Daryo — LIVE
63.2K subscribers
54.9K photos
13.3K videos
71 files
49.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Polsha Janubiy Koreyadan K2 Black Panther tanklarining navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi

Mamlakat 2022-yili 180 ta jangovar mashina uchun shartnoma imzolagan edi. Shu yil boshida polyaklar yana 180 ta tank buyurtma berishi ma'lum bo‘ldi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fredirix Mers 5-iyun kuni kansler sifatida ilk bor Vashingtonga keldi. Ishchi tashrif doirasida AQSH prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi

Germaniya kansleri 6-iyun Ittifoqchi kuchlar Normandiyaga desant tushirgan kun ekanini eslatdi. Donald Tramp esa bu Mers uchun yoqimli kun emasligini ta'kidladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva jamoat transportida dronlar hujumi vaqti himoyalanish uchun boshpanalar haqida video qo‘llanmalar namoyish etilmoqda.

@daryo_live
Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasidagi sovuqchilik sabab Tesla aksiyalari keskin quladi

Kompaniya bir kun ichida 150 milliard dollar yo‘qotdi. Bu Tesla uchun uning tarixidagi eng yomon kundir.

@daryo_live
Ilon Mask Tramp bojlari sabab AQSH iqtisodi yilning ikkinchi yarmida retsessiyaga kirishini ta'kidladi

Bu tadbirkor va Oq uy rahbari o‘rtasida ziddiyat kuzatilayotgan bir vaqtda yuz berdi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bugungi muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman!

Ushbu qutlug‘ kunning sharofati ila butun olamga mehribon Allohning rahmati yog‘ilsin, dunyoda tinchlik, osoyishtalik qaror topsin. Har birimizning ezgu orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin.

Sizga baxt-saodat, sog‘lik-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayzu baraka tilayman.

Ayyom muborak bo‘lsin!” - Saida Mirziyoyeva

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qadrli vatandoshlar!

Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy tabriklayman.

Alloh yurtimizga osoyishtalik va farovonlik, qalblarga xotirjamlik, har bir oilaga baxt, har bir xonadonga qut-baraka ato etsin.

Baxtimizga duogo‘y ota-onalarimiz sog‘-omon bo‘lishsin.

Bayramingiz muborak!” - Komil Allamjonov

@daryo_live
Aksariyat ukrainaliklar urush qancha davom etsa, shuncha sabr qilishga tayyor — KIIS so‘rovi

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 60 foizi "qancha kerak bo‘lsa, shuncha chidaymiz" deb javob bergan. Urush faqat bir necha oy yoki undan biroz ko‘proq davom etadi deb hisoblovchilar esa atigi 20 foizni tashkil etgan.

@daryo_live
Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga BYD Champion mashinalari sovg‘a qilinadi

Temur Kapadze jamoasi saralashining 9-turida BAA bilan durang o‘ynab, mundialning final bosqichi chiptasini qo‘lga kiritdi.

@daryo_live
Eron Xitoydan 800 ta raketa uchun yetadigan xomashyo buyurtma qildi

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Tehron o‘z raketa arsenalini to‘ldirish uchun minglab tonna ammoniy perkhlorat sotib olgan.

@daryo_live
Rus armiyasi Dnepropetrovsk viloyati chegarasiga chiqishiga yarim kilometr qoldi

Deep State loyihasiga ko‘ra, rossiyaliklar Troytske yo‘nalishida ilgarilagan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Belgorod viloyati gubernatori joylashgan bino dron hujumiga uchradi

Gubernator Gladkov avvalroq nishonga olingan Oktyabr tuman sudini ko‘zdan kechirayotgandi. Shu vaqt u joylashgan binoga yana bir kamikadze dron kelib urildi.

Amaldorga zarar yetmagan. Biroq guvohlarga ko‘ra, yaqin atrofdagi mashina haydovchisi jarohatlangan.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Sport24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston MTJ vakillari vatanga yetib keldi

Toshkent aeroportida ularni Hukumat rahbari, O‘FA prezidenti va MOQ rahbariyati vakillari kutib oldi.

Aʼzo boʻling 👉 @Daryo_Sport24