1С 8.3 Дастурлаш асослари
1.21K subscribers
32 photos
46 videos
8 files
131 links
Leaders Group онлайн мактаби бепул видео дарсликлар канали.

1с 8.3 да дастурлаш асосларини нолдан бошлаб ўргатамиз.

Дарс ёки бирон хизмат бўйича мурожаат учун: @fazliddinuz

Фикр ва мулохазалар учун: @lgsupport_bot

👥 Chat gruppa @leadersgroup_chat
Download Telegram
​​Коронавирусдан сақланишнинг энг эффектив йўлларидан бири — ижтимоий масофаланиш (social distancing), яъни оммавий йиғилишлардан қочиш. Шу сабабли ҳам мамлакатлар мактабларда ўқишларни, йиғилишлар, концертлар, байрамлар, парвозларни тақиқлаяпти.

Ўзбекистонда катта навбатлар ҳақида хабарлар келяпти. Навбатда турганда ёнингиздаги одамлардан камида 1 метр масофада туринг. Бундай масофа вирус юқтириш эҳтимолини камайтиради.

Қуйида ижтимоий масофаланиш зўр тушунтириб берилган. Видео Канада телерадиокомпанияси томонидан тайёрланган.

@zambarakning_oqi
Forwarded from Mehrob.uz
"34 МИЛЛИОН ИСТИҒФОР" лойиҳаси

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

Бутун дунёни қамраб олган ва бизнинг юртимизга ҳам ўзини таъсирини ўтказаётган «COVID-19» вирусига қарши @mehrob_uz жамоаси "34 МИЛЛИОН ИСТИҒФОР" лойиҳасини бошладик.
Ҳар бир банда истиғфор айтишга муҳтож. Чунки унинг айблари, нуқсон-камчиликлари кўп.

🌟 Истиғфор айтиб мурод-мақсадига етганлар қанча? Тирноққа зор минглаб оилалар истиғфор туфайли фарзанд неъматидан барҳаманд бўлган.

🌟 Бошига оғир мусибат тушган одамлар истиғфор билан ғам-ғуссадан қутулган.
Истиғфор айтадиган киши қалбига хотиржамлик киради, дили равшан бўлади.

🌟 Истиғфор айтувчининг танаси касалликлардан халос бўлади, ризқига барака, хонадонига файз киради.

🌟 Истиғфорни канда қилмаган киши турли бало-офатлардан, машаққатлардан омон бўлади, солиҳ фарзандлар, ҳалол мол-дунѐ, фаровон турмуш неъмати билан ризқлантирилади.

Бизни ташвишга солиб турган бу балога қарши "34 МИЛЛИОН ИСТИҒФОР" лойиҳасида ҳар биримиз биттадан истиғфор айтсак, гуноҳларимизга товба қилсак, Аллоҳ таоло биздан бу балони тезда олади, ташвишларимизни аритади, мушкулларимизни осон қилади.

Истиғфор – тавба дегани.

"Астағфируллоҳ” дейишнинг ўзи ҳам истиғфор.

“Астағфируллоҳа ва атувбу илайҳ” ҳам истиғфор саналади.

Ўзбекистон аҳолиси 34 миллиондан ошди. Ҳар бир юртдошимиз биттадан
"Астағфируллоҳ" деса 34 миллионта истиғфор бўлади.

Бу лойиҳамиз 31 мартга қадар давом этади. Ким қанча истиғфор айтса саноғини қуйидаги линкка юбориши керак бўлади. 👇

👉 @istigfor_ayt 👈

Биз 31 мартда ҳисоблаб, Устозимиз Саййид Раҳматуллоҳ Термизий бошчиликларида балоларни даф этишини сўраб дуо қилиб ҳисобини (нечта бўлганини) сизларга етказамиз иншааллоҳ.

❗️ Сиз ҳам яқинларингизга эслатинг!. Шояд, сиз сабабли бир киши истиғфор айтса сиз ҳам савобига шерик бўласиз ва истиғфоримизни сонини биттага кўпайтирасиз.

Каналга уланиш👇
http://t.me/joinchat/AAAAAD-ZGmd7IsOe25QCpg
Forwarded from LEADERS GROUP
Assalomu alaykum, hurmatli do'stlar. Salomatligingiz yaxshimiz?

So'nggi sodir bo'lgan voqealar tufayli, ko'plab sohalar qatori o'quv markazlari ham o'z ishini to'xtatishga to'g'ri keldi. Shu sababli ko'pchilik onlayn ta'limga qiziqish bildiryapti.

Shu sohada tajribam borligi uchun onlayn maktab yaratish uchun eng yaxshi platformalardan biri haqida video tayyorlagandim. Marhamat ko'ring, balki Sizlarga ham asqotishi mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=KRSdbjrF0ew&list=PLMUxJfSELCOIEAnV99bwQcj02p_rhnJLE
​​Assalomu alaykum, do'stlar!

Biz bugun yana Sizlar uchun yangi video darslik tayyorladik. Aniqrog'i, Shaxsiy buxgalteriya darsliklarimizning davomini yozdik. Bugungi darslarda Siz qanday qilib muhim ma'lumotlarni beruvchi bosh sahifa hisobotini tayyorlashni o'rganasiz.

Doimgidek, Sizlarga qulay bo'lishligi uchun, darslarga ssilkani keltiramiz:

16- dars. Bosh Sahifa. Kassa bo'limi -
https://youtu.be/TRHtzExr1Mc

17- dars. Bosh Sahifa. Qarzdorlar bo'limi - https://youtu.be/pQVo5o0Yd6E

18- dars. Bosh Sahifa. Haqdorlar bo'limi - https://youtu.be/tTbU1n1K6L0

19- dars. Bosh Sahifa. Daromadlar bo'limi - https://youtu.be/OjdL53p67VU

20- dars. Bosh Sahifa. Xarajatlar bo'limi - https://youtu.be/m9NNlV9iqA8

21- dars. Bosh Sahifa. Svod bo'limi. 1- qism - https://youtu.be/w74BvFdxfNo

21- dars. Bosh Sahifa. Svod bo'limi. 2- qism - https://youtu.be/mwhIaXx8JHI

21- dars. Bosh Sahifa. Svod bo'limi. 3- qism - https://youtu.be/STRafUrZbY8

YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang. Yaqin kunlarda Shaxsiy buxgalteriya dasturimizning mobil versiyasini o'rgatuvchi darslarni boshlaymiz. Shunday ekan, albatta kanalga obuna bo'ling va qo'ng'iroqchani bosib, yangi videolardan o'z vaqtida xabardor bo'lish imkoniga ega bo'ling!

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Assalomu alaykum, do‘stlar. Video darsliklar ko‘rayotganlar uchun 2-3-4 darslarning vazifalarini quyifa tashlab qo‘yaman. 👇
Forwarded from LEADERS GROUP
Qadrli do'stlar!

Hozirgina YouTube kanalimizga 1C 8.3 platformasini kompyuterga o'rnatish haqida video darslik joyladik.
Marhamat, ko'rib chiqishingiz mumkin -
https://youtu.be/SWmX6sj77IY

Shuningdek, bizning dasturlahs kursimizning boshlang'ich darslari ham barcha uchun ochiq holatda turgan. Ya'ni, ertaga darslarimizning asosiy qismi boshlanguniga qadar shu darslarni ko'rib, undagi ma'lumotlarni o'rganib turish tavsiya etiladi.

Ayniqsa, hozirgacha biron bir dasturlash tili bilan ishlamagan o'quvchilarimiz albatta ko'rishlari shart. Chunki, darslar tushuntirilishi ketma-ketlikda yo'lga qo'yilgan bo'lib, har bir darsda o'rganilgan bilim keyingi darsda albatta kerak bo'ladi.

Xullas, quyidagi pleylistdagi darslarni boshidan boshlab diqqat bilan ko'rishni boshlang:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLMUxJfSELCOLHTGlNd6Kg8yzLrirUSLWE

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from LEADERS GROUP
Assalomu alaykum!

Kanalimizning hurmatli a'zolari - Sizlarga bir yangilikni aytmoqchimiz:
LEADERS GROUP onlayn maktabi dasturlash asoslari video darsliklarini nafaqat talabalarga, balki barcha uchun BEPUL berishga qaror qildi.

Endi Siz kim bo'lishingizdan qat'iy nazar bizning quyidagi manzilda joylashgan YouTube kanalimiz orqali dasturlash darslarini ko'rishingiz va yangi bilimlarni o'rganishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/playlist?list=PLMUxJfSELCOLHTGlNd6Kg8yzLrirUSLWE
Assalomu alaykum, do'stlar
Bugungi boshlangan kuningiz xayrli bo'lsin
Quyida Sizlarga darslarda qo'llanilgan va yana boshqa juda ko'p kartinkalarni tashlab beraman. Ular jami741 ta va istlalgan mavzuda konfiguratsiya qilishda katta foydasi tegadi.
Yana bir savol, bugun obeddan keyin darslar haqida savol javob qilsak nima deysizlar. Ya'ni kimda qanday qiyinchilik, tushunmovchilik bo'lyapti va uni qanday yechish mumkin - shu haqida gaplashamiz.
Forwarded from LEADERS GROUP
Bugun kechki payt soat 19:00 da darslar haqida telegram orqali savol javob qilimiz. Fikringizni bildiring.
Anonymous Poll
79%
Juda yaxshi bo'lardi
21%
Menga farqi yo'q
Forwarded from LEADERS GROUP
Xayrli kech do'stlar,

Demak, ko'pchilikning tanloviga ko'ra bugun 19:00 dan boshlab bir soat davomida @leadersgroup_gr guruxida darslar bo'yicha savol javob qilamiz.

Vaqtingizni rejalashtirib, albtata suhbatda qatnashing - Siz uchun foydali bo'lishiga ishonaman!

Hurmat bilan, Fazliddin.
Assalomu alaykum, qadrli do'stlar!

Hozirgina YiuTube kanalimizga yangi video yukladik. Unda juda ham foydali va har bir dasturchi bilishi kerak bo'lgan funksiya o'rgatilgan. Agar Siz shu darsda ko'rsatilganlarni amalda qo'llay olishni bilsangiz, mijozlaringiz vaqtini tejab qolishga erishasiz. Bu esa o'z navbatida Sizning ishingiz qiymatini oshiradi.

Xullas, quyidagi videoni oxirigacha diqqat bilan ko'rishni va o'rganishni tavsiya qilamiz:

https://youtu.be/OIM8EYb-f3k?sub_confirmation=1

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
​​Assalomu alaykum, qadrli do'stlar!
Boshlangan kuningi maroqli va foydali o'tishini tilaymiz.

Kechagi
video darsimizda rasshifrovkadan qanday foydalaniosh haqida gapirgan edik. Va unda Sizga bajarish uchun vazifa ham berilgan. Ishonamizki, ko'pchilik o'quvchilarimiz vazifani uddalashgan.

Quyida esa biz o'zimiz ana shu ishni qanday bajarish to'grisida video darsliklar tayyorladik.
Marhamat kirib, o'z ishingiz bilan tekshirib ko'rishingiz mumkin.

https://youtu.be/zObnNF6V2Rc

P.S. YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang
Forwarded from LEADERS GROUP
Assalomu alaykum, qadrli Do'stlar! Bugungi boshlangan kun barchamiz uchun xayrli va barokatli bo'lsin!

Mana bir oydan beri
YouTube xostingi orqali dasturlash darslarimizni barcha uchun ochiq qilib qo'ydik. Shu orada ko'pchilik darslarni ko'rib, bilmaganlarini so'rab o'rganishmoqda. Albatta bu juda yaxshi - chunki imkoniyat hamda vaqt borligida undan foydalanib qolish kerak.

Shuningdek, 1C platformasi haqida kam ma'lumotga ega bo'lgan insonlar ham borki, ular bu programmani o'rganish orqali qanday imkoniyatlarga ega bo'lishlarini his etishmayapti. Aks holda ular ham katta ishtiyoq bilian o'rganishgan bo'lar edi.

Umuman olganda bu normal holat - inson imkon qadar vaqtini behuda narsalarga sarflashdan tiyiladi, o'zi uchun foydali deb bilgan ishlarni esa o'z vaqtida bajaradi.

Xullas, menda bir taklif bor. Kelinglar YouTube xostingi orqali jonli video vebinar tahskil qilsakda, men unda Sizlarga o'zim haqimda, 1C platformasi, nega aynan bugun bu programmani o'rganish kerakligi, bu ish orqali qanday imkoniyatlarga ega bo'lish va qancha daromad qilish mumkinligi haqida so'zlab bersam.

Hozircha video vebinarni qachon o'tkazish ma'lum emas. Agar ko'pchilik qo'llab quvvatlasa, misol uchun, shu hafta oxirida o'tkazsak ham bo'ladi.
Siz bunga o'z munosabatingzini bildiring. Agar bu ko'pchilik uchun kerak bo'lsa albatta tashkillashtiramiz.

E'tiboringiz uchun tashakkur!
Hurmat bilan, Fazliddin Muihidtinov

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from LEADERS GROUP
Shu hafta oxirida YouTube orqali jonli vebinar qilish fikriga nima deysiz?
Final Results
70%
Juda zo'r ish bolardi!
18%
Menga farqi yo'q!
11%
Natijalarni ko'rish