Davo qilmas ishqni yurak, majozga lek talpinar
Xush kurmas-la jononlarni, bir Zot chun dil hapriqar
Kezar tunda ishq ilinji, niyatlar sof lovlanar
Gunoh ko'p-la ibodatlar zarrin kabi tovlanar.
devonai bedor
Xush kurmas-la jononlarni, bir Zot chun dil hapriqar
Kezar tunda ishq ilinji, niyatlar sof lovlanar
Gunoh ko'p-la ibodatlar zarrin kabi tovlanar.
devonai bedor
💔4❤1
Goh xuddi farishta hazrati insonman,
Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman.
Goh yengadi shayton, sohibi isyonman,
Bu turfa fe'limdan ózim hayronman.
Jaloliddin Rumiy
Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman.
Goh yengadi shayton, sohibi isyonman,
Bu turfa fe'limdan ózim hayronman.
Jaloliddin Rumiy
❤9💔2
#xayolotolami
Kutganimga…
Kelsang, choy damlayman sog‘inch qo‘shilgan,
Kelmasang, alamli achchiq bir qahva.
O‘zingni bir bora ko‘rmaganman-u,
Tun-u kun haqingda o‘ylayman, tavba...
Kelsang, kitob olay ikkimiz uchun,
Miriqib u haqda quraylik suhbat.
Kelmasang, bir kitob yozay ochganda,
Ichidan taralsin sog‘inch, muhabbat...
Kelsang, olov yoqay chodir oldiga,
Tunda tikilaylik yulduzlar tomon.
Kelmasang, kuz kabi sarg‘aygan qalbga
Bostirib kelgaydir yovuz qahraton.
Kelsang, gullar ekay hovlim oldiga,
Toki, ko‘rgandingda quvonsin ko‘zing.
Kelmasang, quritay kitob jildida,
Zora, topib olsang kun kelib o‘zing.
Kelsang, shoshmay, obdon qilay taraddud,
Robbimizga hamd-la o‘qiymiz namoz.
Kelmasang, har kuni bo‘lgani kabi
Tahajjudda menga hamroh joynamoz.
Kelsang, yo‘llaringga intizor boqib,
Ochiq qoldiraman eshik zulfini.
Kelmasang, mahkamlab ichidan yopib,
Kalitin otaman qalbim qulfini.
Kelsang, jilmayaman shodligim ortib,
Sen haqda she’rlarim o‘qilar tilda.
Kelmasang, maktublar bittaga ortib,
Iztiroblar yana qoladi dilda...

©️ Zayd Qamar
❤9🔥1
devonaiy bedor
https://www.instagram.com/p/DQ6-uw2AJXp/?igsh=Y2t2Zm1uaTM5N2Fi
help.unicef.org
Inqirozdan jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlang
❗️G‘azodan Livangacha va undan tashqarida — sizning har oylik qo‘llab-quvvatlashingiz inqirozdan zarar ko‘rgan bolalarga hayotiy muhim yordam va himoya ko‘rsatishga xizmat qiladi.
❤1
Odam o'g'li, gar o'zingga ikki jahon,
Dorul-omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Tirik joning nafas olgan har bir zamon,
Nurli zamon bo'lsin desang Qur'on o'qi.
Qur'on nurdir, zamiringni yoritgaydir,
Rahmat, shifo, dardlaringni aritgaydir,
Rabbim Alloh O'zin go'zal tanitgaydir,
Umrim irfon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Halol-harom, haq va botil unda ayon,
Va'da - va'id - xabarlardir yahshi yomon,
Ikki jahon farqin ravon etmish bayon,
Qalbim furqon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Qiyomat kun jonlar titraganda,
Iymonsizlar najot topmay qaqshaganda,
Iymon ahli qo'rg'on ichra yashaganda,
Tegram qo'rg'on bo'lsin desang Qur'on o'qi.
Ey, olamga ko'ngli ochiq manzurlarim,
Dardu g'ami rahmatlarga arzirlarim,
Dunyom obod, ham oxirat manzillarim,
Ravhu rayhon bo'lsin, desang Qur'on o'qi.
Kimki Qur'on o'quvchidir, azob bo'lmas,
Yana Qur'on o'rgatganga hisob bo'lmas,
Ma'no bilgan zotga parda hijob bo'lmas,
Vasli ayon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
O'tdi necha Haq kalomin ho'rlaganlar,
Qur'on istab, ohi ko'kka o'rlaganlar,
Ey, siz mudhish zulmlarni ko'rmaganlar,
Yurtim omon bo'lsin desang Qur'on o'qi.
Qur'on, hikmat - Haqning fazlu atosidir,
Ka'ba bunyod etgan Halil duosidir,
To Qiyomat Haq Rasulni nidosidir,
Iymon omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Mirzo, besh kun bu dunyoning zahmati bor,
Rabbim Alloh, shafoatgoh Ahmadi bor,
Baski, Haqning g'azabi ham Rahmati bor,
Ma'vom rizvon bo'lsin, desang Qur'on o'qi...
© Mirzo Kenjabek
@devonaiy_bedor

❤8🔥1💔1
#iqtibos
Odamzod qiziq bo’ladi. O’y o’ylab topa olmagan, xayoligga ming uringaning bilan keltirolmagan umringni yo azob, yo quvonch, yo andisha paytida lop etib bir daqiqada ko’rasan.
O’tgan umring ko’z oldingdan juda tiniq, juda aniq bo’lib o’tadi. Shu daqiqada o’tgan umringga baho berib ulgurasan.

©Said Ahmad
©Jimjitlik@devonaiy_bedor
❤3❤🔥1🔥1
#iqtibos
Asl gʻavvos boʻlsang durni koʼrgaysan,
Pok boʻlsang ketar chogʻ hurni koʼrgaysan,
Hammayoq zulmat deb shikoyat qilma,
Oʻzingda NUR boʻlsa nurni koʼrgaysan!
@devonaiy_bedor
Asl gʻavvos boʻlsang durni koʼrgaysan,
Pok boʻlsang ketar chogʻ hurni koʼrgaysan,
Hammayoq zulmat deb shikoyat qilma,
Oʻzingda NUR boʻlsa nurni koʼrgaysan!
©Abdulqodir Xoʻqandiy@devonaiy_bedor
❤9👍3🔥3👏1
Siz shu she’rni o’qiyotgan payt
(yo men uni yozayotgan dam)
allaqayda bukildi bir qad,
tobut tutib egildi odam.
Siz shu she’rni o’qir mahali
(yomen uni yozgan yoz kuni)
aravaning tagida qolib
buzildi bir chumoli ini.
Siz shu she’rni o’qiyotgan on
(yo men uni yozgan shu fursat)
xiyobonda ilk bor bargidan
ayrilgandir yam-yashil daraxt.
Go’zal dunyo hayratga arzir,
go’zal edi u barg ham juda.
Demak, kulmang, demak, men hozir
yig’lamayapman, axir, behuda…
Karim Bahriyev
@devonaiy_bedor
(yo men uni yozayotgan dam)
allaqayda bukildi bir qad,
tobut tutib egildi odam.
Siz shu she’rni o’qir mahali
(yomen uni yozgan yoz kuni)
aravaning tagida qolib
buzildi bir chumoli ini.
Siz shu she’rni o’qiyotgan on
(yo men uni yozgan shu fursat)
xiyobonda ilk bor bargidan
ayrilgandir yam-yashil daraxt.
Go’zal dunyo hayratga arzir,
go’zal edi u barg ham juda.
Demak, kulmang, demak, men hozir
yig’lamayapman, axir, behuda…
Karim Bahriyev
@devonaiy_bedor
💔5❤1🔥1😢1
Sening yo’qligingda men.
Mening yo’qligimda sen.
Men tomchiga hasrat.
Dengizga hasrat sen.
La adriy
@devonaiy_bedor
Mening yo’qligimda sen.
Men tomchiga hasrat.
Dengizga hasrat sen.
La adriy
@devonaiy_bedor
1❤7👍1🔥1
Devorning tagida o‘ltiribman jim,
Xayol girdobida.
Ko‘zim yumilgan.
Tubimga yetmayman - cho‘kkanim sayin,
Garchi yo‘q men kabi chuqur ko‘milgan.
Eng tubdan - bo‘g‘ilib - olaman nafas,
Xo‘rsinib - dunyoga taralar o‘kinch.
O‘limning borligi - qo‘rqinchli emas,
Yashashning yo‘qligi - daxshatli qo‘rqinch!..
Usmon Azim

🔥5❤3🐳2👍1👏1
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Muhammad Yusuf
@devonaiy_bedor
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Muhammad Yusuf
@devonaiy_bedor
❤12🔥2
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshida bizni
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Abdulla Oripov
@devonaiy_bedor
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshida bizni
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Abdulla Oripov
@devonaiy_bedor
1🔥6❤4
#ishq
Muhabbat ko‘zlardan g‘aniydir, bilsang,
Ishq o‘ti qadalgan yurakning tafti,
Maʼshuqin o‘ngida — olovli bir sang,
Ilohiy sevgining keng erur kafti.
@devonaiy_bedor
Muhabbat ko‘zlardan g‘aniydir, bilsang,
Ishq o‘ti qadalgan yurakning tafti,
Maʼshuqin o‘ngida — olovli bir sang,
Ilohiy sevgining keng erur kafti.
@devonaiy_bedor
❤3🔥1
Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol!
Ey aqli tuyg'ular bo'ronida chirpirak bo'lguvchi Ojiza!
Ey qarorlari doim o'zgarib, ikkilanishlar ichida qolguvchi Zaifa!
Seni yuksaltirguvchi, buyuk maqom berguvchi Vazifang haqida eslatma bermoqchiman.
Ey Ayol!
Ey Ona!
Ey mukarrama Zot!
Oyog'i ostiga jannat to'shalgan munavvar Siymo!
Sen tilloga qiziqasan, boylikka, chiroyga qalbing chopadi.
Ba'zan istaklaring qayerdan boshlanib, qayerda tugashini bilmay qolasan.
Kimgadir suyanish va kimgadir ishonish ilinji ila yashaysan, shu sababli ham Ayolsan!
Ammo ishon! Ishonki, Sening buyuk Vazifang sadoqatli juft bo'lmoqdir. Erning rizosi ila jannat eshigining kaliti qo'lingga beriladi.
So'ng Onalik maqomi!
O'g'illar va qizlarni ulg'aytir.
Ularni sev, parvarish qil. Ular uchun o'zingni fido et, ularning yaxshi inson, solih inson, halol va insofli inson bo'lishi uchun harakat qil.
Bu bir muhoraba maydonidir.
G'iybatlarga quloq solma. Kimdir seni pisand qilmasa, e'tibor berma. Kimdir ig'vo tarqatsa, ko'z solma.
Sen KELAJAKNI QUR!
Sen sherlarni tarbiya qil. Afifalarni ulg'aytir.
Butun diqqating bilan chinakam ONA bo'lmoq uchun intil. Bolang qarshisida dunyoning hamma istaklariga o't qo'y. Mening nafsim, mening istaklarim-chi dema. Dugonalarim shundoq yurishibdi, men-chi dema.
Zurriyodlaring – ana ular Sening Buyukliging ildizidir.
Tasavvur qil: sen tarbiya qilgan o'g'illar yurt koriga yaraydigan, xalqning yukini ko'taradigan, mard va donishmand bo'lib yetishdilar.
Kelinlar tushirding. Qizlar chiqarding. Nabiralar ko'rding. Qanchalar ehtirom va sevgi ichida bo'lishingni o'yla.
Vaqtinchalik hoy-u havaslar, nafs ortidan chopgan qizlar bugun bu imkoniyatni boy beryaptilar.
Karera qilaman, ilm olaman deb o'zini aldayotgan ojizalar o'z imkonlariga, o'zlarining ilohiy va fitriy baxtlariga o't qo'ymoqdalar.
Bugungi qarsaklar, unvonlar, olqishlar, moliyaviy mustaqilliklar – hech biri senga mangu saodatni bermaydi, umringning qaymog'ini sen abadiy yo'lga tikmasang, yo'lning oxiri juda achchiq va og'riqli kechadi.
Ey ayol!
Ey ma'suma!
Ayol jamiyatda faol bo'lsin, yana bir nimalar qilsin deb chopayotganlarga aldanma.
Buyuk Ona bo'lish imkonidan ayrilma. Oyog'ingga jannat poyandoz qilib to'shab turilganida botqoqliklardan yurma.
Bu fikrlarni yodlab ol. Uqib ol. Ichingga singdir va o'zingni sadoqatli jufti halol va Ona bo'lish uchun safarbar et!
Umring, mehnating, sihhatingni bu yo'lga sarflaysan va olgan hosiling uchun aslo afsus qilmaysan, bil'laks, baxtiyorlik va rozilik ichida bo'lgaysan!
Ammo boshqa so'qmoq va jinko'chalardan ketganlar, qizil bayroq-u oq bayroq bo'lib yurgan sho'rpeshonalarning oqibatlari ne bo'lishi yolg'iz Xudoga ayon!
Sen tanlagan yo'lda natija kafolatlidir, ammo teskari tomonga daydiganlarning ne bo'lmog'i zulmat-u qorong'udlikdadir. Ularni qora bir tuynuk, sovuq tunlar, ajdaho kabi himoyasizlik va ayanchli oh-u nolalar kutib turgan boʻlishi ehtimoldir, Xudo saqlasin!..
Akrom Malik

❤3🔥2❤🔥1
Tashqarida yomg‘ir yog‘ar,
Ko‘z yoshdan ham og‘ir yog‘ar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yog‘ar, bag‘ir yog‘ar.
Ayriliqqa ko‘nim yo‘qdir,
Nahot, ishqqa o‘lim yo‘qdir.
Ko‘z yoshingni artmoqlikka
Qo‘lim yo‘qdir,
Ko‘nglim yo‘qdir...
Usmon Azim
@devonaiy_bedor
Ko‘z yoshdan ham og‘ir yog‘ar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yog‘ar, bag‘ir yog‘ar.
Ayriliqqa ko‘nim yo‘qdir,
Nahot, ishqqa o‘lim yo‘qdir.
Ko‘z yoshingni artmoqlikka
Qo‘lim yo‘qdir,
Ko‘nglim yo‘qdir...
Usmon Azim
@devonaiy_bedor
❤3🔥2
Forwarded from Sutuur | Satrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
Forwarded from Sutuur | Satrlar
BU YILGI TAKBIR TASHRIQ AYTISH KUNLARI QAYSI KUNLARGA TO‘G‘RI KELADI?
اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد
O‘qilishi: Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd.
Maʼnosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.
Takbiri tashriq 26-may bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, yaʼni 30-may asr namoziga qadar aytiladi:
• 26-may — 5 mahal
• 27-may — 5 mahal
• 28-may — 5 mahal
• 29-may — 5 mahal
• 30-may — 3 mahal
🟢 Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.
Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.
Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.
Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq o‘qib bo‘lganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.
اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد
O‘qilishi: Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd.
Maʼnosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.
Takbiri tashriq 26-may bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, yaʼni 30-may asr namoziga qadar aytiladi:
• 26-may — 5 mahal
• 27-may — 5 mahal
• 28-may — 5 mahal
• 29-may — 5 mahal
• 30-may — 3 mahal
Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.
Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.
Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq o‘qib bo‘lganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from Sutuur | Satrlar
Imom Avzoiy rahimahulloh aytadilar:
Men shunday insonlarni ko‘rganmanki, ular hojat-istaklarini Arafa kuni uchun saqlab qo‘yishar, o‘sha kunda Allohdan so‘rashardi.
Ulardan baʼzilari shunday der edi:
Men ellik yildan beri Arafa kuni duo qilib kelaman. Bir yil o‘tmasidanoq uni huddi tong yorishgandek ro‘yobga chiqqanini ko‘raman.
“Latoiful-maʼorif”dan