18 subscribers
38 photos
16 videos
2 files
139 links
Download Telegram
Forwarded from ККРаб Работа🦀
Pullik videodarslar.

Shunday qilib, uzoq o'ylab, ushbu oy vaqtimni Blender bo'yicha pullik videodarslik chiqarishga bag'ishlamoqchiman. O'ylab ko'rsam, shu yo'l bilan ham mundayroq pul ishlab olaman, ham ko'pchilikka foydasi tegar ekan))

Hozirda 3D modellashtirish bo'yicha videokurslar juda qimmat, 100-150 dollar atrofida. (Balki arzonlari ham bordir, xabarim yo'q) Men esa, 20 dollardan taklif qilib, ko'proq auditoriyani qurshab olmoqchiman. Albatta, bu 20 dollar bilan professional modelyer bo'lib ketmaysiz, birinchi videokursni boshlang'ich daraja (beginner)ga olib chiqishga bag'ishlasam, ikkinchisini o'rta daraja (intermediate)ga bag'ishlayman. Shunday qilib, 20 doldirdan 40 doldir bo'ladi🤓.

Profi darajasini va'da qilolmayman, bunisi uchun kechirasizlar, lekin nasib qilsa, shu ikkala kursdan keyin o'z parvozingizni boshlab, bilmaganlaringizni oson o'rgana olish darajasiga chiqib olasizlar.

Demak, bu ikki kursda biz 3D modellashtirish haqida tushuncha, obyektlar yaratish va tahrirlash, modellashtirish, teksturalar, animatsiya, moshn-grafika kabi bir qancha bilimlarni egallaymiz.

Shuningdek, videokurs sotib olganlar uchun alohida guruh ochilib, u guruhda o'rganuvchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, o'z ishlarini bir-biriga maqtanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, u guruhda a'zolar so'ragan biror funksiyani o'sha guruhdagilarni ba'ri uchun tushuntirib berib boraman, ya'ni, "life-time support" bo'ladi))

Albatta, bu videokursni olmasdan, youtubedagi turli kanallardagi bepul darsliklardan yoki pullik kurslarni sotib olsangiz ham bo'ladi. Men ham o'sha pullik kurslardan o'rganganman, har xolda) Lekin men o'sha 10dan ortiq pullik kurslarni o'rganib chiqqan odam sifatida, ularni umumiylashtirib tushuntirib borishim mumkin bo'ladi))

Xullas, shunaqa gaplar. Agar oldindan sotib olmoqchilar bo'lsa, oldindan sotib olganlarga 20 foiz chegirma qilib beraman, keyingi kurs uchun esa 35 foiz chegirma olishadi)) Kurs tayyor bo'lishi bilan chegirma qilib berish to'xtaydi. Shunday ekan, shoshilinoradi))

Videokurs nasib qilsa, shu oy o'rtalariga tayyor bo'ladi. Qo'shimcha savollarni izohda yoki shaxsiy xabarda yozishingiz mumkin.

@TheAliBlog
Facebook, Whatsapp, Instagram va Messenger da uzilishlar kuzatilmoqda.
Forwarded from Haydarov Akbar's Blog
🔥 Assalomu alaykum Xayrli kech!
Bugun ulashmoqchi bo'lgan botimni bir oy o'ylab va bir oy avval boshlagandim va yaqinda tugatdim🤓 @kerakli_linklar_bot Bot o'zimga ma'qul keldi xuddi ko'nglimdagidek chiqdi Alhamdulillah

Lekin haligacha qanaqadir g'oylar keladi va shularni tugatmasam ko'nglim joyiga tushmay botni har kuni bir necha marotaba o'zgartiryapman...

lekin man tufayli kimningdir mushkuli yengillashsa shuni o'zi kifoya sizga ham botda foydalanib ko'rishni maslahat beraman zora sizga ham foydasi tegsa😊

https://t.me/HaydarovAkbar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Facebook endi Meta. Ijtimoiy tarmoq nomi o'zgarmaydi, faqat kompaniya. Endi asosiy urg'u AR va VR texnologiyalarga beriladi.

VR (virtual reality) - odamlar virtual dunyoga kiradi.
AR (augmented reality) - Virtual obyektlar real hayotga kiradi.


"Facebook" kompaniyasi nomini o'zgartirdi. Bugundan boshlab endi u "Facebook" emas, balki "Meta". Nomning o'zgarishiga asosiy sabab - kompaniya bir qator bir-biriga bog'liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg.

"Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o'rnini egallaydi", - deya da'vo qildi u.

Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog'liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi "Meta" bilan bog'liq bo'ladi.

"Meta"ning asosiy xizmati - "Facebook" o'z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o'zgarishi sizning "Facebook"dagi faoliyatingizga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi
— Dasturlash osonmi?
😭
​​Dunyoda IT sohasining rivojlanishini koʻrib, bizda ham barcha sharoitlarga ega, zamonaviy IT markazlar boʻlishini doim orzu qilardim. Yaqinda mana shunday zamonaviy “Astrum” IT akademiyasi Toshkent viloyatida oʻz faoliyatini boshladi. Bu akademiya 42-maktab gʻoyasi ruhida tashkil topgani haqida yozgandim. Bunday akademiyaning faoliyat boshlashi insonni xursand qiladi.

Bizga koʻpchilik iqtidorli, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlar ushbu akademiyada oʻqish uchun murojaat qilishdi. Biz jamoamiz va “Astrum” IT akademiyasi bilan kelishgan holda ularga grant ajratib, imkon berishga qaror qildik. Mikrokreditbank va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ham bu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Aynan shu maqsadda 1 500 000 000 soʻm mablagʻ ajratib, 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishni koʻzda tutuvchi yangi loyihani “Metsenat” bilan hamkorlikda e’lon qilamiz. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun @yoshlargrant_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 14-noyabr kuni yakunlanadi.

Ishonchim komilki, bu akademiyada oʻqigan yigit-qizlarimiz kun kelib, dunyo miqyosidagi yirik loyihalarni amalga oshiradigan, oʻzlaridan iz qoldiradigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishadi.

@alisher_sadullaev
Eng og'riqli mavzu men uchun Orol bo'lgan! Buni ko’rib og'zim lang ochilib qoldi! Butun bir boshli davlatni qurityapsizlar! Alloh oldida ertaga javob berasizlar!

P.s. Suratda Milliy bogʻning oʻzgarishi aks etgan.

👉 @abdusattor
Rezyume yozish

Rezyume sizni interivew'ga olib kirishga yordam beradigan eng yaxshi tashrif qog'oz. O'rtacha proffessional recruiter sizni rezyumeingizni ko'rish uchun 10 soniya vaqt ajratadi. Shu oz fursat ichida siz rezyumeingiz bilan interview'ga kirishga loyiq nomzod ekanligingizni isbotlashingiz kerak.

- Rezyume to'liq ingliz tilida bo'lsin va grammatika hatolarni grammarly'dan tekshiring.

- Rezyume juda ham sodda ko'rinishda bo'lsin. Ikonkalar, rang-barang va allambalo shriftlar umuman ishlatmang.

- Rezyume .pdf formatida bo'lsin. Chunki .rar, .doc formatidagi fayllar recruiter macOS ishlatadigan bo'lsa ocha olmaydi.

- Rezyume template generator'lardan umuman foydalanmang. Eng yaxshisi google docdan foydalanib pdf formatida yuklab olish.

- Qanchalar chiroyli bo'lsangiz ham rezyumega umuman rasmingizni joylamang. Birinchidan USA'da bu holat taqiqlanadi (diskiriminatsiya, ratsizmga oid masalalar). Ikkinchidan rasm juda ham ko'p joy egallaydi.

- Rezyumeda ikki yoki uchta bo'lim bo'lishi tavsiya qilinadi.

- Education bo'limi. Qaysi universitetda o'qiganingizni yozganingiz ma'qul. Va o'qish mobaynida erishgan natijalaringizni list shaklida yozing. Misol uchun 3.7+ GPA, Students Hackaton 1-o'rin va hokazo.

- Experience bo'limi. Asosan topshirayotgan ishingizga oid tajribalarni yozing, 7-sinfda to'yxonada ishlaganingizni emas. Har bir ish tajriba yozilganidan so'ng, list shaklida u yerda amalga oshirgan ishlaringizni yozing, bu eng muhim nuqta:

Shablon:
[x] narsani amalga oshirdim, [y] natijaga erishish uchun, [a, b, ...] texnologiyalardan foydalanib.

Misol:
1) Minimized performance tests of react app from 7.5ms to 2ms, by implementing memoization.
2) Created reusable components with TypeScript used by 5+ colleagues on average 50+ times.


Foydali linklar:

1) Google tavsiya qiladigan rezyume maslahatlar.
https://www.youtube.com/watch?v=zrXZBkYzuZo

2) Darkhonbek Mamataliyevning rezyume template'i.
https://github.com/darhonbek/resume_templates

3) Rezyume chat.
https://t.me/resume_review/3

#internship_to_junior

@inspired_engineer
Channel name was changed to «John's blog»
Forwarded from MohirDev.uz
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
Starting a new job and joining a new team can be hard for some people. Blending in is the tricky one for sure.

So with new members joining our family, we try to welcome them in the warmest ways possible, may it be going out for a meal or playing games.

Last weekend was not an exception either!

To get to know each other better (mostly to surface their darkest sides😄) we played “Mafia”. And it was fun to play this game with new people, you will know a lot about them and their personalities.

This especially helps to strengthen the bond between teammates.


“There is virtue in work and there is virtue in rest. Use both and overlook neither.”Alan Cohen

@techcells

LinkedIn | Website
Channel name was changed to «.»