📱iPhone Ultra modelining eng sifatli renderlari taqdim etildi
fpt. kanali hozircha taqdim etilishi kutilayotgan buklanadigan iPhone Ultra smartfonining eng sifatli va batafsil renderlarini e’lon qildi. Tasvirlar hozirgacha tarqalgan barcha ma’lumotlar asosida yaratilgan.
Apple kompaniyasining ilk buklanadigan smartfoni rasman joriy yilning kuzida taqdim etilishi kutilmoqda.
📟 Ai | ProTech

🔥15🎉12👍8❤5⚡1🤝1
⚡️ Rossiya App Store’idan VK ilovalari yo‘qoldi: endi VK Musiqa, VK Messenger va VK Video ilovalarini yuklab olishning imkoni yo‘q.
📱 Biroq, asosiy VK ilovasi hozircha App Store’da mavjud bo‘lib turibdi.
📟 Ai | ProTech
📱 Biroq, asosiy VK ilovasi hozircha App Store’da mavjud bo‘lib turibdi.
📟 Ai | ProTech
🎉7🔥6👍4❤3👨💻1
⚡Apple o‘z qurilmalari qatori narxlarini rasman oshirdi
Apple xotira chiplaridagi inqiroz fonida yuzaga kelgan komponentlar tanqisligi sabab qilib ko‘rsatgan holda, kompyuterlar, planshetlar va aksessuarlarni o‘z ichiga olgan aksariyat qurilmalari narxlarini rasman oshirdi.
Quyida asosiy gadjetlarning yangilangan narxlari keltirilgan (eski narx — yangi narx):
Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, kuz faslida narxlarning oshishi iPhone 18 seriyasiga ham ta’sir qiladi. Qurilmalar narxi $100 dan ham ko‘proqqa qimmatlashishi mumkin.

MacBook Neo: $599 — $699
MacBook Air: $1099 — $1299
MacBook Pro: $1699 — $1999
iPad Pro: $999 — $1199
iPad Air: $599 — $749
iPad: $349 — $449
iPad mini: $499 — $599
HomePod Mini: $99 — $129
HomePod: $299 — $349
Apple Vision Pro: $3499 — $3699
Apple TV 4K: $129 — $199
iMac: $1299 — $1499
Mac Studio: $1999 — $2499
Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, kuz faslida narxlarning oshishi iPhone 18 seriyasiga ham ta’sir qiladi. Qurilmalar narxi $100 dan ham ko‘proqqa qimmatlashishi mumkin.
📟 Ai | ProTech
❤9🎉3👍2🔥1
📉 Telegram'da ommaviy nosozlik kuzatilmoqda: foto, video va audio fayllar juda sekin yuborilmoqda yoki umuman jo‘natilmayapti.
📱 Foydalanuvchilar Telegram ishlashida keng ko‘lamli uzilishlar haqida shikoyat qilmoqda. Asosiy muammolar foto va videolarning sekin yuklanishi, shuningdek mediafayllarni yuborishda uzoq kechikishlar bilan bog‘liq.
⏳ Nosozlik kun davomida kuzatilmoqda. Telegram juda beqaror ishlayotgani sababli, ba'zan bitta videoxabarni yuborish uchun ham bir necha daqiqa kutishga to‘g‘ri kelmoqda.

❤5🎉3👍2🔥2😢2
OpenAI GPT-5.6 modellarining yangi avlodini taqdim etdi.
Sol kompaniyaning hozirgacha yaratilgan eng kuchli modeli bo‘ldi. U TerminalBench 2.1 benchmark testida 91,9% natija qayd etib, yangi rekord o‘rnatdi.
Ayniqsa murakkab so‘rovlar uchun Max va Ultra nomli yangi fikrlash rejimlari qo‘shildi. Max modelga javobni yanada puxta tayyorlash uchun ko‘proq vaqt beradi va ehtimoliy xatolarni kamaytiradi. Ultra esa murakkab vazifalarni parallel tarzda bajarish uchun qo‘shimcha subagentlarni ishga tushiradi.
AQSh hukumati so‘roviga binoan, OpenAI dastlab GPT-5.6 modeliga kirish imkoniyatini API va Codex orqali faqat cheklangan miqdordagi hamkorlarga taqdim etadi. Ommaviy reliz esa yaqin haftalarda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, yangi modellar narxi ham e’lon qilindi:
— GPT-5.6 Sol — 1 million kiruvchi token uchun $5, 1 million chiquvchi token uchun $30;
— GPT-5.6 Terra — mos ravishda $2,5 va $15;
— GPT-5.6 Luna — mos ravishda $1 va $6.

❤3🤝1
Samsung hamyonbop Galaxy M47 smartfonini taqdim etdi
Samsung uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlashga ega o‘rta narx toifasidagi Galaxy M47 smartfonini taqdim etdi. Yangi model 2032-yilgacha yangilanadi va 6 yil davomida Android hamda xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Qurilma qutidan Android 16 va One UI 8.5 qobig‘i bilan chiqadi. Shu sababli Galaxy M47 kelajakda Android 22 versiyasigacha yangilanadi.
Qurilma Snapdragon 6 Gen 3 protsessori, 6000 mA/soat sig‘imli batareya va bypass charging (to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvatlantirish) texnologiyasi bilan jihozlangan. Shuningdek, u 120 Hz yangilanish tezligiga ega 6,7 dyuymli Super AMOLED displey va Gorilla Glass Victus Plus himoya oynasiga ega. Smartfon suv, chang hamda 2 metrgacha balandlikdan tushishga chidamli himoyani ham olgan. Orqa panelda uchta kamera joylashgan: 50 MP asosiy, 5 MP keng burchakli va 2 MP makro kamera.
Hozircha smartfon faqat Hindiston bozorida sotuvga chiqadi. Savdolar 29-iyundan boshlandi. 6/128 GB xotirali versiyaning narxi 23 ming hi

❤3🏆1🫡1
⚡️Claude xakerga chipta sotish tizimini buzib kirishga va AQSh'dagi deyarli barcha musiqa festivallariga kirish chiptalarini qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Ian Kerroll «Front Gate Tickets» saytini o‘rganib, uning himoyasida bo‘shliq topdi. U Claude Opus 4.7’dan bu bo‘shliqni chetlab o‘tishni so‘raganida, neyrotarmoq unga chipta chiqarish paneliga kirish imkonini berdi.
Yigit narxi 4 ming dollargacha bo‘lgan chiptalarni cheksiz chop eta olar edi, biroq tizimdagi zaiflik haqida xabar berishga qaror qildi. Bu xatolik allaqachon bartaraf etilgan.
Ai | ProTech

❤2⚡2🤝1
Pavel Durov Fransiyada yana so‘roq qilindi
Qayd etilishicha, Durovning yangi so‘rog‘i olti soatdan ortiq davom etgan.
Bu uning Telegram bilan bog‘liq 2024-yildan beri Fransiyadagi to‘rtinchi so‘rog‘i hisoblanadi.
Durovning advokatlari qariyb ikki yildan beri ayblovlarni tasdiqlovchi dalillar yo‘qligini ma’lum qildi:

❤2👍2🆒1
🚘 Ford avtomobilni o‘g‘irlashdan himoyani oyiga 8 dollarlik pulli obunaga aylantirdi.
Endi avtomobil egalari dvigatelni o‘z smartfonlaridan masofadan turib bloklay oladilar. Kompaniya bu qadamni zamonaviy o‘g‘rilar kalitlarni juda tez klonlashni va standart xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishni o‘rganib olishgani bilan izohlamoqda.
Shu sababli, ilg‘or himoya tizimi alohida pulli paket qilindi.
Bu ketishda gaz va tormozni bosishga ham obuna joriy qilishsa hayron bo’lmayman :)

❤4🎉1🤝1
⚡️Xitoyda to’liq robotlashtirilgan mehmonxona ochiladi
🇨🇳Pudu Robotics kompaniyasi Guandun provinsiyasidagi sun’iy G’arbiy orolda barcha jarayonlari robotlar tomonidan boshqariladigan mehmonxona loyihasini taqdim etdi.
🤖Kirishdan tortib, xonalarga xizmat ko’rsatish, ovqat tayyorlash va chiqindilarni yig’ishgacha bo’lgan barcha ishlarni maxsus mashinalar sun’iy intellekt asosidagi ko’rish tizimi yordamida amalga oshiradi.
🏨Mehmonxonada 44 ta lyuks toifasidagi xona, restoran, sport zali va boshqa hududlar joylashadi. Barcha bu zonalar yagona intellektual boshqaruv tizimi orqali o’zaro bog’langan bo’ladi, bu esa mehmonxona faoliyatini to’liq avtomatlashtirilgan holda ta’minlaydi.

⚡2❤1👨💻1
LG sun’iy intellektni o‘qitish uchun barcha suhbatlaringizni tinglashi hamda yozib olishi mumkin.
Foydalanish shartlariga ko‘ra, texnika egalari mehmonlarni va oila a’zolarini bu haqda ogohlantirishi shart. Tinglash funksiyasini o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, lekin u bilan birga ovozli kiritish va xavfsizlik yangilanishlari ham ishlamay qoladi.

❤3⚡1🎉1🆒1
📸 Samsung Galaxy S27 kamerasi nihoyat yangilanadimi?
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S27 va S27+ modellarida o‘zining ISOCELL sensori o‘rniga Sony’ning 50 MP asosiy kamera sensorini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bu so‘nggi yillarda Galaxy S seriyasining oddiy modellaridagi eng muhim kamera o‘zgarishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Biroq yangi sensorning o‘lchami va boshqa xususiyatlari hozirgi kameraga yaqin bo‘lishi aytilmoqda.
Ultra keng burchakli kamera esa katta yangilanish olmaydi — unda yana 12 MP sensor qolishi mumkin.
⚠️ Hozircha bu faqat dastlabki ma’lumot. Avvalroq Galaxy S25 uchun ham Sony sensori haqida xabarlar chiqqan, ammo yakunda tasdiqlanmagan edi.
Galaxy S27 seriyasi 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

❤2⚡2👍1
📲 Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda
“Android Authority” nashri “Google Tarjimon”ning Android uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasida “Jonli tarjima” rejimi uchun yangi vidjetni aniqladi. Hozircha u ommaga taqdim etilmagan, biroq nashr mualliflari uni faollashtirib, amalda sinab ko’ra olishdi.
Bir marta bosish orqali tarjima rejimi darhol ishga tushadi; shuningdek, vidjet orqali tilni yoki javob qayerdan (quloqchindanmi yoki telefon dinamigidanmi) chiqishini sozlash mumkin bo‘ladi.
Tarjimani faollashtirish uchun ilovani ochish shart bo‘lmaydi.

❤2⚡1👍1🔥1
⚡️Apple AQShda “Apple Upgrade” xizmatini ishga tushirdi
Bu xizmat yordamida xaridor kompaniyaning gadjetlarini har oylik to‘lovlar asosida lizingga olishi mumkin. Lizing muddati tugagach, gadjetni sotib olish, qaytarib berish yoki yangi obunani rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Masalan, iPhone 17 Pro uchun oyiga 32 dollardan to‘lab boriladi. Bunda smartfonni birdaniga 1099 dollarga xarid qilish o‘rniga ikki yil davomida jami 768 dollar to‘lanadi. Shundan so‘ng smartfonni qaytarib berish, yangi modelga almashtirish yoki qo‘shimcha 332 dollar to‘lab, o‘zingizda qoldirishingiz mumkin.
Lekin mutaxassislar endi shu sabab boshqa davlat bozorlari AQSh'dan keltirilgan bloklangan qurilmalarga to’lib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Agar texnika o‘z vaqtida qaytarilmasa yoki to’lanmasa, Apple uni bloklaydi, olibsotarlar esa bundan foydalanishi mumkin.

❤2⚡1👍1
⚡️Shvetsiyada sun’iy intellekt agenti dastidan teleko‘rsatuv namoyishi kechiktirildi. U premyeraga bir oy qolganda butun boshli mavsumni serverdan o‘chirib yuborgan.
Fayllarni tiklashning iloji bo‘lmadi — yuzlab kunlik mehnat behuda ketdi. Telekanal «texnik nosozlik»ni sabab qilib, namoyishni 2027-yilga ko‘chirdi. Dastlabki kadrlar saqlanib qolgan, biroq endi hammasini boshqatdan montaj qilishga to‘g‘ri keladi.

❤2
⚡️ Dasturlashda avtonom kodlash agentlari (coding agents) endi faqat bitta funksiyani emas, balki butun boshli repository darajasidagi o‘zgarishlar va pull request’larni tayyorlashga o‘tdi .
Zamonaviy AI-agentlar kod bazasini o‘qish, bir nechta fayldagi bog‘liqliklarni tahlil qilish, refaktoring qilish, unit/integration testlar yozish va CI/CD bosqichidagi xatolarni avtomatik tuzatishda faol qo‘llanilmoqda.
Amaliy jihatdan bu dasturchilarning vaqtini kichik rutin kod yozishdan bo‘shatib, arxitektura qarorlari, kodni tekshirish (code review), xavfsizlik auditi va mahsulot sifatini nazorat qilishga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini bermoqda.
Digi Event📟

⚡️ Meta kompaniyasi dasturchilar uchun sun’iy intellektga asoslangan parallel ishchi muhitlar yaratuvchi Conductor startapini sotib oldi.
Bu bitim Meta’ga o'zining Llama modellarini dasturchilar uchun yanada chuqurroq integratsiya qilishga yordam beradi. Conductor texnologiyasi yordamida dasturchilar bir vaqtning o'zida o'nlab parallel vazifalarni (testlash, kod yozish, xatolarni tuzatish) alohida AI agentlariga topshirib qo'ya oladilar.
Taqqoslash uchun: Avvalgi an'anaviy AI yordamchilari faqat bitta chat yoki bitta fayl doirasida maslahat bera olgan bo'lsa, Conductor butun boshli loyihani tarmoqlangan holda parallel qayta ishlay oladi. Bu esa yirik loyihalarda kod yozish tezligini 3-4 barobargacha oshirishi kutilmoqda.

👍2🔥2❤1🎉1