Dastgir
120 subscribers
876 photos
194 videos
55 files
1.85K links
Hammasi o'tkinchi, o'zingni, o'zligingni angla!

Bog'lanish: @dastgirgamurojaat_bot


t.me/dastgir_music
Download Telegram
To'ti shunday qushki, hamma narsa qo'lidan keladi. Aytishlaricha, shunday to'tilar ham bor ekanki, hatto o'qishni ham bilarmish...

Chingiz Aytmatov, "Erta qaytgan turnalar" ©️

✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
Chingiz Aytmatovning "Erta qaytgan turnalar" qissasi o'quvchi tomonidan bir nafasda o'qiladigan asar. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, yozuvchi asarda ota va farzandlar o'rtasidagi munosabatlar hamda muhabbatni, urush davridagi front orti hayotning manzaralarini ko'rsatgan. Shaxsan men, 2 3 soat vaqtlaringizni ajratib ushbu qissa bilan tanishib chiqishlaringizni istardim...

✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ватанга содиқ хизмат қилган, ўз касбига фидойи, Сурхондарё вилояти божхона бошқармаси "Сариосиё" чегара божхона пости смена бошлиғи Қосимов Бекзод Жаҳонгировичнинг 36 ёшида бевақт вафот этгани муносабати билан унинг оиласи ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз.

Бекзод Жаҳонгирович ўзининг масъулияти, билими ва ҳушмуомалалиги билан ажралиб турарди. У спорт ва жамоавий тадбирларда фаол, сменасидаги ходимлар учун эса намунали раҳбар эди.

Марҳумнинг хотираси ҳамкасблари қалбида мангу яшайди.

Сурхондарё вилояти божхона бошқармаси
✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Qotillik qilganligi uchun qatl qilish jinoyatning o'zidan ko'ra ham og'irroq jazo. Hukm o'qish yo'li bilan qilinadigan qotillik qaroqchilik yo'li bilan qilinadigan qotillikdan ko'ra beqiyos daxshatliroq. Qaroqchilar tomonidan o'rmondami yo boshqa biron yerda so'yiladigan odam oxirgi daqiqagacha albatta hali qutulib ketishim mumkin, deb umidvor bo'ladi. Kekirdagi kesilgan chog'da ham odam hamon umidini uzmaydi, yalinadi, yolvoradi, qochishga urinadi, shunday voqealar bo'lgan, bunga misollar bor. Boyagi holda esa odamning o'lishini o'n baravar osonlashtiradigan o'sha so'nggi umid, ilinjni muqarrar suratda tortib oladilar; buning ustiga hukm deng, hukmning muqarrarligi, undan qochib qutulib bo'lmasligi hammasidan ham daxshatliroq azob beradi, yorug' jahonda bundan ko'ra qattiqroq qiynoq yo'q...

Fyodr Dostoyevskiy, "Telba" ©️

✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Odamlarning aqli ko'zida bo'ladi va ko'rinishiga qarab baho berishadi va bir-birlaridan hech o'xshashlik topmaydilar, bu hammasi yalqovlikdan tug'iladi...

Fyodr Dostoyevskiy, "Telba" ©️

✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
Haus, sen zo'r shifokorsan, lekin, 100 million dollar turmaysan...

"Doktor Haus" ©️

✈️Dastgir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📋 🇺🇿 O‘zbekiston chempion!

O‘smirlar jamoamiz U-17 Osiyo kubogi-2025 turniri g‘olibi 🌟#U17

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan Football Association
📋 🇺🇿 O‘zbekiston chempion! O‘smirlar jamoamiz U-17 Osiyo kubogi-2025 turniri g‘olibi 🌟#U17 ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Ikki kishi kam bo'lib o'ynagan jamoamiz Osiyo chempioni. Finalda raqiblarini hakamlarga qo'shib mag'lub qilishdi. Ushbu g'alaba o'zbek futboli hamda o'zbek mentialitetining buyuk namunasi. Hali bu g'alaba bizni ko'p g'alabalarga yetaklaydi Xudo xohlasa...

Ps:) Futbolga milliardlarni tikayotgan Saudiyaliklar bugungi o'yindan so'ng mamlakat futboli infratuzilmasini jiddiy ko'rib chiqishlari kerak. Chempionlik muborak O'zbekiston.
👍1
Forwarded from Dastgir
Bugun bir qiziq ish bo'ldi, shunday do'konga to'xtasam bir bolakay bir o'zi do'kon yonida to'p tepib turibdi. Nimagadir aynan shu holat tersiyati o'zgarayotgan zamonda ko'zimga o'zgacha bir qadrli ko'rindi va tabiiyki men bolakay bilan ozgina futbol haqida suhbatlashishga qaror qildim. "Ukatoy futbolga qiziqar ekansan, qaysi futbolchining muxlisisan?" deb so'radim. Bolakay, "Aka men Mbappe, Holland undan kuchliligini bilsam ham, Jamal Musialaga muxlislik qilaman, o'yini yoqadi", dedi. Hayron bo'ldimda, "Iya, Ronaldoga yoki Messiga muxlislik qilmaysanmi?", deb so'rasam, "Aka, ular balki men tug'ulmaganimdan oldin yaxshiroq o'ynagandir biroq hozir ular futbol uchun qariya-ku", dedi. "Hop, charchama", dedimda mashinaga o'tirdim... Ushbu kichkinagina epizod 2 narsani yodimga soldi... Rahmatli bobom bilan endi endi futbol ko'ra boshlagan paytlarim David Bekhem Milan'da o'ynar edi, bobom Beks'dan qanaqadir bir olamshumul o'yin kutardilar, har safar to'pga teginganida boshqacha ishtiyoq bilan tomosha qilishni boshlar edilar... Biroq, Bekhem o'sha vaqtlar mening tasavvurimda absolutno hech narsani qoyil qila olmaydigan, o'yin tizginini o'zgartirishga urinayotgan biroq, jismoniy imkoniyatlari bunga yo'l qo'ymayotgan oddiy qariya futbolchi edi... Tog'ay Murod aytganidek zamon shunday ekan, zamon har davrning o'z zo'rlarini yarataverar ekan... Yodimga tushgan ikkinchi narsa esa, bugun Rahmatli bobomning tug'ulgan kunlari edi, men katta nevaraman, bobom bilan ongli ravishda ulg'aygan yagona nevaraman. Otam tomondan ham, onam tomondan ham bobomdan boshqa hech qaysi qarindoshim futbolga qiziqmas edi, biroq bobom meni futbolga qiziqtirganlar. Oddiy futbol qoidalaridan tortib tokay jahon chempionatlari tarixigacha suhbatlashganmiz. Dadam va onam eslaydilar, qishloqda bo'lmasam biror o'yinni bobom bilan ko'rishga kelishganimizda 15 daqiqalik tanaffusda bobom bilan 1 - taymdan xulosalarimizni o'rtoqlashar edik, shu darajada futbol bizni yaqinlashtirgan edi... Bobom vafot etganlaridan keyin ilk marta bir o'zim futbol ko'rganim esimda, o'shanda bir narsani his qilganman, futbol bu menga bobomdan qolgan eng katta meros ekan... O'shandan beri futbol men uchun yuqoriroq darajada qadrlidir... Ukamni futbolga qiziqtirdim, Xudo xohlasa ertaga o'g'limni ham futbolga qiziqtiraman. Zero, ular ertaga futboldan zavq olishsa yoki futbolda bo'ladigan dramatik holatlardan o'z hayotlariga nimadir ola bilishsa, ular futbolni tushunishlariga asl sababchi inson sifatida ukam uchun bobosi yoki o'g'lim uchun dadasining bobosi ekanligini his qilishadi va bobomni albatta eslab duo qilishadi... Alloh o'tkanlarimizni oxiratlarini obod qilsin...

Ps:) Ushbu postda gaplar balki chok chokiga tushmagandir. To'g'ri tushuning men bu gaplarni bazo'r yozdim...


Murodjon Sharopov ©️

t.me/dastgir_me
🔥3
Bugun 2025 yil 5-iyun. Va aynan bugun milliy futbolimiz tarixidagi eng muhim o'yinda termamiz safarda BAAga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvdagi hattoki durrang ham bizni yillar davomida kutilgan mundialga olib chiqadi. Biz hech qachon jahon chempionatiga bu qadar yaqin kelmaganmiz. Sanani boshida bekorga eslamadim Xudo xohlasa aynan shu sana futbolimiz tarixida oltin harflar bilan yozib qo'yiladi. Xudo xohlasa, bugun mundialga chiqiladigan kun!

t.me/dastgir_me
Forwarded from Birburchak
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 13-avgust. Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning tugʻilgan kuni. Videodagi she’rni har eshitganimda ichim titraydi, tomigʻim achishadi…

U mana shu kabi yuraklarni zirqiratadigan yuzlab she’rlari sabab xalq shoiri boʻlgan. Umri uzoq boʻlsin ilohim!

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dastgir (Murodjon Sharopov)
Duppa-durust yozuvchilarning manfaat va mukofotlar yo'lida qilpanglab ijod qilishlari meni uyaltiradi. Adabiyot buzuq ayoldek sotilmasligi kerak. Adabiyotning Parvardigor tomonidan berilgan vazifasi borligini his qilmog'imiz zarur...

Usmon Azim ©️

Ps:) Adibimiz Usmon Azimning ushbu satrlarini o'qib turib, "Yangi O'zbekiston strategiyasi", "Mahallabay ishlash tizimi, "Inson aziz" degan "she'rlarni" yozgan aka esimga tushib ketti negadir...

t.me/dastgir_me
🔥1
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq.
Jonim, qalbim she'riyatning pichog‘ida...
Zamin — tilsim, osmon — tilsim... she'r — beshafqat!

Men qiynaldim. Hayolimning qanotida
Dengizlarni ko‘targancha tolib uchdim.
Yulduzlarni ko‘p ko‘rganman hayotimda,
Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim.

Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jonim aro...
Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror! Hayrat ichra o‘ldirgusi meni samo,
Ona zamin, ucha qolay, qo‘yib yubor!

Men yor dedim... Laylimi yo, Shirinmi yo!
Yoki endi tug‘ilajak biror malak?
Mana, men, deb ko‘z oldimda bo‘ldi paydo,
Mana, men, deb she'rdan boqdi yakto yurak.

Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq,
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
She'r yozilar... Qiynoq, senga bo‘lsin sharaf,
Jonim, qalbim she'riyatning pichog‘ida...

Hali butun ro‘yi jahon she'r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini —
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she'riyatning pichog'ini!...


Usmon Azim ©️

t.me/dastgir_me
👍21
Inson tabiatida afsonalar to'qishga ishtiyoq kuchli bo'ladi. Shuning uchun ham odamlar o'zlariga o'xshagan kishilarning hayoti to'g'risida hammani hayron qoldiradigan va sirli hikoyalar to'qishga intilishadi. Keyinchalik o'zlari to'qigan afsonalarga o'zlari ham ishonib qolishadi. Bu o'rtamiyona hayotga qarshi romantikaning isyonidir...

Somerset Moem, "Oy va sariq chaqa" ©

t.me/dastgir_me
👍1🔥1
Aksariyat odamlar boshqalarning men to'g'rimdagi fikrlariga e'tibor bermayman, deyishganda ko'pincha o'zlarini aldashadi. Odatda, ular o'zlari xohlaganday ish yuritishadi va bu tufayli ularni hech kim tentaklikka yo'ymasliklariga umid qilishadi. Ba'zida esa ko'pchilikning fikriga qarshi ish tutishadi, zero, bu holatda o'z yaqinlarining istagiga muvofiq ish yuritgan bo'lishadi. Agar ma'lum rasm-rusumlar do'stlaringiz tomonidan qabul qilingan bo'lsa, ularni pisand qilmaslik unchalik to'g'ri emas. Bu holatda odam o'z shaxsiyatiga haddan tashqari e'tibor bergan bo'ladi. O'z jasoratiga mahliyo bo'lib xavf-xatar tuyg'usini unutib qo'yadi. Lekin mashhurlikka intilish ishtiyoqi madaniy odamlarning hech qachon so'nmaydigan eng jo'shqin ishtiyoqidir. Atrofdagilarning fikri men uchun sariq chaqa, deb ishontirmoqchi bo'lganlarga ishonmayman. Bu quruq maqtanchoqlik, xolos...

Somerset Moem, "Oy va sariq chaqa" ©

t.me/dastgir_me
🔥3
Go‘shtdek juda muhim mahsulot narxi odamlar qozoniga og‘irlik qiladigan darajada bo‘lib ketishining oldini olish shart. Go‘sht do‘konga kirganimda kichkina bolachalar «20 mingga go‘sht bering, 30 mingga go‘sht bering», deyishini eshitib, ularning oldida o‘zimni aybdor his qilaman. Ko‘z o‘ngimda millatdoshlarim go‘sht yeyishga qiynalayotganini ko‘rish juda og‘ir. Onalar o‘zlari buncha oz pulga go‘sht olishga uyalib bolalarini qassobxonaga yuborishadi. Mulozimlar xalqning qozonida nima qaynayotganini bilarmikin? Odamlar grammlab go‘sht olayotganini-chi? Janob, Aktam Haitov, o‘rta qatlamdagi xalqimiz ko‘p go‘sht yemayapti, yeyolmayapti...

O‘tkir Jalolxonov ©

t.me/dastgir_me
🔥32