Daryo — LIVE
70K subscribers
44.5K photos
10.2K videos
61 files
42K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
🔥 Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyadan sotib olinadigan gaz narxi oshkor qilinmasligini aytdi

O‘zbekiston joriy yil 1-oktabrdan Rossiyadan kuniga 9 million kubometr tabiiy gaz import qila boshlaydi. Ammo Rossiya gazi necha puldan sotib olinayotgani ochiqlanmayapti.

"Narxni oshkor qilolmaymiz, chunki bu – ikki tomonlama shartnoma”, — deya ma'lum qilgan Mirzamahmudov.

@daryo_live
❗️ “Issiqda muzdek suv ichish organizm uchun stressdir— shifokor Hilola Jamilova

“Jazirama payti tana o‘zini tabiiy sovitishi natijasida ko‘p terlaydi. Sovuq suv ichganda esa organizm uni isitishga majbur bo‘lib, ikki hissa ko‘p energiya sarflaydi. Oqibatda tana sovish o‘rniga yanada qiziydi. Bu esa organizm uchun stressdir. Qolaversa, jazirama kunlari muzdek suv ichish ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Birinchi galda sovuq ichimlik ovqat hazm qilish tizimiga salbiy taʼsir etadi”.

@daryo_live
Shifokor Hilola Jamilova:

Muzdek suv isteʼmol qilish qon tomirlarini toraytirib, organizmda ovqatning qayta ishlash jarayonlarini sekinlashtiradi

Sovuq suv yog‘li taomlar bilan birga ichilganda yog‘ning organizmga so‘rilishi qiyinlashadi.

Sovuq ichimlik tanada ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan fermentlar ishlab chiqarilishini bloklab, immunitetni pasaytiradi”.

@daryo_live
Texasda migrantlarni to‘xtatish uchun to‘siqlar o‘rnatila boshlandi

Bu haqida Texas gubernatori Greg Abbott ma’lum qildi.

@daryo_live
Parij chekkasida politsiya tomonidan deyarli 300 kg pirotexnika musodara qilindi

Bir kun avval mamlakat shimoli-g‘arbidagi Bretanida, 6-iyul kuni esa Il-de-Frans tumanida 2,7 tonna pirotexnika vositalari musodara qilingan edi.

@daryo_live
SpaceX orbitaga 48 ta Starlink internet sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi

Bu Starlink loyihasi doirasida 2019-yilning may oyidan beri internet sun’iy yo‘ldoshlarining 92-marta, joriy yil boshidan beri esa 23-marta uchirilishi bo‘ldi.

@daryo_live
Avraam Linkolnning fuqarolar urushi davridagi maktubi 85 000 dollarga sotildi

Bungacha maktub 100 yildan ortiq shaxsiy kolleksiyada bo‘lgan, 2023-yil boshida u Raab kolleksiyasi tomonidan sotib olingan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘qayevning e’tirozi, migrantlarga yordam va serg‘alva Leps – hafta dayjesti

- Yaxshi qo‘shnichilik qanday bo‘ladi?
- To‘qayev nimadan norozi bo‘ldi?
- Odam o‘ldirgan “melisa”lar
- Lepsning konserti bekor bo‘ldi

👉 Videoni ko'rish

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suvni tejang, u hayot manbayi

“Bozorda hamma narsa qimmat” deyishni bilamiz-u, kundalik hayotda oddiy burchlarimizni unutib qo‘yamiz.

“Daryo Cinema” jamoasi ichimlik va oqava suvni tejash va atrof-muhitni asrab avaylash bo‘yicha videorolik suratga oldi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 9-iyul —Oʻzbekistonda prezidentlik saylovi kuni.

Erta tong soat 08:00 da aholi prezidentlikka nomzodlarga ovoz berish boshlanadi.

“Daryo” muxbiri jarayondan lavha tayyorladi.

✔️ Saylovda ovoz berish soat 08:00dan 20:00gacha oʻtkaziladi.

🗺 Saylov uchastkangizni aniqlash uchun quyidagi havolaga oʻting.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda prezidentlik saylovi boshlandi

Videoda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Paxtakor” mahallasi, 751-saylovda ovoz berish jarayonlari boshlanganini ko‘rish mumkin.

“Daryo” muxbirlari hududlarda bo‘lib, saylov jarayonlarini kuzatmoqda.

@daryo_live
Sirdaryo viloyati hokimi prezidentlik saylovida ishtirok etdi

Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoliklar prezident saylovida faol ishtirok etmoqda

Chiroqchi tumani markazidagi Madaniyat markazida tashkil etilgan 815-saylov uchastkasida 2852 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan.

Ayni vaqtda tuman aholisi o‘z fuqarolik burchini ado etish maqsadida saylov uchastkasiga borib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.

@daryo_live
Surxondaryo viloyati hokimi ham prezidentlik saylovida ishtirok etdi

Ulug‘bek Qosimov erta tongdan Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 20-saylov uchastkasida bo’lib, prezidentlik saylovida ko‘rinish berdi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov prezidentlik saylovida o‘zi yoqlagan nomzodga ovoz berdi

“Allohdan umid qilamizki, bugun biz tanlagan nomzod yurtimiz obodligi, vatanimiz taraqqiyoti va yoshlarimiz baxtu–saodati uchun xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘kdala tumani hokimi Xurram Jo‘rayev va aholi prezidentlik saylovida faol ishtirok etmoqda

Videoda tumanning “Ko‘kdala” mahallasidagi 761-saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonlari tasvirlangan.

@daryo_live
Kanadada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

So‘nggi olti kunda mamlakatda aniqlangan o‘rmon yong‘inlari soni 730 dan ortib ketdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video: Duoga qo‘l ochib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berayotgan fuqaro

Video Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi 8-saylov uchastkasida tasvirga olingan.

@daryo_live