Didox - Foydali axborot|Полезное инфо
5.47K subscribers
226 photos
31 videos
11 files
817 links
Канал в котором публикуется важная и полезная информация для пользователей Дидокс
Контакты:
https://t.me/didox_uz - группа пользователей Дидокс, где можно задавать вопросы

Реклама @Didox_ads
Админ @didox_admin_bot
Download Telegram
#EHF #yashirin_iqtisodiyot

📘Yuridik shaxslar va YATTlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat taqdim etilganda, ushbu tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda onlayn-NKTlardan foydalanuvchilar uchun soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan bo‘lsada, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi baʼzi tadbirkorlar jismoniy shaxslarga realizatsiyalarini bir tomonlama EHF orqali rasmiylashtirgan.

Xususan, joriy yilning I choragida 27 188 ta korxona tomonidan jami QQS summasi 3,6 trln so‘mga bir tomonlama EHF, shundan 1,6 trln so‘mlik EHFlar ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga realizatsiya uchun rasmiylashtirilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tovarlar (xizmatlar) harakati ketma-ketligini nazorat qilish maqsadida quyidagilar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanishini maʼlum qiladi:

🔸2022-yil 11-iyuldan onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish, neft-gazni qayta ishlash, ularni saqlash va tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar;

🔸2022-yil 11-sentabrdan norezidentdan import qilingan ishlar (xizmatlar) hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar.

👉Noruda foydali qazilmalarni tashishda EHF tovar-transport yukxati asosida shakllanadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram