qo‘yadi

🏷 Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Koreyaning “Hu:Corp” MChJ rahbari Kim Shi bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama ta’lim va AT xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlikni muhokama qildi.

⚜️ Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Koreyaning yetakchi universitetlari o‘quv kampuslarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, raqamli ta’limni rivojlantirish tizimlarini joriy etishga investitsiya kiritish hamda Koreyaning ilg‘or AT akademiyalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
🤖 Kelajakdagi muhandislarni Yosh Muhandis respublika musobaqasida o‘z salohiyatingizni namoyon etishga taklif etamiz

Musobaqa doirasida siz robototexnika loyihalari, muhandislik ishlanmalari va dasturiy yechimlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, tajribali mutaxassislar oldida o‘z loyihangizni himoya qilish, savollarga javob berish va amaliy yechimlarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

🥇 Eng yaxshi loyihalar homiylar, ilmiy markazlar va innovatsion dasturlarda qo‘llab-quvvatlanadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Ma’lumot uchun: +998 91 693 43 94

———

🤖 Приглашаем будущих инженеров продемонстрировать свой потенциал на республиканском конкурсе Yosh Muhandis

В рамках конкурса вы можете участвовать с проектами по робототехнике, инженерными разработками и программными решениями. Также будет предоставлена возможность защитить свой проект перед опытными специалистами, ответить на вопросы и представить практические решения.

🥇 Лучшие проекты будут поддержаны спонсорами, научными центрами и инновационными программами.

🔗 Регистрация: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Для справок: +998 91 693 43 94

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
INVEST IN WOMAN🌷
Invest in Woman — bu startapni yo‘lga qo‘yayotgan yoki rivojlantirayotgan ayollar uchun ilhom, amaliy bilim va yangi imkoniyatlarga boy uchrashuv.

Bu yerda siz:

📌 ekspertlar va kouchlarning real tajribalariga asoslangan chiqishlarini tinglaysiz
📌 biznesni o‘stirish bo‘yicha amaliy insaytlar olasiz
📌 o‘xshash fikrli ayollar bilan tanishasiz
📌 o‘sish, moliya va liderlik haqida ochiq va samimiy suhbatlarda qatnashasiz

📍 U-Enter
🗓 5-mart | 14:00–16:00

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish — forma orqali
___

INVEST IN WOMAN🌷
Invest in Woman is an inspiring and practical event for women founders and those who are launching or growing startups.

Here, you will:
📌 hear real stories and insights from experts and coaches
📌 gain practical knowledge to grow your business
📌 connect with like-minded women
📌 join honest conversations about growth, money, and leadership

📍 U-Enter
🗓 March 5 | 14:00–16:00

Participation requires prior registration. Registration is available via the form

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
➡️ Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqot: startaplar, grantlar va AT istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida IT Park Surxondaryo filiali binosida viloyat yoshlari, startapchilar hamda AT sohasiga qiziquvchi yigit-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan sohani yanada rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, grant va investitsiya jalb etish imkoniyatlari, IT Park rezidentligi afzalliklari, eksport bozorlariga chiqish mexanizmlari hamda zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash masalalariga oid qator savollar yo‘llandi.

Batafsil:
👉 https://digital.uz/oz/news/view/138090

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🍌1