Daryo — LIVE
63.3K subscribers
54.9K photos
13.2K videos
71 files
49.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Said Rustamov 2019-yil oktyabrdan beri O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uch farzandim uchun turmush o‘rtog‘im yashashi kerak” — qashqadaryolik ayol turmush o‘rtog‘ini davolatish uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

“Davolashning imkoni bor. Bemorni zudlik bilan Hindistonga olib kelinglar”, deyishdi. Ammo xorijda o‘tkaziladigan operatsiya 23-25 ming AQSh dollariga o‘tkazilar ekan, — deydi bemorning turmush o‘rtog‘i Lobar Qodirova

Erkin Usmonovga xayriya qilishni istasangiz,

💳 8600 0424 7621 3078 (Usmonov Erkin XXX)

📞 Murojaat uchun: +998 99 527 90 06

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga joʻnab ketdi.

@daryo_live
Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev Bishkekda uchrashdi

Suhbatning asosiy mavzularidan biri Qorabog‘dagi vaziyat bo‘ldi.

@daryo_live
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi:

Nurmat Otabekov —
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

Botir Qurbonov — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga;

Qobil Hayitov — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga.

@daryo_live
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahri aholisini 24 soat ichida janubga ko‘chishga va “HAMAS uchun tirik qalqon bo‘lmaslikka” chaqirdi

BMT evakuatsiya talabini imkonsiz deb atadi.

@daryo_live
Fargʻona xalqaro aeroportida kuchli shamol tufayli Uzbekistan Airways reysi ekipaji Namangandagi muqobil aerodromga qo‘ndi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Haligacha suv – Xudoning ne’mati-ku, nega pul to‘lashimiz kerak, deydigan yurtdoshlarimiz bor","O‘zsuvta’minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov

Uning ma’lum qilishicha, respublika bo‘yicha ichimlik suvidan qarzdorlik 1 trillion 360 milliard so‘mdan oshdi. Toshkent shahridagi qarzdorlik 250 mlrd, Toshkent viloyatida esa 140 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud. Bu summa yillar davomida shakllanib kelgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovonida qor yogʻishdan toʻxtagan. Yoʻllar ochiq — YHXX

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunda G‘azo yana bombardimon qilindi

Isroil armiyasi HAMASning 750 ta obyektiga zarba berganini da’vo qilmoqda.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

@daryo_live
Afg‘oniston shimolidagi ayrim hududlarda zilzila sodir bo‘ldi

Amerika Geologiya markazi zilzila intensivligini 4,7 ball deb baholadi. Zilzila markazi Puli Xumri shahri ekani aytilmoqda.

“Tolibon” rasmiylari yangi zilzila haqida OAVga izoh bermadi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Temir gumbaz” qanday ishlaydi?

Falastin — Isroil mojarosida HAMASning Isroilga yo‘llagan minglab raketalari “Temir gumbaz” himoya tizimi orqali qaytarilmoqda. Xususan, raketalarning aksariyati havodayoq yoʻq qilinmoqda. “Temir gumbaz” oʻzining 90 foiz samarali ekanini koʻrsatgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida oʻtayotgan MDH sammiti doirasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shahri aholisini 24 soat ichida janubga ko‘chishga va “HAMAS uchun tirik qalqon bo‘lmaslikka” chaqirdi BMT evakuatsiya talabini imkonsiz deb atadi. @daryo_live
HAMAS Isroilning evakuatsiya haqidagi talabini “psixologik urush” deb atadi va G‘azo aholisidan uylarini tark etmaslikni so‘radi

“Bosqinchilar fuqarolar o‘rtasida sarosima uyg‘otib, ichki frontimiz barqarorligiga putur yetkazish maqsadida turli yo‘llar bilan yolg‘on targ‘ibotni yoyish va ko‘paytirishga harakat qilmoqda”, — deyiladi HAMAS bayonotida.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hirotda minglab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng, aholi uyga kirishga qo‘rqib, ochiq osmon ostida yashamoqda

“Birinchi zilzila sodir bo‘lganidan keyin oxirgi besh-olti kundan beri shu yerda (yo‘lda) yashayapmiz, chunki uylarimiz yetarlicha mustahkam emas. Yana zilzilalar bo‘lishidan qo‘rqib, shu yerda qoldik”, — deydi hirotlik Barat Ali

@daryo_live