EDU.DIGITAL.UZ
4.89K subscribers
2.32K photos
354 videos
1.11K links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
TATUda muhim hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” direktori A. Eshankulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🤝 Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, mahalliy va xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish, talabalarni xalqaro sertifikatlarga tayyorlash tizimini kuchaytirish hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🔬 Tashrif doirasida delegatsiya a'zolariga universitetda tashkil etilgan oliy muhandislik maktabi, Living Lab hamda FabLab, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, ilg'or innovatsion loyihalar tanishtirildi.


🚀 Mazkur tashrif TATUda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ularni xalqaro darajadagi mutaxassis sifatida shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzating:

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥31
Forwarded from UzGeeks Community
🟦🟦🟦

“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!

⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.

🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.

➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager)
2. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)
3. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO)
4. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)


Mavzular yana to'ldirilmoqda.


Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
Vaqt: 25-Aprel, 10:00.

Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com

@UzGeeksCommunity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
“INFOTEACH – 2026” doirasida Namanganda 500 ga yaqin informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

🗣Namagan shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.

⬇️Forumda tajribali mentorlar tomonidan:
➡️ Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish;
➡️ Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari;
➡️ Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat;
➡️ Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.


⚜️Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

📑Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon viloyatlarida tashkil etildi.

⚡️Forum 2026-yil davomida respublikaning barcha hududlarida boʻlib oʻtadi. Keyingi manzil Samarqand viloyati. Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
IT-shaharcha o‘quvchilari “Yosh muhandis” tanlovining respublika bosqichiga chiqdi

🏷Joriy yilning 18-aprel kuni Namangan shahrida “Yosh muhandis respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📑Ushbu nufuzli tanlovda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida joylashgan IT-shaharcha jamoasi tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, respublika finaliga yo‘l oldi.

➡️ IT-shaharchaning Robototexnika mentori Sardorbek Sadullayev boshchiligidagi 2-jamoa tarkibi quyidagilardan iborat:
➡️Tohirov Ilhomjon
➡️Abdumuminov Azizxon
➡️Ofarinov Nurmuhammad


🏆Mazkur yutuq nafaqat o‘quvchilar, balki butun hudud IT ta’lim tizimi uchun katta faxr hisoblanadi. Jamoaga final bosqichida ham omad tilaymiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda “IT-shaharcha”ning rasmiy ochilish marosimi o’tkazildi

16-aprel kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida innovatsion yondashuv asosida yangi barpo etilgan zamonaviy “IT-shaharcha” loyihasi faoliyatini boshladi.

Ushbu “IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
Kompyuter savodxonligi;
Dasturlash;
Ingliz tili.

Siz ham Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “IT-shaharcha”da ta'lim olishni xohlaysizmi? Unday boʻlsa hoziroq murojaat qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42🕊1