Men qaytdim! 🙌
Assalomu alaykum! 👋 Uzoq tanaffusdan so'ng, blogimga qaytdim. Bu vaqt mobaynida nimalar sodir bo'ldi?
Hayot yo'limda adashdim. 😕 Atrofdagi voqealarni kuzatib, "biror startup yoki biznes boshlashim kerak, korxonada ishlab boy bo'la olmayman" degan fikr hayolimdan ketmadi. Natijada, asosiy ishim bilan birga proyektdan proyektga sakrab yurdim. 🤹♂️
"The Psychology of Money" kitobini o'qib, qarashlarim tubdan o'zgardi va yangi hayot yo'nalishini belgiladim. Bu tajriba menga shuni o'rgatdiki, haqiqiy muvaffaqiyat shaxsiy va professional hayotning muvozanatidadir.
Endi maqsadim multi-millioner bo'lish emas, balki hayotdan zavq olib 😃, sayohat qilib ✈️, yangi tajribalarni sinab ko'rish 🧗♂️, sog'lom bo'lish 💪 va oilamga ko'proq vaqt ajratish 👨👩👧👦.
Moliyaviy erkinlik uchun ikki narsaga e'tibor qaratmoqchiman: kariyeramni rivojlantirish va aktiv sarmoya qilish. Hayotimni turli ishlar bilan murakkablashtirmayman. Sizlarga ham o'z qadriyatlaringizga sodiq qolib yashashni tavsiya etaman. 🙏
Yuqoridagi kitobni o'qib, maqsadlarimiz doim o'zgarishini angladim. Hozirgi maqsadlarim yana o'zgarishi mumkin — bu tabiiy jarayon.
Sizlarda qanday yangiliklar bor? 😊

🌟 OpenAI dan yana bir yangi model! 🌟
Hozirgina bilib qoldim, ChatGPT'ga yangi model qo'shibdi — "GPT-4 with Canvas"! 🎉 Bu model bilan matn va kod yozishda odatiy chatdan tashqari bir qancha qulayliklarga ega ekansiz.
O'zim sinab ko'rdim va endi quyidagi qo'shimcha vazifalarni ham bajara olasiz:
- 🧐 Kod tahlili (Code Review): Model yozgan kodingizni tahlil qilib, fikr-mulohazalar qoldiradi. 📝 Birgina "Apply" tugmasini bosish orqali bu fikr-mulohazalarda aytilgan o'zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.
- 🔄 Dasturlash tilini o'zgartirish: Bir dasturlash tilidan boshqasiga o'tkazishni bir tugma bilan amalga oshirishingiz mumkin. 🚀 Bu biz yozgan promptlardan ancha aniq va tezroq ishlaydi!
- 🐞 Xatolarni tuzatish (Debug): Xatolarni aniqlash va tuzatishni ham bir tugmani bosish bilan amalga oshirasiz.
- 💬 Log va izohlar qo'shish: Loglar va izohlarni qo'shishni ham juda oson bajarishingiz mumkin.
Qarang, Suniy Intellekt qanchalik tez rivojlanmoqda! 😲 Ilgari funksiyalarga mos nom topishda qiynalar edik, izohlar yozish va dokumentatsiya qilish haqida gapirmasa ham bo'ladi. Endi esa bu juda oson. 🎊
Yaqin kelajakda yashash tarzimiz yanada osonlashib, ish jarayonlarimiz tubdan o'zgaradi. 🌐🤖
Siz ham bu yangi modelni sinab ko'rdingizmi? Fikr-mulohazalaringizni bo'lishing! 👇

“Biz ko’rsatmoqchimizki, kambag’al mamlakatlar kambag’al, chunki hokimiyatda turganlar qashshoqlikni keltirib chiqaradigan qarorlarni qabul qilishadi. Ular xato yoki bilmaslikdan emas, balki ataylab noto’g’ri qaror qilishadi.”
“Why Nations Fail” kitobidan.
@devfarhod
“Why Nations Fail” kitobidan.
@devfarhod
🎉 Nobel Mukofoti sovrindori bilan uchrashish imkoniyati!
Nobel Mukofoti sovrindorlari haqida bizda ko'p hollarda ular g'ayrioddiy insonlar degan tasavvur bo'ladi. Endi esa, ana shunday insonlardan biri bilan shaxsan uchrashish imkoni mavjud! 🌟
Ayolim bilan o'zim uchun ikkita bilet oldik va ishonamanki, bu uchrashuv bizning dunyoqarashimizni kengaytiradi va ilhomlantiradi. ✨
Qolaversa, maruza mavzusi ham ayni damda o'qiyotgan kitobim — "Why Nations Fail?" — ning asosiy g'oyalari bilan juda yaqin: "Xalq farovonligiga erishish yo'llari". Bu mavzu bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri.
Juda kam joy qolipti, shuning uchun imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🎟 O'z biletlaringizni shu yerdan olishingiz mumkin🏃♂️

💡 Doim suhbatga tayyor bo’ling!
Hayotda kutilmagan vaziyatlar har doim sodir bo’lishi mumkin, va shuni esda tuting, siz istamagan holda bir kun ish joyingizdan ayrilishingiz mumkin.
Men ham shunday holatlarni ko’p marta boshimdan o’tkazganman.
Agar o’zingizni ish suhbatlariga tayyor deb hisoblamasangiz, bu sizda doimiy xavotir uyg’otadi. Ammo, yangi ishga imkon qadar tez va stresssiz joylashish uchun har doim suhbatga tayyor bo’lish zarur. Hattoki, hozirda barqaror ishingiz bo’lsa ham!
Bu ko’p vaqt va kuch talab qilmaydi. Haftasiga atigi 2-4 soat ajratsangiz yetarli. Muhimi — intizomli bo’lish va bu mashg’ulotlarni har hafta davom ettirishdir.
Ishoning, 1-2 yilda suhbat chempioniga aylanasiz! 🏆

Forwarded from Vohid Karimov | Hello world (Vohid Karimov)
Dasturchi sifatida o’sishning 10ta printsipi:
1. CEO kabi fikrlang
2. To’siqlarga rozi bo’lmang
3. Tashabbus ko’rsating
4. Yaxshi yozishni o’rganing
5. O'z ishingizni boshqaring
6. O’z o’qishingizni boshqaring
7. Qurollaringizni chuqur biling
8. Faol aloqada bo'ling
9. Collaboration qilishni o'rganing
10. Professional va ishonchli bo'ling
Bir choynak choyni damlab olib obdon o’qib chiqsa bo’ladigan post seriyalari bo’ldi. Umid qilaman hamma o’zi uchun nimadir o’rgandi.
[Inspired by Dan Heller]
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT

“Coworking Space”da ishlash – haqiqiy zavq! Diqqatni jamlash ancha osonroq. 🎯
Samarali ishlash uchun asosiy qoidam – diqqatni chalg’ituvchi narsalardan butunlay yiroq bo’lish. Masalan, mening oltin qoidam shunday:
“Agar televizor ko’rmaslikka harakat qilayotgan bo’lsang, uni boshqa xonaga qo’yish yechim emas. Yechim – uyda umuman televizor bo’lmasligi.” 😎
Boshqarish qiyin bo’lgan odatlar bilan kurashda radikal soddalik eng yaxshi yo’ldir!

“Deep Work” kitobida yozuvchi Karl Nyuport Internetning chalg’ituvchi ta’siridan saqlanish uchun o’ziga maxsus sharoit yaratib, undan uzoq bo’lish strategiyasini qo’llaydi.
Kitobda keltirilishicha, yozuvchi “Harry Potter” kitobi muallifi J.K. Rowling “Harry Potter va O’lim tuhfasi” kitobini tugatish uchun Londondagi bir mehmonxonani ijaraga olib, o’sha yerda Internet va boshqa chalg’ituvchi narsalardan yiroq qolgan holda ishlaydi.
Shunday qiyinchilik va intizom orqali u yuqori darajadagi ijodiy va chuqur ish olib borishga erishgan. Bu strategiya miyani oson dopamin beruvchi faoliyatlardan uzoqroq tutib, chuqur ishlashga sharoit yaratadi. 😊

Butun internet masofaviy ish e'lonlari bilan to'lgan, siz esa hali ham masofaviy ish topa olmay yuripsiz. 😇
Quyida masofaviy ishlar uchun eng yaxshi saytlarning ro’yxatini keltiraman. Bu saytlar shaxsan o’zim foydalangan, ishlashni rejalashtirgan yoki masofaviy ish topish mumkin deb hisoblagan platformalardir. Umid qilamanki, ular orqali o’zingizga yoqqan ishni topa olasiz! 👇
1. Turing
2. Crossover
3. EPAM
4. Exadel
5. We Work Remotely
6. LinkedIn
7. Upwork
8. RemoteOK
9. Stack Overflow Jobs
10. Remotive
11. Just Remote
12. FlexJobs
13. Remote.co
14. Dice
15. Hired
17. Toptal
18. X-Team
19. Freelancer
20. Working Nomads
21. Jobspresso
22. SkipTheDrive
⚠️ Eslatma: Ushbu saytlarda e’lon qilingan ishlar odatda ingliz tilini bilishni talab qiladi.
Agar faqat o’zbek tilini bilish kifoya qiladigan masofaviy ish manbalariga qiziqsangiz, buni alohida postda chop etaman. 😉

Sizning korxonangizda “Time Tracking Software” ishlatiladimi? ⏰
Ko’pchilik buni “micromanagement” deb norozi bo’ladi, lekin bunga boshqacha qarash ham mumkin. Bu jarayondan xafa bo’lish o’rniga, buning sizga qanday foyda keltirishini o’ylab ko’ring.
Aslida, korxona sizni o’zingizga kerakli bo’lgan intizomga o’rgatayapti. Intizom – shaxsiy rivojlanish uchun eng muhim odatlardan biri va hayotda barqaror yuksalishga yordam beradi. 🔥
Shunday ekan, intizomli bo’lish imkoniyatini qadrlang va uni o’z hayotingizda qo’llashni boshlang! 💪

"Odamlar nima deydi?" - yoxud maqsaddan og'ishmaslik strategiyasi!
Ko’pincha maqsad qo’yganda, ishni boshlash oson bo’lib tuyuladi, lekin uni intizom bilan davom ettirish oson emas. Bu holat o’zimda ham ko’p kuzatilgan.
Ko’p marta maqsad qo’yib, lekin undan chalg’imasdan, izchil davom ettirish juda qiyin bo’lgan. Shu sababli bu borada izlanib, turli strategiyalarni o’rgandim va ular orasida eng samaralisi – “Accountability Partner” (javobgarlik sherigi) bilan ishlash bo’ldi.
Bu qanday ishlaydi?
Qisqasi, qo’ygan maqsadingizni kim bilandir bo’lishing, u inson oldida o’zingizni javobgar his qilishingizga sabab bo’ladi. Bu sizga intizomli bo’lishga va maqsaddan chetlashmaslikka yordam beradi.
Nega bu ish beradi?
Chunki endi siz maqsadingizdan og’ishsangiz, o’sha odam oldida mas’uliyatsiz odam bo’lib ko’rinishdan xavotirga tushasiz. Aslida, “Odamlar nima deb o’ylasa, o’ylayversin” desak ham, biz hammamiz ma’lum darajada ular fikrini hisobga olamiz. Shu sababli, “Accountability Partner” strategiyasi hayratlanarli darajada samarali.
Mening javobgarlik sherigim bu – ayolim. Katta maqsadlarimni u bilan bo’lishaman va uning oldida ishonchsiz turmush o’rtoq bo’lib qolmaslik uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
Yangi loyiha – sohaviy “challenge”lar!
Yaqinda Dev Farhod guruhida “Accountability Partner” strategiyasiga asoslangan “challenge” lar qilishni rejalashtiryapman. Oldin ham “challenge” o’tkazgan edim, lekin aniq strategiya yo’qligi sababli samarali bo’lmagan. Bu safar yaxshi tayyorgarlik bilan muvaffaqiyatga erishamiz deb umid qilaman! 🙌
Agar qiziqayotganlar bo’lsa, fikrlaringizni qoldiring. Ko’pchilik qiziqish bildirsa, rejani ishlab chiqib, boshlaymiz!

Telegram
Dev Farhod
Farkhod Allamuradov invites you to join this group on Telegram.
🌟 Masofadan ishlaganda diqqatni jamlash uchun eng yaxshi 5 ta samaradorlik maslahatim 🌟
Uydan ishlashning o'ziga yarasha qulayliklari bor, lekin diqqatni jamlash oson emas. Quyida, samaradorlikni oshirishga yordam beradigan o'zim ishlatadigan eng yaxshi 5 ta usulni keltirdim:
1. Aniq chegaralarni belgilang 🕒 - Ish vaqtingizni oldindan rejalashtiring va unga qat'iy rioya qiling. Bu ish va shaxsiy hayotni ajratishda yordam beradi.
2. Pomodoro texnikasidan foydalaning 🍅 - 25 daqiqa ishlang va 5 daqiqa tanaffus qiling. Bu usul charchamaslik va diqqatni jamlashga yordam beradi.
3. Maxsus ish joyingizni tashkil qiling 🖥 - Faqat ish uchun ajratilgan joy miyangizga "ish vaqti" signali beradi.
4. Chalg'ituvchi narsalardan cheklaning 🚫 - Telefoningizni ovozsiz rejimga qo'ying, kerak bo'lmagan ilovalarni bloklang (Cold Turkey dasturidan foydalanishingiz mumkin).
5. Ertaning rejalarini kechqurun tuzing 📝 - Yotishdan oldin ertangi kuningiz uchun vazifalar ro'yxatini yozing, ertalab o'sha rejaga asosan ish boshlang.
Bu kichik o'zgarishlar samaradorlikni oshirishga katta yordam beradi. O'zingiz sinab ko'ring va qaysi biri yaxshi ishlaganini izohlarda yozib qoldiring! 👊

Hayrli tong, Devs!
Yangi ish haftasini boshladik. 🎬
Men PST timezone da ishlaganim tufayli, bizda hali Dushanba tugamadi, o’zimizni vaqt bilan bugun 13:00 da Dushanba tugaydi.
Ungacha biroz ishlab qo’yamiz.
Kimlar ishni boshladi? Agar maxfiy bo’lmasa bugun qanday vazifani tugatishingiz kerakligini shu post tagida qoldiring.
Qani ketdik, birgalikda samarador bo’lamiz. 👊

📚 Shaxsiy rivojlanish uchun o’qishni tavsiya qiladigan 4 ta ajoyib kitob!
Bu kitoblar shaxs sifatida o’sish va hayotiy maqsadlarga erishishda menga juda katta yordam berdi. Ayniqsa, “Pul psixologiyasi” kitobi orqali pulga bo’lgan qarashlarim o’zgardi va baxt nima ekanini tushinib yetdim.
1. “The Psychology of Money” - O‘zbekchasi: Pul psixologiyasi
2. “Deep Work” - O‘zbekchasi: Diqqat
3. “Atomic Habits” - O‘zbekchasi: Atom odatlar
4. “7 Habits of Highly Effective People” - O‘zbekchasi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi
Ushbu kitoblar o’zingizni rivojlantirish va yuksak maqsadlarga erishish yo’lida sizga ham ilhom bo’lishiga ishonaman! 💪

📢 Code Review Buddies Challenge-ga qo'shiling!
Kelgusi hafta Dushanba kunidan boshlab har kuni boshqa bir dasturchi bilan juft bo’lib, bir-birimizni kodlarimizni ko’rib chiqamiz. Maqsad nima? "Code review" qilishni mustahkamlash, fikr-mulohazalar almashish va bir-birimizdan yangi bilimlar o‘rganish!
Qanday qatnashish mumkin:
1. Ro‘yxatdan o‘ting: Bu link orqali guruhga qo'shiling va bu Google Sheet ga Telegram foydalanuvchi nomingizni va dasturlash tilingizni kiriting.
2. Sherigingizni bilib oling: Har kungi post orqali sizga biriktirilgan sherigingizni bilib oling.
3. Kodingizni ulashing: Kodni (50-100 qatordan oshmasligi kerak) JSFiddle ga yuklang va havolani guruhda sherigingizni belgilab, ulashing.
4. Fikr-mulohaza bering: Kodni ko‘rib chiqishda quyidagilarga e’tibor qarating: o‘qishga qulayligi (readability), samaradorligi (efficiency), izchilligi (consistency) va yaxshi komment qoldirilganligi (documentation).
5. Fikr xulosalaringizni bo'lishing: Har kunlik "code review"ni yakunlaganingizdan keyin guruhda o‘z fikrlaringiz va tajribangizni bo‘lishing.
Keling birgalikda rivojlanamiz! 💻✨