Dehqonobodlik yoshlar 🇺🇿
221 subscribers
641 photos
134 videos
2 files
108 links
Dehqonobod Tuman Yoshlar ishlar
bòlimi boshliĝi @AdhamQulmamatov

Murojaat uchun : @Agentlikkadr
Download Telegram
Dehqonobod tumani hokimi boshchiligida mahallalarda sayyor qabullar va o'rganish ishlari davom etmoqda

Jumladan, bugun Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi rahbarlar jamoasi tumanning Beshbuloq mahallasida Yangiobod va Beshbuloq fuqarolar va yoshlarning taklif va murojaatlarini tinglab, ularning yechimi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Fuqarolarga o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha tushunchalar berildi va ularga amaliy yordam ko'rsatilishiga alohida e'tibor qaratildi.
Ishsiz va tomorqa ekinlarini ekmochi boʻlganlar uchun Dehqonobod Kaliyli oʻgʻitlar zavodi bogʻidan yer ajratilmoqda qiziqqanlar bugun 24.04.2025-yil soat 10:00 da Kaliy zavod oldiga kelishingiz soʻraladi.
Tel:93.893-93-99 Hokim yordamchisi

Xotin-qizlar 955852060
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida voleybol musobaqalari: Dehqonobod tumanida 1 va 2-sektor yoshlari oʻrtasida sektor bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar – kelajagimiz” tamoyili asosida ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb qilish, jismoniy va ruhiy salomatliklarini mustahkamlash maqsadida joylarda sport tadbirlari faol olib borilmoqda.

Musobaqalar sportning ommaviyligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
yoshlar orasida jamoaviylik va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Bahslar yakunida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan jamoalar keyingi tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytiradi, sportga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va ularda Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantiradi.


@Dehqonobodlikyoshlar
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Ajoyib yangilik

Yaqin kunlarda top universitetlarga kirish bo'yicha oromgohga qabul e'lon qilinadi @top100_uni.

- Dasturga eng kuchli, eng bilimdon hamda dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qimoqchi bo'lgan yoshlar qabul qilinadi.

- Eng muhimi, oromgohdagi barcha xarajatlar Prezidentimizning yoshlar uchun tashkil etib bergan jamg'armalari tomonidan qoplab beriladi.

- Mentorlar ham dunyoning eng zo'r universitetlarida ta'lim olayotgan talabalar bo'lishadi.

Bu shunchaki qoyilmaqom!

Yangilikni eng birinchilardan bo'lib bilish uchun ushbu xabarni do'stlaringizga yetkazishni unutmang.

@alisher_sadullaev
Birovni maqtasang yolg‘on deydilar,
O‘zingni maqtasang nodon deydilar.
Barcha lutf ila to‘rga chiqarib,
Poygakda o‘tirsang, inson deydilar.

© Abdulla Oripov
Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ishsiz yosh uchun svarka apparati berildi

Yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida, mahalla hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan ishsiz yosh uchun svarka apparati taqdim etildi, bu esa uning kasbiy ko'nikmalarini oshirishga va o'z bizneslarini boshlashga yordam beradi.