1С 8.3 Дастурлаш асослари
1.21K subscribers
32 photos
46 videos
8 files
131 links
Leaders Group онлайн мактаби бепул видео дарсликлар канали.

1с 8.3 да дастурлаш асосларини нолдан бошлаб ўргатамиз.

Дарс ёки бирон хизмат бўйича мурожаат учун: @fazliddinuz

Фикр ва мулохазалар учун: @lgsupport_bot

👥 Chat gruppa @leadersgroup_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
016. OPTOMAL SAVDO. Kassadan kassaga pul utkazish

🔥 LEADERS-GROUP- bugun kechagidan kuchliroq!

@dasturlash1c
😎 Assalomu alaykum, qadrli do'stlar! Barchangizga bugungi dam olish kuningiz xayrli va maroqli bo'lsin!

👨‍💻OPTIMAL SAVDO nomli dasturimiz ko'pchilikka ma'qul tushdi. Ko'plab obunachilarimiz demo versiyani olib sinab ko'rishmoqda, o'ziga mos ekan deb hisoblaganlar esa sotib olishdi. Bularning bari bizni jdua quvontirdi.

☝️Shu o'rinda Sizlarga bir taklif bermoqchiman.

😱 Agarda Sizga kimdir OPTIMAL SAVDO kabi konfiguratsiyani qanday tuzishni boshdian oxirigahca o'rgataman desa nima qilgan bo'lardingiz?

📈 Misol uchun, shu konfiguratsiyani o'rtacha 2 500 000 so'mdan boshlab shu turishida sotyapmiz. Nimadir qo'shimcha qilish kerajk bo'lsa alohida xizmat haqi evaziga bajaramiz.

🤩 Endi Siz ham shu xunarni o'rganib, konfiguratsiya tuzib uni sotsangiz qanday zo'r bo'ladi-a, to'g'rimi?

👨‍💻 Xullas, men shu konfiguratsiyani noldan boshlab shu holatigacha qanday tuzish mumkinligi to'g'risida video dars tayyorlamoqchiman. Faqat bu Sizlar uchun qiziq yoki qiziqmasligini bilmoqchiman.

👇
Marhamat, vaqtingizni ayamay o'z munosabatingizni bildiring!

🔥 LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from LEADERS GROUP
😎 Assalomu alaykum, do'stlar.
🤩 Endilikda bizning video darslarni YouTube orqali ham kuzatib borishingiz mumkin!
🎁 Sizlar uchun yana bir yangilik bor!
🎯 Agarda o'zingizning shaxsiy hisob kitoblaringizni yuritish uchun dastur qidirayotgan bulsangiz, endi bunga hojat yo'q! Bizning BEPUL video dars orqali o'zingiz uchun 1C 8.3 da shunday dastur tuza olishingiz mumkin.
👨‍💻 Hoziroq YouTube kanalimizga kiring va dastlabki darslarni ko'rib chiqing!
📭 Kanalimizni kuzatib boring va keyingi darslarni o'tkazib yubormang!

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Assalomu alaykum, do'stlar!

YouTube ga Shaxsiy buxgalteriya dasturi bo'yicha yangi darsni qo'ydik. Bu darsda juda ham muhim mavzu - hujjatlar orqali bazaga ma'lumotlar yozish ko'rsatib o'tilgan.

Muhimligi shundaki, har qanday hisob kitob qilishdan maqsad, oxirida qandaydir hisobotlarni olish hisoblanadi. Hisobotlarni olish uchun esa bazaga ma'lumotlar aynan bizga kerakli tarzda yozilishi kerak.

Xullas, albatta ko'rishni tavsiya etaman.

Video bu yerda👉
https://youtu.be/tQi2-fM_pbE

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
#ShaxsiyBuxgalteriya

😎 Do'stlar, navbatdagi darsimiz ham tayyor bo'ldi

👨‍🏫 Bu darsda Siz qanday qilib Excelda yasalgan maket yordamida o'zingiz istagan shakldagi hisobot tayyorlash mumkinligini ko'rasiz. Misol tariqasida biz haqdorlar va qarzdorlar haqidagi hisobotni tuzamiz.

☝️ Bizni kuzatib boring, keyingi darslar Siz uchun yanada foydali bo'lishiga ishonamiz!

Video bu yerda
👉 https://youtu.be/iqlk74S5DBk

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
#ShaxsiyBuxgalteriya

😎Xayrli oqshom, do'stlar!

👨‍💻YouTube ga yangi dars qo'yildi. Bu darsimiz ham hisobot tuzish to'g'risida. Unda biz nafaqat hozir, balki istalgan o'tgan davr uchun pul mablag'lari qoldig'imizni bilishga imkon beruvchi hisobot yozdik.

☝️Ertangi dars esa xarajatlar svodi haqida bo'ladi.

Video bu yerda 👉 https://youtu.be/v3AdqtN115U

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!

P.S. Agar darslar bo'yicha qandaydir savol bo'lsa, video ostida kommentariyda yozing, albatta javob qaytaraman!
😎 Assalomu alaykum!

😉Taxmin qilganingizdek, navbatdagi darsimiz ham tayyor

👨‍🏫 Bu darsda ma'lum bir davr ichida qanday turdagi xarajatlar qilganimizni ko'rishni o'rganamiz.

🤪 Bilaman, bilaman - aynan shu narsa, ya'ni xarajatarni bilib turish va ularni nazorat qilish ko'pchilikning nozik nuqtasi.

☝️ Oldinga o'tib shuni aytishim mumkinki, keyingi darsimiz bundan ham qiziq bo'ladi. Unda biz aynan qaysidir bir turdagi xarajatning tarixini ko'rsatuvchi hisobot tuzamiz.

🎯 Shunday ekan, kanaldan uzoqlashmang. Do'stlaringizni ham taklif qiling!

Video bu yerda👉 https://youtu.be/--ueGGPBc2U

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
😎 Xayrli kun, do'stlar!

🤲 Barchangizga bugungi Juma kuni muborak bo'lsin!

👨‍🏫 YouTube ga yangi darsimizni joyladik. Unda Siz aynan bir xarajatning ma'lum bir davr ichidagi harakatini bilib olishni o'rganasiz.

⚡️ Shuningdek, qanday qilib bir hisobot turidan nusxa ko'chirib, yangi xisobot tuzish va vaqtdan yutish ham ko'rsatib o'tilgan.

🎯 Qisqasi, aqlli insonlar aytganidek, ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi!

👨‍💻Video bu yerda 👉https://youtu.be/WJdyLofWwSA

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!

P.S. Sizga bir sirni ochaman. Aslida video YouTube ga kecha oqshom soat 20 larda qo'yilgan. Kanalda esa bugun e'lon qilyapman. Shunday ekan, dasrlarni o'z vaqtida ko'rish uchun
YouTube kanalimizga a'zo bo'ling va bizni kuzatib boring!
Assalomu alaykum, qadrli do'stlar. Oqshomingiz xayrli bo'lsin.

Xabaringiz bor, Koronavirus balosi O'zbekistonga ham kirib keldi. Bugundan boshlab barcha ta'lim muassasalari ish faoliyati, turli sport o'yinlari va ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Tez orada balki strategik jixatdan muhim bo'lmagan tashkilotlarda ham vaqtincha ish to'xtatilish yoki masofadan ishlash tartibi boshlansa kerak.

Bu virus va unga bog'liq yangiliklar, undan qanday ximoyalanish, nimalar qilish va qilmaslik haqida juda ko'p kanallarda ma'lumotlar berilmoqda. Biz esa boshqa narsa haqida yozmoqchimiz.

Agar bilsangiz, Xitoy tilida barcha so'zlar qandaydir ierogliflarda ifoda etiladi. Misol uchun uy uchun alohida, kitob uchun alohida, quyosh uchun alohida ieroglif va xokazo. Lekin inqiroz hamda imkoniyat so'zlari bitta ieroglifda ifodalanar ekan. 👈Linkdagi maqolani o'qib buning naqadar to'g'ri yoki mubolag'ali ekaniga o'zingiz amin bo'lishingiz mumkin.

Lekin, men shaxsan o'zim so'nggi vaqtlarda ustozlardan olgan bilimlarimga asoslanib, ular tushgan qiyin vaziyatlar va bu holatdan qanday chiqib ketgani haqidagi hayotiy voqelardan xulosa qilib aytishim mumkinki, haqiqatdan ham inqiroz va imkoniyat holatlari doimo yonma yon turadi.

Har qanday inqiroz bu o'z ishingizni ilgarigidan boshqacharoq bajarishga, o'zingizni shaxs sifatida, mutaxassis sifatida yaxshilashga, irodangizni mustaxkamlashga, maqsadlaringiz, qadriyatlaringiz haqida bir o'ylab ko'rib, kerak bo'lsa, ularni yanada yaxshilariga o'zgartirishga bo'lgan imkoniyatdir. Faqat biz buni sog'lom aql bilan ko'ra bilishimiz va foydalanib qolishimiz kerak.

Aqidamizga ko'ra, barcha taqdir etilgan ishlar Allohning qo'lida, biz esa faqatgina bu taqdir bo'lgan ishga bo'lgan munosabatni tanlash imkoniga egamiz xolos. Shunday ekan keling, biz ham bugungi kabi xolatga nisbatan munosabatimizni o'zgartiraylik. Karantin tufayli bizda paydo bo'lgan bo'sh vaqtni turli vahimalar, noaniq ma'lumotlarni taxlil qilish bilan emas, balki biron foydali yumush bilan o'tkazaylik.

Eslab ko'ring, biron bir ishni anchadan beri qilmoqchisiz, lekin xech vaqt topa olmayotgan edingiz - mana Sizga o'sha vaqt. Qandaydir kitobni o'qishni niyat qilgansiz, lekin vaqt yo'qligidan bunga imkon topmagan edingiz - mana Sizga o'sha imkon. Qandaydir yangi bilimni o'rganishga qulay vaziyat bo'lishini kutayotganmidingiz - mana Sizga o'sha vaziyat.

Bugungi kunda internet tarmog'ida shu qadar ko'p ma'lumot yig'ilganki, istalgan savolingizga o'z smartfoningiz orqali joyingizdan jilmay javob topishingiz mumkin. Ayniqsa ta'lim o'lish imkoniyatlari misli ko'rilmagan tarzda kengaydi. Internet orqali o'zingiz istalgan soha bo'yicha onlayn darslarni topishingiz mumkin. Sizdan faqatgina ingliz yoki xech bo'lmasa rus tilini bilish hamda bilim o'rganishga ishtiyoq talab qilinadi xolos.

So'nggi paytlarda o'zbek tilidagi onlayn darslar ham tezlik bilan ko'paymoqda. Ya'niki, che tilini bilmagan taqdiringizda ham Sizda tanlov mavjud. Faqat biroz izlanib (masalan telegram orqali), o'zingizga mos darsni topsangiz bo'ldi.

Jumladan LEADERS GROUP onlayn maktabi ham aynan onlayn tarzda ta'lim berish uchun tashkil etilgan. Bzining kurslar yordamida hozirgi kundagi eng oson va tez natija beradigan - 1C dasturlash tilini o'rganishingiz mumkin. YouTube kanalimiz orqali bepul darsarni ko'rib, bu dasturlash tili chindan ham naqadar o'rganish oson va kam vaqt talab etilishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Xullas do'stlar, aslo vaximaga berilmang. Koronavirus tufayli paydo bo'lgan bo'sh vaqtingizdan nimadir yangi narsani o'rganish uchun imkoniyat sifatida foydalanib qoling! Zero bunday bo'sh va qulay vaqt Sizda boshqa bo'lmasligi mumkin.

🔥 LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Xayrli kun, do'stlar!

Allohga shukr, 1c platformasida qanday qilib mustaqil tarzda Shaxsiy buxgalteriya uchun dastur tuzish haqida BEPUL darslarimizni to'liq yozib tugatdik. Sizlarga oson bo'lishini ko'zlagan holatda, barcha darslarga bo'lgan havolani tartib bilan keltirib o'tmoqchimiz:

1- dars. Kirish - https://youtu.be/DBIQ58QwekQ
2- dars. Ma'lumotnomalar - https://youtu.be/Pa6u9L85ZBQ
3- dars. Hujjatlar. 1 qism - https://youtu.be/lG1MlCG43Zk
4- dars. Hujjatlar. 2 qism - https://youtu.be/4qVZaMF43PQ
5- dars. Hujjatlar. 3- qism - https://youtu.be/Ow45skYVQss
6- dars. Hujjatlar. 4- qism - https://youtu.be/fT-pwjD3fvQ
7- dars. Registrlarni tuzib chiqish - https://youtu.be/6xPTNca7uMs
8- dars. Hujjatlarda registrlar harakatini yozish - https://youtu.be/tQi2-fM_pbE
9- dars. Hisobotlar. Qarzdorlar va haqdorlar - https://youtu.be/iqlk74S5DBk
10- dars. Hisobotlar. Pul mablag'lari qoldig'i - https://youtu.be/v3AdqtN115U
11- dars. Hisobotlar. Xarajatlar svodi - https://youtu.be/--ueGGPBc2U
12- dars. Hisobotlar. Xarajat kartochkasi - https://youtu.be/WJdyLofWwSA
13- dars. Hisobotlar. Kassa jurnali - https://youtu.be/h5ik6fRGKxA
14- dars. Hisobotlar. Pul mablag'lari harakati - https://youtu.be/Ga4NY7GL2oQ
15- dars. Hisobotlar. Daromadlar svodi va kartochkasi - https://youtu.be/IxJ-k6tXSxQ

Allohdan barchamizga shu o'rganayotgan bilimlarimiz foydali va xayrli bo'lishini tilab qolaman.
Doimo sog' bo'linglar! Bundan oldingi postda aytilganidek, bugun bizlarda paydo bo'lgan bo'sh vaqtdan unumli foydalanish barchamizga nasib qilsin!

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from Times.uz
UZ: Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши коронавирус тарқалишининг олдини олиш юзасидан юртимиздаги мусулмонларга мурожаат ва чақириқ билан чиқди.

1.
Мамлакатда эпидемиологик вазият барқарорлашгунгача жума намозлари ўрнига уйда пешин намозини ўқисинлар. Шунингдек, беш вақт намозларни ҳам уйда адо этсинлар.

2. Жаноза намозлари вафот этганнинг яқин қариндошлари иштирокида хонадонларда ўқилсин.

3. Масжидларда намоз вақтини билдириш учун азон ўз вақтида айтилсин.

4. Мўмин-мусулмонлар имкон қадар касалликни тарқалишининг олдини олишга ўз ҳиссаларини қўшсинлар.

5. Ҳар бир мусулмон ибодатлар ва дуоларда Аллоҳ таолодан ушбу касалликни даф қилишини сўраб, ихлос билан илтижо қилишлари лозим.

6. Динимиз покликка буюрар экан, касалликнинг олдини олиш борасидаги Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан тавсия этилган кўрсатмаларга қатъий амал қилиш ҳар бир мусулмоннинг вазифасидир.

7. Карантин даврида масжидлар ва таҳоратхоналарда Соғлиқни сақлаш вазирлиги тавсиялари асосида даврий дезинфекция ишлари ўтказилсин.

8. Бундай вазиятларда озиқ-овқат, дори-дармон ва бошқа зарур воситаларни нархини ошириш, сунъий равишда тақчилликни юзага келтириш ҳамда аҳоли ўртасида турли ваҳимали хабарларни тарқатиш шаръан ҳаромдир.

❗️Ушбу фатво вирус аниқланган мусулмон мамлакатлар ҳамда бошқа ўлкалардаги йирик исломий ташкилотлар ва уламоларнинг ушбу масаладаги фатво ҳамда хулосаларини ҳисобга олган ҳолда қабул қилинди.

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
Assalomu alaykum, qadrli do'stlar!

Barchangizning bugungi kuningiz xayrli o'tgan deb umid qilamiz! Agar qandaydir ko;ngilxiraliklar sodir bo'lgan bo'lsa ham, aslo kuyunmang. Albatta sodir boo'layotgan barcha ishlardagi hikmat Allohning o'zigagina ayon. Balki bu voqeada Siz uchun biron naf bordir, faqat buni hozir ko'ra olmayabsiz.

Muallifi kimligi esimda yo'q, lekin hozir yodimga quyidagi satrlar keldi:
"Vaziyatlar insonlarni o'zgartirmaydi, balki ularning asl yuzini ochib beradi"

Menimcha, buni nega aytganimni tushundingiz: bugun kuni bilan taksichilarning yo'l kira narxini oshirgani, bozorda asosiy iste'mol maxsulotlari narxlari asossiz ko'tarilgani haqidagi xabarlar oqimi to'xtamadi. Xatto respublikamizning Markaziy telekanalida ham shu haqida teledebat bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, yaxshi xabarlar ham yo'q emas. Jumladan, Jizzaxlik nonvoylar narxni tushirgani haqidagi xabar ham ko'ngilni ko'taradi.

Xullas, qadrli do'stlar, Leaders Group onlayn maktabi ham shunday paytda insonlar uchun o'z imkoniyati darajasida yordam qilishga qaror qildi.

Qanday deysizmi? 1C 8.3 platformasida dasturlash asoslari video kursimizga katta chegirma e'lon qilmoqchimiz!

Agar Sizga bu qiziq bo'lsa, aynan qanday chegirma ekanligi haqida keyingi postda ma'lum qilamiz!

🔥LEADERS GROUP -
bugun kechagidan kuchliroq!
🎁 LEADERS GROUP onlayn maktabi 1C 8.3 da dasturlash asoslari kursiga 70% chegirma e'lon qiladi:
BEGINNER tarifi - 150 000 so'm!
ADVANCED tarifi - 300 000 so'm!

👨‍🎓 Bundan tashqari, ayni paytdagi vaziyatni hisobga olgan holda, talabalar uchun ushbu narxga yana 33% chegirma e'lon qilamiz:
BEGINNER tarifi studentlar uchun- 100 000 so'm!
ADVANCED tarifi studentlar uchun - 200 000 so'm!

🌏 BEGINNER tarifida Siz YouTube kanalimiz orqali video darslarni ko'rish imkoniyatini qo'lga kiritasiz. Video darsliklar ravon, tushunish uchun sodda tilda bayon etilgan. Siz o'zingiz mustaqil ravishda bemalol darsni ko'rib dasturlash ko'nikmasiga ega bo'lishngiz mumkin.

👨‍🏫 Dars jarayonida qiynalsangiz va Sizga alohida tushuntirish, texnik qo'llab quvvatlov kerak deb hisoblasangiz, u holda ADVANCED tarifi Siz uchun. Aynan shu tufayli, ya'ni Sizga alohida e'tibor hamda vaqt sarf etish zaruriyati tufayli narx qimmatroq hisoblanadi. Xullas tanlov o'ingizda.

☝️Agarda Siz chegirmani qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, quyidagi ikkita oddiy ishni bajarishingiz kerak:
1. 👨‍💻 YouTube kanalimizdagi Shaxsiy Buxgalteriya dasturi tuzish haqidagi BEPUL darslarni ko'rish.
2. 📭 Ushbu video dars haqidagi fikringizni bizning botga jo'natish: @lgsupport_bot

☝️Ya'ni, biz haqiqatdan ham ushbu dasturlash tilini o'rganishga qiziqqan insonlarga chegirma bermoqchimiz.

Ushbu narxlar sinov tariqasida joriy etildi va 23 mart kuniga qadar amal qiladi. Unda so'ng esa narxlar qayta ko'rib chiqilib, o'zgartirilishi yoki asl holiga qaytishi mumkin.

🤩 Dasturlash kurslari hali xech qachon bu kabi arzon bo'lmagan.
🎯 Shunday ekan imkoniyatdan foydalanib qoling!

🔥LEADERS GROUP
- bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from LEADERS GROUP
😎 Xayrli kech Do'stlar!

🙋🏻‍♂️Kursga chegirma e'lon qilagnimizdan keyin bizga ko'plab savollar kelib tushayapti. Qiziqish bildirganingiz uchun barchangizdan minnatdormiz.

📭 Eng ko'p beriladigan savollardan biri bu darslar qanday o'tilishi, qanaqa tushuntirilishi haqida bo'layapti.

☝️ Agarda Siz dars sifati va qanday tushitirilishi haqida tasavvur hosil qilmoqchi bo'lsangiz, bizning YouTube kanalimizga kirib quyidagi BEPUL videolarni ko'rishingiz mumkin:

1. Shaxsiy buxgalteriya tuzish bo'yicha TO'LIQ BEPUL video kurs.
2. Dasturlash asoslari kursidan boshlang'ich BEPUL darslar

👨‍💻Darslarni ko'rish davomida ham yana qandaydir savollar bo'lsa, @lgsupport_bot ga yozishingiz mumkin.

🔥LEADERS GROUP - bugun kechagidan kuchliroq!
Forwarded from bakiroo
Ҳар қандай кризис, у қандай омиллар воситасида шаклланган бўлса ҳам, янгиланиш учун старт ҳисобланади.

Бу давр эски хатоларни тан олиш, янги билимлар, янги малака, янги касб ўзлаштириш учун, биз йиллар давомида англамай келган инсонлар аслиятини билиш учун ажойиб имконият.

Дарвоқе, ўзингизни асранг, бу сизнинг ижтимоий масъулиятингиз!

@the_bakiroo
Forwarded from LEADERS GROUP
#UydaQoling

Assalomu alaykum, qadrli do'slar!
Barchangizni bugungi yangilanish bayrami Navro'z bilan tabriklayman!
Bayram munosabati bilan Sizlarga tinchlik, hotirjamlik va kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.
Forwarded from Hilol Nashr
#Yangilik #vahimasizkarantin #hilol_ebook

Hilol eBook дастурида барчаси бепул!

Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм!
Азиз юртдошлар, муҳтарам ватандошлар, диндош биродарлар! «Hilol-nashr» матбаа-нашриёти юртимизда карантин эълон қилингани муносабати билан Hilol ebook дастуридаги барча электрон ва аудио китобларни бир ой давомида бепул тақдим қилади.

«Hilol eBook» қандай дастур?

«Hilol eBook» электрон ва аудио китоблар дастури бўлиб, ушбу дастур орқали шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг барча китобларини юклаб олиб, ўқиш мумкин. Шунингдек, дастурдан Тоҳир Малик, Аҳмад Муҳаммад Турсун каби муаллифларнинг 300 га яқин электрон ва аудио китоблари ўрин олган.

«Hilol eBook» дастуридан дунёда энг кўп тарқалган Android, iOS, Windows, Mac ҳамда Linux (Ubuntu) операцион тизимларда ишловчи жиҳозларда фойдаланишингиз мумкин. Таъкидлаш жоизки, «Hilol eBook» дастури мазкур 5 та операцион тизимда ҳам баравар ишловчи Ўзбекистондаги биринчи дастурдир. Дастурда электрон китобларни кирилл ҳамда лотин алифбосида ўқиш мумкин.

Электрон ва аудио китоблардан бепул фойдаланиш учун дастуримизни юклаб олинг. Аввал рўйхатдан ўтганлар эса интернетга уланган ҳолда «Дўкон» қисмига ўтсалар кифоя.

▶️Hilol eBook дастурини юклаш

Марҳамат, ушбу дастурдан фойдаланиб, ўзингиз ва оила аъзоларингиз вақтини мазмунли ўтишини таъминланг. Аллоҳ таоло барчамизга сабр-матонат ато қилсин, бу синовлардан шараф билан ўтказиб, тез кунларда офият насиб қилсин!

@HilolNashr