Dev Farhod
282 subscribers
122 photos
10 videos
25 links
Yetakchi Dasturiy Muhandis

✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman.
✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman.

©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing
Download Telegram
Bu yerdan bir xulosa qilish mumkin: AI ishni yo‘qotmayapti, uning tabiatini o‘zgartiryapti. Film yaratishda operatsion ishlar kamayib, rejalashtirish va qayta-qayta fine-tune qilish asosiy mehnatga aylandi.

Men anglagan yana bir narsa: juda arzonlashgan narsa, qanchalik qimmatli bo‘lmasin, qadrsizlashadi. Juda qimmat narsa esa, qanchalik oddiy bo‘lmasin, qadrli bo‘ladi.
👍3🤣1
Yuqorida aytganimdek, content ishlab chiqarish osonlashmoqda. Bu esa fikrning qadrini oshirmoqda. Internet sifatli, ammo umumiy content bilan to‘lib borar ekan, odamlar original fikr va original content’ni tobora ko‘proq qadrlay boshlaydi.
⚡2🤣1
Grok 4.6 chiqdi.
GPT-5.6 Sol darajasi, lekin arzonroq.
Uzoq ishlarda kuchli.

@devfarhod
10 000 qatorlik kodni bir kunda review qilganman.

Junior engineer yozgan edi. AI yordamida. Tez, chaqqon, va — birinchi qarashda — ishlayotgandek.

Bu Norvegiyalik bir startupda edi, men u yerda lead engineer sifatida ishlaganman. Jamoa bo'lib biz an'anaviy SDLC'ni sindirib, AI tool'larni har tomondan sinab ko'rardik. Rostini aytsam, tezlik hayratlanarli edi. Feature'lar birin-ketin qo'shilar edi.

Lekin keyin boshqa narsa boshlandi.

Bug'lar chiqdi — bu kutilgan edi. Ammo undan battari: UX'da nomutanosibliklar paydo bo'la boshladi. Bir joyda tuzatilgan narsa boshqa joyda buzilardi. AI kod qatlamlari bo'ylab bitta g'oyaga tayanib harakat qila olmasdi — chunki bitta umumiy g'oya unga hech qachon berilmagan edi.

Sabab oddiy edi: biz rejaga emas, kodlashga ko'proq vaqt sarflagan edik.

Tuzatish esa qimmatga tushdi. Bitta nomutanosiblikni to'g'irlash butun xususiyatga ta'sir qilardi, dead-code qolib ketardi, review'lar cho'zilib ketardi. Engineering vaqtining katta qismi — yozishga emas, tushunishga sarflanardi
👍1
Oldingi post davomi..

Bu saboqni allaqachon o'zlashtirgan edim - shunday deb o'ylagandim.

O'zimning hozirgi startupimda men xuddi shu xatoni takrorladim. Ishlaydigan prototipni tezda qurib, keyin uni rivojlantirib, tuzatib borishga tushib ketdim — xuddi avvalgidek.

Va yana xuddi o'sha joyga kelib to'xtadim: eng muhim narsa reja ekan.

AI bugun juda tez kod yozadi. Bu haqiqat. Lekin uning tezligi — sizning aniqligingizga qarab ishlaydi. Reja qanchalik puxta bo'lsa, biznes qoidalari qanchalik aniq belgilansa, arxitektura va tech stack qanchalik ravshan bo'lsa — AI tahmin qilmaydi, shunchaki bajaradi.

Shu reja ichida esa eng muhim hujjat — arxitektura hujjati. Imkon qadar C4 modelidan foydalanib, batafsil yozish kerak. Va bu hujjat ichida bitta narsa bo'lmasligi shart: kod. Reja — g'oya haqida, kod esa — natija haqida.

Coding arzonlashdi. Lekin xarajat yo'qolgani yo'q — u shunchaki boshqa joyga ko'chdi: rejalashtirishga.
🔥3👍2
AI inson kabi fikrlay olmasa, nega olimlar undan qo'rqmoqda?

Menimcha, muammo AI - ning qanchalik aqlli ekanida emas.

Muammo unga berilgan avtonomiyada.

Tasavvur qiling, insoniyat tank yaratdi.

Lekin tankni boshqarib bo'lmaydi.

U o'zicha harakat qiladi, o'zicha nishon tanlaydi va o'q uzadi.

Tank "aqlli" bo'lmasa ham, bu katastrofik xavf.

Chunki xavf uning aqlida emas.

Xavf uning harakatini boshqara olmayotganimizda.

AI bilan ham shunga o'xshash muammo paydo bo'lishi mumkin.

Bugun biz Human-in-the-Loop kabi mexanizmlardan foydalanamiz: AI muhim harakatdan oldin inson tasdig'ini oladi.

Lekin AI tizimlari tobora ko'proq avtonom bo'lib borayotgan sari asosiy savol o'zgaradi:

"AI aqllimi?" emas.

"Biz unga nima qilish huquqini berdik va uni kerak bo'lganda to'xtata olishimizga qanchalik ishonamiz?"

Menimcha, AI safety - ning eng katta muammolaridan biri aynan shu.

Va bu yo'nalishda juda katta ilmiy va engineering opportunity bor.

@devfarhod
👏3💯2
Bu ikki kitob orasida qiziq bog’lanish bor. Bir xil masalani ikki xil hal qilish. Menga Imom G’azzoliy uslubi ma’qul. Asos to’g’ri bo’lsa intizom bilan har vazifani bajarsa bo’ladi. James Clear xuddi nafsni yo’lida yurib yaxshi odat shakllantirishni maslahat berayotgandek.

Ikkisini ham ikkinchi martadan o'qiyapman.
👏8
Trenirovkaga qaytdim. 1 - kun. Alloh davomli qilsin.
👏11❤1👍1
Proyekt context ni eslatma olish tizimim bilan muvofiq ushlab turish qiyin bo'layotgan edi. Buning uchun automation qilmagan edim. Shu orada Cursor projects xususiyatini chiqarib qo'yipti.

Proyekt haqida context va note larni o'zi olib ketayapti. Qayerdadur, Cursor ga aytmasdan biror ish qilib qo'ysangiz, shunchaki nima o'zgarish bo'lganini aytib qo'ysangiz bo'ldi.

Hozircha olgan insight larim:
- Shaxsiy note tizimini yuritishda davom etish kerak. Cursor adashganda uni to'g'irlash uchun proyektni o'zingiz tushinasiz.
- Cloud da ishlashi avfzallik, agarda bir nechta qurilmasa ishlasangiz qulay. Ba'zida bug fix larni telefonimda ham qilayapman.
Qalblar Kashfiyotini o’qiganimda, qalbni nega davolash kerakligini tushingan edim. Keyin esa amalda qo’llashga harakat qilganimda, qiyinchiliklar chiqa boshladi va qanday qilish ilmiga tabiiy ehtiyoj paydo bo’ldi.

Izlanish qilib ko’rib Imom G’azzoliyning Qalbning Davosi kitobini topdim. Kitob bugun yetib keldi. Endi o’qiymiz, In Sha Allah. Alloh o’zi kuch quvvat bersin.

@devfarhod
👏6
Trenirovka. 2-kun. Alhamdulillah. Allohga eng suyukli amal oz bo‘lsa ham, doimiy qilinganidir
👍5❤2
AI davrida qaysi bilimni o'rganmaslik kerak?

Men o‘rganadigan bilimlarimni ikki turga ajrataman:

1. Yadro bilim
Bu bilim:
- qaror qabul qilishga yordam beradi
- boshqa bilimlarni tushuntiradi
- uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlaydi
- AI bilan almashtirilishi qiyin
- kontekstsiz ham tushuntiriladi

2. Vosita bilim
Bu esa:
- tez o'zgaradi
- API va vositalarga taalluqli
- kerak bo'lganda ochiladi
- AI va hujjatlar bilan topish oson

Bularni yodlash shart emas. Kerak bo‘lganda docs yoki AI yordamida topaman.

Yadro bilimni qanday aniqlayman?

Har bir yangi bilimga 5 ta savol beraman:
1. Qaror qabul qilishda kerakmi?
2. Boshqa narsalarni tushuntiradimi?
3. Uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydimi?
4. AI buni mening o‘rnimga fikrlab bera olmaydimi?
5. Kontekstsiz ham tushuntirib bera olamanmi?


3 yoki undan ko‘p "ha" → Yadro bilim.
2 yoki undan kam → Vosita bilim.

Masalan, database indexing qanday ishlashi va qachon index kerakligini tushunish yadro bilim.

Ammo CREATE INDEX sintaksis yoki EXPLAIN ANALYZE flaglarini yodlash vosita bilim. Bularni kerak bo‘lganda docs yoki AI yordamida topish mumkin.

Shuning uchun mening o‘rganish modelim:
Yadro → mental model shakllantirish.
Vosita → ishlash jarayonida AI + docs orqali topish.

Menimcha, AI davrida asosiy mahorat hamma narsani yodlash emas.
Nimani o‘zing bilishing kerakligini, nimani esa kerak bo‘lganda topish mumkinligini ajrata olish.

@devfarhod
❤5💯1
Self-study qiladiganlarga CS foundation ni o'rganishi uchun roadmap.

https://teachyourselfcs.com/

Buni yuqoridagi o'rganish shabloni bilan birlashtirib o'rgansangiz, CS asoslaringiz mustahkam bo'ladi.

@devfarhod
Bu tadqiqot hech qachon chop etilmagan bo'lsada, ko'pchiligimiz unda aytilgan fikrga qo'shilamiz.

Qaysidur ma'noda bizdagi diqqat yetishmaslik muammosi buni tasdiqlaydi.

Ayniqsa bugungi kunga kelib diqqat yetishmasligi haqiqiy muammoga aylangan.

O'g'limni har qanday vaziyat tufayli doktorga olib borsak, deyarli har bir doktor "diqqati yaxshi" degan fikrni aytishi e'tiborimni tortgan.

Bundan o'zimga bolalarda diqqat yetishmasligi muammosi ko'p uchrayotgan bo'lsa kerak degan xulosa chiqarganman.

Bu borada tan olingan tadqiqotlar ham mavjud, misol uchun televezor tomosha qilish bolalarda diqqat jamlay olish davomiyligini qisqartiradi (Swing et al. 2010)

Xulosa o'rnida agarda ish samaradorligingizni oshirmoqchi bo'lsangiz, har bir vazifani diqqatingizni bo'lmasdan bajaring.

@devfarhod
👏1
Trenirovka. 3-kun. Alhamdulillah.

Insights:
- Og’riqlar ketdi.
- O’zimni ancha tetik his qilayapman.
- Biroq ko’p uxlayapman.
AI ishonchsiz software yaratadi. Nega?

Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" emas, "eng ehtimoliy kod"ni generatsiya qiladi.

Shu sababdan, ishonchlilik o'z-o'zidan kelib chiqmaydi.

Software development da, reliability, scalability va maintainability lar bilan birdek muhim.

Biz bu asos tushunchalarni hech birini chetga surib qo'ya olmaymiz.

@devfarhod
👍5
Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri javobni tezroq beradi.

— Artificial Intelligence: A Modern Approach.


Bazida o'ylab qolaman, xuddi Software Engineering bilimimni himoya qilayotgandek tuyilib qolmayapmanmikan?! 😊

@devfarhod
💯3
Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim shart emas” degan edim. Biroq chuchvarani hom sanagan ekanman. Bu yana bir hali ishlamaydigan yechim ekan xolos.

Oddiy kichik loyihada ham eslatmalar ishonchli darajada saqlanib qolmayapti.

Olgan xulosam:

• Loyiha haqida doim o’zingiz eslatma olishda davom eting.
• Vazifalarni Cursor ga topshiring, adashmasa qabul qilasiz. Adashsa, loyihani bilganingiz sababli uni tuzatasiz.

Anchadan buyon Gmail dagi loyihaga tegishli xabarlarga Cursor bilan loyiha mazmunidan Draft yaratilishini automate qilishga harakat qilaman.

Eng katta muammo mazmun. Cursor hali aniq loyiha mazmunini talab qiladigan biror xabarni to’g’ri yoza olmadi. Faqat odatiy mazmun talab qilmaydigan xabarlarni to’g’ri tuzmoqda, misol uchun yangilik so’rash.

Endigi navbatda yaxshiroq eslatma olish uchun Skill lar yozishni va mavjud yechimlarni sinab ko’rishni davom ettirmoqchiman.

Siz Gmail automation uchun qanday stack ni maslahat berasiz?

@devfarhod
👍1
Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt.

Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balki bitta hujjat bo'lishi kerak edi.

Eng muhimi batafsil mazmun yozishga qilgan say-harakatim havoga uchmasligi kerak. U saqlanib qolishi, faqat men o'zgartirishim va rivojlantira olinishi kerak edi.

Bu masalani Spec Driven Development hal qildi. Shablon sifatida GitHub Spec Kit dan foydalandim.

SDD-siz agentga bergan mazmunim yuqolib borar va tarqoq yashar edi. Tartib bo'lmagani sababli bo'shliqlar ham ko'p bo'lar edi.

Qo'lda kod yozish allaqachon yuqolib ketdi, biroq muhim xususiyatga tegishli kodlarni review qilish hali ham amalda.

SDD ishlab chiqish (implementation) aniqligini oshirish bilan, code review jarayonini ham osonlashtiradi.

Siz amalda SDD ning aynan qanday foydasini sezgansiz?

@devfarhod
💯1