Dev Farhod
293 subscribers
105 photos
10 videos
24 links
Yetakchi Dasturiy Muhandis

✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman.
✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman.

©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing
Download Telegram
NPM da ko‘p ishlatiladigan buyruqlar to‘plami! 🚀

Bu havolani saqlab qo‘ying — juda ko‘p kerak bo‘ladi! Agar biror buyruqni unutib qo‘ysangiz, dokumentatsiyani yoki internetni kovlab o‘tirishingizga hojat qolmaydi.

ChatGPT ni ham bezovta qilib yotmaysiz. 😊

👉 https://devhints.io/npm

@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Forwarded from Muhammadsaid - Blog
Yangi startap boshlamoqchi bo’lsangiz, iltimos, bir o’ylab ko’ring

O’zbekistonda yangi loyihalarni katta korporatsiyalar kayfiyat uchun qiladi, yoki biznesmenlar aytiga qiziqib dasturchilarni yig’ib o’rtaga pul tashlaydi, yoki oyoqqa turgan, o’z sarmoyasi bor juda mard insonlar yaratadi. Yana tanlovlarda grant yutib sarmoya oladiganlar ham bor, lekin ko’p emas.

Startap deganimda men pul keltiradigan, moliyalashtirilgan bir biznes deyapman. Bizda startap so’zi ma’nosi “o’zini eplavolgan biznes”ni anglatadi. Aslida esa startap “o’z biznes modelini qidirayotgan, talantlar tomonidan boshqaraladigan” korxonadir. Amerikada umuman pul topmaydigan startaplar yo’q deganda 1-2 mln dollar ko’taradi, bizda esa hatto pul topishning o’zi kifoya emas. Shu sabab ham kattarib ketgan startaplar deyarli bizdan chiqmaydi.

Venchur, angellar, ekspertlar o’zicha g’arb metodikasi bo’yicha pul bermoqchi bo’ladi, lekin hech kim O’zbekistonda 10,000$ MRR ga yetmagan startapga pul berasizlarmi degan savolga javob berolmaydi. Yetsangiz ham siz scalable emassiz, yoki sotishni bilmaysiz yaxshi (ha o’zidan o’zi 10K ga erishganmiz-ku), yo vision’ingiz sodda, yo yana nimadir yoqmaydi :)

Urining, izlaning, lekin bilingki, O’zbekiston siz kutayotgan startapbop muhit emas. Bu yerda angelning ham, venchurning ham oddiy bankdan farqi yo’q. Birinchidan ulardan pul olishning o’zi azob, loyihangizni baholashi undan ham qiziq — hali bunga yetib olgunimizcha biz o’zi oyiga 10,000$ topishimiz kerak. Nechta startap bor O’zbekistonda noldan 10,000$ gacha oylik tushumga erishgan? Hatto shunda ham sizning reja/vision’ingizga skeptisizm, ishonchsizlik bildirishadi, aslida esa O’zbekistonda 10,000$ oyiga bitta dastur bilan topish Amerikada 50,000$ topish bilan ekvivalentdir.

O’zim hozir shunday vaziyatdaman. Men startap cookbook’da berilgan barcha amallarni bajardim, lekin O’zbekistonda hammasi boshqacha ishlarkan. Qozog’istonda ham. Umuman mahalliy regionda men o’zimni kichkina bir qumloqda o’tirgandek his qilyapman. Gar bilakda shuncha kuch bor ekan, ne qilaman bu yerda yurib deganday, hozir loyihada pivot emas, hayotimda pivot qilmoqchiman. Bilmadim qanaqa, lekin menga bu o’yinlar yoqmayapti. Qoidalarni bilmayman, hakamlarni bilmayapman, gohida o’yin borligidan ham bexabar qolyapman. Agar Amerikada ham shuncha stress bo’lsa, Amerikada buni boshdan kechirish yaxshiroqmikan…
👍6
Nega AI kelajakda super inson darajasidagi dasturchi bo’lishi mumkin? 🤖💡

Avvalroq, AI to’liq dasturchilar ishini egallashi qiyinligi haqidagi fikrlarimni bo’lishgan edim. Ammo bu borada aniq faktlar yetishmayotgani sababli qat’iy fikr bildira olmasdim. Keyingi izlanishlarim davomida, yangi bir tushunchaga duch keldim va bu, AI dasturlashni to’liqligicha egallashi mumkinligiga ishora qiladi. 🔍🧩

Hozirgi LLM (keng til modellari) juda katta hajmdagi internet ma’lumotlari asosida o’qitiladi va keyinchalik mutaxassislar tomonidan fine-tune qilinadi. Ammo internetdagi ma’lumotlar super dasturchi AI yaratishga yetarli emas, chunki bu yanada kattaroq va chuqurroq ma’lumotlarni talab qiladi. 🌐🗃️

Yaqinda tushunib yetdimki, ba’zi sohalarni to’liq simulyatsiya qilish mumkin va shu orqali AI o’z-o’zini cheksiz darajada train qilishi mumkin. Dasturlash ham aynan shunday soha. 🛠️🔄

Bu qanday ishlaydi? 🤔
AI kod yozadi, uni ishga tushiradi, xatolikni aniqlaydi, so’ng o’z ma’lumotlariga yangi tajribani qo’shib, kodni tuzatib qayta yozadi. AI cheksiz marta o’rgana olgani uchun, u milliardlab tajriba orttiradi. Natijada, inson darajasidan yuqori bo’lgan super dasturchi AI paydo bo’lishi mumkin. 🚀💻

Shu bilan birga, AI dasturlashni avtomatlashtirib, murakkab kod yozish jarayonini osonlashtirsa ham, software engineering faqat kod yozishdan iborat emas. Muvaffaqiyatli dastur yaratish uchun biznes talablarini tushunish, strategik qarorlar qabul qilish va mijoz ehtiyojlarini anglash muhim. Shu sababli, AI qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, dasturchilar hali ham ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish va loyihalarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. 🧠📊

Kelajakda AI va insonlar o’rtasidagi hamkorlik yanada muhimlashish ehtimoli yuqori: AI texnik ishlarni tez va samarali bajarishi, insonlar esa strategik yo’nalish va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga e’tibor qaratishi ehtimoli katta. 🤝🌟

Biroq, ishi faqat kod yozish bo‘lgan dasturchiga umuman ehtiyoj qolmaydi deb qo‘rqaman. 😬💭

@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👨‍💻2
Guruhda savol berishdi: “Agar top-tier engineer bo‘lolmasangiz, boshqa ish bilan shug‘ullanish kerak bo‘lgan zamon keldi deb hisoblaysizmi?” 🤔

Umidlaringizni so‘ndirmoqchi emasman, biroq bu haqiqatga yaqin. 🔍

Agar dasturlashni faqat yuqori daromad uchun tanlayotgan bo‘lsangiz, unda boshqa kasb bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Lekin agar dasturlashga qiziqib o‘rganayotgan bo‘lsangiz, unda o‘rganishda davom eting va top-tier engineer darajasiga yeting. 🚀

Kelajakni aniq baholash imkonsiz, biroq kelajak haqida ehtimollarni ko‘rsatuvchi belgilar mavjud. Sun’iy intellekt olib kelayotgan o‘zgarishlarga insoniyat hali tayyor emas, bu haqiqat. 🤖🌐

Bu o‘zgarishlar faqat dasturlash sohasiga emas, balki bilimga asoslangan barcha kasblarga ta’sir qiladi. Inson moslashuvchan mavjudot, biz bu jarayonga ham, hattoki qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, moslashamiz deb hisoblayman. 🌍🔄

Shuni ta’kidlayman: kelajakda aniq nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Biroq quyidagi strategik yondashuvlarni qabul qilishni maslahat beraman: 🛠️

1. O‘zingizni rivojlantiring va moslashing. Agar no-code/low-code platformalar sizning hozirgi ko‘nikmalaringiz bilan raqobat qilsa, demak o‘rganishga va rivojlanishga tayyor bo‘lishingiz kerak. 📈

2. Yetakchi dasturchiga aylaning:

• Faqat kod yozish bilan cheklanib qolmang, balki software architecture, cloud computing, yoki data engineering kabi chuqur bilim talab qiladigan sohalarga kirib boring. ☁️💻

AI/ML bo‘yicha bilimlaringizni oshiring va AI/ML API laridan foydalanib dasturlar yaratishni o‘rganing. 🤖🧠

3. No-code/low-code vositalarini qurol sifatida qabul qiling va ulardan foydalanib ilovalar quring. ⚙️

4. Eng muhim tavsiyam: sarmoya qiling. Faqat oddiy ishchi bo‘lib qolmang. 💸

Oldimizda kamida 5 yil vaqt bor va shu davrda AI jadal rivojlanishi ehtimoli katta. 🔮

Biz buni allaqachon boshlagan bo‘lishimiz kerak edi, lekin ko‘pchiligimiz buni amalga oshirmadik. Doimiy ravishda jamg’aring — biror sabab bo‘lishi shart emas, shunchaki jamg‘aring. Keyin, jamg‘armalaringizni to‘g‘ri sarmoya qiling. 💰📊

@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1😁1
ChatGPT ning fikriga ko’ra mening hayotim yuqoridagi rasmdagi kabi ekan. 😎

Siz haqingizda qanday tasavvurga ega ekanini bilish uchun quyidagi “prompt” ni ChatGPT ga jo’nating.

Based on what you know about me. Draw a picture of what you think my alter-egos life looks like


@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤣21
#AITools

NotClass — Bu uskuna YouTube videolari yoki podkastlarini to‘liq ko‘rmasdan turib, sizning aniq savolingizga tegishli qismini topib beradi. 🎯

Endi soatlab videolarni ko‘rib chiqish shart emas — kerakli javobni topish bir necha soniyalarda amalga oshadi!

Shu kabi foydali AI uskunalari haqida ko‘proq bilishni istasangiz, kanalga obuna bo‘ling:

👉 @devfarhod
.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😍1
Shu kunlarda pul haqida dasturlashdan ham ko'proq o'qiyotgan ekanman. 🤑

O'rganayotgan bilimlarimni sizlar bilan ham ulashaymi?
Anonymous Poll
91%
Ha
9%
Yo'q
Biznes kengaytirishning ikki turi haqida

Ikkita biznesim muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin bu faoliyat menga ko’p tajriba berdi. Shu tajribalardan biri bizneslar kengaytirish jihatidan ikki asosiy turga bo‘linishini o’rgandim:

1. Kengaytirish uchun kapital talab qiladigan bizneslar

Bu turdagi bizneslarni yuritish nisbatan oson, lekin kengaytirish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Misol: mini market.

Market yurib ketishi uchun joy muhim omil. Lekin eng yaxshi joyni topsangiz ham, mablag‘siz tovar bilan to‘ldira olmaysiz. Bunday bizneslar mahsulot sotishga asoslangan va daromad ko‘payishi ko‘pincha kapitalga bog‘liq.

2. Kengaytirish uchun mijoz talab qiladigan bizneslar

Bu turdagi bizneslar kengayish uchun asosiy omil – ko‘proq mijoz topish. Misol: veb-sayt yaratib berish xizmati.

Xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun boshlang‘ich mablag‘ talab qilinadi, lekin bu mahsulot sotadigan bizneslarga qaraganda ancha kam xarajat talab qiladi. Mahoratingizni oshirib, mamnun mijozlar bazasini shakllantirsangiz, daromadingiz o‘sib boradi.

Yangi boshlovchilar uchun tavsiya

Agar biznesga endi kirayotgan bo‘lsangiz, xizmat taklif qiladigan biznesdan boshlashni tavsiya qilaman.

Ayniqsa, IT sohasida ishlaydiganlar uchun bu ayni muddao!

Dastur yaratib berishingiz yoki kichik guruhga muhim bo’lgan dasturlar ishlab chiqishingiz mumkin.

Xulosa: Boshlang‘ich davrda xizmat ko‘rsatish bizneslari qulayroq va kam kapital bilan ham yo’lga qo’yish mumkin.

P.S: Ishdan ketib, biznes boshlash vaqti kelgandur. 😉 Qiyin bo’lsada “side-hustle” qilgan ma’qul.

@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍1
Shu kunlarda biznes va pul haqida ko’p o’qiyapman va o’ylayapman.

Odatda oddiy ishchi bo’lishimizga sabab, o’zimizni ishimizni boshlash xavf-xatarli ekanini o’ylaymiz. Balki yirik korxonalarda yirik ishlar qilishni xohlaymiz.

Nima bo’lganda ham, xavf-xatar haqida gapirsak. Kimningdir qo’lida ishlash ham xavfsiz emas. Doim “Korxonani ishi yaxshi bo’lsinda, ishsiz qolib ketmayda.” - degan hadikda yashaymiz.

Shunday ekan, nega qiyin bo’lsada, kichik bo’lsada o’z biznesimizni qurmaymiz?! Ikki yo’l ham xatarli-ku.

@devfarhod
👍9🔥5
Biror marta 29.895 qatorli "unit test" fayl yozganmisiz? 😇

Bizda bu odatiy holat. Biz kutubxonalarni manbaa kodini shunday olib, faylga qo'shib yuboramiz. 😂

@devfarhod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻8😁7🤣2🏆1
Boy bo‘lish uchun xohish emas, ehtiyoj darajasida yashang! 💡

Xohish – bu biz qilishni xohlaydigan narsalar.
Ehtiyoj – bu qilmasak bo‘lmaydigan, majburiyat bo‘lgan narsalarimiz.

Misol uchun:

- 🍳 Uyda sog‘lom taom pishirib yeyish ehtiyoj, ko‘chada ovqatlanish esa xohish.
- 👕 Tanani yopish uchun kiyim olish ehtiyoj, yangi uslub uchun kiyim olish esa xohish.

Ehtiyojni qondirmasdan yashab bo‘lmaydi, lekin xohishlardan tiyilib yashash mumkin.

Biroq xohishdan tiyilish nafs tufayli juda qiyin.

Xohishlarni boshqarish uchun maslahatlar:

- Xohish paydo bo‘lganda uni kechiktirishga harakat qiling. Qancha ko‘p tiyilsangiz, shuncha yaxshi bo‘lib boraverasiz.

- Xohishni uyg‘otuvchi narsalarni yo‘qoting.

Agar daromadingiz tez sarflanib ketayotgan bo‘lsa:

- Xohishlaringizni cheklang.
- Tejalgan pulni sarmoya qiling. 💸

Izohlarda xohish va ehtiyojlarga o’z misollaringizni yozib qoldiring!

Unutmang: xohish va ehtiyojlar nisbiy. Siz uchun ehtiyoj bo‘lgani, boshqa odam uchun xohish bo‘lishi mumkin.

@devfarhod
👍173
Stiv Vozniak Toshkentda!

Apple asoschilaridan biri, texnologiya afsonasi Stiv Vozniak CAU Texnik Sammitida mehmon! U Apple’ning yaratilishi, kelajak texnologiyalari va tadbirkorlik tafakkuri haqida gapiradi.

Shuningdek, Shaxina Pulatova (AI), Ulug‘bek M. (Lucid Motors, eBay), Roman Lavrentyev (Uzum), Nika Kurdiani (TBC) kabi yirik spikerlar ham bo‘ladi.

📍 Markaziy Osiyo Universiteti, Advent Hall
📅 19-20 fevral

🚀 Fursatni qo‘ldan boy bermang!

P.S:
Borsammi deb o’ylab turipman. Nima deb o’ylaysiz 500 ming so’mga arziydimi?
🏆6👍4
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!

Onda-sonda ko‘rinib qoladigan va post yozib turadigan birodaringiz shu yerda. 🙂

Startup qurishda “g‘oya sariq chaqa, eng muhimi execution” degan gapni ko‘p eshitganmiz.

Bugun esa aslida unday emasligini angladim.

Bir daqiqaga g‘oya umuman muhim emas, deb faraz qilaylik.

Masalan, Facebook’ning clone’ini yaratish g‘oyasini oldik va “eng muhimi execution” deb ishni boshladik.

Lekin bir o‘ylab ko‘raylik: ishlab turgan product’ni xuddi o‘ziday qilib yaratishdan nima ma’no bor?

Shundan anglashiladiki, g‘oya ham execution kabi muhim.

Shunday ekan, g‘oya izlab yurganingizda “men hech narsani eplay olmayman” deb ruhingizni tushirmang.

Bu bosqichning o‘zi ham startup qurish jarayonining bir qismi.

Menimcha, startup qurishda eng avvalo muammoni topish turadi.

Chunki haqiqiy muammoni topmasangiz, nimani execute qilasiz?!

Bu hali birorta startup qurmagan dasturchining fikrlari. 🙂

Salomat bo‘lasiz!
🔥7
Inson hissiy mavjudot. Biz robot emasmizki, kunning har bir daqiqasini rejalashtirib, hammasini rejadagidek bajara olsak. Ruhiy holatimiz ham doim bir xil emas.

«Lekin mas’uliyat-chi?» deysizmi?

Albatta, mas’uliyat kerak. Lekin calendar’ga amal qilishning o‘zi mas’uliyat emas. Mas’uliyat, qilinishi kerak bo‘lgan ishni qilish.

Shuning uchun hozir vazifalarimni ikki turga ajratyapman:
1. Takrorlanadigan ishlar
2. Bir martalik vazifalar

Takrorlanadigan ishlarni vaqtga qattiq bog‘lamasdan, odatlarni bog‘lash (habit stacking) usulidan foydalanayapman.

Masalan:
Har namozdan so‘ng bir bet Qur’on o‘qish.


Bu yerda signal vaqt emas, balki boshqa bir odat.

Bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 2 ta yangi odat shakllantirishga harakat qilaman.

Bir martalik vazifalarni esa bitta listda saqlayman va bo‘sh vaqtim hamda holatimga qarab bajarib boraman.

Bu uslub hozircha men uchun juda yaxshi ishlayapti.

Yaxshi reja kunning har bir daqiqasini nazorat qilish emas. Muhimi, kerakli ishlar bajariladigan tizim yaratish.
👍21🏆1
🚀 Mojo 1.0 chiqdi

Mojo bu Modular tomonidan yaratilgan yangi dasturlash tili.

Eng qiziq tomoni, u Python ga o'xshash sintaksisni saqlagan holda, C++ va Rust kabi yuqori performance talab qilinadigan vazifalarni bajarishga mo'ljallangan.

Asosiy fokus esa AI va zamonaviy hardware: CPU, GPU va boshqa acceleratorlarda tez ishlaydigan kod yozish.

Qisqasi:

Python qulayligi + systems programming performance + AI uchun optimizatsiya.

Kecha Modular Mojo 1.0 ni rasman e'lon qildi. Endi ko'rish qiziq: Mojo haqiqatan ham AI development da Python ga jiddiy muqobilga aylana oladimi?

Modular ning Mojo 1.0 haqidagi maqolasi
🔥2👍1
🎬 The Cully Hill Boys: kino yaratish o‘zgaryapti

110 daqiqalik The Cully Hill Boys filmi generativ AI yordamida yaratilgan. Real aktyorlarning yuz va ovoziga asoslangan digital likeness'lar litsenziya asosida AI personajlariga aylantirilgan.

Film taxminan $2 mln budjet va 4 hafta ichida yaratilgani esa yanada qiziq.

🎥 Filmni YouTube da ko‘rish: https://www.youtube.com/watch?v=h_qQ0aKyXEA
Bu yerdan bir xulosa qilish mumkin: AI ishni yo‘qotmayapti, uning tabiatini o‘zgartiryapti. Film yaratishda operatsion ishlar kamayib, rejalashtirish va qayta-qayta fine-tune qilish asosiy mehnatga aylandi.

Men anglagan yana bir narsa: juda arzonlashgan narsa, qanchalik qimmatli bo‘lmasin, qadrsizlashadi. Juda qimmat narsa esa, qanchalik oddiy bo‘lmasin, qadrli bo‘ladi.
👍1🤣1
Yuqorida aytganimdek, content ishlab chiqarish osonlashmoqda. Bu esa fikrning qadrini oshirmoqda. Internet sifatli, ammo umumiy content bilan to‘lib borar ekan, odamlar original fikr va original content’ni tobora ko‘proq qadrlay boshlaydi.
1🤣1