Daryo — LIVE
63.3K subscribers
54.8K photos
13.2K videos
71 files
49.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Samarqandda transformator yonib ketdi

Ushbu hodisaga transformatorda ortiqcha yuklanish sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Dori ichdim, tarkibida spirt bor ekan bilmagandim. Mening dardlarim bilan hujjatlarim bor”. Samarqanddagi reyd tadbirlari davomida spirtli ichimlik iste’mol qilib avtomashina boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi.

@daryo_live
🇺🇿🇷🇺O‘zbekistondan Rossiyaga yangi aviaqatnovlar qo‘yilmoqda

Shuningdek, Toshkentdan Moskvaga qatnov haftasiga 6 tagacha ko‘paytiriladi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 361 kg eshak go‘shti to‘xtatib qolindi

Haydovchi go‘sht o‘ziga tegishli emasligini, aytilgan manzilga olib ketayotganini aytgan.

@daryo_live
☀️ Bugun 34-39 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi. Tog‘li hududlar ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Tramp 12 ta mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

Ular qatoriga Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolari kiradi.

Qaror “xorijiy terrorchilar” va boshqa xavfsizlik tahdidlaridan himoyalanish maqsadida qabul qilingan. U 9-iyundan kuchga kiradi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi

DXX yer maydonlarini jami 500 ming dollardan ortiq mablag‘ga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan 4 kishi ushlanganini ma‘lum qildi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

Prezident farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Tramp 12 ta mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi Ular qatoriga Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolari kiradi. Qaror “xorijiy terrorchilar” va boshqa xavfsizlik tahdidlaridan…
Tramp 7 ta davlat fuqarolariga AQSHga kirishni qisman chekladi

Ro‘yxatda Turkmaniston, Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo va Venesuela bor. Trampga ko‘ra, to‘liq va qisman taqiq kiritilgan davlatlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi va unga yangilari qo‘shilishi mumkin.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

Ostonadan Chimkentga ketayotgan avtobusning motor qismida yong‘in chiqqan. Qutqaruvchilar 34 nafar yo‘lovchini, jumladan, 5 nafar o‘zbekistonlikni evakuatsiya qilgan. Ularga zarur yordam ko‘rsatilgan.

@daryo_live
Toshkentda 122 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

6-iyun kuni hayit namozi o‘qiladigan masjid atrofidagi ko‘chalar va yo‘llarda soat 00:00 dan 08:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi Kompaniya Markaziy bank va “O‘zbektelekom” xatti-harakatlari biznesiga zarar yetkazganini da’vo qilib, zararni qoplashni talab qilmoqda. @daryo_live
Katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan — “O‘zbektelekom” Humans ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

Unda keltirilishicha, Humans uzoq muddat davomida shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelgan, yaʼni ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan. “O‘zbektelekom” faqat isteʼmolchilar huquqi buzilmasin, ular Humans bo‘ladimi, boshqa operatormi, istemolchi to‘lagan puliga yarasha xizmat olsin, deb o‘z xizmatini davom ettirgan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik YPX xodimi qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimi, safdor Sirojiddin Nazarmatov 90+ kg vazn toifasida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tinch okeanida 3000 ta avtomobil ortilgan kema yonmoqda

Bortdagilar yong‘inni o‘chira olmagan, kemadagi 22 kishi evakuatsiya qilingan. Yuk Xitoydan Meksikaga qarab yo‘l olgani ma’lum qilingan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐘 Tailandda yovvoyi fil do‘konga kirdi

U do‘kondagi bir nechta tuxum va shirin yeguliklarni yegan. Keyinchalik do‘kon egasini 30 dollarga yaqin zarar bilan qoldirib, do‘konni tark etgan.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

6-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomgʻir prognoz qilingan.

@daryo_live
Ukraina xavfsizlik xizmati "O‘rgimchak to‘ri" amaliyoti doirasida jami 23 ta samolyotga zarba bergani ma'lum bo‘ldi

Biroq nishonlarning barchasi ham yo‘q qilingan emas. OSINT tahlilchilari hujum markazida bo‘lgan havo bazalarining sun'iy yo‘ldosh suratlarini o‘rganib, yo‘qotishlar bo‘yicha taxminiy xulosa berishdi.

Batafsil ushbu maqolada so‘z boradi.

@daryo_live
Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul bo‘ladi

6-iyun kuni metropoliten soat 03:00 dan 10:00 gacha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

@daryo_live
Transport vazirligi Qurbon hayiti kuni respublika bo‘ylab jamoat transporti harakati boshlanadigan vaqtni e’lon qildi

@daryo_live