Ertaroq bilsam qaniydi…
Qilmagandim axir hech kimni bezor,
Savollar ichimda darddek og’riydi,
Sevmoq tashvish ekan, ishq ekan ozor,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Go’yo aybdorman, goyo mag’lubman,
Muhabbat ruhimni yaxshi taniydi,
U sabab qanchalar tez ulg’ayibman,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kurashdim rashq degan g’alayon bilan,
Xijron qaynaganda diydor soviydi,
Yashash mumkin ekan chalajon bilan,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Bevafo chiqdiku sabr, bardoshim,
Matonat olisdan meni koyiydi,
Ko’zimni tark etar har kuni yoshim,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Qaysi gunoh uchun jazoga kelding,
Yuragim nuraydi, sim-sim qonaydi,
Tangrim meni qo’lla, qayta yaratgin,
Sevmasdim, men buni bilsam qaniydi.
Yurakni tong bilan yuvsam qaniydi,
Ketmas tuyg’ularni quvsam qaniydi,
Rahm bilmas ekan ishq deganlari,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Qilmagandim axir hech kimni bezor,
Savollar ichimda darddek og’riydi,
Sevmoq tashvish ekan, ishq ekan ozor,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Go’yo aybdorman, goyo mag’lubman,
Muhabbat ruhimni yaxshi taniydi,
U sabab qanchalar tez ulg’ayibman,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kurashdim rashq degan g’alayon bilan,
Xijron qaynaganda diydor soviydi,
Yashash mumkin ekan chalajon bilan,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Bevafo chiqdiku sabr, bardoshim,
Matonat olisdan meni koyiydi,
Ko’zimni tark etar har kuni yoshim,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Qaysi gunoh uchun jazoga kelding,
Yuragim nuraydi, sim-sim qonaydi,
Tangrim meni qo’lla, qayta yaratgin,
Sevmasdim, men buni bilsam qaniydi.
Yurakni tong bilan yuvsam qaniydi,
Ketmas tuyg’ularni quvsam qaniydi,
Rahm bilmas ekan ishq deganlari,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
