dev.noor
241 subscribers
14 photos
Download Telegram
Channel created
Sizlarga bir xushxabarni ma’lum qilmoqchiman.

Kasbim sababli jamiyatimizga oz bo‘lsa-da manfaat yetkazish niyatida MasjidunNoor botini ishlab chiqdim. Bugungi kunda ko‘pchilik Ramazon taqvimlari va diniy eslatmalarni turli shakllarda ulashmoqda. Men dizayn sohasida emasman, biroq dasturchi sifatida o‘zim qila oladigan xizmatni qilishni lozim deb bildim. Zero, har kim o‘z ilmi va hunari bilan ummatga foyda keltirsa, bu ham bir sadaqai joriya bo‘lishidan umid qilinadi.

Hozirgi vaqtda bot O‘zbekiston hududida yashovchilar uchun xizmat ko‘rsatadi.

Botning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Namoz vaqtlari
foydalanuvchining hududi bo‘yicha har kunlik aniq namoz vaqtlarini taqdim etadi.

Ramazon 2026 jadvali
saharlik va iftorlik vaqtlarini muntazam yangilab boradi.

Eng yaqin masjidlar
joylashuv asosida atrofdagi beshta eng yaqin masjidni hamda xarita orqali yo‘nalishni ko‘rsatadi.

Shuningdek, yaqinda bir qator yangilanishlar amalga oshirildi.

O‘zgarishlardan biri — ro‘yxatdan o‘tish yengillashdi:
Avval ro‘yxatdan o‘tishda ism, familiya va telefon raqami kiritish talab etilar edi. Telefon raqami kelgusidagi qo‘shimcha imkoniyatlar uchun rejalashtirilgan edi. Biroq ayrim foydalanuvchilarda tushunmovchilik va xavotir uyg‘otmasligi uchun ushbu talab bekor qilindi. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni soddalashtirildi — faqat jins va hududni ko‘rsatish kifoya.

Manba
Namoz vaqtlari hamda Ramazon taqvimi ma’lumotlari uchun manba havolasi qo‘shildi. Har bir foydalanuvchi ma’lumotning asosini mustaqil tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu shaffoflik va ishonchni mustahkamlash maqsadida qilindi.

Tezlik
Texnik jihatdan ham tizim takomillashtirildi. Natijada namoz vaqtlari hamda masjid qidirish jarayoni yanada tez va barqaror ishlaydi.

Kelgusida botga qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish rejalashtirilgan, in sha Alloh. Foydalanib ko‘rib, taklif va mulohazalaringizni bildirsangiz mamnun bo‘laman.

Murojaat uchun: @cortisolion
Bot: @MasjidNoorBot
❤‍🔥1110🔥7🎉4💘4🤩1🤗1
zo'r yangilik bor )
🤩16💘12🎉8❤‍🔥75🔥3
MasjidunNoor da katta yangilanish 🎉

botga kirib "Masjidun Noor ilova" bosing va ko'rib chiqing. bu mini app). oldingidan qulayroq bo'ldi deb o'ylayman. tez orada eski versiyadagi qismlar olib tashlanadi :))

murojaat va savollar uchun: @cortisolion
bot: @MasjidNoorBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9🎉63🔥3🤩3💘2
ayollar namozxonasi mavjud bo'lgan masjidlar ro'yxati qo'shildi. hozircha faqat Toshkent shahri uchun.
25❤‍🔥14💘12🎉6🔥1
❤‍🔥11🔥7🤩3💘3🎉1
!
❤‍🔥145🔥4🎉1🤩1
бот MasjidunNoor теперь доступен на русском языке

время сухура и ифтара, время намаза, ближайшие мечети, дуа — всё на русском.

переключить язык: Настройки → Язык → Русский

бот: @MasjidNoorBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥8🔥4🎉1🤩1💘1
эслатма!

ботни ишлатиш учун шу расмда кўрсатилган “MasjidunNoor ilova” устига босасиз.
8❤‍🔥4🔥2
sooooon
❤‍🔥11💘41🤩1