Sherzod's Library
72 subscribers
331 photos
210 videos
12 files
47 links
AQL KABI MOL, ODOB KABI MEROS, ILM KABI SHARAF BO'LMAS...
Ali Ibn Abu Tolib (r.a)
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyalar uyiga tashrifimiz — mehr va e’tibor eng katta sovg‘a! ❤️
O‘quvchi yoshlarimiz bilan birgalikda qariyalar uyiga tashrif buyurib, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning holidan xabar oldik. Ularga samimiy suhbat, mehr, e’tibor va quvonch ulashdik.
Ushbu tashrif orqali yoshlarimizga kattalarni e’zozlash, keksalarni qadrlash, mehr-oqibat va insoniylik kabi yuksak fazilatlarning naqadar muhim ekanini yana bir bor anglatishga harakat qildik.
Zero, keksalarni e’zozlash — milliy qadriyatimiz, ularga mehr ko‘rsatish esa insoniy burchimizdir.
Eng katta sovg‘a — bu mehr, eng katta boylik esa insonning duosidir! ❤
1❤10🔥4
Forwarded from Sherzod Norboyev
Assalamu aleykum hurmatli Aziz 11-,,A’’sinf o‘quvchilarim!

Sizlarga ikki yil dars berdim. Sizlar mening ilk o‘quvchilarimdan bo‘ldingiz va menga katta tajriba berdingiz. Sizlarga dars berish davomida men ham ulg‘aydim, o‘sdim va bugungi marralarim sari ilk qadamlarimni tashladim.
Bugun Samarqand viloyati Yoshlar parlamenti a’zosi va deputati bo‘lish arafasida turgan bo‘lsam, bu yo‘lning boshlanishida sizlar bilan o‘tgan darslarim ham bor.
Agar bilib yoki bilmay ko‘nglingizni og‘ritgan bo‘lsam, meni kechiringlar.
Ishonamanki, orangizdan kelajakda vazirlar, hokimlar, tadbirkorlar va buyuk rahbarlar yetishib chiqadi.
Sizlarga bergan ilmimdan roziman, sizlar ham mendan rozi bo‘linglar.
Qolib ketgan 11 soatlik darsimiz o‘rniga sizlarga 440 000 so‘mlik kitob sovg‘a qilaman. Chunki kitob — kelajakka eng yaxshi sarmoya!
Unutmang: dunyoni o‘zgartirishni istasangiz, avvalo o‘zingizdan boshlang. Men sizlarga ishonaman!
Hurmat bilan,

Tarix fani o‘qituvchisi, bo‘lajak magistr Sherzod Norboyev.
❤8🫡2
Sherzod Norboyev
Assalamu aleykum hurmatli Aziz 11-,,A’’sinf o‘quvchilarim! Sizlarga ikki yil dars berdim. Sizlar mening ilk o‘quvchilarimdan bo‘ldingiz va menga katta tajriba berdingiz. Sizlarga dars berish davomida men ham ulg‘aydim, o‘sdim va bugungi marralarim sari ilk…
Ba’zan katta maqsadlar sari qadam tashlash uchun o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan joy bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi.
Bugun o‘zim tahsil olgan va keyinchalik ustoz sifatida faoliyat yuritgan 16-maktabimdan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdim.
Bu maktab men uchun oddiy ish joyi emas, balki katta tajriba, bilim va hayotiy saboqlar maskani bo‘ldi. Ikki yil davomida menga imkoniyat bergan, o‘sishimga sababchi bo‘lgan barcha ustozlarim va jamoaga minnatdorchilik bildiraman.
Endi oldimda yangi maqsadlar: magistratura, ilmiy izlanishlar va yanada katta marralar sari intilish.
Bu xayrlashuv emas, yangi bosqichning boshlanishi.
Har bir yakun — yangi boshlanishdir!
❤4😭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
Ko'p ishlaganlar boy bo'lishining uchta sababi bor:

1. Ko'p mehnat qilgani(sababiyat)
2. Sabr qila olgani (taslimiyat)
3. Ko'p vaqt ishlagani uchun topgan pulini ishlatishga vaqti topolmagani)
🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun meni ta’sirlantirgan video.
Ibrat uchun:
Bu videoni ko’rayotgan bo’lsangiz albatta bugundan harakat qiling ertaga farzandingiz qiynalmasligi uchun.
❤7🔥1
Dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz uylanguningizcha o’zgartiring.

Uylangandan keyin bitta televizor kanalini ham o’zgartira olmaysiz.
🤣🤣🤣

Ustoz:MuhammadAli Eshonqulov
😁9🤗4
Inson o’zi uchun emas o’zgalar uchun harakatni boshlagan kunidan katta quvvatga ega bo’ladi.

Jadidlarimiz,Ulug’larimiz,ota-onalarimiz kim uchun harakat qiladilar o’zlari uchunmi yo’q biz-u siz uchun.

Biz ham o’zim uchun emas balki o’zgalarga sharoit ish joyi yaratib berish uchun ham bugundan harakat qilishimiz kerak deb o’ylayman.
❤6❤‍🔥1
Taklif va maslahat.

O’quvchi yoshlarimiz iloji boricha Chet elda o’qish niyatida bo’lganlar albatta vatanga qaytib keling chunki sizning sababingizdan maktab,bog’cha,sex ochsangiz 10-20 yoki 50 kishini ish bilan ta’minlaysiz
Agar sizga o’xshagan yoshlarimiz 100-1000 ta vatanimizda qaytib kelib ish boshlashsa 20,000 ta ishchi o’rin yaratish mumkin.

20,000 Ming kishi ishli bo’lsa har birini oilasi bor va kamida 3-4 ta oila a’zolari siz sababingizdan 20,000x4=80,000 rizqi to’kin yoki yaxshilanadi.

Shu narsani yoshlarimiz anglasa Chet davlatga borib o’qib yana qaytib kelsa O’zbekiston yashnaydi.
❤8👎1🔥1
Ba’zi rahbarlar Umar Ibn Xattobning shijoatini yoqtiraman, shuni o’z faoliyatimda ishlataman deyishadi.

Lekin kuzatuvlarimda ular bu shijoatni faqat o’z qo’l ostidagilarga ishlatayotganini ko’rdim, yuqori rahbarlarga kelganda ichlaridagi shijoat so'nib qoladi negadir.
❤5🔥3
Ustozlarni boy bo’lishdan nima to’sadi?

Yaqinda akademik jamoamizga metodistlar qidirdik. Tanish ustozlarga aloqaga chiqdik, yangi sohani sinab ko’ring, noyob ko’nikmalarni egallang, kamyob mutaxasisga aylaning dedik.

Yangi sohada hozir daromadingiz biroz pasayadi, kelayotgan 2-3 yillikda esa 3-4 barobar o’sadi.

Hamma ustozlar qo’shilishni xohlashdi, lekin oylik sabab qo’shilisha olishmadi.

Sabab oylik daromadlariga qarab kreditlar, qarzlar va xarajatlar tayyorlab qo’yishgani.

Oqibatda rivojlanish, kelajakda yanayam yaxshiroq daromaddan quruq qolishdi.

Ustoz sifatida biz faqat dars soatimizga olamiz. Soatlar esa cheklangan. Haftasiga 40,50 uzog’i, qo’shimcha darslar bilan 60 soat ishlash mumkindir.

Yuqoriroq lavozimda va boshqaruvda esa soatga emas, qilingan ish hajmiga qarab daromad qilasiz.

Men barcha, ayniqsa yosh ustozlarga aytgan bo’lardim-ki, o’smoqchi, rivojlanmoqchi bo’lsangiz o’z qo’l-oyoqlaringizni kreditlar bilan bog’lamang.

Imkoniyatlar chiqib qolsa foydlana olish uchun kichim pul jamg’armangiz bo’lsin.

Hozirgi oylikka ishonib olingan kreditlar bizni oylikka qaram “qulga” aylantiradi.
🔥5👏3❤1
Ba’zi o‘qituvchilarga ko‘nikib qolishimiz mumkin, ammo biz eng avvalo o‘quvchining kelajagini o‘ylashimiz kerak.

Har bir o‘qituvchi o‘z o‘rnini topishi mumkin. Ammo kasbiy jihatdan yetarli darajada malakaga ega bo‘lmagan o‘qituvchini ishda olib qolish — yuzlab o‘quvchilarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bir kunlik qaror bilan kimdir yutqazishi mumkin, ammo noto‘g‘ri qaror yillar davomida davom etsa, eng katta zarar ko‘radiganlar — o‘quvchilardir.

Chunki ta’lim tizimida o‘qituvchining manfaatidan ham ustun turadigan masala bor: bu — o‘quvchining kelajagi!
🔥7👏2
Eng yaqinlarimga ishonchimni oqlamaguncha ishonch beraveraman, balki o’quvchilarimga ham qo’llashim kerakdir.

Ular ham yaqinlarimga aylanishi kerak-ku!
🔥7❤‍🔥3❤2👏1
Inson uchun eng o’g’ir dard bu hamma narsangiz bo’ladi,
Lekin yaqin insoningiz dard cheksa yordam bera olmasligingiz bu haqiyqi darddir.

Otajonu onajonlarimizni asraylik.
❤5🔥4👏2
🔥4❤3
«Biz dunyoga manmanlik uchun kelmadik. Biz sevgi uchun, boshqalarning mehrini qozonish, maxluqotni yaxshi ko‘rish uchun keldik».

Yunus Emro bobomiz.
🔥4❤2
Haqning nazari menga tushdi,
Haq eshigini ochar bo'ldim.
Kirdim Haqning g'aznasiga,
Durru gavhar sochar bo'ldim…

Yunus Emro bobomiz.
🔥4❤2
Har narsaga siqilma ey ko‘ngil, na bu dardlar qoluvchi, na bu umr.
💯3❤2🔥1👏1